QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.76K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
VODIY CHORVADORLARI BILAN UCHRASHUV

🔰Aziz Voitov va unga hamrohlik qiluvchi mutasaddilar Qo‘shtepa tumani “Shukur davlat” ko‘p tarmoqli xususiy tijorat fermasida bo‘ldilar va chorvadorlar bilan bevosita muloqot o‘tkazdilar.

Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tkazilgan ushbu muloqotda vazir Aziz Voitov yurtimizda chorvachilik  va naslchilikning bugungi ahvoli, sohada to‘planib qolgan muammolarni hal qilish yo‘llari, chorvachilikni rivojlantirish orqali erishiladigan yutuqlar, kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, uchrashuvda chorvadorlar joylarda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va yechimini kutayotgan masalalar bilan ham o‘rtoqlashdilar.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #chorvachilik #naslchilik #Fargona
*****
ВСТРЕЧА С ЖИВОТНОВОДАМИ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ

🔰Азиз Воитов,
а также сопровождающие его представители и специалисты агросферы посетили многопрофильное частное фермерское хозяйство «Шукур давлат» Куштепинского района и непосредственно пообщались с животноводами.

В ходе диалога, прошедшем в критическом и аналитическом ключе, руководитель министерства рассказал о современном состоянии животноводства и племенного дела в нашей стране, путях решения накопившихся в отрасли проблем, достижениях, достигнутых за счет развития животноводства, и планах на будущее.

Также в ходе встречи животноводы поделились результатами проделанной работы, озвучили ряд вопросов, ожидающих своего решения. Дискуссия была полна предложений и замечаний. В заключении были учтены все предложения представителей агопромышленного сектора и даны практические рекомендации.

#сельское_хозяйство #министр #визит #животноводство #Фергана

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
OLTIARIQLIKLAR – OLDINDA

🍇Ayni kunlarda oltiariqlik mirishkorlar yana bir yangilik bilan e'tirofga erishish arafasida turibdilar. Bu ham bo‘lsa, 20 kun o‘tar-o‘tmas “Rizamat ota” navli uzum pishishidir.

Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz. Yoz boshida yurtimizda uzum pishadi.

O‘lkamizda “uzum pishig‘i” deganda yozning oyoqlab qolgan davri ko‘z oldimizga keladi. Ammo, yangicha uslub va usulda tok ko‘chatini parvarish qilayotgan bog‘bon, o‘z mehnati, mahorati bilan yozning oxiri, kuzning boshini kutmay, iyun oyiga uzum yetishtirishni va xalqimiz dasturxoniga tortiq qilishni maqsad qilgan.

Qolaversa, erishiladigan hosil ichki bozorni qondiribgina qolmay, eksportga chiqarishni ham ta'minlaydi.

👉Batafsil

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #uzumchilik

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
GIDROGRAFIK OBYEKTLARI RAQAMLI XARITASINING LOYIHASI MUHOKAMA ETILDI

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “O‘zdaverloyiha” DILI Farg‘ona viloyati bo‘linmasiga tashrif buyurdi.

“O‘zdaverloyiha” instituti bosh direktori Ruhiddin To‘raev hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi muovini Saidagzam Alimov loyiha doirasida Farg‘ona viloyatida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot qildi.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #Ozdaverloyiha #raqamlashtirish #Fargona
*****
ОБСУЖДЕН ПРОЕКТ ЦИФРОВОЙ КАРТЫ ГИДРОГРАФИЧЕСКИХ ОБЪЕКТОВ

🔰Министр сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиз Воитов посетил Ферганское областное отделение Государственного научно-проектного института «Уздаверлойиха».

Генеральный директор института «Уздаверлойиха» Рухиддин Тураев и заместитель советника министра сельского хозяйства Республики Узбекистан по экономике, инновационному развитию и инвестициям Саидагзам Алимов выступили с презентацией комплекса работ, осуществляемых в рамках проекта в Ферганской области.

#сельское_хозяйство #министр #визит #Уздаверлойиха #цифровизация #Фергана

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
🇺🇿Vatanim bayrog‘iga rang bergan o‘lkam manzarasi

#kun_fotosi #Vatan #bayrog
*****
🇺🇿Вид моего края, с которого берет цвет флаг моей Родины

#фото_дня #Родина #флаг

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ASALARICHILIKNING BUGUNGI HOLATI VA ISTIQBOLI MUHOKAMA ETILDI

🔰Qishloq xo‘jaligi vazirining Farg‘ona vodiysiga ishchi tashrifi doirasida asalarichilik korxonalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sohadagi ishlarning borishi va rivojlanish yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Aziz Voitov Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi Asalarichilik markaziga tashrif buyurib, dastlab markaz faoliyati bilan tanishdi. Shu yerda asalarichilik xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashdi.

Bugungi kunda respublikada faoliyat yuritayotgan asalarichilik subyektlari soni 21 mingtani tashkil etadi. Ular tomonidan 200 ming donadan ortiq asalari paketlari Qozog‘iston va Qirg‘izistonga eksport qilindi. Joriy yilda asalarichilikda 9 mlrd so‘mlik 26 ta loyihalar ishga tushirildi. Joriy yilning o‘tgan davrida respublikada asalari oilalari soni 130 ming donaga ko‘payib, 1 mln 180 mingtani tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112 foizga oshdi.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #asalarichilik #Fargona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
URUG‘LIK G‘ALLA APROBATSIYASIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI

🌾Andijon viloyati Andijon tumani Don va dukkakli ekinlar ITIda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zdonmahsulot” AK tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda hududlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari, soha tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari rahbar va mutaxassislari, shuningdek g‘allachilik ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari qatnashdi.

Qatnashchilar Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti tajriba dalasida boshoqli don ekinlari, dukkakli don ekinlari va noan'anaviy ekinlar yangi navlari bilan tanishdilar.

Shuningdek, seminarda “Respublikada avlodli urug‘liklar jamg‘arish bo‘yicha 2022-yil yakunlari va kelgusi yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urug‘chiligi istiqbollari”;

Respublikada ekilayotgan boshoqli don ekinlari navlari va ularni hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib joylashtirish” hamda “Boshoqli don ekinlarining seleksiyasi va urug‘chiligining kelgusi yillardagi asosiy yo‘nalishlari hamda bugungi kundagi ITIlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzularida ma'ruzalar tinglandi.

Jami 200 nafarga yaqin o‘quv-seminar qatnashchilari urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish borasida fikr almashdilar, bu boradagi ilg‘or tajribalarni o‘rgandilar, o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtaga tashlab, o‘zaro muhokama qildilar.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #Ozdonmahsulot #Boshoqli_don_ekinlari #galla #Andijon

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram