QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🔰Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyada tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida Davlatimiz rahbari bugun – 3-may kuni ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Germaniya tomonidan tadbirda Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi, Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi, Germaniya energetika agentligi, o‘ttizga yaqin eng yirik kompaniya va banklar rahbarlari qatnashdi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, kuni kecha o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va texnologik sheriklikni kengaytirish bo‘yicha 9 milliard yevrolik yangi savdo, moliya va investitsiya bitimlari imzolandi. “Yashil” energetika, transport infratuzilmasini rivojlantirish, metallurgiya, suv ta'minoti, qishloq xo‘jaligi, kimyo, tog‘-kon, avtomobil, to‘qimachilik, elektrotexnika sanoati va boshqa yo‘nalishlardagi katta loyihalar shular jumlasidan.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston jahon iqtisodiyotidagi keng ko‘lamli va jiddiy tebranishlar sharoitida Germaniya biznesi uchun samarali va ishonchli makon bo‘lishga tayyorligini ta'kidladi.

Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasiga muvofiq, xususiy mulk daxlsizligi kafolatlari kuchaytirildi, davlat halol raqobat va sud tizimi mustaqilligi uchun sharoit yaratishiga oid qoidalar aniq mustahkamlab qo‘yildi.

👉Batafsil

#Prezident #safar #hamkorlik #Ozbekiston #Germaniya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” dasturida piyozning ertapishar, yangi navi haqidagi lavha efirga uzatildi.

Unda Andijonda qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha seleksioner olimlarning ko‘p yillik izlanishlari natijasida piyozning ertapishar navi yaratilgani va shu bois odatda may oyida pishib yetiladigan piyoz muddatidan 20 kun oldin tayyor bo'lishi haqida so‘z borgan. Shuningdek lavhada piyozning yangi navi yaratilishi hosildorlik va daromadning ikki barobarga oshishiga sabab bo‘lgani ham alohida ta'kidlangan.

#repost #Ozbekiston_24 #Fakt_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DALALARDA QULUPNAY PISHIQCHILIGI

🍓Toshkent viloyati Zangiota tumani “Nigora, Hilola, Zilola” agrofirmasining ijarachi-pudratchisi Tohirjon Rizayev uchun qulupnaychilik otameros kasb sanaladi.

Ayni kunlarda daladagi qulupnay hosili ayni g‘arq pishgan palla. Bir kunda 70-80 kilogramm qulupnay terilib, ichki bozorga yetkazilmoqda. Shu kungacha ushbu yer maydonining o‘zidan besh marotaba qulupnay terib olishga erishildi. Jami 600-700 kilogrammgacha hosil xalqimiz dasturxoniga yetkazildi.

#qulupnaychilik #qulupnay #hosil
*****
НА ПОЛЯХ СОЗРЕЛА СОЧНАЯ КЛУБНИКА

🍓Для арендатора-подрядчика агрофирмы «Нигора, Хилола, Зилола» Зангиатинского района Ташкентской области Тохирджона Ризаева выращивание клубники - занятие, которое передается в их семье из поколения в поколение.

Под теплицы из 20 соток земли арендатор-подрядчик выделил 6, а на оставшихся 14 сотках процесс выращивания клубники осуществляется в открытом грунте. В эти дни  в поле горячая пора, только успевай собирать. В день  доставляют на  рынки 70-80 килограммов. До  сегодняшнего дня удалось уже пять раз собрать клубнику. Всего  было доставлено примерно 600-700 килограммов.

#клубника #выращивание #урожай

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI NAV – YUQORI HOSILDORLIK VA SIFAT GAROVI

🌾Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi Bag‘dod nav sinash uchastkasida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Bag‘dod nav sinash uchastkasida ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari tomonidan yaratilgan 27 turdagi paxta hamda 28 turdagi g‘alla sinov tariqasida ekilgan.

Amaliy seminar yakunida barcha fermer va dehqon xo‘jaliklari dala maydonida sinovdan o‘tkazilayotgan paxta va bug‘doyning yangi navlari bilan tanishdi.

#seminar #qishloq_xojaligi #dehqon #fermer_xojaliklari #galla #bugdoy #paxta

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
“OCOP” GLOBAL HARAKATLAR DASTURINING MARKAZIY OSIYODAGI MINTAQAVIY ISHCHI GURUHI TUZILDI

🤝Bugun 4-may kuni seminar qatnashchilari — BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning Dehqonchilik va o‘simliklarni himoya qilish bo‘limi direktori janob Jingyuan Sya, bo‘limning texnik maslahatchisi Hafiz Muminjanov, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning mamlakatimiz vakillaridan iborat mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tashrif buyurib, vazirlikning boshqarma boshliqlari bilan uchrashishdi.

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #uchrashuv #delegatsiya #qishloq_xojaligi #FAO
*****
СОЗДАНА РЕГИОНАЛЬНАЯ ЦЕНТРАЛЬНО-АЗИАТСКАЯ РАБОЧАЯ ГРУППА ПРОГРАММЫ ГЛОБАЛЬНЫХ ДЕЙСТВИЙ "ОСОП"

🤝Сегодня, 4 мая, участники семинара - г-н Цзиньюань Ся, директор Департамента сельского хозяйства и защиты растений Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО), технический советник отдела Хафиз Муминджанов, представители Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО) в нашей стране посетили Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан и встретились с руководителями управлений.

#международное_сотрудничество #визит #встреча #делегация #сельское_хозяйство #ФАО

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZGIDROMET: KUCHLI SHAMOL, YOG‘INGARCHILIK VA AYRIM HUDUDLARDA DO‘L KUTILMOQDA

🌧Joriy yilning 5-6 may kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi (ayrim joylarda 22-25 m/s.gacha), chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 5-7 may kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.
Gidrometeorologiya markazining direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘jaev ma'lum qilishicha, 5-7 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

📍Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

📍Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabod tumanlarida;

📍Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

📍Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

📍Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

📍Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

📍Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

📍Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

📍Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

O‘z tomonimizdan tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni ehtiyotkorlikka chorlab, ushbu hududlarda faoliyat yuritayotgan dehqonlarni ekinlarni asrash uchun zarur ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.

#ob_havo #iqlim

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱Jala? Do‘l?
Hayot esa, hech narsaga qaramay, davom etaveradi...

#kun_fotosi #nihol
*****
🌱Ливень? Град?
А жизнь-то продолжается, несмотря ни на что...

#фото_дня #росток

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“BATAT” KARTOSHKASI: SERHOSIL VA SUVSIZLIKKA CHIDAMLI

🥔Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi
ning jamoasi ham sohada ko‘pgina ilmiy loyihalar ustida izlanishlar olib bormoqda.

Institutda sabzavot-poliz ekinlarining 300 dan ortiq nav namunalari sinovdan o‘tkazilib, bugungi qadar 36 ta yangi nav yaratilgan.

👉Batafsil

#kartoshka #ilmiy_tadqiqot_instituti #yangi_nav #Samarqand
*****
СОРТ КАРТОФЕЛЯ" БАТАТ": ВЫСОКОУРОЖАЙНЫЙ И ЗАСУХОУСТОЙЧИВЫЙ

🥔
Коллектив Самаркандской научно-опытной станции НИИ овощебахчевых культур и картофеля проводит исследования в рамках множества научных проектов в сфере.

В институте испытано более 300 сортов овощебахчевых культур и на сегодняшний день создано 36 новых сортов.

👉Подробнее

#картофель #НИИ #новый_сорт #Самарканд

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI YETISHTIRUVCHI FERMER XO‘JALIKLARIGA XIZMAT KO‘RSATISH UCHUN MO‘LJALLANGAN “AGROPLATFORMA” AXBOROT TIZIMI SINOV TARIQASIDA JORIY ETILMOQDA

💻Raqamli texnologiyalar respublika iqtisodiyotining turli sohalariga jadal sur’atlarda joriy etilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ulligida yaratilayotgan yana bir muhim raqamlashtirish loyihalaridan biri bu “Agroplatforma” axborot tizimi hisoblanadi.

Sinov davrida 1 830 ta fermer tizimda elektron raqamli imzo kalitlar yordamida ro‘yxatdan o‘tkazildi, ular foydalanayotgan 50 607 gektar yer uchastkalarining amaldagi maydonlari va yerga oid ma’lumotlarini tizim yordamida aniqlashtirish, paxta va g‘alla ekinlarini joylashtirish va bo‘lajak hosil uchun fyuchers shartnomalarini elektron rasmiylashtirish jarayonlari ko‘rib chiqilmoqda.

#qishloq_xojaligi #raqamlashtirish #texnologiya #Agroplatforma

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
В ТЕСТОВОМ РЕЖИМЕ ВНЕДРЯЕТСЯ ИНФОРМАЦИОННАЯ СИСТЕМА «АГРОПЛАТФОРМА»

💻Цифровые технологии стремительно внедряются практически во все сферы и отрасли экономики республики.

Еще один важный проект в области цифровизации, создаваемый Министерством сельского хозяйства Республики Узбекистан, - это информационная система «Агроплатформа».

За период работы в тестовом режиме с помощью ключей электронной цифровой подписи в системе было зарегистрированы 1 830 фермеров и определены границы более 50 тысяч га площадей их хозяйств.

#сельское_хозяйство #цифровизация #технологии #Агроплатформа

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalida asalarichilik sohasi haqida “Maxsus reportaj” efirga uzatildi.

Unda Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanida asalarichilik bilan shug'ullanadigan tadbirkorlar faoliyatiga nazar tashlangan. Shuningdek, lavhada asalarichilikdan qancha daromad qolishi hamda ushbu soha bo'yicha kerakli tavsiyalar berilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Maxsus_reportaj #asalarichilikdan

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
🟩🟩🟩🟩🟩
Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetining yangi Magistratura dasturlariga qabul ochildi!

📱 Qishloq xo’jaligida texnologiyalar va innovatsiyalar
🥗 Barqaror qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi
🤵‍♂️ Biznes boshqaruvi

Dasturlarimiz aynan o’z sohasida yetakchi bo'lishni maqsad qilganlar uchun!

Nega aynan Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti?

👨‍🎓Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xo’jaligi universiteti diplomi;

📈Qishloq xo’jaligi sohasida ilg’or bilimli va malakali mutaxassislarga talab yuqoriligi;

✈️Bir yil davomida chet elda o’qib kelish imkoniyati;

📝O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-237-sonli qarori bilan universitetning tashkil etilganligi.

📞Hoziroq murojat qiling!
👉 +998 99 981 09-19
👉 +998 91 010 74-75
👉 +998 99 315 98-60

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍇Tok novdalarini sovuq urdi. Shu novdalarni nima qilish kerak. Qanday ishlov bersa bo‘ladi?

📝Qishki sovuqdan zararlangan tok tuplari ildiz bo‘g‘zi atrofini yer yuzasidan 5 sm chuqurlikda qazish va tok tuplarini kesish; (bunda tok tupining yashirin kurtaklaridan rivojlangan novdalar, shuningdek, qo‘ltiq novdalarining kuchli rivojlanishi hisobiga tok tupini tiklash imkoniyatini beradi).

💻Chat-bot orqali kelgan mazkur savolga to‘liq javobni www.agro.uz saytimiz orqali bilib olishingiz mumkin.

#savol_javob #chat_bot #kochatchilik #uzumchilik

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA “PLUG AND PLAY” KOMPANIYASI DELEGATSIYASI QABUL QILINDI

🤝Uchrashuvda “Plug and Play” kompaniyasi bilan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishda innovatsion startap-loyihalaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama etildi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qatnashdi. Vazir O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jadal rivojlanib borayotgani, bunda raqamlashtirish katta o‘rin egallashini ta’kidladi. Bu borada O‘zbekiston tomoni hamkorlikka ochiq ekanligini bildirdi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #tashrif #uchrashuv #delegatsiya #qishloq_xojaligi #plug_and_play
*****
ДЕЛЕГАЦИЯ КОМПАНИИ «PLUG AND PLAY» БЫЛА ПРИНЯТА В МИНИСТЕРСТВЕ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА

🤝На встрече с представителями компании «Plug and Play» были обсуждены возможности использования инновационных стартап-проектов в цифровизации сельского хозяйства Узбекистана.

Принявший участие в мероприятии министр сельского хозяйства Азиз Воитов отметил, что агропромышленный комплекс Узбекистана стремительно развивается, и большую роль в этом процессе играет цифровизация. В связи с этим, узбекская сторона выразила готовность к сотрудничеству с данной компанией.

#международное_сотрудничество #министр #визит #встреча #делегация #сельское_хозяйство

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM