QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
BUGUN – XALQARO VETERINARIYA KUNI

👨‍⚕️Aprel oyining oxirgi shanbasi Xalqaro veterinariya uyushmasi (World Veterinary Association, WVA) tomonidan Xalqaro veterinariya kuni (World Veterinary Day) deb e’lon qilingan va 2000-yildan buyon ko‘pgina mamlakatlarda nishonlab kelinadi.

Bugun eng muruvvatli kasb sohiblari – veterinarlar o‘z bayramlarini nishonlamoqdalar. Hayvonlaru parrandalarni davolovchi shifokorlar, albatta, o‘zlarining to‘rt oyoqli-yu, qanotli mijozlaridan minnatdorlik so‘zlarini kutmaydilar. Ammo, shubha yo‘q: kezi kelganda jonivorlar insonlardan ham kuchliroq minnatdorlikni namoyon etadilar.

O‘zbekiston veterinariya sohasi vakillari ham jonzotlar salomatligi, xavfsizligi yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqdalar. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar veterinariya xizmatini yanada yuqori sifat bosqichiga chiqarib, veterinar kasbining obro‘sini oshirishga xizmat qilmoqda.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston veterinariya sohasi vakillarini kasb bayramlari bilan tabriklab qolamiz.

#Xalqaro_veterinariya_kuni #veterinariya #veterinar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHA RIVOJIDA IN-VITRO LABORATORIYALARINING AHAMIYATI

🔬Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazida Qishloq xo‘jaligi vaziri, hududiy boshqarma vakillari, markaz xodimlari hamda mutaxassislari ishtirokida Toshkent viloyatida agrar sohada amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi holati hamda yangi In-Vitro laboratoriyalarini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov viloyatda agrar tarmoq kundan-kunga rivojlanib borayotgani, sohada ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish orqali tarmoqda hosildorlik oshayotgani, urug‘dan tortib uni tayyor hosil yetishtirishga qadar bo‘lgan jarayon yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

Ta’kidlanganidek, Toshkent viloyatining 3 ta tumanida In-Vitro laboratoriyalarini tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligida namunali hududga aylantirish, qisqa muddatlarda natija ko‘rsatish davr talabidir.

#vazir #tashrif #laboratoriya #In_Vitro

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markaziy laboratoriyasi majmuasi ochilganligi haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi ushbu laboratoriya Jahon banki tomonidan 4 million AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘lar hisobidan bunyod etilgani, unda 10 dan ortiq xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy o‘lchov vositalari hamda sinov qurilmalari o‘rnatilgani haqida so‘z boradi.

#repost #Ozbekiston_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
GILOS HAQIDA 10 TA QIZIQARLI FAKT

🍒Ayni kunlarda respublikamizning turli hududlaridagi bog‘larda pishib yetilgan gilos hosilini yig‘ish ishlari boshlab yuborilgan. Bugun ushbu mevani bozorlar va savdo do‘konlarining rastalarida ham ko‘rish mumkin. Nega gilosni qadrlaymiz? Bugun biz sizga gilos va ularning qiymati haqida qiziqarli ma’lumotlarni ulashamiz.

🔴Gilos qancha qoraygan bo‘lsa, shunchalik pishgan bo‘ladi, qancha pishgan bo‘lsa, tarkibidagi shakar miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi.
🔴Gilos oziq-ovqat bo‘yoqlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lib, aynan gilosdan qizil emas, balki yashil rang olinadi.
🔴Gilosning norasmiy nomlaridan biri "qush gilos" dir. Shubhasiz, bu qushlarning ularni sevib yeyishi bilan bog‘liq.
🔴Gilos olchadan ko‘ra ko‘proq termofiltr.
🔴Zamonaviy tadqiqotchilar gilos olchadan paydo bo‘lgan deb emas, balki aksincha, olcha gilosdan paydo bo‘lgan deb hisoblashadi. Gilos insonlarga taxminan o‘n ming yil oldin ma’lum bo‘lgan, bu esa uning chinakam qadimiy rezavorligidan darakdir.
🔴Gilos mevalarining diametri ikki santimetrga yetishi mumkin.
🔴Asalarilar bir gektar yer maydonidagi gilos daraxtlaridan 35 kilogrammgacha gulchang yig‘ishi mumkin.
🔴Bir vaqtlar gilos daraxtining qatroni o‘ziga xos saqich sifatida ishlatilgan.
🔴Gilosning ko‘plab navlari mavjud, ammo ulardan faqat o‘nga yaqini faol ravishda yetishtiriladi.
🔴Umuman olganda, gilos daraxti 10 metrgacha o‘sadi, biroq kamdan-kam hollarda 30 metrli gilos daraxtlarini ham uchratish mumkin.

#bu_qiziq #gilos #fakt

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10 ИНТЕРЕСНЫХ ФАКТОВ О ЧЕРЕШНЕ

🍒Сейчас во многих садах и дворах активно начали собирать черешню, ее можно видеть и на прилавках наших базаров и магазинов. А в чем ценность этого продукта? Сегодня расскажем вам несколько интересных фактов о черешне и ее ценности.

🔴Чем черешня темнее, тем она более спелая, а чем она более спелая, тем больше в ней сахара.
🔴Черешня — сырьё для изготовления пищевого красителя, причём цвет получается не красный, а зелёный.
🔴Одно из неофициальных названий черешни — «птичья вишня». Очевидно, оно связано с любовью, которые птицы питают к этим ягодам.
🔴Черешня более теплолюбива, чем вишня.
🔴Современные исследователи полагают, что не черешня произошла от вишни, а наоборот. Черешня была известна людям ещё около десяти тысяч лет назад, что делает её по-настоящему древней ягодой.
🔴Ягоды черешни могут достигать двух сантиметров в диаметре.
🔴С одного гектара черешневых деревьев пчёлы могут собрать до 35 килограммов пыльцы.
🔴Некогда смола черешневого дерева использовалась в качестве своеобразной жвачки.
🔴Существует множество различных сортов черешни, но активно культивируются лишь около полутора десятков из них.
🔴В основном черешневое дерево вырастает до 10 метров в высоту, однако нередко встречаются и 30-метровые деревья.

#это_интересно #черешня #факты

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩 24-28-APREL 2023

🌱INTENSIV BOG‘: AFZALLIK VA IMKONIYATLAR

JANUBIY DEHQONCHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI ZAMON BILAN HAMNAFAS

ANDIJON ILMIY-TAJRIBA STANSIYASIDA PIYOZNING “MALLA” NAVI YARATILDI

🤝O‘ZBEKISTON-FRANSIYA HAMKORLIGI: YEVROPA BOZORIGA YO‘L

🔰BUXORODA “XALQARO YER KUNI” NISHONLANDI

🚜“CLAAS CENTRAL ASIA INVESTMENT” KOMPANIYASI BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

🐄FARG‘ONA TUMANIDA “GOLSHTIN” ZOTLI QORAMOLLAR KO‘PAYTIRILMOQDA

👥TOSHKENTDA MARKAZIY OSIYODAGI ENG YIRIK KOSMIK TEXNOLOGIYALAR KONFERENSIYASI BOʻLIB OʻTDI

🌾SARA URUG‘ — MO‘L HOSIL GAROVI

🔰MARKAZIY OSIYODA YER DEGRADATSIYASI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

👥“TOSHKENT XALQARO INVESTITSIYA FORUMI”: AGRAR SOHAGA QARATILAYOTGAN E’TIBOR

🔬“O‘ZAGROINSPEKSIYA”DA SINOV LABORATORIYALARI MAJMUASI OCHILDI

🌱AGRAR SOHA RIVOJIDA IN-VITRO LABORATORIYALARINING AHAMIYATI

#dayjest #hafta_yakuni #qiziqarli #yangiliklar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻Monitorli xonalardan chiqing
Bepoyon kengliklardan bahra oling.

#kun_fotosi #kengliklar
*****
💻Выходите из монитора
для созерцания простора.

#фото_дня #простор

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌖Oyning to‘lishi: 1-3-may kunlari
🌕To‘linoy: 4-7-may kunlari

🧲Geomagnit faollik:
Hafta mobaynida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar kuzatiladi (Kp-indeks:0-4)

🔅Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi:
3-4-may kunlari – ekstremal (11-12 ball)
1,2 va 7-may kunlari – juda yuqori (9 ball)
6-may – yuqori (7 ball)

🔤Havoning namligi:
1-may – 31%; 2-may – 33%; 3-may – 32%; 4-may – 29%; 5- may – 30%; 6-may – 35%; 7-may – 32%.

Haftalik ob-havo haqida qisqacha
:

🌤Respublikada ushbu hafta issiq bo‘lib, biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Shamol sharqdan g‘arbga tomon 7-12 metr tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-18 metr gacha kuchayishi mumkin. Ayrim tumanlarda chang-to‘zon ko‘tariladi.

🌡Harorat kechasi 13-18°daraja, kunduzi 25-30° daraja issiq bo‘ladi. O‘zbekistonning tog‘li hududlarida kam bulutli, o‘zgaruvchan havo bo‘ladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sharqdan 7-12 metr tezlikda shamol esadi, momaqaldiroq vaqtida esa shamolning tezligi 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8°daraja, kunduzi 13-18° daraja iliq bo‘ladi.

Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:

📝Fermer xo‘jaliklarida asosiy hamda bog‘-tok qator oralariga sabzavot, poliz ekinlarini ekish, mavjud bog‘ va tokzorlarda agrotexnik tadbirlarni (sug‘orish, oziqlantirish, zararkunanda va kasalliklarga qarshi ishlov berish) o‘tkazish lozim. G‘alla maydonlarini sug‘orish, g‘o‘za maydonlarini kultivatsiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

#ob_havo #iqlim #tavsiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌖Растущая луна: с 1 по 3 мая
🌕Полнолуние: с 4 по 7 мая

🧲Геомагнитная активность:
Всю неделю будут лишь небольшие геомагнитные возмущения (Кп-индекс: 0-4).

🔅Ультрафиолетовый индекс:
С 3 по 4 мая – экстремальный (11-12 баллов);
1,2 и 7 мая – очень высокий (9 баллов);
6 мая – высокий (7 баллов).

🔤Влажность воздуха:
1 мая – 31%; 2 мая – 33%; 3 мая – 32%; 4 мая – 29%; 5 мая – 30%; 6 мая – 35%; 7 мая – 32%.

Кратко о погоде на неделю:


🌤Неделя будет теплой, по республике – переменная облачность, без осадков. Ветер восточный с переходом на западный 7-12 м/с, местами возможно усиление до 15-18 м/с, в отдельных районах с пыльным поземком.

🌡Температура в среднем – ночью 13-18°, днем 25-30°. В горных районах Узбекистана небольшая, местами переменная облачность, местами возможны кратковременные дожди, грозы. Ветер восточный 7-12 м/с, при грозе возможно усиление до 15-20 м/с. Температура ночью 3-8°, днем 13-18°.

Рекомендации дехканам и фермерам
:

📝В начале мая на фермерских хозяйствах рекомендуется проводить сельскохозяйственные мероприятия, а именно: полив, подкормку, обработку от вредителей и болезней. Также в этот период проводится орошение зерновых полей.

#погода #климат #рекомендации

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KARTOSHKANING “TOSHKENT ERTAGISI” NAVI IXTIRO QILINDI

🥔O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti seleksioner olimlarining ko‘p yillik samarali izlanishlari natijasida kartoshkaning O‘zbekiston tuproq iqlim sharoitiga mos, ertapishar “Toshkent ertagisi” navi ixtiro qilindi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #kartoshka #yangi_nav
*****
СОЗДАН СОРТ КАРТОФЕЛЯ «ТОШКЕНТ ЭРТАГИСИ»

🥔В результате плодотворных многолетних исследований ученых-селекционеров НИИ овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан был создан сорт скороспелого картофеля «ТОШКЕНТ ЭРТАГИСИ», который полностью адаптирован к почвенно-климатическим условиям Узбекистана.

#НИИ #картофель #новый_сорт

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
SAUDIYA ARABISTONI BILAN AGROSOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

🤝Aprel oyi oxirida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Umid Mamadaminovning Saudiya Arabistoni investitsiya vaziri o‘rinbosari vaziri o‘rinbosari Muhammad al-Husan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar agrosektordagi, jumladan urug‘chilik, quruq mevalar eksporti, o‘g‘itlar ishlab chiqarish sohalaridagi kelgusi aloqalar istiqbolini muhokama qildilar.

#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #qishloq_xojaligi #investitsiya #Ozbekiston #Saudiya_Arabistoni
*****
ПЕРСПЕКТИВЫ СОТРУДНИЧЕСТВА С САУДОВСКОЙ АРАВИЕЙ В АГРОСФЕРЕ

🤝В конце апреля состоялась встреча заместителя министра сельского хозяйства Узбекистана Умида Мамадаминова с заместителем министра инвестиций Саудовской Аравии Мохаммедом ал-Хусаном, на которой стороны обсудили перспективы дальнейшего взаимодействия в агросекторе, в том числе семеноводства, экспорта сухофруктов, производства удобрений.

#международное_сотрудничество #встреча #сельское_хозяйство #инвестиции #Узбекистан #Саудовская_Аравия

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani aholisining qulupnay yetishtirish bo‘yicha erishgan yutuqlari haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Uchqo‘rg‘on tumani nafaqat baliqchilik sohasida, balki, qulupnaychilik yo‘nalishida ham Namangan viloyatining asosiy hududi hisoblanishi aytib o‘tilgan. Shuningdek lavhada tumanning 3 ming gektar yer maydonida qulupnay parvarishlanayotgani hamda 70 foiz aholi ushbu dehqonchilik turi bilan shug‘ullanib qo‘shimcha daromad olishi haqida so‘z boradi.

#repost #Ozbekiston_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
🔰So‘nggi yillarda aholini sifatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash dunyo miqyosida tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Bu borada yurtimizda ham davlat siyosati darajasida ishlar amalga oshirilmoqda.

Kelgusida mazkur yoʻnalishda malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi PQ-22-sonli Qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi ta’sischiligida Ummon Sultonligining “Atyat International Servises” kompaniyasi ishtirokida Farg‘ona viloyatida Oziq ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etilib, uning faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi.

Oziq ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti rektori vazifasini bajaruvchi etib Tojiev Rustambek Rasulevich tayinlandi.

R. Tojiev Farg‘ona politexnika universitetini tamomlagan, texnika fanlari doktori (DSc), professor. 2006-yildan hozirga qadar Oliy ta’lim muassasalarida turli lavozimlarda, shu jumladan 2016-yildan rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.

#tayinlov

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH DOIRASIDAGI XALQARO HAMKORLIK

🤝2-mayda BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning Dehqonchilik va oʻsimliklarni himoya qilish boʻlimi direktori janob Jingyuan Sya va uning texnik maslahatchisi Hafiz Moʻminjonov Toshkentga keldi.

👉Batafsil

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #uchrashuv #delegatsiya #qishloq_xojaligi #FAO
*****
МЕЖДУНАРОДНОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО В РАМКАХ ЗАЩИТЫ РАСТЕНИЙ

🤝Со 2 по 6 мая в Ташкенте находятся с визитом директор Отдела растениеводства и защиты растений Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО) господин Цзинъюань Ся и его технический советник господин Хафиз Муминджанов.

👉Подробнее

#международное_сотрудничество #визит #встреча #делегация #сельское_хозяйство #ФАО

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHIDA XALQARO ME’YORLARNI JORIY QILISH YO‘LLARI O‘RGANILDI

👥Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida integrallashgan tizimni boshqarish” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘quv-seminar davomida xalqaro tan olingan Global G.A.P. standarti va ushbu standart talablaridan kelib chiqib havola etilgan standartlar – Global G.A.P. xavf-xatarlarining ijtimoiy me’yorlarga muvofiq amal qilinishini baholash (GRASP), iste’molchi yorlig‘i (GGN LABEL), ekologik sug‘orish va yer osti suvlaridan foydalanish dasturi (SPRING)dan foydalanishning dolzarb jihatlari muhokama etildi.

#seminar #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Global_GAP

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM