QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.47K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
TOSHKENTDA MARKAZIY OSIYODAGI ENG YIRIK KOSMIK TEXNOLOGIYALAR KONFERENSIYASI BOʻLIB OʻTDI

👥Joriy yilning 26-27-aprel kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyo kosmik texnologiyalar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Oʻzbekistonda ikkinchi bor tashkil etilayotgan mazkur tadbir sohada yetakchi boʻlgan 10 dan ortiq davlatdan 250 dan ortiq kosmik korporatsiyalar, agentlik va qoʻmitalar vakillarining uchrashuv joyiga aylandi.

Raqamli texnologiyalar huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi – “Oʻzbekkosmos” tashkil etgan mazkur konferensiyada respublika iqtisodiyotining koʻplab sohalaridan rahbar va mutaxassislar, jumladan Qishloq xoʻjaligi vazirligi rahbariyati va mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.

#xalqaro_hamkorlik #Qishloq_xojaligi_vazirligi #kosmik_texnologiyalar #konferensiya #Ozbekkosmos

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥Buxoro viloyati, Buxoro tumani "Buxoro Varnet" issiqxona majmuasi.

"22-aprel-Xalqaro Yer kuni" va Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan tadbir.

🌐To‘liq video

#repost #Ozbekiston_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏞Tabiat bilan muloqot inson hayotidagi eng ishonchli quvonchdir.

Viktor Astafyev, yozuvchi

#kun_fotosi #tabiat #qadr
*****
🏞Общение с природой есть самая надёжная радость в жизни человека.

Виктор Астафьев, писатель

#фото_дня #природа #ценность

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SARA URUG‘— MO‘L HOSIL GAROVI

🌾Fermerning yerga qadaydigan urug‘i qanchalik sifatli, mahsuldor bo‘lsa, undan yetishtiriladigan hosil ham shunga yarasha mo‘l va barakali bo‘ladi. Sifatli urug‘ yetishtirish va uni fermer va dehqon xo‘jaliklariga yetkazib berish esa respublikamizdagi urug‘chilik markazlari tomonidan namunali tarzda olib borilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyatidagi “Namangan elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ ham bugun nafaqat viloyatdagi, balki respublikaning boshqa hududlaridagi yer maydonlariga ekiladigan don va chigit urug‘larini yetkazib berishda yetakchilik qilmoqda.

👉Batafsil

#urugchilik #fermer_xojaligi #dehqon #Namangan

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
🤝Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Fransiyaning "SLT" kompaniyasi o‘rtasida qiymati 6 mln. AQSh dollariga teng O‘zbekistondagi sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodini sotib olish bo‘yicha memorandum imzolandi.

#xalqaro_hamkorlik #Qishloq_xojaligi_vazirligi #sut #memorandum

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
PARRANDACHILIKDA VENGRIYA BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

🇺🇿🤝🇭🇺
Kuni kecha Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Vengriyaning «Master Good» kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Laslo Baranyi bilan
uchrashdi.

Muloqot davomida, shuningdek, parrandachilik yo‘nalishini rivojlantirishda O‘zbekistonning qulay geografik joylashuvi, Markaziy Osiyodagi eng katta aholi, malakali ishchi kuchi, boy tabiiy resurslarga egaligi hamda o‘sib borayotgan iqtisodiy faolligi, hamkorlik aloqalarining yangi bosqichlari uchun katta bozor va samarali biznes muhiti ekanligiga alohida e’tibor qaratildi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #parrandachilik #Ozbekiston #Vengriya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MARKAZIY OSIYODA YER DEGRADATSIYASI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

👥Toshkentda “22-aprel – Xalqaro Yer kuni”ga bag‘ishlangan “Markaziy Osiyoda yer degradatsiyasiga qarshi kurash: muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan BMTning Taraqqiyot dasturi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida tashkil etildi.

#xalqaro_forum #tadbir #qishloq_xojaligi #yerlar_degradatsiyasi

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ДЕГРАДАЦИЯ ЗЕМЕЛЬ В ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ

👥27 апреля в Ташкенте состоялся международный форум «Борьба с деградацией земель в Центральной Азии: проблемы и решения», приуроченный к «Международному дню Земли».

Организатором мероприятия выступило Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан в сотрудничестве с Программой развития Организации Объединенных Наций (ПРООН), Продовольственной и сельскохозяйственной организацией (ФАО) и Германским обществом по международному сотрудничеству (GIZ).

#международный_форум #мероприятие #сельское_хозяйство #деградация_земель

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TOSHKENTDA O‘ZBEKISTON-ROSSIYA BIZNES MISSIYASI BO‘LIB O‘TDI

👥Joriy yilning 25-27-aprel kunlari Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vazirliklari vakillari, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida “O‘zbekiston-Rossiya biznes missiyasi” bo‘lib o‘tdi.

Ikki mamlakatning yirik kompaniyalari va biznes doiralari vakillarining ushbu missiya doirasida tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etishi tomonlarning o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini rivojlantirishga bo‘lgan katta qiziqishi va o‘zaro intilishining yaqqol tasdig‘i bo‘ldi.

#xalqaro_hamkorlik #biznes_missiya #qishloq_xojaligi #eksport #oziq_ovqat #Ozbekiston #Rossiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“TOSHKENT XALQARO INVESTITSIYA FORUMI”: AGRAR SOHAGA QARATILAYOTGAN E’TIBOR

2023-yilning 27-28-aprel kunlari
poytaxtimizda “Toshkent xalqaro investitsiya forumi” bo‘lib o‘tdi. Bu yerda vazirlik va nufuzli tashkilot rahbarlari, investorlar, ekspertlar mamlakatimizning investitsiya salohiyati uchun foydali bo‘lgan bitimlarni imzolashdi, ko‘pgina kelishuvlarga erishildi.

“Hozirgi kunda 800 dan ortiq paxta, meva-sabzavotchilik va boshqa yo‘nalishlardagi agroklasterlar mavjud. Kichik xo‘jaliklarni 200 dan ortiq kooperativlarga birlashishi ham qishloq xo‘jaligidagi islohotlardan biri hisoblanadi. Yana bir muhim masala, diversifikatsiya jarayoni bo‘lib, oxirgi besh yilda 400 ming gektar paxta va g‘alla yer maydonlari qisqartirilib, fermer-dehqon xo‘jaliklariga boshqa mahsulotlarni ekish va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ajratildi. Hududlarda 1,1 mln gektar yerlarni oborotga kiritish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan 10 yillik Konsepsiya qabul qilindi. Bugungi kunga qadar, qariyb 600 ming gektar yerlar qishloq xo‘jaligi oborotiga kiritildi”,
— dedi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘z nutqida.

#xalqaro_forum #vazir #qishloq_xojaligi #oziq_ovqat #paxta #Konsepsiya #meva_sabzavotchilik

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
📝O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining rasmiy kanalida Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida "Qishloq xo‘jaligi uchun sifatli investitsiyalar" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tgani haqida xabar berildi.

Unda zamonaviy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish taqozo etilayotgani, shu bois mamlakatlar ilmiy-texnikaviy taraqqiyotga, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga va kadrlar tayyorlashga katta miqdorda investitsiya jalb etayotgani, mazkur sohaga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar qishloq aholisining turmush darajasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va qishloqda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilganligi haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #qishloq_xojaligi #investitsiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱Intensiv nok ko‘chatlari barglari sariq rangga kirib kasallanmoqda. Mutaxassis maslahati kerak.

🌧Bahor faslida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lishi va namlikning yuqori bo‘lishi, natijasida, nok daraxtlarida temir moddasi yetishmovchiligi kuzatiladi. Natijada, nok daraxtlarining barglari sarg‘ayib ketadi.

💻Chat-bot orqali kelgan mazkur savolga to‘liq javobni www.agro.uz saytimiz orqali bilib olishingiz mumkin.

#savol_javob #chat_bot #kochatchilik #kasallik

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘ZAGROINSPEKSIYA”DA SINOV LABORATORIYALARI MAJMUASI OCHILDI

🔬2023-yilning 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazida laboratoriyalar majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirga Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham tashrif buyurib, ochilish marosimining ramziy belgisi bo‘lgan — qizil lentani kesdi.

Urug‘chilik, paxta va don mahsulotlari sifatini baholash kabi 4 ta laboratoriyani o‘zida jamlagan majmua jahon andozalari asosida barpo qilindi. Bu yangi laboratoriyalarga Jahon banki tomonidan ajratilgan 4 mln AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘lari hisobiga AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya hamda Xitoy kabi 10 dan ortiq xorijiy davlatlardan zamonaviy o‘lchov vositalari va sinov qurilmalari xarid qilingan.

#hamkorlik #vazir #qishloq_xojaligi #laboratoriya
*****
В «УЗАГРОИНСПЕКЦИИ» ОТКРЫТ КОМПЛЕКС ИСПЫТАТЕЛЬНЫХ ЛАБОРАТОРИЙ

🔬26 апреля 2023 года состоялась церемония открытия лабораторного комплекса в Центре оценки качества сельскохозяйственной продукции при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан и Инспекции по контролю за агропромышленным комплексом. В церемонии торжественного открытия принял участие министр сельского хозяйства Азиз Воитов, который, перерезав символическую красную ленту, дал старт началу функционирования исследовательского комплекса.

Комплекс, включающий в себя 4 лаборатории по оценке качества семян, хлопка и зерновых продуктов, построен в соответствии со всеми мировыми стандартами. Современные измерительные и испытательные приборы были закуплены более чем в 10 странах, включая США, Японию, Германию, Францию и Китай, благодаря гранту в размере 4 миллионов долларов США, выделенному Всемирным банком.

#сотрудничество #министр #сельское_хозяйство #лаборатория

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BUGUN – XALQARO VETERINARIYA KUNI

👨‍⚕️Aprel oyining oxirgi shanbasi Xalqaro veterinariya uyushmasi (World Veterinary Association, WVA) tomonidan Xalqaro veterinariya kuni (World Veterinary Day) deb e’lon qilingan va 2000-yildan buyon ko‘pgina mamlakatlarda nishonlab kelinadi.

Bugun eng muruvvatli kasb sohiblari – veterinarlar o‘z bayramlarini nishonlamoqdalar. Hayvonlaru parrandalarni davolovchi shifokorlar, albatta, o‘zlarining to‘rt oyoqli-yu, qanotli mijozlaridan minnatdorlik so‘zlarini kutmaydilar. Ammo, shubha yo‘q: kezi kelganda jonivorlar insonlardan ham kuchliroq minnatdorlikni namoyon etadilar.

O‘zbekiston veterinariya sohasi vakillari ham jonzotlar salomatligi, xavfsizligi yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqdalar. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar veterinariya xizmatini yanada yuqori sifat bosqichiga chiqarib, veterinar kasbining obro‘sini oshirishga xizmat qilmoqda.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston veterinariya sohasi vakillarini kasb bayramlari bilan tabriklab qolamiz.

#Xalqaro_veterinariya_kuni #veterinariya #veterinar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHA RIVOJIDA IN-VITRO LABORATORIYALARINING AHAMIYATI

🔬Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazida Qishloq xo‘jaligi vaziri, hududiy boshqarma vakillari, markaz xodimlari hamda mutaxassislari ishtirokida Toshkent viloyatida agrar sohada amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi holati hamda yangi In-Vitro laboratoriyalarini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov viloyatda agrar tarmoq kundan-kunga rivojlanib borayotgani, sohada ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish orqali tarmoqda hosildorlik oshayotgani, urug‘dan tortib uni tayyor hosil yetishtirishga qadar bo‘lgan jarayon yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

Ta’kidlanganidek, Toshkent viloyatining 3 ta tumanida In-Vitro laboratoriyalarini tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligida namunali hududga aylantirish, qisqa muddatlarda natija ko‘rsatish davr talabidir.

#vazir #tashrif #laboratoriya #In_Vitro

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markaziy laboratoriyasi majmuasi ochilganligi haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi ushbu laboratoriya Jahon banki tomonidan 4 million AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘lar hisobidan bunyod etilgani, unda 10 dan ortiq xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy o‘lchov vositalari hamda sinov qurilmalari o‘rnatilgani haqida so‘z boradi.

#repost #Ozbekiston_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
GILOS HAQIDA 10 TA QIZIQARLI FAKT

🍒Ayni kunlarda respublikamizning turli hududlaridagi bog‘larda pishib yetilgan gilos hosilini yig‘ish ishlari boshlab yuborilgan. Bugun ushbu mevani bozorlar va savdo do‘konlarining rastalarida ham ko‘rish mumkin. Nega gilosni qadrlaymiz? Bugun biz sizga gilos va ularning qiymati haqida qiziqarli ma’lumotlarni ulashamiz.

🔴Gilos qancha qoraygan bo‘lsa, shunchalik pishgan bo‘ladi, qancha pishgan bo‘lsa, tarkibidagi shakar miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi.
🔴Gilos oziq-ovqat bo‘yoqlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lib, aynan gilosdan qizil emas, balki yashil rang olinadi.
🔴Gilosning norasmiy nomlaridan biri "qush gilos" dir. Shubhasiz, bu qushlarning ularni sevib yeyishi bilan bog‘liq.
🔴Gilos olchadan ko‘ra ko‘proq termofiltr.
🔴Zamonaviy tadqiqotchilar gilos olchadan paydo bo‘lgan deb emas, balki aksincha, olcha gilosdan paydo bo‘lgan deb hisoblashadi. Gilos insonlarga taxminan o‘n ming yil oldin ma’lum bo‘lgan, bu esa uning chinakam qadimiy rezavorligidan darakdir.
🔴Gilos mevalarining diametri ikki santimetrga yetishi mumkin.
🔴Asalarilar bir gektar yer maydonidagi gilos daraxtlaridan 35 kilogrammgacha gulchang yig‘ishi mumkin.
🔴Bir vaqtlar gilos daraxtining qatroni o‘ziga xos saqich sifatida ishlatilgan.
🔴Gilosning ko‘plab navlari mavjud, ammo ulardan faqat o‘nga yaqini faol ravishda yetishtiriladi.
🔴Umuman olganda, gilos daraxti 10 metrgacha o‘sadi, biroq kamdan-kam hollarda 30 metrli gilos daraxtlarini ham uchratish mumkin.

#bu_qiziq #gilos #fakt

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10 ИНТЕРЕСНЫХ ФАКТОВ О ЧЕРЕШНЕ

🍒Сейчас во многих садах и дворах активно начали собирать черешню, ее можно видеть и на прилавках наших базаров и магазинов. А в чем ценность этого продукта? Сегодня расскажем вам несколько интересных фактов о черешне и ее ценности.

🔴Чем черешня темнее, тем она более спелая, а чем она более спелая, тем больше в ней сахара.
🔴Черешня — сырьё для изготовления пищевого красителя, причём цвет получается не красный, а зелёный.
🔴Одно из неофициальных названий черешни — «птичья вишня». Очевидно, оно связано с любовью, которые птицы питают к этим ягодам.
🔴Черешня более теплолюбива, чем вишня.
🔴Современные исследователи полагают, что не черешня произошла от вишни, а наоборот. Черешня была известна людям ещё около десяти тысяч лет назад, что делает её по-настоящему древней ягодой.
🔴Ягоды черешни могут достигать двух сантиметров в диаметре.
🔴С одного гектара черешневых деревьев пчёлы могут собрать до 35 килограммов пыльцы.
🔴Некогда смола черешневого дерева использовалась в качестве своеобразной жвачки.
🔴Существует множество различных сортов черешни, но активно культивируются лишь около полутора десятков из них.
🔴В основном черешневое дерево вырастает до 10 метров в высоту, однако нередко встречаются и 30-метровые деревья.

#это_интересно #черешня #факты

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM