QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.2K photos
2.72K videos
7 files
9.49K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XITOY VA O‘ZBEKISTON OLIYGOHLARI O‘RTASIDA HAMKORLIK MUNOSABATLARI RIVOJLANMOQDA

🤝Bugun oliy taʼlim tizimida ham izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ularning ijrosida esa, nafaqat mamlakatimizdagi, balki xorijlik hamkorlarning tajribalaridan keng foydalanish bo‘yicha aniq tizim ishlab chiqilgan.

Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy–O‘zbekiston ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi va unda respublikamizning 20 dan ortiq oliy o‘quv yurti vakillari, talabalar ishtirok etishdi.

Jumladan, Toshkent davlat agrar universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik universiteti (NWAFU) hamda  O‘rmon xo‘jaligi universiteti bilan shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, Toshkent davlat agrar universitetining bitiruvchi talabalari Xitoydagi oliygohlarda o‘qishini davom ettirishi, ikki tomonlama diplom olishi, olim va o‘qituvchilar esa malaka oshirishi, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilmoqda.

Tadbir davomida Xitoy delegatsiyasi mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan bir qancha universitet, ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari bilan ham kelishuv Memorandumlarini imzolashdi.

#xalqaro_hamkorlik #delegatsiya #memorandum #oliy_talim_tizimi #TDAU

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jannatmakon bu yurtimizda eng ajib, eng totli meva-yu sabzavotlar yetishtiriladi. Bu zaminning ko‘zni quvnatar naqsh olma-yu anorlari, boldan-da shirin uzumlarini yemabsiz, dunyoga kelmabsiz. Mana shunday betakror mevalarimizning navlarini saqlab qolish, uni dunyo bozorlariga olib chiqish maqsadida so‘nggi yillarda ko‘plab festivallar, ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.

🍇Bugun bir necha soatlardan so‘ng Toshkent viloyatining Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida mana shunday nufuzli tadbirlarda biri — "Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali" boshlanadi.

Mamlakatimizning turizm salohiyatini namoyish etish, milliy mahsulotlarimizni jahon bozoriga olib chiqishdek ulkan maqsadni ko‘zlagan ushbu festivalni yuqori saviyada o‘tkazish uchun yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilgan.

Festivalda sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya, "Eng yaxshi uzum navi" va "Eng yaxshi vino mahsuloti" nominatsiyalari bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovi, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar va liboslar ko‘rgazmalari hamda boshqa madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Siz ham festivalga tashrif buyuring va biz bilan birgalikda betakror taassurotlarga oshno bo‘ling!

#uzumchilik #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍇Toshkent viloyatining Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida nufuzli tadbirlardan biri — "Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali" boshlandi.

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA O‘Z ISHINI BOSHLADI

🍇Toshkent viloyatining Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida nufuzli tadbir — "Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali" bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu festival Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi “2023-2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-260-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning 15-16-sentyabr kunlari o‘tkaziladi.
*****
НАЧАЛА СВОЮ РАБОТУ МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

🍇В селе Заркент Паркентского района Ташкентской области проходит престижное мероприятие"Узум сайли и международный фестиваль виноделия".

Данный фестиваль организован Министерством сельского хозяйства совместно с Министерством высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан и хокимиятом Ташкентской области в соответствии с Постановлением Президента Республики Узбекистан ПП-260 "О мерах, направленных на дальнейшее развития сферы виноградарства и виноделия в 2023-2026 годах" от 3 августа этого года.

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya #seminar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍇PARKENT TUMANINING ZARKENT QISHLOG‘IDA "UZUM SAYLI VA XALQARO VINOCHILIK FESTIVALI" QIZGʻIN PALLADA
*****
🍇В СЕЛЕ ЗАРКЕНТ ПАРКЕНТСКОГО РАЙОНА В САМОМ РАЗГАРЕ «ФЕСТИВАЛЬ ВИНОГРАДА И МЕЖДУНАРОДНЫЙ ФЕСТИВАЛЬ ВИНОДЕЛИЯ».

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA QIZG’IN DAVOM ETMOQDA

🍇“Uzum sayli va
xalqaro vinochilik festivali doirasida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya qizg’in tarzda o’tmoqda. Ma’ruzalar mahalliy hamda xorijiy ekspertlar tomonidan olib borilmoqda. Unda uzum yetishtirish agrotexnologiyalari, serhosil uzum navlarini ko'paytirishda tokzorlarda uchraydigan har xil kasalliklarga qarshi kurashish usullari haqida nafaqat yurtimiz olimlari va soha mutaxassislarining, balki Yevropa davlatlaridan tashrif buyurgan tajribali mutaxassislarning ma’ruzalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otmoqda. Ahamiyatlisi, konferensiya ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan kerakli javoblarni olishmoqda.

O‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyada “Uzum yetishtirish va saqlashning innovatsion texnologiyalari”, “In vitro sharoitida uzumning payvandtag va payvandtaglarini ko‘paytirish agrotexnologiyasi”, “Hosilli tokzorlar intensiv texnologiyasi”, “Uzumning sharobbop navlarini tanlash va yetishtirishda tavsiyalar”, “Uzumning mayizbop navlarini o‘stirish usullarining hosil va hosil sifatiga ta'sirini o‘rganish”, shuningdek, hududning turizm salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha xalqaro tajriba, uzumchilikda standartlash va sertifikatlash tizimini joriy etish (GLOBAL GAP, ORGANIC), tok tuplarining yashil qismlari bilan bog‘liq ishlar borasida ham bir qator ma'ruzalar tinglanmoqda.
Tadbir doirasida xorijiy biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Mahalliy va xorijiy investorlar hamda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida turli bitim va kelishuvlar imzolanmoqda.

Shuningdek, “Uzum sayli” doirasida “Eng yaxshi uzum navi” va “Eng yaxshi vino mahsuloti” nominatsiyalari bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovi, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar va liboslar ko‘rgazmalari hamda boshqa madaniy tadbirlar tashkil etilishi ko'zda tutilgan.

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍇UZUM SAYLI KONSERT DASTURLARI BILAN DAVOM ETMOQDA
*****
🍇ПРОДОЛЖАЕТСЯ ФЕСТИВАЛЬ ВИНОГРАДА С КОНЦЕРТНОЙ ПРОГРАММОЙ

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YURTIMIZNING UZUMCHILIK TAJRIBASI E’TIROF ETILMOQDA

Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatining Parkent tumanida “Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali” hamda uning doirasida uzumchilik hamda vinochilikka bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o'tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi “2023–2026 yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-260-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilgan ushbu festivalda xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari, nufuzli xalqaro tashkilotlarning vakillari, 30 dan ortiq davlatlarning vinochilik sohasida yirik va yetakchi hisoblangan kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.

Jarayonda O‘zbekistonning 12 ta viloyatidan fermer xo‘jaliklari, mamlakatimiz vino zavodlari, tabiiy ichimliklar, sharbatlar va sharbat konsentratlari ishlab chiqarish korxonalari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda Toshkent viloyatida 15 ming gektardan ortiq uzumzorlar mavjud. 2022-yilda 103 ming tonna (105%) hosil yetishtirilgan bo‘lsa, joriy yilda 115 ming tonna (112%) hosil yetishtirish ko‘zda tutilmoqda. 2024-2025-yillarda qo‘shimcha 20 ming gektar (shundan 2023-yilda 10 ming 260 gektar hamda 2024-yilda 9 ming 740 gektar) uzumzor barpo etish belgilangan.

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“UZUM SAYLI VA XALQARO VINOCHILIK FESTIVALI YAKUNLANDI

Parkent tumanining Zarkent qishlog‘ida "Uzum sayli” va xalqaro vinochilik festivalining 2-kuni ham taassurotlarga boy bo‘ldi.

🍇Kunning birinchi qismida festival doirasida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ekspertlar tomonidan “Uzumning yangi navlari va yetishtirish texnologiyasi”, “Tok tuplari yashil qismlari bilan bog’liq ishlar”, “In-vitro sharoitida uzumning payvandtag va payvandtaglarini ko‘paytirish agrotexnologiyasi” kabi bir qator mavzularda ma’ruzalar qilindi.

Festival doirasida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada 30 dan ortiq ma’ruzalar taqdim etildi, hududlar hamda vino ishlab chiqaruvchilarning pavilyonlari, vinolar degustatsiyasi, auksion, folklor jamoalar va estrada san’atkorlarining chiqishlari tashkil etildi.

Shuningdek, festival doirasida o‘tkazilgan B2B formatidagi uchrashuvlar natijasida jami 35 mln AQSh dollaridan ziyod eksport shartnomalari imzolandi.

Bundan tashqari, ushbu festivalda ikki kun davomida 95 ming nafar mahalliy va xorijiy mehmonlar qatnashdi.

Tadbirda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilgan, shuningdek faol ishtirok etgan qatnashchilarga tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg’alar berildi. Xususan, Toshkent viloyatining shahar va tumanlari o‘rtasida “Eng namunali pavilyon” nominatsiyasida 1-o‘rinni Yuqori Chirchiq tumani egalladi.

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝🇷🇺
Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 4-majlisi
bo‘lib o‘tdi.

Unda Kon-metallurgiya, yoqilg‘i-energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi loyihalari faol amalga oshirilayotgani qayd etildi. Aytish joiz, so‘nggi besh yilda o‘zaro tovar ayirboshlash o‘smoqda. O‘tgan yil oxirida bu ko‘rsatkich 9,3 milliard dollarga yetgan.

Majlisda shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sarmoyaviy va faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishi yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

#xalqaro_hamkorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM