QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining informatsion dasturida aholi hayoti, hududlar iqtisodiyoti bilan tanishish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-28-iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurgani, tashrif chogʻida “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligida ham bo‘lib, tumanning uzumchilik tajribasini yuqori baholagani, iqlimi uzumchilikga mos tumanlar ko‘pligini ta’kidlab, ularda ham Oltiariq tajribasini joriy qilish, tokzorlarni ko‘paytirish borasida ko‘rsatmalar bergani haqida lavha efirga uzatildi.

Lavhada  vazifalar ijrosi doirasida “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligida ko‘rgazmali seminar tashkil etilgani va seminardan ko‘zlangan maqsad joylardagi dehqonlarimizga O‘zbekistonda yetishtirilgan uzumga bo‘lgan talabning oshib borayotgani hamda uzumzorlarni kengaytirishda Oltiariq uzumchilik tajribasini keng joriy etish lozimligini yetkazishdan iborat bo‘lgani haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalida yurtimizda ilk bor joriy qilinayotgan “Aqlli qishloq xo‘jaligi” loyihasi qishloq xo‘jaligi sohasida yangi bosqichni boshlab berishi haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida joylashgan Qoraqalpog‘iston sholi va don ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining tajriba maydonida yo‘lga qo‘yilgan yangi loyihaning afzalliklari, hamdo‘stlik davlatlari orasida birinchi marotaba amaliyotga joriy qilinishi, aqlli suv tejovchi texnologiyalarning samaradorlik ko‘rsatgichlari haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #aqlli_qishloq_xojaligi #suv_tejovchi_texnologiyalar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥На телеканале «O‘zbekiston 24» вышел в эфир специальный репортаж о том, как создаваемые возможности для пчеловодов не только позитивно влияют на качество продукции, стимулируют увеличение их доходов, но и в целом повышают эффективность и результативность развития сферы.

В аналитическом материале речь идёт о предпринимателе из Учкурганского района Наманганской области, Бахромжоне Нурматове. Он получает стабильно высокий доход при производительности в среднем 3 тонны мёда в год. Развитию пчеловодства в Намангане, особенно в Учкурганском районе, уделяется пристальное внимание. В итоге растёт заинтересованность предпринимателей и кратно увеличивается потенциал данного направления сельского хозяйства.

#репост #Ozbekiston_24 #специальный_репортаж #пчеловодство

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalida uzumchilikda Oltiariq tajribasini Xorazm viloyatida qo‘llash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanidagi “Mahliyo Tabassum Umidjon” fermer xo‘jaligida Oltiariq tajribasi asosida uzum yetishtirilayotgani va tumanning qo‘shimcha yer maydonlarida Oltiariq tajribasi asosida uzumzorlarni tashkil etish mavzusida tashkil etilgan ko‘rgazmali seminar tafsilotlari haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #uzumchilik #maxsus_reportaj #seminar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” dasturida Prezidеntning “2023-2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar haqida lavha efirga uzatildi.

Unda fan va zamonaviy innovatsiyalar birga odimlayotgan davrda uzumchilikni ham ilmiy asoslarda rivojlantirish, uzum hosilini turli kasalliklardan asrash, navlarni rayonlashtirish, hosilni qayta ishlash singari masalalarga alohida e'tibor qaratilayotganiga to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, lavhada sohadagi muammolarni bartaraf etish va uzumchilikni yanada rivojlantirish borasida agrar soha mutaxassislarining fikr va tavsiyalari keltirilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥На телеканале «O‘zbekiston 24» вышел в эфир специальный репортаж о задачах, определенных Постановлением Президента Республики Узбекистан «О мерах по дальнейшему развитию сферы виноградарства и виноделия в 2023-2026 годы».

Было отмечено, что в период, когда наука и инновации движутся вместе, особое внимание уделяется таким вопросам, как развитие виноградарства на научной основе, защита урожая винограда от различных болезней, районирование сортов и переработка урожая. Также представлены мнения и рекомендации специалистов по устранению проблем в отрасли и дальнейшему развитию виноградарства.

#репост #Ozbekiston_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida mamlakatimizning agrar tarmog‘ida ekologik toza mahsulot yetishtirishda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan zarur choralar ko‘rilayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda “Dolzarb 15 kunlik” doirasida Toshkent viloyatining Piskent tumanida o‘tkazilgan seminarda g‘o‘za zararkunandalariga qarshi kurashda hududlardagi biolaboratoriya imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish, biomahsulotlarni keng qo‘llash borasida so‘z yuritilgan.

Shuningdek, sabzavot, poliz ekinlari maydonlarining holatini nazorat qilish, kasalliklar, begona o‘tlar, hasharotlarga qarshi kurashda samarali usullarni qo‘llash zarurligi qayd etilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24

WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani chekka ovuli Beltov qishlog‘ida pishib yetilgan pomidor va qovunlar hudud ehtyojini ta’minlashdan tashqari qo‘shni mamlakatlarga ham yetkazib berilayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Taxtako‘pir tumani Beltov qishlog‘i hududida yillar davomida begona o‘t qoplagan 1000 gektarga yaqin yer bugungi kunda gullagan bog‘larga aylantirilgani va ayni kunlarda dalalarda ish jarayoni qizg‘in davom etib mahalliy aholi ommaviy ravishda yig‘im-terim mavsumida pishib yetilgan pomidorni qadoqlayotgani haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24 #pomidor #qovun

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida Namangan viloyatida mevani qayta ishlashga mo‘ljallangan yangi korxona ish boshlagani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Chust tumanidagi Namangan erkin iqtisodiy zonasida 4 gektar yer maydonda tashkil etilgan korxonada 80 ta yangi ish o‘rni yaratilgani haqida so‘z yuritilgan.

Lavhadan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu korxonada yiliga 24 ming tonna meva mahsulotlari qayta ishlanib, 2,5 ming tonna meva konsentrati xorijiy davlatlarga eksport qilinayotgani haqida ham bilib olishingiz mumkin.

#repost #Ozbekiston_24 #yangiliklar_24 #xorijiy_investitsiya #eksport

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining Tahlilnoma dasturida GLOBAL HUNGER INDEX ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil uchun xalqaro miqyosdagi ochlik indeksida O‘zbekiston eng yaxshi mamlakatlar orasida 21-o‘rinni egallagani haqida lavha efirga uzatildi.

Tahlilinomada mazkur reyting Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan birgalikda Oziq-ovqat xavfsizligi mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazilayotgan kunlarda e’lon qilingani o‘ziga hos ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Tahlilnoma #FAO

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM