QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.4K photos
2.66K videos
7 files
9.15K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
VENGRIYADAGI “BONOFARM GROUP” KOMPANIYASINING O‘ZBEKISTONGA TASHRIFI YAKUNLARI

🔰“Bonofarm Group”
Vengriyaning o‘simlikshunoslik, chorvachilik, vinochilik, ozuqa va go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning delegatsiyasi Toshkentga ijrochi direktor Attila Chani boshchiligida keldi.

#tashrif #vazir #delegatsiyaga #Ozbekiston #Vengriya
*****
ИТОГИ ВИЗИТА ВЕНГЕРСКОЙ КОМПАНИИ «BONOFARM GROUP» В УЗБЕКИСТАН

🔰Bonofarm Group
– одна из ведущих компаний Венгрии в области растениеводства, животноводства, виноделия, производства кормов и мясомолочных продуктов. В Ташкент делегация прибыла во главе с исполнительным директором компании Аттилой Чаньи.

#визит #министр #делегация #Узбекистан #Венгрия

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Yurtdoshlarimiz o‘rtasida “O‘z tomorqangizda qanday ekinlarni ekasiz” so‘rovnomasi o‘tkazildi.

Mazkur so‘rovnoma 1201 ta ovoz to‘pladi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra,
eng ko‘p ovoz bir hududda sabzavot va meva yetishtirishga berilgan bo‘lib, respondentlar umumiy sonining 41 foizini tashkil etadi.

Ishtirokchilarning 27,5 foizi sabzavot ekinlarini, 24,5 foizi esa mevali daraxtlarni yetishtirishga ovoz berishgan.

Qayd etish joizki, ovoz berganlarning atigi 8,5 foizi o‘z tomorqasida gul yetishtirishni ma’qul ko‘radi, shuningdek, 16 foiz ovoz berganlar esa shaxsiy tomorqaga ega emas.

Faol bo‘lganingiz uchun tashakkur! Javoblaringizni kuzatish biz uchun muhim.

#sorovnoma #natija #sabzavot #mevali_daraxtlar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1 201 голос собрал наш опросник: Какие культуры вы выращиваете на своих участках

Давайте сегодня «заглянем» в ваши сады и посмотрим, что же вы предпочитаете выращивать у себя.

Итак, наибольшее количество голосов отдано за сочетание выращивания овощей и фруктов на одном участке, за которые проголосовали 41% из общего числа респондентов.

Овощные культуры выращивают 27,5%, а фруктовые деревья - 24,5%.

Отметим, что цветы на своих участках предпочитают выращивать всего 8,5% из числа проголосовавших, а не имеют своего участка земли 16% людей.

Благодарим вас за активность! Всегда интересно наблюдать за вашими ответами.

#опрос #результат #овощи #фрукты

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
PREZIDENT QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI ISHLARNI KO‘ZDAN
KECHIRDI

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan tanishish maqsadida 10-fevral kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
Safar dasturidagi birinchi manzil Paxtakor tumanidagi «Paxtakor elita urug‘chiligi» fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Xo‘jalik maydoni 100 gektar bo‘lib, shundan 80 gektarida paxta va g‘alla, qolgan qismida soya, sarimsoqpiyoz, beda ekilgan.

Ma’lumki, yurtimizda ishsiz fuqarolarga dehqonchilik uchun yerlar ajratilmoqda. Jizzax viloyatida bu orqali 13 mingdan ziyod yoshlarning bandligini ta’minlash mo‘ljallangan.

- Bir paytlar 1 gektar yerni xalqqa berish mumkin emasdi. Hozir 200 ming gektar ajratdik. Nima uchun? Odamlarga daromad manbai bo‘lishi uchun. Endi «qarsak ikki qo‘ldan chiqishi» kerak, - dedi davlat rahbari.

Fermerlarning manfaatdorligini ta’minlash, mahallalarning «o‘sish nuqtalari»ni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

#Prezident #tashrif #Jizzax #fermer_xojaligi

https://t.me/shmirziyoyev/15775
ALISHER NAVOIY VA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR – TEMURIYLAR DAVRINING BUYUK NAMOYANDALARI

🔰2023-yil 9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlantirish va tadqiqotlar xalqaro markazida (ISCAD) buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hamda ulug‘ sarkarda, shoir va davlat arbobi Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti professori Bobir Negmatov ishtirok etib, “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur – Temuriylar Uyg‘onish davrining buyuk siymolari” mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan fikr almashib, mashhur g‘azallardan satrlar o‘qidilar.

#Navoiy #Bobur #ISCAD
*****
АЛИШЕР НАВОИ И ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БАБУР – ВЕЛИКИЕ ДЕЯТЕЛИ ЭПОХИ ТИМУРИДОВ

🔰В Международном центре стратегического развития и исследований в сфере продовольствия и сельского хозяйства при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан (ISCAD) 9 февраля 2023 года коллектив Центра провел тематическую лекцию, посвященную дню рождения Алишера Навои – великого поэта и мыслителя, а также великого полководца, поэта и государственного деятеля Захириддина Мухаммада Бабура.

В данном мероприятии принял участие профессор Национального университета Узбекистана Бобир Негматов, который выступил с докладом на тему: «Алишер Навои и Захириддин Мухаммад Бабур – великие деятели эпохи Возрождения Тимуридов».

Участники мероприятия обменялись мнениями по теме и зачитали строки из известных газелей.

#Навои #Бабур #ISCAD

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
URUG‘LIK CHIGITNI SARALASH – SIFATLI HOSIL GAROVI

🔰Respublikamiz bo‘yicha 2023-yil paxta hosili uchun 59,7 ming tonna urug‘likni tozalash-saralash rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kun holatiga ko‘ra, 34,6 ming tonna urug‘lik saralangan.

Bugungi kungacha 10 ming tonna urug‘lik tuksizlantirilgan bo‘lsa, 16,5 ming tonna urug‘lik dorilangan.

🌐To'liq video

#chigit_uruglik #hosil #paxta
*****
ХОРОШИЙ УРОЖАЙ РЕЗУЛЬТАТ КАЧЕСТВЕННЫХ СЕМЯН

🔰К урожаю хлопка 2023 года в нашей республике планируется очистить и отсортировать 59,7 тыс. тонн семян. На сегодняшний день отсортировано 34,6 тыс. тонн семян.

Сейчас депилировано 10 000 тонн семян, обработано 16 500 тонн семян.

🌐Полное видео

#семена #хлопок

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Mehnatning yakuni xayrlidir ",Gomer (qadimgi yunon shoiri).

#kun_fotosi #Gomer #mehnat

«Приятны завершенные труды»,
Гомер (древнегреческий поэт).

#фото_дня #Гомер #труд

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
📈2022-yil yakuni bo‘yicha qishloq xo‘jaligining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili

#yil_yakuni #tahlil #qishloq_xojaligi #2022_yil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 11-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillarining qishloq xo‘jaligi tizimidagi oliy ta‘lim muassasalarida ta’lim oluvchi davlat va vazirlik stipendiyasi g‘oliblari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvda Toshkent davlat agrar universiteti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti va Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti stipendiatlari ishtirok etmoqdalar.

Uchrashuv tafsilotlari va Qishloq xo‘jaligi vazirligi stipendiyasi sohiblarining fikrlari bilan tanishish uchun rasmiy sayt va kanallarimizni kuzatib boring.

#uchrashuv #Qishloq_xojaligi_vazirligi #davra_suhbati #talabalar #stipendiatlar
*****
Сегодня, 11 февраля, состоится круглый стол с представителями Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан и победителями государственных и министерских стипендий, которые обучаются в вузах по направлениям сельского хозяйства.

Во встрече примут участие стипендиаты Ташкентского государственного аграрного университета, Института сельского хозяйства и агротехнологий Республики Каракалпакстан, Самаркандского филиала Ташкентского государственного аграрного университета, Андижанского института сельского хозяйства и агротехнологий, Международного сельскохозяйственного университета и Термезского института агротехнологий и инновационного развития.

Подробности встречи и мнения стипендиатов будем освещать в последующих материалах. Следите за нашим каналом.

#встреча #Министерство_сельского_хозяйства #круглый_стол #студенты #стипендиат

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Biroz avval O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillarining agrar sohadagi oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim oluvchi davlat va vazirlik stipendiyasi g‘oliblari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergandik.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Chinorkent” ko‘ngilochar dam olish maskanida bo‘lib o‘tayotgan тadbirga Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham tashrif buyurib, talabalarning har biri bilan alohida tanishdi hamda ularning o‘y-fikrlari, kelajakdagi rejalari, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida suhbatlashdi. Samimiy ruhda kechayotgan uchrashuvda vazir rivojlangan davlatlarning qishloq xo‘jaligi sohasidagi ko‘rsatkichlari, rivojlanish bosqichlari va istiqbollari haqidagi ma‘lumotlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, sohada erishilayotgan yutuqlar va kelgusida amalga oshiriladigan islohotlar haqida talabalarga so‘zlab, ushbu tizimga qadam qo‘yayotgan yoshlarga o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda yo‘nalishlar berdi.

Davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, vazirlik tomonidan yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, tizim tashkilotlarining faoliyat yo‘nalishlari, sohada amaliy tajriba oshirish uchun mavjud shart-sharoitlar bo‘yicha ham yetarlicha ma’lumot olishdi.

#uchrashuv #Qishloq_xojaligi_vazirligi #davra_suhbati #talabalar #stipendiat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Ранее мы сообщали о том, что представители Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан проводят круглый стол со студентами аграрных ВУЗов, которые получили государственные и министерские стипендии.

На мероприятии присутствовал министр сельского хозяйства Азиз Воитов, который познакомился с каждым студентом, узнал их планы на будущее и цели, которые они ставят перед собой.

В ходе встречи министр поделился информацией о перспективных направлениях развития сельскохозяйственного сектора развитых стран. Он рассказал студентам о достигнутых результатах в этой области, о будущих реформах. Азиз Воитов поделился собственным опытом и дал рекомендации молодым специалистам, которые планируют связать свою жизнь с сельским хозяйством.
В ходе круглого стола студенты получили ответы на интересующие их вопросы, а также информацию о возможностях, создаваемых министерством для молодых специалистов, направлениях деятельности системных организаций, существующих условиях для наращивания практического опыта в этой области.

#встреча #Министерство_сельского_хозяйства #круглый_стол #студенты #стипендиат

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM