UXER
46 subscribers
79 photos
7 videos
14 files
67 links
Product Designer at @numeoai
Download Telegram
UXER
Aynan shu miya ishni tugatishga intilishi "Zeygarnik effekti" deyiladi.
Zeygarnik effektga o'xshash yana bir psixologik effekt bor. Uning nomi "Sunk cost fallacy". Bu yerda ham biror ishni davom ettirish yoki davom ettirmaslik qarori qabul qilinadi.

Zeygarnik effektidan farqli, bunda odatda qilinadigan qarorlar bizning zararimizga ishlaydi. Misol uchun, yangi chiqqan kinoni ko'rish uchun kinoteatrdan chipta sotib oldingiz (Ish boshlandi). Endi u kinoga borishga ko'p extimol o'zingizni majburlaysiz. Kinoteatrda keldingiz, kino boshlandi, lekin juda zerikarli. Shartta turib chiqib ketish sizga qimmatga tushadigandek tuyuladi. Chunki siz bu kinoni ko'rish uchun pul va vaqt sarflab keldingiz, oxirigacha ko'rishga o'zingizni majburlaysiz va juda kam hollarda kinoteatrdan chiqib ketasiz.

Kitob o'qishda ham shunday holatlar uchirab turadi. Vaqt va pul sarflab kitob sotib olasiz, yana qanchadir vaqt sarflab uni qanchadir qismini o'qiysiz. Shu sabab u kitobni qanchalik sizga foydasiz va zerikarli bo'lishiga qaramay o'qib tugatib qo'yasiz.

UX dizaynda bu ikki effektdan deyarli bir xil joylarda foydalaniladi. Farqi, bulardan foydalanish maqsadi turlicha bo'ladi. Zeygarnik effekti motivatsiya berish uchun, sunk cost fallacy esa monipulatsiya qilish uchun ishlatilinadi. Ikkalasi ham bir ishni oxirigacha yetkazishga undaydi.

@uxeruz
🔥41
Hammani xabari bor bo'lsa kerak, bir necha kun oldin 15mln ga yaqin odamlarni shaxsiy ma'lumotlari chiqib ketgani haqida xabar chiqqan edi.

Bu qanchalik rost yoki yo'q bilmadim, lekin xafsizlik choralarini ko'rib qo'ying do'stlar. Kecha 2 daqiqa ichida ketma ket shuncha qo'g'iroq bo'ldi menga.

Telefon raqam va plastik kartalarimni almashtirishni o'ylab turibman. Lekin bu ham foyda beradimi yo'qmi bilmayman🥲

@uxeruz
🤯21
X (Twitter) da to'palon bo'lyabti (har doimgidek🥲)

Bu safar Higgsfield e'tibor markazida. Ularning X'dagi rasmiy accounti suspend qilingan.

@uxeruz
🤯21
Nodizayn
Yangi eraga xush kelibsiz!
Bugungi kunim Claude set up qilish bilan o'tdi va vanihoyat hozirgina vibe code qilib kichik bir qismga o'zgarish kiritdim. O'ylaganimdan aaaaancha oson ish bo'lib chiqdi bu narsa.

Juda ajoyib hissiyot. Qandaydir superpowerni his qilyabman.

@uxeruz
👏2
Kitob o'qish uchun har xil AI tool lardan foydalanib ko'rdim, lekin baribir paper book o'qiganga yetmas ekan. Harholda men uchun shunisi foydaliroq bo'lyabti.

Lekin AI foydasiz bo'lyabti deb uni tashlab qo'ymasdan 3 bosqichli texnikani qo'llab ko'rdim.

Avval kitobni AI orqali har bir chapter larini summary qilib olib o'qib chiqaman, bu kitob haqida umumiy hulosa olishga yordam beradi. Ko'p hollarda o'qishga arziydimi yoki yo'qmi shu stepni o'zida aniqlab olaman o'zim uchun.

Keyin paper bookni o'zini o'qiyman va summarydan olingan hulosalar nega unday ekanligiga yanada yaxshi tushunib olaman.

Kitobni o'qib tugatgandan keyin AI bilan yana bir review qilib chiqaman kitobni va shu bilan kitob aaancha tushunarli bo'ladi.

Kitob o'qishda NotebookLM men sinab ko'rganlar ichida eng yaxshi AI yordamchi. Sinab ko'ring.

Bugun Business Thinking for Designers kitobini o'qiyabman. Kitob cover dizayniga gap yo'q. Juda yoqdi.

Dam olish kuningizni yaxshi o'tkazib oling!

@uxeruz
3
Figmada $20 lik plan ishlataman, shu sababmi bilmadim, AI uchun berilgan token juda tez tugaydi. O'tgan oyda qo'shimcha token olib uni ham tezda tugatib qo'ygandim.

Shunaqa muammolar sabab kecha Claude bilan bir experiment qilib ko'rdim.

Front end dasturlashga tushunadiganlar biladi, har xil npm package lar mavjud. Bulardan eng mashxuri MUI bo'lsa kerak.

Men ham o'zimda bor componenetlardan kichik npm package yasadim, Claude bilan albatta. Keyin oxirida npmjs.com saytiga public holatda publish qildim ham, lekin biroz o'tib maxfiylik siyosati tufayli o'chirib tashladim. Package dan o'zim local holatda foydalanyabman.

Natijalar yomon emas, juda zo'r desa ham bo'ladi. Claude deyarli Figma Make day ishlayabti. Yaxshi tarafi Claude orqali qilingan prototiplar bilan hech qanday qiyinchiliklarsiz PR yaratsam bo'ladi.

Endi menda bitmas tugamas token, design system ga amal qiladigan va tez ishlaydigan AI bor. Just WOW!

Kuningiz yaxshi o'tsin!

@uxeruz
2
Yaqinda qilgan kichik npm package orqali platformada mavjud email qismini bir necha daqiqada redesign qildim Claude bilan. Rasmda natijani ko'rishingiz mumkin.

Yomon emas-a!

@uxeruz
2🔥1
My first PR was approved🥲

@uxeruz
🔥31
Bu oy ishlar ko'payib ketgani sabab Duolingoda 6 kun dars qila olmay qolibman. Bu bir oy uchun juda ko'p(

Streak Freeze orqali 900 kunga yaqinlashib qolgan streak ni saqlab qoldim. Lekin ortiq dars qoldira olmayman, sababi menda Streak Freeze sotib olish uchun "pul" qolmadi. Duolingoda dars qilish orqali "pul ishlasa" bo'ladi.

Menimcha endi dars qoldira olmasam kerak. Sababi Duolingo "Focus Mode" ni ishga tushurdi.

U orqali bir nechta ilovalarni bloklab qo'yishingiz mumkin, va ular dars qilmaguningizcha ochilmaydi.

Hozir men Duolingoda 3ta dars qilmagunimcha na ovqatlana olaman, na ishga borib kela olaman. Hech qanday entertainment uchun imkon yo'q. Deyarli barcha ilovalarni bloklab qo'ydim.

It might boost my studies, we'll see.

@uxeruz
👏31
Design is iterative, not linear.

Every version teaches you something new. Refine, test, improve, repeat.

A sample prompt can be:
Book the best load from Chicago for Truck #14

@uxeruz
3
Oxirgi vaqtlarda visual ko‘rinish muhim bo‘lmagan joylarda faqat Claude Code orqali prototype qilib ishlayapman.

Bunday ishlashning foydali taraflarini ko‘pchilik yaxshi biladi deb o‘ylayman.

Lekin shu kunlarda men yana bitta juda foydali tomonini o‘zim uchun kashf qildim.

Avvallari faqat qo'shilishi reja qilinayotgan feature uchun prototype tayyorlardim. Lekin bu menga yetarli bo'lmadi.

Shu sabab, Claude bilan dizayn qilayotgan platformamning deyarli 1:1 nusxasini yasab chiqganman va biror o‘zgarish yoki feature qo‘shmoqchi bo‘lsam, avval o‘sha platforma ichida sinab ko‘ryapman.

Masalan, yangi feature test qilish uchun platformaga qayta ro‘yxatdan o‘taman, kerakli joygacha user kabi bosqichma bosqich o‘taman. Dizayn qilish jarayonida esa bu ish bir necha marta takrorlanadi.

Shu takrorlanish davomida user uchun noqulay bo‘lgan joylar o‘z-o‘zidan bilinib qoladi. Chunki har safar platformadan oddiy user sifatida qayta-qayta foydalanaman.

Qayerda friction yoki noqulaylik bo‘lsa, darrov seziladi. Eng yaxshi tomoni esa, o‘sha paytning o‘zida unga yechim ham qilib ketish mumkin. Usability test uchun ham oson.

@uxeruz
🔥4
Bayram muborak bo'lsin!

@uxeruz
2