utkirmdesign
366 subscribers
76 photos
4 videos
51 links
Utkir Musaboev
Brand Identity Designer
be.net/utkirmusaboev
Download Telegram
Polaris Logistics

Polaris Logistics - yetkazib berish xizmatini bajaruvchi logistika kompaniyasi hisoblanadi.

Polaris - bu "the Pole Star" so'zining qisqartmasi bo'lib, "Qutb yulduzi" deb tarjima qilinadi. Qutb yulduzi eng yorug' yulduz hisoblanib, undan qadimda savdogarlar navigatsiya uchun foydalanishgan.

Logotipda qutb yulduziga ishora qilgan holda asosiy element sifatida qutb ayig'i tasvirlangan.

Behance

@utkirmdesign
🔥14👍5🤩2
CATCH THE HARE!

Logo dizayner Malina Cosmica dunyoning turli yerlaridan bo'lgan dizaynerlar ishtirokidagi "CATCH THE HARE!" nomli logotiplar jamlanmasini taqdim etdi.

Behance 👈 Link

@utkirmdesign
🔥13❤1👍1
Forwarded from ©️ gulomov design
Grafik dizaynerlar diqqatlariga!

Ushbu hafta yakunida, 29-oktyabr yakshanba kuni, soat 14:00 da sizni dizaynerlar tadbirlariga taklif etib qolamiz.

Tadbirda Utkir Musaboev, Ahror Alikhonov, Temurbek Usmonov va Jahongir G'ulomovlardan dizaynerlarning turli mavzular ostida taqdimotlarini tomosha qilishingiz, umumiy barcha bilan networking hosil qilishingiz imkoniyati mavjud.

Ushbu muhitga tashrif buyurishni istasangiz, izohlarda "+" qoldiring.

@gulomovdesignblog
👍12🔥4
Articles

Dizaynerlar uchun foydali ma'lumotlar bo'lishadigan Kreafolk vebsayti "How To Create Simplicity In Logo Design" nomli maqolasini chiqardi. Ushbu maqola orqali logo dizayndagi oddiylik va uni yaratish prinsiplari haqida ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Kreafolk 👈

@utkirmdesign
🔥16👍4❤1🤩1
Molli - Kids Store

Molli onlayn-do'koni bolalar uchun keng turdagi bolalar kiyimlari va aksessuarlarini taklif etadi.

Behance 👈 Link

@utkirmdesign
👍16🔥6❤2🤩1
LOGOFOLIO 2022-2023 / Vol.03

2022-2023 yillar oralig'ida bajarilgan logotip va belgilar to'plami.

Behance 👈 Link

@utkirmdesign
🔥18👍13❤1🤩1
utkirmdesign
LOGOFOLIO 2022-2023 / Vol.03 2022-2023 yillar oralig'ida bajarilgan logotip va belgilar to'plami. Behance 👈 Link @utkirmdesign
Behance'dan lenta

Logotiplar to'plamidan iborat LOGOFOLIO 2022-2023/ Vol. 03 loyihasi Logotiplar galereyasiga qo'yildi.

Behance 👈 Link

@utkirmdesign
🔥36👍9❤3🤩1
Phi - Cinematic Film production

Phi - Kinomatografik filmlar ishlab chiqarish, biznes uchun tijoriy videolar, tik tok kontent videolar tayyorlash xizmatlarini taklif etuvchi studiya.

Phi - brend nomi "Fi" deb talaffuz qilinuvchi "Fibonachchi ketma-ketligi"ning qisqartmasidan kelib chiqqan. Fibonachchi sonlari Oltin nisbat (Golden ratio) deb ataluvchi 1.618 soniga bo'gliq.

Behance 👈 Link

@utkirmdesign
🔥18👍5
Brend bu logotip emas

Dizayn va brending sohasida eng ko'p takrorlanadigan fikrlardan biri shu bo'lsa kerak.

Men bu fikrga qo‘shilaman. Haqiqatan ham brend logotipdan ancha katta tushuncha. Unda mahsulot ham bor, xizmat ham bor, mijoz tajribasi ham bor, kompaniyaning qadriyatlari ham bor.

Ba'zan shu fikrni shunchalik ko‘p takrorlaymizki, logotipning o‘zi ikkinchi planga tushib qolayotgandek tuyuladi. Vaholanki, ko‘p hollarda odam brend bilan birinchi marta aynan logotip orqali tanishadi. U mahsulotda, user profilida, saytda bo‘lishi mumkin.

To'g'ri, logotipning o‘zi kuchli brend yaratib qo‘ymaydi. Lekin e'tibor berib qariydigan bo'lsak, kuchli brendlar ham o‘z logotiplariga befarq qaramaydi.

Men uchun logo oddiy grafik element emas. U butun brend hikoyasini aytib bermasligi ham mumkin, lekin u ilk taassurotni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli men logo dizaynda nafaqat g‘oya va strategiyaga, balki logotipning vizual sifati, xarakteri va estetik tomoniga ham katta e'tibor beraman.

Endi vaqti-vaqti bilan logo dizayn haqidagi kuzatuvlarim, tajribalarim va real loyihalar jarayonlari bilan bo‘lishib boraman.
👍11🔥9❤3
Parking24 — Case Study
Loyihaning vizual asosi 24/7 ishlaydigan tizim konsepti bo‘ldi. Logo mark P + 24 asosida qurildi. P - parkingni ifodalaydi, 24 - esa xizmatning doimiy ishlashini bildiradi. Formaning o‘zi P va 2 orasidagi vizual bog‘liqlikni beradi, shu orqali belgi mustaqil ikonka sifatida ham ishlay oladi.

Logotip faqat belgi emas, u tizimni tushuntiradigan eng kichik vizual birlik. Parking24’da ham aynan shu yondashuv ishlatildi sodda, lekin funksional.
👍13🔥12❤3
Bizda kam uchraydigan murakkab yo'nalishlardan biri — Heraldic uslubidagi belgilar. Stiller keysida ushbu yondashuv restoran yo‘nalishiga moslashtirilganini ko‘rish mumkin. Loyiha odatiy restoran vizual yechimlari bilan cheklanib qolmagan. Aksincha, klassik ramz zamonaviy ko‘rinishga olib chiqilgan.

Heraldic yondashuv logo dizaynda brendga status, tarixiylik va kuchli vizual xarakter beradi. Ayniqsa restoran, hospitality yoki premium segmentdagi loyihalarda bu uslub yaxshi ishlashi mumkin.

Loyiha muallifi — Izzat Xamdamov.
❤10🔥9👍4🤩2
Logotipdagi o‘xshashlik har doim ham muammo emas

Dunyoda minglab kompaniyalarda bir-biriga o‘xshash logotiplar mavjud. Ayniqsa sodda obraz ishlatilsa, uning boshqa logotipga o‘xshab qolishi tabiiy. Doira, kvadrat, olma, barg yoki quyosh kabi sodda grafik obrazlar hammaga tanish shaklga ega. Ular oldin boshqa logotiplarda ishlatilgan bo‘lishi ehtimoli yuqori. Bu normal holat.

Logotipni qabul qilish ko‘p jihatdan kontekstga bog‘liq: qaysi sohada ishlatilgani, qanday rangda berilgani va qaysi mahsulotga tegishli ekani uni boshqacha ko‘rsatadi.

Albatta, bu istalgan logotipni bemalol ko‘chirish mumkin degani emas. Muammo odatda ikki brend bir xil sohada ishlaganda va mijoz ularni adashtirib yuborishi mumkin bo‘lganda paydo bo‘ladi.

Lekin agar obraz umumiy, sodda va boshqa kontekstda ishlatilayotgan bo‘lsa, undan foydalanishdan qo‘rqish kerak emas.
🔥10👍6❤1
JOJO — Case Study
JOJO bolalar va ota-onalar uchun yaratilgan bir nechta digital produktlardan iborat ekosistema. Ushbu loyihada barcha digital produktlar yagona moslashuvchan vizual sistema ostida birlashtirildi.

Asosiy belgi sifatida minimal ayiq obrazi ishlab chiqildi. Wordmark va umumiy konsepsiya saqlanib, yo‘nalishlar faqat nomlar orqali ajratildi.

To‘liq loyiha Behance’da:
https://www.behance.net/gallery/251650021/JOJO
👍17❤8🔥2🤩1
Dizaynda optik balans

Dizaynda hamma narsa faqat geometrik markaz, grid yoki o‘lchov bilan hal bo‘lmaydi.

Ba’zan element texnik jihatdan to‘g‘ri joyda turadi, lekin ko‘zga biroz noqulay ko‘rinadi. Yoki aksincha, element biroz siljitilgan bo‘ladi, lekin umumiy ko‘rinishda ancha tabiiy va muvozanatli chiqadi. Bunga optik balans deyiladi.

Optik balans — bu shakl va elementlarning inson ko‘ziga muvozanatli ko‘rinishi. Ya’ni dizayn matematik jihatdan ideal bo‘lmasligi mumkin, lekin vizual jihatdan “joyida” turadi.

Albatta, avval struktura: grid, o‘lchov va tartib dizaynni ushlab turadi. Lekin yakuniy natijada ko‘z bilan qabul qilinadigan balans ham muhim.
👍12❤4🔥3🤩2
Logotipda metafora

Logo dizaynda metafora — bu shunchaki belgi ichiga yashirin ma’no joylash emas. U brend haqidagi fikrni qisqa va esda qolarli vizual obraz orqali yetkazishga yordam beradi.

Odatda logotipda ishlatilgan obraz to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulotni ko‘rsatadi. Ba’zan esa brendning xarakteri, kayfiyati yoki asosiy g‘oyasini bildiradi. Masalan, tezlikni ko‘rsatish uchun har doim mashina chizish shart emas. Uni yo‘nalish, harakat, chiziq yoki shakl orqali ham berish mumkin.

Shu joyda metafora ishlaydi. U logotipni oddiy grafik belgidan biroz mazmunliroq qiladi. Lekin metafora juda murakkab bo‘lib ketsa, odam uni umuman ko‘rmasligi mumkin.

Shuning uchun yaxshi metafora topishmoq bo‘lib qolmasligi kerak. U brendga mos bo‘lishi, to‘g‘ri assotsiatsiya uyg‘otishi va umumiy vizual yechimni kuchaytirishi kerak. Menimcha, logotipdagi yaxshi metafora — tushuntirganda qiziq eshitiladigan, lekin tushuntirilmaganda ham brendga mos ko‘rinadigan yechim hisoblanadi.
🔥10👍3
utkirmdesign
Logotipda metafora Logo dizaynda metafora — bu shunchaki belgi ichiga yashirin ma’no joylash emas. U brend haqidagi fikrni qisqa va esda qolarli vizual obraz orqali yetkazishga yordam beradi. Odatda logotipda ishlatilgan obraz to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulotni…
Metafora mavzusiga o‘zimning loyihalarimdan bir misol.

Baby House — bolalar mahsulotlari sotiladigan premium do‘kon.

Bu belgini birinchi ko‘rganda ko‘pincha toj assotsiatsiyasi paydo bo‘ladi. Bu o'rinda toj obrazi to‘g‘ri ishlayapti, chunki u premiumlik, nafislik va sifat kayfiyatini beradi.

Lekin nom bilan birga qaralganda belgida ikkinchi obraz ham ko‘rinadi: bolalar krovati va uning ichidagi bola silueti.

Ya’ni bu yerda belgi bitta aniq obraz sifatida emas, ikki xil taassurot orqali ishlaydi.
👍8🔥5
Forwarded from Najot Ta'lim
Dizayn sohasining TOP mutaxassislari Najot Ta'limda!

Bu safargi mehmonlarimiz:
Jahongir Ğulomov - "Falaq Naşr" naşriyoti dizayn bölimi rahbari, 10 yillik tajribaga ega mutaxassis.
Utkir Musaboev - Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi Şaffof Quriliş — Milliy axborot tizimi "Product designer", 8-yillik tajribaga ega mutaxassis.
Ahror Alixanov - 7 yillik tajriba ega grafik dizayner
Avazbek Safarov - "N'medov" kompaniyasi qadoq dizayneri, 5 yillik tajribaga ega mutaxassis.


Dizayn sohasidagi eng söngi yangiliklar, sohada yuz bergan özgarişlar va AI davrida dizayn tendensiyalari haqidagi suhbatdan qolib ketmay desangiz, sizni Najot Ta'limda kutamiz.

Bunday davra har doim ham bölavermaydi, öz joyingizni band qiliş uçun hoziroq röyxatdan öting!

🗓 Sana: 26-sentabr, şanba soat 15:00
🙋 Kimlar uçun: Barça uchun oçiq, bepul.
📍 Manzil: “Najot Ta'lim” markazi, Çilonzor filiali
💠Iştirok uçun: 5XP

🔗 Ro'yxatdan o'tiş

najottalim.uz | Instagram | WhatsApp
🔥10👍7