45-AFChO‘SMUO‘TMI
35 subscribers
3.9K photos
634 videos
3.16K files
2.53K links
Jamoasi
Download Telegram
Forwarded from Abduqodir Karimberdiev
Мактабларга ташриф чоғида директор ва ўринбосарлар, АКТ ўқитувчилари, фан ўқитувчилари платформадан фойдаланиш бўйича қўлланма сўрадилар (ўзбек ва рус тилларида юборилмоқда):
Forwarded from Abduqodir Karimberdiev
User Guide_Admin_U.pdf
898 KB
Forwarded from Abduqodir Karimberdiev
User Guide_Admins_R.pdf
896.5 KB
Forwarded from XAJIYEV XAJIYEV ERKABOYEVICH
Seshanba - NAVBATCHILIK

Масъулият - масъулият муайян хатти-ҳаракат, касбий ёки ижтимоий фаолиятни бажариш, шунингдек, маълум гуруҳ ёки шу гуруҳ аъзолари олдидаги бурчини тўла англаш учун жавобгарликни ҳис этишдир.

Шунга кўра масъулият турлича кўринишда намоён бўлади бўлади:
– Маълум хатти-ҳаракатни амалга оширишдаги масъулият.
– Муайян касбий фаолиятни бажариш бўйича шахс зиммасидаги масъулият.
– Маълум гуруҳ ёки унинг аъзолари бўлган кишилар олдидаги масъулият
– Жамият фуқаросининг ижтимоий фаолиятни амалга оширишдаги масъулияти
Давлатимиз раҳбарига мактабгача ва мактаб таълими тизимида 2025 йилда амалга ошириладиган устувор вазифалар бўйича ахборот берилди.

Главе государства доложена информация о приоритетных задачах в системе дошкольного и школьного образования на 2025 год.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
7271280.pdf
5.1 MB
Мактабгача таълим тизимини рақамлаштириш ва мактабгача таълим ташкилотлари фаолиятини янада такомиллаштиришнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида

Вазирлар Маҳкамасининг қарори, 18.12.2024 йилдаги 848-сон

@T_Nurmetov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#islohotlar_amalda

Kuni kecha Davlatimiz rahbariga maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar boʻyicha axborot berildi.

👉 Unda qayd etilganidek:

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari direktorlari, maktab direktori oʻrinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshiriladi.

Shu bilan birga, 2026-yildan boshlab maktab direktorlari va ularning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi natijalariga koʻra qoʻshimcha ustamalar joriy etiladi.

Bundan tashqari, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi boshqaruv xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama hamda boshqa qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanishi yoʻlga qoʻyiladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rejalar_2025

Xabaringiz bor, kecha davlatimiz rahbariga 2025-yilda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar xususida axborot berdik.

Bugun taqdimotda keltirib oʻtilgan sohaga doir eng muhim rejalar bilan sizlarni ham tanishtirib oʻtmoqchiman:

Yangi baholash tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 500 tadan 3 000 taga yetkaziladi va 257 nomdagi yangi darslik majmualari yaratiladi;

Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan umumtaʼlim maktablar soni 420 taga, kasb-hunarga oʻrgatiladigan umumtaʼlim maktablar soni 400 taga yetkaziladi;

Xorijdan jalb qilingan chet tili fani mutaxassislari soni 2 000 nafarga yetkaziladi;

Xususiy maktablar soni 700 taga va ulardagi oʻquvchilar qamrovi 150 ming nafarga yetkaziladi;

Investitsiya dasturi doirasida 26 ta yangi umumtaʼlim maktabi qurilishi va 320 tasini rekonstruksiya qilish orqali 120 943 nafar, shuningdek 54 ta pedagogik kollej binosini umumtaʼlim maktabiga aylantirish orqali 32 905 nafar oʻquvchi oʻrni yaratiladi;

2025-2026-oʻquv yilida Islom taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan 58 ta umumtaʼlim maktabi qurish ishlari boshlanib, 72 ming nafar yangi oʻquvchi oʻrni yaratiladi;

Mamlakatimizning 4 ta hududida yangi ixtisoslashtirilgan maktab, 9 ta hududida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent viloyati, Chinoz tumanida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

Yurtimizning 208 ta tuman (shahar)ida “Jasorat maktablari” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

4 500 ta umumtaʼlim maktabida “Iqtidor” maktab ansambli, 5 000 ta umumtaʼlim maktabida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi tashkil etiladi hamda “Turon” maktab teatri tashkil etilgan umumtaʼlim maktablar soni 5 000 taga yetkaziladi;

6 200 ta sport klubi tashkil etiladi va ularga 1 mln nafar oʻquvchi qamrab olinadi;

“Yashil maktabim” oʻquvchilar ekologik harakati doirasida 2 530 ta umumtaʼlim maktabida yashil bogʻ barpo etiladi;

“Taʼlim barcha uchun teng” tamoyili asosida inklyuziv taʼlim tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 900 taga yetkaziladi, shuningdek ushbu tizim 208 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida joriy etiladi;

Al Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi, Abu Rayhon Beruniy xalqaro kimyo olimpiadasi va Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi (jami 3 ta) oʻtkaziladi;

Hududiy pedagogik mahorat markazlarida 120 ming nafar, KRK” va “KRS” tadbirlari orqali 370 ming nafar maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi pedagoglari malakasi oshiriladi;

Umumtaʼlim maktablarining 2 ming nafar amaldagi direktori va 1 500 nafar direktorlikka nomzod kadrlar, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 1 500 nafar amaldagi direktori va 750 nafar direktorlikka nomzod kadrlar menejerlik kursida oʻqitiladi;

Umumtaʼlim maktablariga pedagog kadrlar maxsus platforma orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 78 foizga yetkaziladi. Buning uchun 162 ta davlat, 100 ta DXSH asosida va 1 000 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilinadi va bu orqali 83 ming nafar yangi bola oʻrni yaratiladi;

Maktabga tayyorlov guruhlari sonini 28 519 taga yetkazish orqali 798 ming nafar tarbiyalanuvchi qamrab olinadi va qamrov koʻrsatkichi 98 foizga yetkaziladi;

Islom taraqqiyot banki va OPEK jamgʻarmasi kredit mablagʻlari hisobidan 200 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib, 30 ming bola oʻrni yaratiladi;

6 892 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini toʻliq raqamlashtirish orqali bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini elektron hisobga olish, oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida elektron tarzda hisoblash imkoniyati yaratiladi.

Koʻrib turganingizdek oldimizga qoʻygan rejalar juda katta. Ularga erishish uchun bir-birimizni qoʻllab-quvvatlagan holda harakat qilishimiz lozim va biz buni, albatta, uddalaymiz.

@hilola_umarova
45-AFChO‘SMUO‘TMI
https://t.me/+TX8ewxQlkREzYjUy
👆👆👆БУНДАН КЕЙИН ТОПШИРИҚЛАР БАРЧАСИ УШБУ ГУРУҲГА ЮБОРИЛАДИ.
45-AFChO‘SMUO‘TMI pinned «👆👆👆БУНДАН КЕЙИН ТОПШИРИҚЛАР БАРЧАСИ УШБУ ГУРУҲГА ЮБОРИЛАДИ.»
📣 DIQQAT, E'LON!

📍Vazir jamgʻarmasi ustamasi uchun dastlabki sinov jarayonlari 25-fevral kuni oʻtkaziladi


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan joriy yilda Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olish uchun 1-bosqich (test) sinov jarayonlari 25-fevral kuni oʻtkazilishi belgilandi.

Test sinovlari belgilangan quyidagi hududiy manzillarda “test.uzedu.uz” platformasi orqali real vaqt rejimida onlayn oʻtkaziladi.

▶️ Bunda nomzodlarning oʻzi dars beradigan umumtaʼlim fani boʻyicha bilim darajasi baholanadi. Test sinovlari (40 ta) uchun 100 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir toʻgʻri javob uchun 2,5 ball beriladi.

❗️ Test sinovi natijalariga koʻra, maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar keyingi bosqichga yoʻl oladi.

Nomzod pedagoglar ushbu havola orqali o‘z JSHSHIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami)ini kiritib, 1-bosqich sinovi uchun tayyorlangan namunaviy test savollari bilan tanishishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz: Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan joriy yilda har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni (yillik) 1 500 nafar etib belgilangan.

Yakuniy natijalarga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlanadi.


Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Forwarded from ШОНАЗАР