🇺🇿🇺🇿USTOZ XAZINASI🇺🇿🇺🇿 IRODA DJAMOLOVNA
719 subscribers
35.9K photos
2.62K videos
5.25K files
2.83K links
Assalomu aleykum hurmatli ustozlar. Bu bazamizda boshlang‘ich sinfga oid fayllarni topishingiz mumkin.Adminga murojaat: @iroda820607
Download Telegram
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI
2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga
2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal