SAT va Prezident maktablariga tayyorgarlik (UstozUz)
1.79K subscribers
508 photos
66 videos
272 files
485 links
5–11 yoshli bolalarda fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiraman
🧠 Mantiqiy, matematik va tanqidiy fikrlash
📚 6 ta kitob muallifi
🎓 Prezident maktablari uchun tayyorlov tajribasi
📖 SAT mutaxassisi
“Ta’lim — fikrlashni o‘rgatishdir”
Download Telegram
Sun’iy intellekt va bolalar ta’limi

Bugun “Tanaffus” podkasti mualliflari “Sun’iy intellekt” mavzusida podkast tayyorlayotgani va mutaxassisdan qanday savollar berish mumkinligi bo‘yicha taklif so‘rashdi.

Informatika o‘qituvchisi va fikrlash yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis sifatida bu mavzu menga juda yaqin. Shu sababli, fikrlarimni alohida post shaklida yozishga qaror qildim.

Sun’iy intellekt (SI) haqidagi qisqa fikrim:

📌Sun’iy intellekt bola qo‘liga berilmasligi kerak.

Endi tushuntiraman.

Sun’iy intellekt — shubhasiz, juda foydali va katta imkoniyatlarga ega vosita. Ammo uni bolaning ta’lim jarayoniga “tayyor yordamchi” sifatida kiritish — ta’limning asosiy tamoyillariga zid.

Chunki ta’limning asosiy maqsadi:
— mustaqil fikrlashni shakllantirish,
— fundamental bilim berish,
— izlanish va o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishdir.

Sun’iy intellekt esa ko‘p hollarda bolaning o‘rniga o‘ylaydi, izlaydi, tahlil qiladi va javob beradi. Natijada bola fikrlash jarayonidan chetda qoladi.

Bugungi kunda ta’lim sohasida ikki tomonlama manfaatlar to‘qnashuvi kuzatilmoqda:

🔹 Bir tomonda — yirik texnologik kompaniyalar.
Ular sun’iy intellekt mahsulotlarini barcha sohalarga, jumladan ta’limga ham joriy qilishga harakat qilmoqda.

🔹 Ikkinchi tomonda — ta’lim mutaxassislari.
Ular esa SI hozirgi shaklda bolalarning rivojlanish maqsadlariga mos emasligini, ma’lum yoshgacha undan foydalanish cheklanishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Shu o‘rinda bir muhim fakt:

Dunyoning rivojlangan mamlakatlari hozir sun’iy intellektni emas, hatto oddiy kompyuter va telefonlarni ham sinf xonasidan chiqarish yo‘lini tanlamoqda.

Masalan:
— Skandinaviya davlatlari (ta’limda IT’ni birinchi bo‘lib joriy qilgan mamlakatlar) raqamli vositalarni keskin cheklay boshladi.
— Avstraliyada maktab hududida mobil telefonlar taqiqlangan, bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklangan.
— Yevropa davlatlarida “offline learning”ga qaytish tendensiyasi kuchaymoqda.

Ya’ni, ilgari tajriba qilganlar hozir xulosa chiqaryapti.

Biz esa, afsuski, boshqalarning xatolaridan saboq olish o‘rniga, aynan o‘sha xatolarni qayta takrorlayapmiz.

Ba’zilar shunday deydi:

“SIni taqiqlash emas, to‘g‘ri yo‘naltirish kerak.”

Xo‘sh, to‘g‘ri yo‘naltirish deganda nimani tushunamiz?

Qanday vaziyatda SI o‘quvchi qo‘liga berilganda:
— fikrlashini rivojlantiradi?
— mustaqilligini oshiradi?
— bilimini chuqurlashtiradi?

Aksincha, hozirgi amaliyotda SI:
— o‘rniga yozadi,
— o‘rniga hisoblaydi,
— o‘rniga fikr bildiradi.

Zararli ekani isbotlangan narsani “to‘g‘ri ishlatish”ga urinish - muammoni tan olmaslikdir.

Shuning uchun mening pozitsiyam aniq:

📌 Bola avval o‘ylashni o‘rgansin.
📌 Avval mustaqil muammo yechsin.
📌 Avval xato qilsin, izlasin, qiynalsin.

Shundan keyingina texnologiya yordamchi bo‘lishi mumkin. O‘rnini bosuvchi emas.

Bu borada sizning fikringiz qanday?
Izohlarda bahslashamiz.

©️ Otabek Raxmonberganov
👍3
Forwarded from Sanjar Nazar
Bugun sanani taqvimda baxt va shukrni anglatuvchi rang bilan belgilab qo‘yish kerak edi. Ammo bunday odatim yo‘q ekan.

Nashriyotimizning maktablarda kitob ko‘rgazmalari va bayramlari o‘tkazish an’anasi bor. Bugun Yunusobod tumani 265-maktabda ko‘rgazma o‘tkazdik. Bu ishlarga mas’ul xodimimiz Adiba Meyliyevadan xabar kelib qoldi.

O‘tgan yili shu maktabda o‘tkazgan ko‘rgazmamizda bir qizaloq “Aqlni charxlovchi o‘yinlar” kitobini ko‘rib qolgan. Kitobni varaqlagan, qiziqarli mashqlar va o‘yinlarga uzoq tikilgan, lekin sotib olmagan. Nisbatan qimmatgina kitob uchun yetarli pul bo‘lmagan yonida. Uyiga qaytgach bir yil davomida keyingi ko‘rgazmani kutgan va o‘ziga berilgan tanga pullarni yig‘ib yurgan. Bir yil davomida maqsadi o‘zgarmagan. Turli xil muzqaymog‘-u shokoladlar, o‘yinchog‘-u taqinchoqlar orzusidan chalg‘ita olmagan.

Va nihoyat bugun orzusiga yetgan.

Bu oddiy voqeada Umid bor, Kelajak bor, Yorug‘lik bor. Bu voqea menga o‘zining boshqalarnikidan farqli yo‘lini tanlagan pingvin voqeasidan ham ta’sirliroqdek tuyuldi.

Sanjar Nazar

Telegram | Instagram | Facebook
👍13
Hozir oʻgʻlim bilan yaratayotgan startapimiz uchun rasmlar kerak edi, deyarli hamma rasm yaratadigan Sunʼiy intellektlarni sinab koʻrdim, men xoxlagan narsani faqat oʻgʻlimning boshqa startapi http://getjilo.com aytganimday yaratib berdi, boshqalari yaxshigina aynidi.

Proud (Gʻurur!)
🔥8👍3💯1
Bugun tanqidiy fikrlash fanini amaliyotda qoʻllash boʻyicha zoʻr manbaga duch keldim.
https://youtu.be/MO9ra4CWSc8

Mana bu videoda koʻpchilik pedagoglar xabardor boʻlgan tarix fanidan attestatsiya boʻyicha boʻlgan bahsli vaziyatlarni tahlil qilish uchun ikkita tomon, darslik hammuallifi Laziz Nasrullayev va tarix fani oʻqituvchilari nomidan tarixchi-pedagog Jalol Boltayev “Tanaffus” podkastda suhbatlashishdi.

Tanqidiy fikrlash yoʻnalishi mutaxassisi sifatida bu "xazina" yonidan befarq oʻtib keta olmadim, sizlar uchun tahliliy material tayyorladim. Bitta oʻqib koʻringchi:

https://telegra.ph/Bitta-podkast-tahlili-03-04
2-sinf oʻquvchilari uchun masala kitobimda kutilmagan joylarida muammolar chiqayapti.

Masalan: "Ali seshanba kuni, Vali juma kuni imtihon topshiradi. Alining imtihonidan Valining imtihonigacha necha kun oʻtadi" savoli noaniqlikka sabab boʻlarkan.

Bu chalkashlikni tuzatish uchun oʻylab topgan kichik oʻzgartirishlarim har biri umuman alohida mantiqqa ega masalalarga aylanayapti. Mezza...

P.S. Metodikaga chuqur kirgan sari, yangi olam ochilayapti.

@ustozuzpm
👍7
Tomchi toshni teshganda: Maktabdagi zoʻravonlik ortida nima yashirin?

Soʻnggi kunlarda internet tarmogʻida informatika fani oʻqituvchisi va oʻquvchi oʻrtasida sodir boʻlgan mudhish voqea keng muhokama qilinmoqda. Bola hayoti xavf ostida qolgani — mutlaq fojia. Har qanday vaziyatda ham jismoniy kuch ishlatishni oqlab boʻlmaydi, bu — qonuniy va insoniy haqiqat. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda faqatgina "pedagog shafqatsizligi" haqida gapirish, kasallikning oʻzini davolamay, faqat simptomi bilan kurashishga oʻxshaydi.

Tizimni ichkaridan bilmagan, sinfxonadagi real muhitdan uzoq boʻlgan odamlar koʻpincha bir narsani hisobga olishmaydi: bu fojia shunchaki bir lahzalik gʻazab emas, balki yillar davomida yigʻilib kelgan tizimli muammoning portlashidir. Xalqimizda "tomchi tomib tursa, toshni ham teshadi" degan maqol bor. Bugun oʻqituvchining asab tizimi aynan shu tosh rolida qolib ketyapti.

Qoʻl-oyogʻi bogʻlangan pedagog: Tartib saqlashning instrumenti bormi?
Bugungi oʻzbek maktablarida oʻqituvchi — eng himoyasiz qatlamga aylanib ulgurdi. U nafaqat dars oʻtishi, balki oʻquvchining maʼnaviy qiyofasi uchun ham javobgar. Biroq, buning evaziga uning qoʻlida darsni boshqarish, intizomni saqlash uchun hech qanday real instrument qolmagan.

- Oʻquvchini sinfdan chiqarib yuborish mumkin emas (xavfsizligiga oʻqituvchi javobgar).
- Past baho qoʻyish bilan qoʻrqitib boʻlmaydi (baholash tizimi va "reyting" bosimi tufayli yuqori tashkilotlar oʻqituvchidan ijobiy koʻrsatkich talab qiladi).
- Ota-onaga shikoyat qilish koʻp hollarda aks taʼsir beradi: "Bolamga nisbatan gʻarazingiz bor", degan ayblov bilan oʻqituvchining oʻzi ruhan eziladi.

Ilmiy tilda bu holat "Kasbiy yonish sindromi" (Burnout) va "Surunkali frustratsiya" (umidsizlik) deb ataladi. Psixologiyada maʼlumki, inson doimiy bosim ostida boʻlsa, lekin muammoni hal qilish imkoniyatidan mahrum etilsa, uning asab tizimi "kurash yoki qoch" (fight or flight) rejimiga oʻtadi. Atrofdan, ota-onadan, yuqori tashkilotlardan himoya koʻrmagan pedagog oʻzini burchakka qisib qoʻyilgandek his qiladi.

Oʻquvchi haqorati va psixologik chegara
Tarqalgan maʼlumotlarga koʻra, mazkur keysda ham dars paytida oʻquvchi tomonidan oʻqituvchining shaʼni va qadr-qimmatini yerga uradigan, haqoratomuz harakatlar sodir etilgan.
Keling, ochiq gaplashaylik: bugun maktablarda oʻqituvchini ochiqchasiga masxara qiladigan, darsni buzadigan, oʻz haq-huquqlarini yaxshi biladigan, ammo majburiyatlarini mutlaqo tan olmaydigan oʻquvchilar qatlami shakllandi. Pedagog ham goʻsht va suyakdan iborat inson. U har kuni, har soatda bunday psixologik hujumga dosh berishga majbur boʻlyapti.

Neyropsixologik fakt: Doimiy psixologik bosim va haqorat inson miyasida jismoniy ogʻriq bilan bir xil markazlarni faollashtiradi. Agar inson uzoq vaqt davomida bunday ogʻriqni ichiga yutsa, affekt holati — oʻzini boshqara olmay qolish lahzasi sodir boʻladi. Bu oʻqituvchini oqlash emas, inson tabiatining ilmiy tushuntirishidir.


Himoyasizlik qayerga yetaklaydi?
Agar jamiyat bugun oʻqituvchini faqat qoralash bilan cheklansa, ertaga maktablarda dars oʻtadigan odam qolmaydi. Oʻqituvchi oʻzini ota-ona, oʻquvchi va vazirlik qarshisida mutlaqo yolgʻiz his qilyapti. Huquqiy va ijtimoiy himoyasizlik pedagogda quyidagi ikki xil reaksiyani yuzaga keltiradi:

- Mutlaq loqaydlik: "Menga nima, darsimni oʻtaman-u, ketaman, bola nima qilsa qilsin" qabilida ish tutish. Bu — taʼlimning oʻlimi degani. (Tan olaman, shaxsan oʻzimda shu reaksiya boshlanayapti)
- Agressiv portlash: Asablari bardosh bermagan pedagogning yuqoridagi kabi fojiaviy tarzda oʻzini yoʻqotib qoʻyishi.
👍4
Xulosa oʻrnida
Sinfxonada tartibni saqlash faqat oʻqituvchining baqirishi yoki sabriga bogʻliq boʻlmasligi kerak. Bizga oʻqituvchining maqomini nafaqat qogʻozda, balki real sinfxonada himoya qiladigan huquqiy mexanizmlar kerak. Darsni buzgan, oʻqituvchini haqorat qilgan oʻquvchining ota-onasiga yirik miqdorda jarima solish, bolani maktabdan chetlatish yoki maxsus maktablarga oʻtkazish kabi jiddiy choralar ishlamas ekan, oʻqituvchi "jonli nishon" boʻlib qolaveradi.
Bugun oʻqituvchini yomonlash — eng oson yoʻl. Ammo asil muammo — tizim oʻqituvchini himoyasiz qoldirganida va jamiyat buni koʻrmaslikka olayotganidadir. Agar tomchi toshni teshishini istamasak, oʻsha toshni toʻxtovsiz zarbalardan himoya qilish vaqti keldi.
👍20
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Tajriba qilavermasdan, ilmiy asoslangan qadam qo‘yish kerak”. Metodologiya nima? Biz bolalarni qanday o‘qityapmiz?

Ta’lim – pozitiv eksternal soha, uning ijtimoiy foydasi shaxsiy foydadan  yuqori. Ya'ni ta'limning foydasi faqat ta'lim oluvchi shaxs bilan cheklanmaydi. U butun jamiyatga ijobiy ta’sir qiladi. Shu sabab Gazeta ta’limga ixtisoslashgan podkastlar seriyasini davom ettirmoqda.

Ko‘rsatuvning 2-soni metodologiya va o‘qitish tizimiga bag‘ishlandi. Bu safar metodologiya o‘zi nima ekani, O‘zbekiston maktablari qanday metodologiya bilan ishlayotgani, tizimli muammolar va unga yechimlar muhokama qilindi. Unda podkastning ta’lim masalalarida doimiy eksperti Komil Jalilov hamda mehmon pedagoglar Zulfiya Rashidova va Otabek Rahmonberganov ishtirok etdi. Batafsil.

Matn: https://www.gazeta.uz/oz/2026/07/27/metodologiya/

Video: https://youtu.be/VgBa_2VtdJU

Dilshoda Shomirzayeva, Ma'murjon Obrahmatov

Telegram | Instagram | YouTube
👍4
🔔 Gurlan tumanidagi 2-sinf oʻquvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga!

"UstozUz" oʻquv markazi 2-sinf oʻquvchilari uchun maxsus tizim asosida chuqurlashtirilgan kurslarga qabul boshlanganini eʼlon qiladi!

🧠 Bizning kurslarimiz:
Matematika — haftada 2 soat
Ingliz tili — haftada 2 soat
Mantiqiy fikrlash — haftada 1 soat

✨ Nega aynan bizning kurslar?
Matematika va mantiq darslari Otabek Raxmonberganovning "Tafakkur xazinasi" hamda "2-sinf masalalar toʻplami" kitoblari asosida olib boriladi.
Ingliz tili darslari Prezident maktablari imtihonlariga tayyorgarlik tizimi asosida mukammal oʻrgatiladi.

Farzandingiz kelajagiga bugundanoq mustahkam poydevor qoʻying! Joylar soni chegaralangan.

📍 Manzil: Gurlan tumani, Eski bozor, "Sonya" studiyasi roʻparasi.

📞 Murojaat uchun: +998 94 114 08 67

Telegram: @dilfuzaxon0701

Telegram kanal: @ustozuzpm
👍2💯1
🔥 Gurlan tumanidagi 3-sinf oʻquvchilari va ota-onalar diqqatiga!

Prezident maktablariga tayyorgarlik aynan 3-sinfdan boshlanadi! Ushbu bosqichda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish hamda matematika va ingliz tilidan poydevor bilimlarni shakllantirish juda muhim.

Koʻp yillik tajriba va boy oʻquv bazasiga ega "UstozUz" oʻquv markazi 3-sinf oʻquvchilari uchun maxsus tayyorlov kurslariga taklif etadi!

📚 Dars dasturi:
Matematika — haftada 3 soat
Ingliz tili — haftada 2 soat
Mantiqiy fikrlash — haftada 1 soat

Farzandingizning iqtidorini oʻz vaqtida yuzaga chiqaring va Prezident maktabi sari ilk qadamni biz bilan tashlang!

📍 Manzil: Gurlan tumani, Eski bozor, "Sonya" studiyasi roʻparasi
📞 Telefon: +998 94 114 08 67
📩 Telegram: @dilfuzaxon0701
📢 Kanalimiz: @ustozuzpm
👍2
🏆 Gurlan tumanidagi 4-sinf oʻquvchilari va ota-onalar diqqatiga!

Farzandingiz Prezident maktabi oʻquvchisi boʻlishini xohlaysizmi? Unda tayyorgarlikni sohaning eng kuchli mutaxassislariga topshiring!

"UstozUz" — nafaqat Gurlan tumanida, balki butun Xorazm viloyati boʻyicha eng yuqori natijalarga, koʻp yillik tajribaga hamda boy materiallar bazasiga ega yetakchi oʻquv markazidir.

🎯 4-sinf oʻquvchilari uchun maxsus yoʻnalishlar:
📐 Matematika
🇬🇧 Ingliz tili
🧠 Tanqidiy fikrlash (Critical Thinking)
🧩 Muammolarni hal qilish (Problem Solving)

Yuqori natija va sifatli taʼlim kafolati bilan Prezident maktablari sari dadil qadam tashlang! Joylar soni chegaralangan.

📍 Manzil: Gurlan tumani, Eski bozor, "Sonya" studiyasi roʻparasi
📞 Telefon: +998 94 114 08 67
📩 Telegram: @dilfuzaxon0701
📢 Kanalimiz: @ustozuzpm
👍4