Ustoz Metodi ● Qodirov
289 subscribers
30 photos
18 links
Ustoz Metodi kanalida siz uchun:

▫️ Eng samarali va zamonaviy metodlar
▫️ Ta'lim uchun IT, Dizayn va AI vositalari
▫️ Bepul o'quv qo'llanmalar va ta'lim resurslar

Kanal muallifi: Ta'lim dizayneri Ibrohim Qodirov @iakadirov
Download Telegram
Live stream scheduled for
BILDIRISHNOMA 🔔

Bugun "Ustozlar uchun AI" kurismizning 1-kun Jonli darsimiz boshlanishiga 1 soat qoldi.

Dars 📱 YouTube platformasida jonli tarzda bo'lib o'tadi. 10 daqiqa avval kanalda havola tashlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2
Forwarded from Ustozlar uchun AI (sun'iy intellekt)
DARSIMIZNI BOSHLAYMIZ 🔔

Darsga kirish: https://www.youtube.com/watch?v=_Io0TXAgqjo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🤩1
Ustozlar uchun AI kursimizning 1-kun darsi YouTube ajoyib o'tdi.

Video va ovoz sifatli bo'ldi. Ustozlarning aytishlaricha dars juda bo'libdi.

Agar siz ko'rmagan bo'lsangiz, bu yerda ko'rishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=_Io0TXAgqjo

@ustozmetodi — Zamonaviy ustozlar uchun
🔥1221
O'qituvchi nima uchun charchaydi?

Ko‘p o‘qituvchilar ishdan charchamaydi — ular yillab bir xil ssenariyda yashab charchaydi.

Dars rejasi tayyor, kitob o‘sha kitob, mavzu yod bo‘lib ketgan, vazifa odatdagi, natija taxminan bir xil.
Ammo o‘qituvchi ham inson — u ham o‘zini yangilikda his qilmasa, ichki motivatsiya so‘nadi.

O‘qituvchining charchoqlari ko‘pincha darsdan emas, takroriylikdan keladi.
Bir xil jarayon — bir xil hislar.
Bir xil hislar — energiya pasayishi.

Bu charchoqni dars soati ko‘pligi emas, yangilanish chastotasi belgilaydi.
O‘qituvchi o‘zgarsa, dars ham jonlanadi.

Har safar katta yangilik kerak emas.
Ba’zida:
🔵 o‘sha darsni yangicha savoldan boshlash,
🔵 o‘sha mavzuga boshqa ko‘z bilan qarash,
🔵 o‘quvchiga “bugun siz boshlaysiz” deyish — shunchaki ozgina o‘zgarish yetarli.

Darsda o‘zgacha energiya his etsangiz, bilingki — yangilanish sizdan boshlangan.

O‘qituvchi o‘zini yangilay olmasa, dars ham yangilanmaydi.
Shuning uchun ba’zida yangi mavzu emas, yangi SIZ kerak.

Bugungi darsingizda nimani boshqacharoq qilishingiz mumkin edi?
Izohlarda yozing 👇

@ustozmetodi — o‘zgarishga tayyor ustozlar uchun.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍32💯1
Forwarded from Ustozlar uchun AI (sun'iy intellekt)
Ustozlar uchun TOP 20 ta AI promptlar.

Ushbu qo'llanma sizga ish faoliyatida eng ko'p kerak bo'ladigan universal promptlarni o'z ichiga oladi.

Va eng muhimi bu promptlarni ishlatish orqali siz boshqa promptlarni ham qanday yozishni yaxshi tushunib olasiz.

Bu promptlarni istalgan AI tizimida ishlatishingiz mumkin: ChatGPT, Gemini, DeepSeek, Claude.

⬇️ YUKLAB OLISH (PDF)
🔥91👍1🤩1
Siz darsda rol o‘ynaysiz, lekin o‘zingiz bo‘lib qolasiz.

Ba’zan darsda o‘zingizni sahnada his qilasiz. Barchaning nigohi sizda, siz esa har bir so‘z, ohang va harakatni ehtiyotkorlik bilan tanlaysiz. Go‘yo aktyorsiz. Faqat sizning sahnangiz — sinf.

Ha, o‘qituvchi darsda rol o‘ynaydi. Lekin bu sun’iylik degani emas, bu ta’sir qilish san’ati.

Ba’zan quvnoq, ba’zan qattiqqo‘l, ba’zan sokin. Har safar sinf muhitiga mos rollarni tanlaysiz. Boshqalarning o‘rganishi uchun moslashasiz.

Ammo eng muhimi — bu rolda o‘zingizni yo‘qotmaslik. Chunki o‘quvchilaringiz sizda soxta "zo‘r ustoz"ni emas, haqiqiy insonni ko‘rishni istashadi.

Siz darsda faqat mavzuni tushuntirib beruvchi o‘qituvchi emassiz — siz inson, namunasiz. Ustozlik bu bir vaqtda rol o‘ynash va haqiqiylikni muvozanatda ushlab turish san’ati.

@ustozmetodi — haqiqiy ustozlar uchun.
🔥921🤔1
O‘quvchi sizning darslaringizni emas, unga bo‘lgan munosabatingizni eslaydi.

Yillar o‘tib o‘quvchilar siz o‘tgan mavzularni eslay olishmaydi.

Lekin sizning ovozingizni, ohangingizni va sizning darsdagi kayfiyatingizni eslashadi.

Ular kimdan yaxshi munosabat ko‘rganini, kim ularni eshitganini, kim ularga "barakalla, men senga ishonaman" deganini yodda saqlaydi.

Chunki inson miyasi faktlardan ko‘ra — hislarni uzoqroq saqlaydi.

Ba’zan bitta mehrli qarash, bitta iliq so‘z o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini qayta tiklaydi. Siz dars o‘tib, yaxshi baho qo‘yasiz. Lekin bolaning ongida "meni qadrlashdi" degan tuyg‘u qoladi.

Empatiya — bu dars o‘tishda emas, uning ichida yashiringan kuch.

U bolani salohiyatini ochadi, o‘qituvchini inson qiladi.

Ustozlarimizni eslab ko‘raylik, ularning mavzularidan ko‘ra bizga bo‘lgan munosabati yorqin xotiralarimizda qolgan.

@ustozmetodi — zamonaviy ustozlar uchun.
9🔥5💯3
Mana shu rasmni yoqtiraman, u meni bir vaqtda xursand qiladi va tashvishlantiradi.

Yashab o‘tgan yo‘limizni endi o‘zgartira olmaymiz.
Ammo har kuni qilayotgan tanlovlarimiz — kelajakdagi yo‘limizni belgilaydi.

Tanlov deganda biz odatda katta qarorlarni o‘ylaymiz:
qayerda yashash, kim bilan turmush qurish, qaysi ishni tanlash...
Lekin hayotning yo‘nalishini o‘zgartiradigan qarorlar odatda kichik va oddiy bo‘ladi.

Masalan,
“Baqirmaslikni tanlash.”
“Eshitishni tanlash.”
“Sabr qilishni tanlash.”


Mana shu mayda tanlovlar bizni shaxs sifatida shakllantiradi.
Bugun qanday dars o‘tdingiz, kimga yordam berdingiz, kimni eshitdingiz — kelajakdagi “siz”ni ana shu tanlovlar qurmoqda.

@ustozmetodi — zamonaviy ustozlar uchun.
🔥75💯21
Har bir ustoz sifatli resursga loyiq

Sifatli dars taqdimoti, chiroyli tuzilgan qo‘llanma PDF — bu ustozning vaqtini, energiyasini tejaydi, darsning ta’sirini esa bir necha baravar oshiradi.

Shu fikrdan kelib chiqib, bir muddat avval yangi loyihani boshlagan edim.
Uning nomi — EduBaza.uz

Hozircha u yerda siz faqat kitoblarni elektron shaklda varaqlab o‘qishingiz mumkin.
Lekin bu — boshlanishi.

Yaqin oylarda EduBaza to‘liq ustozlar uchun resurs bazasiga aylanadi.
Bu joyda siz topasiz:
✔️ xalqaro darajadagi o‘quv qo‘llanmalar va tarqatma materiallar (tayyor PDF shaklda),
✔️ darslar uchun animatsiyali, vizual ta’sirli taqdimotlar,
✔️ zamonaviy metodika va dars dizayni uchun materiallar.

Sayt: edubaza.uz

@ustozmetodi — zamonaviy ustozlar uchun.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1151
Beriladigan maslahatlar doim ham aqlli, chiroyli va foydali bo‘lishi shart emas. U shunchaki o‘rinli bo‘lsa yetarli.

So‘zning ham ajoyib xususiyatini tushundim — odatda so‘z yaxshi yoki yomon bo‘lmas ekan, u shunchaki o‘rinli yoki o‘rinsiz bo‘ladi.

Shuning uchun ham chiroyli gapira olmasakda o‘rinli gapirishga harakat qilishimiz kerak.
16🔥8🤣8🤩3
Diqqat savol: Agar o‘qiganlarimizning 90% esdan chiqsa, kitob o‘qishdan ma’no nima?

Aslida yaxshi savol. Men ham bu savolni bir necha marta xayoldan o‘tkazib, o‘zimcha turli javoblar berganman. Balki sizning o‘quvchilaringizda ham shunday savol tug‘ilgandir. Bu savolga quyidagi rivoyat yaxshi javob beradi.

G‘alvir

Bir kuni shogird ustozidan so‘raydi: "Ustoz, men kitob o‘qiyman, lekin deyarli hammasi esimdan chiqib ketaversa, kitob o‘qib nima qilaman?"

Ustoz hech narsa demasdan, eski, ko‘mir tashishdan qop-qora bo‘lib ketgan g‘alvirni shogirdiga beribdi. "Daryodan shu g‘alvirga suv olib kel", deb buyuribdi. Shogird har safar suv olib kelishga urinmasin, daryodan ustozining oldiga yetguncha suv g‘alvirning oralaridan sizib tushib, hech qolmasmish. Bir necha urinishdan so‘ng u ustoziga: "Ustoz, iloji yo‘q, suv bunda turmayapti", debdi.

Shunda ustoz aytibdi: "G‘alvirga diqqat bilan qara-chi?" Shogird qo‘lidagi g‘alvirga qarasa, u avvallari ko‘mir changidan qop-qora bo‘lgan joylari top-toza bo‘lib, yaltirab turgan ekan.

Ustoz tushuntiribdi: "Kitob o‘qish ham xuddi shunday. Undagi ma’lumotlar xotirangda qolmasa ham, u aqlingdan o‘tib, tafakkuringni tozalaydi va sayqallaydi. Shunday ekan, eslab qolish g‘amini bir chetga sur, kitob o‘qishda davom et!"


O‘ylaymanki, bu tushuntirishga ortiqcha izoh shart emas. Har bir o‘qilgan kitob, esimizdan chiqsa ham, ongimizni poklaydi, fikrlashimizni charxlaydi va dunyoqarashimizni kengaytiradi.

@ustozmetodi — Zamonaviy ustozlar uchun!
🔥2012🤔2
Nazokat Yusufjonova| ProfGid
Sinfimda o'zlashtirishi har xil bo'lgan o'quvchilar bor. Mavzuni osonroq tushuntirsam bilimdonlar zerikib qoladi, ularga moslashsam o'rtachalar qolib ketadi, sust o'zlashtiradiganlar esa hech vaqoni tushunmay o'tiraverishadi. Kimni mo'ljalga olishim kerak?
Ajoyib savol.

Bu yerda muhim nuqta ularga nimani o'rgatish emas, qanday o'rgatish degan savol bo'lishi kerak.

Men bir nechta yechim ko'ryapman:

1️⃣ Stansiyalar almashinuvi - guruhlar almashib ishlaydi
Sinfda 3 ta stansiya (burchak) tayyorlash kerak, masalan:
- Stansiya 1: O'qituvchi bilan asosiy mashqlar
- Stansiya 2: Mustaqil bajarish uchun mashq varaqlari
- Stansiya 3: Aqliy o'yin yoki loyiha
Yakunlash (nimani o'rgandik?)
Bu turli darajadagi o'quvchilarni o'zlariga mos, osonroq va qiyinroq vazifalarda ham sinab ko'rish imkonini beradi.

2️⃣ Zaxira vazifalar
Sinfga mos bo'lgan o'rtacha mashqlarni tez tugatib qo'yadiganlar uchun doim tayyor bo'ladigan qiziqarli vazifalar, masalan:
- Aqliy jumboqlar, rebuslar, worksheetlar
- Interfaol o'yinlar (Wayground)
- Mustaqil ijodiy loyihalar

3️⃣ Tanlov doskalari
Bunda xuddi "Своя игра"ga o'xshab o'quvchilar o'zlariga mos bo'lgan vazifalarni tanlab shug'ullanishlari mumkin:
- Oson vazifalar - 1 dan 10 gacha ketma ketlikda raqamlarni joylashtirish, bo'sh qoldirib ketilgan sonlarni topish
- O'rtacha mashqlar - 2 ga 3 ni qo'shish, 10 dan 1 gacha teskari tartibni yig'ish
- Qiyin topshiriqlar - 5 ga nechani qo'shsak 13 bo'ladi kabi qiyinroq topshiriqlar

Bu vaziyatda muhim qoida - hamaning darajasini o'rtasini olib o'qitaman demaslik kerak, 30% tushunmaydi, 30% zerikadi. Ustoz darsda hammaga minimum berib, keyin barchaga 100% gacha foyda olish imkonini berish kerak, shunda hamma band qilinadi, hamma imkoniyat darajasida bilim oladi. Bular bir marta emas, muntazam qo'llash mumkin bo'lgan usullar.

@ustozmetodi - zamonaviy ustozlar uchun.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥111👍1
Edubaza.uz — Ustozlar uchun ta’lim resurslari platformasi ishga tushdi.

Siz darslaringizni sifatli, qiziqarli o‘tishni istaysiz, lekin buning uchun yetarlicha resurslar topishga va tayyorlashga qiynalasizmi?
Biz ustozlar uchun SI (sun’iy intellekt) asosida ishlovchi ajoyib platformani ishga tushirdik.

Hozir platformada bir qancha asosiy imkoniyatlar ishga tushgan:
- Interaktiv dars taqdimotlari (yaratish)
- Onlayn elektron kutubxona (audio va boshqa elementlari bilan)
- Ta’limiy qiziqarli o‘yinlar
- SI (sun'iy intellekt) asosida mavzuni mustahkamlash mashqlari va nazorat ishlari
- Krossvordlar, matematika bo‘yicha ishchi varaqalar yaratish
- Ustozlar uchun o‘z dars ishlanmalarini va taqdimotlarini sotish imkoniyati

Har kuni saytimizning ma’lum bir qismlari yaxshilanib, mukammallashib bormoqda. Yangiliklarni kuzatib boring.

Platforma bilan tanishing, g‘oyalar, savollar va takliflar bo‘lsa bering: @iakadirov

Saytga o‘zingiz kirib ko‘ring: edubaza.uz
👍12
Yangilik: Guess What! kitoblari to'liq interaktiv audiokitob holiga keltirildi.

Endi ingliz tilida darslarida kitob PDFni alohida, audiolarni telegramda alohida izlab ochishingiz shart emas.

Siz saytimizga kirib darslarda bemalol darslik ichidan audiolarni qo'yib foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari bemalol kitob ustiga chizishingiz, uni yaqinlashtirib ko'rsatishingiz va boshqa interaktiv o'yinlardan foydalanishingiz mumkin.

Agar sizda g'oyalar bo'lsa uni bizga yuboring, saytimiz imkoniyatlariga qo'shamiz.

Bu ajoyib yangilikni ingliz tili ustozlariga yuborib qo'ying.

https://edubaza.uz/library
7👍2
🟦🟦 DIQQAT TANLOV! 🎉

O'z faningiz bo'yicha bilimlarni qiziqarli o‘yinga aylantiring va g‘olib bo‘ling!

Faningizni qanchalik qiziqarli o‘ta olasiz? Edubaza.uz barcha kreativ ustozlarni maxsus musobaqaga chorlaydi!

🎯 Shartlar juda ham oddiy:

1️⃣ https://edubaza.uz/games/eduquiz bo‘limida o‘z faningizga oid eng kamida 15 ta savoldan iborat qiziqarli o‘yin (quiz) yarating.

2️⃣ O‘yinni o‘quvchilaringiz va hamkasblaringizga ulashing.


3️⃣ 15-fevralga qadar eng ko‘p o‘ynalgan top-o‘yinlar muallifi g‘olib deb topiladi.


🏆 Mukofotlar (Har bir fan bo‘yicha alohida!):

Har bir fan yo‘nalishida eng yuqori natija ko‘rsatgan ustozlar quyidagi mukofotlarga ega bo‘ladilar:

1️⃣-o‘rin: 3 oylik "Ustoz" tarifi (BEPUL) + Sirli esdalik sovg'alar.

2️⃣-o‘rin: 2 oylik "Ustoz" tarifi (BEPUL) + Sirli esdalik sovg'alar.

3️⃣-o‘rin: 1 oylik "Ustoz" tarifi (BEPUL) + Sirli esdalik sovg'alar.


🎁 Barcha ishtirokchilar uchun bonus:

Musobaqada qatnashgan har bir ustozga Edubaza tariflari uchun 50% chegirmali PROMO-KOD taqdim etiladi. Hech kim sovg‘asiz qolmaydi.

Muddat: 15-fevralgacha. Natija: Bilim, e’tirof va professional imkoniyatlar.

O'yin qanday yaratiladi:

🔵Kompyuterdan yaratish qo'llanma videosi
🔵 Telefondan yaratish qo'llanma videosi

🚀 Hoziroq boshlang, zamonaviy pedagogik mahoratingizni ko‘rsating!

O'yin yaratish 👇
https://edubaza.uz/games/eduquiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9
Forwarded from UnicornTech.uz
🔝EduBaza Pre-Seed roundda $50,000 investitsiya oldi

EdTech startup EduBaza $1 million baholash asosida $50,000 miqdorda pre-seed investitsiya jalb qildi.

📊Sarmoyani ta'lim sohasidagi tadbirkor Najot Ta'lim loyihalari asoschisi Temurbek Adhamov kiritdi. U kompaniyaga angel investor va strategik maslahatchi sifatida qo'shildi.

EduBazao'qituvchilar uchun AI-powered ta'lim platformasi. Tizim dars ishlanmalari, interaktiv taqdimotlar va o'yinlar, o'quv materiallari avtomatik yaratadi. Platforma 2026-yil yanvar oyida ishga tushirilgan.

📈Jalb qilingan mablag' mahsulotni rivojlantirish, jamoani kengaytirish va foydalanuvchilar bazasini oshirish uchun sarflanadi.

🏷EduBaza asoschisining fikri:"Temurbek akaning qo'shilishi biz uchun nafaqat moliyaviy, balki strategik qadam. Uning ta'lim sohasidagi tajribasi EduBaza'ni yangi bosqichga olib chiqadi."

🔎Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥185👍3🤩1
Manfaatli suhbat bo'ladi yoshlar uchun.
Forwarded from Temurbek Adhamov
Temurbek Adhamov bilan suhbatlashish imkonini o'tkazib yubormang

Ertaga, 27-mart soat 21:00 da bo'lib o'tadigan ovozli chatda sizni quyidagilar kutmoqda:

👆 rivojlanishda qilayotgan xatolaringizni bilib olasiz;
👆ustozsiz qanday rivojlanish bo'yicha tavsiyalar olasiz (ishtirokchilarga suhbat oxirida yo'riqnoma tashlab beramiz);
👆suhbatda faol bo'lsangiz, 1 yillik Mutolaa Premium va kitoblar yutib olishingiz mumkin.

🎁 Va eng muhimi, suhbat yakunida sizni qoyilmaqom SYURPRIZ kutmoqda, bu esa hozircha sir...


🔗 Ovozli chatda qatnashish

@temurbek_adhamov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥41