Usmon | WAGMI
1.27K subscribers
49 photos
4 videos
3 files
28 links
Makroiqtisod, xalqaro munosabatlar va ba'zan off topic.

x.com/usmon_shoshiy
instagram.com/usmon_jurayev
https://youtube.com/@usmonwagmi
Download Telegram
Conspiracy yoki shunchaki o'xshashlik..

credits:instagram.com/bekvlogs

@usmonwagmi
50😁27🔥133👍2🐳21
Prosadkada o'tirganizni hech kim bilmaydi, lekin alomatlari sezilib turadi..

Ha aytgancha, o'zimizda ham anti kriptochilar BTC g'amlab qo'yishar ekan )
😁24💯12🔥52🐳2
Pul qayerdan keladi?

Ko'pchilik o'ylaydigan qoida "Hukumat avval soliq yig‘adi, so‘ngra o‘sha pulni sarflaydi." Modern monetary theory maktabi tarafdorlari aytishadiki, hukumat biror loyihani moliyalashtirganida, u seyfdagi naqd pullarni ishlatmaydi.

Jarayon texnik jihatdan markaziy bank tegishli tashkilot yoki shaxslarning bank hisobvaraqlariga raqamli kredit yozadi. Bu degani, hukumat sarf qilgan paytda iqtisodiyotda yangi pul paydo bo‘ladi. Bu jarayon uchun soliq tushumlarini kutish shart emas. Aslida, pul iqtisodiyotga hukumatning xarajatlari orqali kirib keladi.

Savol, agar hukumat xohlagancha pulni kreditlash orqali yaratib olsa, nega bizdan soliq oladi? MMT buni quyidagicha tushuntiradi:

Soliq to‘laganingizda, bank hisobingizdan mablag‘ ayiriladi. Bu pul hukumatning xarajatlari uchun jamg‘arma bo‘lib xizmat qilmaydi, balki muomaladan chiqib ketadi.

Agar davlat sizdan soliqlarni faqat o‘z valyutasida to‘lashni talab qilsa, siz o‘sha valyutani topish uchun ishlashga va mahsulot sotishga majbur bo‘lasiz. Bu fiat pulga real qiymat beradi.

Ko'pchilik iqtisodiyotchilar buni xato deb bilishadi. Cheksiz kreditlash giperinlatsiyaga olib keladi. Agar pul ishlab chiqarish tovarlar va xizmatlar ko‘payishidan tezroq bo‘lsa, valyuta o‘z qadrini yo‘qotadi. Hozirgi kundagi yuqori PCE va CPI ko‘rsatkichlari aynan ortiqcha pul massasi oqibati ekanligi ta’kidlanadi.

@usmonwagmi
👍33🔥14109💯4
Konspirologiya

Dam olish kunlari bozor yopilgan bo'lsada, geosiyosiy shaxmat taxtasi qizimoqda. Tramp yana o‘z fe’l-atvorini ko‘rsatib, dunyoni o‘z izmiga solishga harakat qilyapti.

Meksika va Nearshoring. Tramp Meksikadagi narkobaronlarni yo‘qotish orqali u yerda xavfsiz ishlab chiqarish zonasini yaratmoqchi. Maqsad aniq Xitoyga qaramlikni kamaytirib, ishlab chiqarishni AQSH ostonasiga ko'chirish. Bu uzoq muddatli iqtisodiy zarba

Hindiston-Isroil ittifoqi (BRICS ichidagi yoriq) Narendra Modining Isroildan medal olishi shunchaki rasm uchun emas. Bu Hindistonning Eron bilan aloqalarini sovitish va uni G‘arb lageriga tortish strategiyasi. BRICS ichida geosiyosiy o‘yin ketmoqda.

Yevropaning Xitoyga yaqinlashuvi va Grinlandiya masalasi. Agar Eron bilan to‘qnashuv sabab Hormuz bo‘g‘ozi yopilsa, Yevropa butunlay Amerikaning energiyasiga bog‘lanib qoladi. Bu Tramp uchun mutloq g‘alaba, Yevropa uchun esa energetik qaramlik degani.

@usmonwagmi
1🔥26👍1562
Yaqin sharqdagi vaziyat yuzasidan BAA'da yurgan vatandoshlarimizga hamdardlik bildiramiz.

Hozirgi vaqtda ko'chaga chiqishdan tiyilish, xavfsiz binolarda qolish tavsiya etiladi.

O'zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi va Abu-Dabidagi Elchixonasining rasmiy sahifalarini doimiy kuzatib boring. Vahimaga tushmang, mediadagi shumga e'tibor qaratmang

O'zingiz bilan doimo shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, ozroq naqd pul, powerbank va zaruriy dori-darmonlarni tayyorlab qo'ying. Aeroportlar, harbiy va strategik obyektlardan uzoqroq bo'ling.

Oila a'zolaringiz va yaqinlaringiz bilan doimiy aloqada bo'ling, ammo internetdagi har qanday norasmiy videoni tarqatib, vahima uyg'otmang.

@usmonwagmi
21👍18💯9🔥7
Professor Xueqin Jiang o'zining "The Iran Trap" (May, 2024) videosida Yaqin Sharqdagi voqealar rivojini tahlil qilib o'tgan.

Professor AQSHning Eronga ehtimoliy bosqinini (Operation Iranian Freedom — 2027) strategik tuzoq deb ataydi. Uning fikricha, Isroil lobbisi va moliya gigantlari AQSHni shunday urushga itarmoqdaki, bu imperiya uchun Sitsiliya kampaniyasi yoki Vyetnam kabi halokatli bo'ladi.

G'alaba qozonilgan taqdirda ham, bosqin xarajatlari AQSH iqtisodiyotini va global gegemonligini yakunlaydi. 2025-2026 yillardagi geosiyosiy keskinlik fonida bu tahlil judayam ommalashib ketdi.

https://youtu.be/7y_hbz6loEo?si=r2gJBcIAaWJLuwEb
👍22🔥1261🐳1
Urush o'z yo'liga, iqtisodiy vaziyatni ko'rib chiqamiz. 2025 -yil 4-chorak uchun GDP 1.4% chiqqan edi. GDP 4 ustunga tayanadi: Iste’mol, Investitsiya, Eksport va Hukumat xarajatlari.

Eron bilan urushga 1.9 millardlik qurol ishlatilingan. Bu hukumat harajatlari oshganini ko'rsatadi, neft narxi oshishi istemol harajatlarini kopaytiradi. Bu esa GDP va CPI oshishiga ta'sir qiladi. Trump markaziy bankka foiz stavkasini tushirmayotganini aytib ko'p ayblaydi, a yuqori harajatlarda esa stavka tushirilmaydi, balansdan oshsa kotarishi ham mumkin.

Shu bilan parallel ravishda banklarda naqd pulga nisbatan stress holatida, banklardagi umumiy zaxiralar yetarli darajaning eng quyi chegarasiga yetib keldi. Hozirda banklar zaxiralari ample deb atalsa-da, amalda tizim scarce chegarasida turibdi. Agar naqd pulga talab yanada ortsa, banklararo bozorda foizlar nazoratdan chiqib ketishi mumkin. FOMCning navbatdagi yig'ilishiga Trump iqtisod yaxshi deb GDP ni misol keltirib o'tishi mumkin, lekin real gdp esa judayam past holatda. Urush esa iqtisodiy holatni yanada yomon ahvolga olib keladi.

@usmonwagmi
🔥26💯14👍135
Nowcasting_Econ-Report-v11_260306_122215.pdf
2.3 MB
Anthropic kompaniyasi "Labor market impacts of AI" nomli hisobotini e’lon qildi. Tadqiqot AI’ning ish o‘rinlariga ta’sirini nazariy taxminlar emas, balki real platforma ma'lumotlari asosida tahlil qiladi.

Hozircha AI tufayli ommaviy ishsizlik kuzatilayotgani yo‘q. Biroq, yosh mutaxassislar uchun ishga kirish qiyinlashgan. AI ta’siriga eng ko‘p uchragan sohalarda yosh mutaxassislar uchun yangi vakansiyalar soni 14% ga kamaygan. Ish joylarini avtomatlashtirish darajasi hozircha nazariy jihatdan imkonli bo‘lgan ko‘rsatkichlarning juda kichik qisminigina tashkil etmoqda.

Real platforma ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda dasturchilar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish vakillari eng yuqori avtomatlashtirish xavfi ostida turibdi. Hukumat prognozlariga ko‘ra, AI kirib borgan sohalarda keyingi o‘n yillikda bandlik o‘sishi birmuncha sekinlashadi. Ma'lumotlar shuni ko‘rsatadiki, AI ta’siriga eng ko‘p duch kelayotgan ishchilar asosan yoshi kattaroq, oliy ma’lumotli va yuqori maosh oluvchi mutaxassislardir.

@usmonwagmi
🔥157👍74
Bugun e’lon qilingan mehnat bozori hisoboti fevral oyida 92,000 ta ish o‘rni qisqardi, ishsizlik darajasi esa 4.4% ga ko‘tarildi. 2025-yildagi bor-yo‘g‘i 181,000 ta yangi ish o‘rni. Iqtisodiy o‘sishning deyarli to‘xtaganini ko‘rsatmoqda.

Bir tomondan ish o‘rinlari qisqarmoqda, ikkinchi tomondan yuqori inflyatsiya iste’molchilar xarid qobiliyatini yemirmoqda. AQSh aholisining shaxsiy jamg‘arma darajasi 3% dan past. Odamlar kundalik xarajatlar uchun kredit kartalariga qaram. 2025-yilda kiritilgan bojlar (tariflar) import xomashyosini qimmatlashtirdi, bu esa ishlab chiqarish tannarxini oshirib, korxonalarni xarajatlarni qisqartirishga majbur qildi.

17–18-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan FOMC yig‘ilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Jerome Powell ikki olov orasida: stavkani tushirib iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlaydimi yoki inflyatsiyani jilovlash uchun yuqori stavkalarni saqlab qoladimi? Jarayon yanada qizg'inlashyapti.

@usmonwagmi
2🔥35107👍61🐳1
Dunyoning eng boy odami Twitterga egalik qiladi.
2—3-o'rindagi boy odamlar Google’ni nazorat qiladi.
4-eng boy odam Instagram va Facebookka egalik qiladi.
5-eng boy odam The Washington Post nashriga egalik qiladi.
Endi esa 6-eng boy odam tez orada ham Paramount, ham Warner Bros'ni qo'lga kiritishi mumkin. Bu yerdagi muammoni ko'ryapsizmi?

Axborot manbalarining bunday tor doirada to'planishi jamiyatda xolislikni kamaytiradi, propagandani kuchaytiradi. Algoritmlar ko‘pincha radikal va hissiyotga asoslangan kontentni rag‘batlantiradi. Bu esa jamiyatning qutblanishiga va ratsional tahlilning yo‘qolishiga olib keladi. Agar barcha axborot darvozalari bitta elita klubiga tegishli bo‘lsa, biz ko‘rayotgan haqiqat aslida muhandislik qilingan kontentdir.

@usmonwagmi
1🔥51👍24149💯5
CPI datasini ko'rib chiqamiz. CPI fevral oyida mavsumiy tuzatilgan asosda 0,3 foizga oshdi. Oxirgi 12 oy davomida barcha tovarlar indeksi mavsumiy tuzatishlarsiz 2,4 foizga o'sdi. Turar joy indeksi fevral oyida 0,2 foizga oshdi va barcha tovarlar indeksining oylik o'sishidagi eng katta omil bo'ldi. Oziq-ovqat indeksi oy davomida 0,4 foizga, uyda iste'mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari indeksi ham shunchaga oshdi. Uyda bo'lmagan oziq-ovqat indeksi esa 0,3 foizga ko'tarildi. Energiya indeksi ham fevral oyida 0,6 foizga oshdi.

Core CPI — Oziq-ovqat va energiyadan tashqari barcha tovarlar indeksi fevral oyida 0,2 foizga oshdi. Oy davomida tibbiy xizmat, kiyim-kechak, uy jihozlari, aviachiptalar va ta'lim narxlari oshgan bo'lsa; aloqa, foydalanilgan avtomobillar va yuk mashinalari, avtotransport sug'urtasi hamda shaxsiy parvarish indekslari pasaygan asosiy ko'rsatkichlar qatorida bo'ldi.

Foiz stavkasi o'zgarishsiz qolishi ehtimoli ko'paydi, eng muhim narsalar FOMC yig'ilishiga qoldi. Geosiyosiy holat va iqtisod haqida jurnalistlar savollari judayam qiziq bo'ladi.

@usmonwagmi
🔥21117👍62🐳2💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pekin butun bir tog‘ tizmasini elektr stansiyasiga aylantirdi. Guychjou provinsiyasidagi Panjiang quyosh fotoelektr bazasi mintaqadagi eng yirik yagona quyosh loyihasidir. Hech kimga kerak bo‘lmagan toshloq tog‘lar bo‘ylab 2,3 milliondan ortiq panellar o‘rnatildi.

Bu yerlar dehqonchilik qilish uchun juda tik, o‘zlashtirish uchun o‘ta chekka va e’tiborga loyiq bo‘lmagan qashshoq hududlardan Xitoy unumli foydalandi.

Natijada yiliga 1,33 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Bu deyarli 2 million xonadonni energiya bilan ta’minlaydi va har yili 1 million tonnadan ortiq karbonat angidrid chiqindisining oldini oladi.

Arzon energiya hamma narsaning asosi hisoblanadi: ishlab chiqarish, sun’iy intellekt va ma’lumotlar markazlari. Arzon elektronga ega bo'lish, xomashyo (litiy, polikremniy) va texnologiya ustidan nazorat qilish o‘tgan asrdagi neft ustidan nazorat kabi muhim bo'lib qoldi.

@usmonwagmi
👍33🔥1975
Dunyo bozori hozir shunchaki urush holatida emas, balki tizimli qulash xavfi ostida. Ko‘pchilik neft narxi va aksiyalardagi tebranishlarni oddiy geosiyosiy shovqin deb o‘ylamoqda.

Lekin biz kuzatayotgan jarayon tarixiy Sitsiliya ekspeditsiyasi kabidir. Imperiyalar o‘z qudratiga haddan tashqari ishonib, uzoqdagi dushmanga hujum qilganda, iqtisodiy resurslari tugab, ichkaridan yemirilishni boshlaydi.

Yaqin kunlarda chiqadigan YouTube tahlilimizda quyidagilarni muhokama qilamiz:
🔹 Warflation (Urush inflyatsiyasi): Neft va ishlab chiqarish zanjiri qanday uzilmoqda?
🔹 Moliya bozorlaridagi yoriqlar: Nega fake xabarlar ko'payib ketdi?
🔹 Fed va iqtisodiy ko'rsatkichlar

@OrtiqovCrypto bilan birgalikda bu vaziyatni tahlil qilamiz, kanalni kuzatib boring

@usmonwagmi
🔥3212👍109💯1
Foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldi, shuningdek, stavkalarni tushirish tarafdorlari va o‘zgarishsiz qoldirish tarafdorlari o‘rtasidagi 12 ga 7 nisbat ham saqlanib qoldi.

Asosiy iste’mol xarajatlari PCE inflyatsiyasi bo‘yicha prognoz 2,5% dan 2,7% gacha ko‘tarildi.

Uzoq muddatli median foiz stavkasi 3,1% gacha yuqoriladi.

@usmonwagmi
1👍16🔥1341
Pauellning o‘yini: Pauell boshida SEP ma'lumotlariga ishora qilib, Mana, hamma foiz stavkalari kutilganidan kamroq tushirilishini taxmin qilyapti, deydi. Ya'ni, u prognozlardan o‘z argumentini mustahkamlash uchun foydalanadi.

Keyin esa, u go‘yo bu raqamlar unchalik muhim emasdek, iqtisodiy holat tez o‘zgarishi mumkinligini aytib, o‘sha prognozlarni yo‘l chetida qoldirib ketadi.

Noaniqlik: Oxirgi gapda u hozirgi iqtisodiy vaziyat shunchalik chalkash va oldindan aytib bo‘lmas darajadaki, hatto bu bashoratlarni (SEP) e’lon qilmaslik ma’qulroq bo‘lar edi, demoqchi.

Pauellning bunday harakatini Hawkish deb baholashadi. Pauell investorlarga raqamlarga qarang, lekin ularga qattiq ishonib ham qolmang, vaziyatga qarab ish tutamiz degan signalni bermoqda. Bu esa bozorda volatillik keltirib chiqarishi mumkin, chunki aniq yo‘nalish yo‘qligidan dalolat beradi.

@usmonwagmi
1🔥26👍9552