Usmon Sharifxodjayev
761 subscribers
180 photos
32 videos
4 files
62 links
Sharifxodjayev Usmon Ulfatovich - O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari telegram kanaliga xush kelibsiz!

www.facebook.com/usmansharifxodjayev/

@usmonsharifxodjayev_bot
Download Telegram
Kuni kecha Amerika Kengashlarining Prezidenti Devid Patton bilan uchrashdik.

Hamkorlikdagi loyihalardan biri bu English Speaking Nation: Secondary Teacher Training dasturi.

Dastur doirasida 2 yil ichida 385 nafar ingliz tili o‘qituvchilari TESOL sertifikatini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 206 nafar ingliz tili o‘qituvchilari Teaching English through English (TETE) kurslarida malaka oshirdi. Joriy yilda 707 nafar ingliz tili o‘qituvchilari TESOL dasturi bo`yicha malakasini oshirdilar.

2023-yilda 8000 nafar o‘qituvchi malakasi oshirilishi hamda 4 nafar xalqaro ekspertlar jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Shu o`rinda, ingliz tili o`qituvchilari orasida yuqori darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo`lganlarning salmog`i 16-17%ga yetganini (bir yil oldin 4% bo`lgan) qayd etmoqchiman.

Hurmatli ustozlar, xalqaro talablar asosida sertifikatsiyadan o‘tish orqali Sizlar nafaqat bilimingizni oshirishga balki qo‘shimcha ustamaga ega bo‘lish imkoniga ega bo‘lishingizni eslatib o‘taman.

https://t.me/usmonsharifxodjayev
4K modeliga asoslangan xalqaro metodikalarni ta'lim jarayoniga joriy qilish va metodikalarni pedagoglarga o‘rgatishga qaratilgan qator o‘quvlar bo‘lib o‘tmoqda.

13-dekabr kuni Avloniy nomidagi millliy tadqiqot institutida navbatdagi o‘quvlar boshlandi. O‘quvlarda 14 ta aprobatsiya maktablari amaliy fan o‘qituvchilari hamda maktab rahbarlari, jami 80 nafar xodimning malakasi oshirilmoqda.

Mazkur metodikalar yanvar oyidan boshlab, barcha hududiy malaka oshirish markazlarida, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga o‘qitilishi belgilangan. Bundan tashqari, 2023-yil davomida hududlarda anjumanlarning tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

https://t.me/usmonsharifxodjayev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun
“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi
2022-yilda o‘tkazilgan muhim voqealardan biri bo‘ldi.

Tanlov Xalq ta`limi vazirligi hamda Хorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan o`tkazilib, 8 mingdan ortiq maktab, 40 mingdan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.

Final bosqichi g‘oliblari 500, 400 va 300 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandilar. Respublika bosqichining barcha ishtirokchilari Buyuk Britaniyaga ta'lim sayohatiga yuborilishi ma'lum qilingan edi. O‘quvchilar 16-dekabr kuni jo‘nab ketishlari rejalashtirilgan.

Tanlov jarayonlari bilan batafsil tanishish mumkin.

2023-yil uchun ro‘yhatdan o‘tish 31-dekabrgacha davom etadi. Bugunga qadar 500 dan ortiq maktablar ro‘yhatdan o‘tdilar.

Xalq ta`limi tizimidagi maktablarni faollikka chaqirib qolamiz.

https://t.me/usmonsharifxodjayev
Forwarded from ZIYO FORUM UZ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari Londonga tashrif buyurishdi!

16-24 dekabr kunlari Respublika bosqichining barcha ishtirokchilari 70 nafar talaba 14 nafar murabbiy bilan Buyuk Britaniya, Berkshir kollejida mamlakat madaniyati va tili bilan yaqindan tanishmoqda.

Bu erda ular Angliyani butunlay boshqacha nuqta nazardan ko‘rishdi. Londondan farqli o‘laroq, bu yerda sayyohlarni kamdan-kam ko‘rasiz. O‘quvchilar faqat yangi madaniyatni o‘rganish bilan cheklanib qolmay, balki chet elliklar bilan ham o‘zimizning madaniyatimizning bir qismini baham ko‘rishga qaror qilishdi. Ular milliy hunarmandchilik buyumlarini aholi va sayyohlarga esdalik sifatida taqdim qilishdilar va O‘zbekistonni uzoq yillar eslashiga ishonch hosil qilishdi. Dasturda Londondagi muzeylar, madaniyat markazlari, diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish va Oksford va Kembrij universitetlariga tashrif buyurish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, yozda olimpiadaning final bosqichida ishtirokchilar ingliz tilidan bilimini baholash bo‘yicha jamoaviy test sinovlarida qatnashgan. Bilimlar Cambridge Assessment English (Buyuk Britaniya) metodologiyasiga muvofiq Linguaskill testi yordamida baholandi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Chet tillarni targ‘ib qilish agentligi va lm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi Ziyo Forum ko‘magida tashkil etilgan.

@ziyoforum_uz
Yil davomida amalga oshirilgan ishlar sezilmay oʼtib ketarkan, yil yakuni bahonasida bir sarhisob qilib ko`rsak. 2022 yilda Milliy oʼquv dasturi asosida pedagoglarga yangi metodikalarni oʼrgatish maqsadida koʼplab oʼquvlar oʼtkazdik. Ularning ayrimlari:

- UNESCO bilan hamkorlikda “Ustozlar Forumi” tashkil etildi. Respublika bosqichida 400 nafar ustozlar barcha hududlardan qatnashdi. Keyinchalik hududlardagi 100 ming nafardan ortiq pedagoglar oʼqitildi;

- UNICEF bilan hamkorlikda “Tabiiy fanlar” ("Science") boʼyicha oʼquvlar tashkillashtirildi. Respublika oʼquvlarida 50 nafar trenerlar oʼqitildi. Platforma orqali 58 ming pedagog kursda tahsil oldi;

- 4K zamonaviy xalqaro mezonlar asosida yaratilgan boshlangʼich sinf darslik metodikalari boʼyicha 200 nafar oʼqituvchilar uchun malaka oshirish kurslari oʼtkazildi;

- Xalqaro ekspertlar ishtirokida oʼnlab oʼquvlar oʼtkazildi. Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, АQSh, Finlandiya , Rossiyadan kelgan ekspertlar bevosita hududlarda dars oʼtdilar;

- Zomin oʼquvlari”, “Boʼstonliq oʼquvlari“, hamda “Shahrisabz oʼquvlari tashkil etilib, Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida oʼtgan oʼquvlarda jami bevosita 700 nafardan ortiq mutaxassislar oʼqitildi. Bu ustozlar yordamida yil davomida oʼqituvchilarga yangi metodikalar boʼyicha maʼlumotlar berib borildi.

Keyingi yilda ham pedagoglarning bilimini yaxshilash borasida qator rejalar va vazifalar mavjud. Hurmatli ustozlarimizdan doimo izlanishni, oʼz bilimlarini oshirish va kasbiy mahoratlarini rivojlantirishlarini soʼrab qolamiz.

https://t.me/usmonsharifxodjayev
Forwarded from Zamin Foundation
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil arafasida "Zamin Education" va "Zamin Creative" loyihalari bitiruvchilari "Mehrli Maktab" bolalari uchun samimiy va uydagidek shinam muhitda bayram tashkil etdilar.
Yosh aktyorlarimiz, dizayner va dasturchilarimiz o‘zlarining yakuniy ishlarini ko‘rsatdilar, mahorat darslarini o‘tkazdilar.
Ziroat Mirziyoyeva bilan birgalikda bolajonlar o‘ziga xos yangi yil o‘yinchoqlarini yasab, archani bezatdilar. Maktabdagi muvaffaqiyatlari haqida to‘lib-toshib so‘zlab berdilar, ko‘ngildagi orzu-istaklari bilan bo‘lishdilar. Bu niyatlarning barchasi ushalsin!
__

Теплый и по-домашнему уютный праздник в преддверии Нового года устроили для ребят Mehrli Maktab выпускники проектов Zamin Education и Zamin Creative.
Наши юные актеры, дизайнеры и программисты показали свои итоговые работы и провели мастер-классы.
Вместе с Зироат Мирзиёевой дети создали необычные новогодние игрушки и украсили ёлочку. Ребята на перебой рассказывали об успехах в школе и по секрету делились своими мечтами. Пусть они все сбудутся!

Zamin | Facebook | Instagram
#Диққат

Халқ таълими вазири жамғармаси ҳисобидан 2023 йилда ҳар ойлик устамага даъвогар педагогларнинг саралаш имтиҳонлари жавоблари эълон қилинди

Халқ таълими вазири жамғармаси ҳисобидан 2023 йилда ҳар ойлик устамага даъвогар педагогларнинг саралаш имтиҳонлари жавоблари Давлат тест маркази томонидан my.dtm.uz сайтида эълон қилинди.

Талабгорлар ўз натижаларини my.dtm.uz сайтининг “Ўқитувчилар” бўлимидан билиб олишлари мумкин.

🖥 Ўз натижасидан норози талабгорлар 27-28-29 декабрь кунлари my.dtm.uz сайтининг “Ўқитувчилар” бўлими орқали апелляция аризасини беришлари мумкин.

📤 Aпеллация аризалари комиссия томонидан кўриб чиқилади ва апеллация хулосаси 15 иш куни ичида талабгорга ёзма равишда юборилади.

🟢Эслатиб ўтамиз, белгиланган тартибга асосан дастлабки босқичда максимал баллнинг 80 фоиз ва ундан юқори балл тўплаганлар иккинчи босқичда иштирок этади. Иккинчи босқич синов жараёнлари 2023 йилда ўтказилади ва унда ўқитувчиларнинг касбий кўникмалари жамоатчилик вакилларидан иборат бўлган гуруҳ томонидан баҳоланади.

Иккинчи босқичдан муввафақиятли ўтган устозлар ҳар ойлик устамани у белгиланган кундан бошлаб 9 ой давомида оладилар.

⚠️ Халқ таълими Вазири жамғармаси учун устама оладиган ўқитувчиларнинг номзодлари Вазирлар Маҳкамасининг қарори билан халқ таълими тизимини ислоҳ қилиш бўйича Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳар кенгашлари томонидан тақдим этилган бўлиб, бунда номзодлар умумий ўрта таълим муассасаларининг битирувчи-ўқувчилари томонидан тегишли ўқув йили қабулида олий таълим муассасаларига, Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларга кириш имтиҳонларида қайд этган натижаларига мувофиқ тақсимланган.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktab bitiruvchilariga beriladigan shahodatnomalar to`liq elektron shaklga o`tkaziladi

Vazirlik tomonidan davlat xizmatlari ko`lamini kengaytirish, imkon qadar jarayonlarga inson aralashuvini minimallashtirish borasida qator ishlar olib borilmoqda.

O`tgan yilda attestat dublikatini masofadan olish xizmati yo`lga qo`yilib, bugunga qadar 20 ming nafar fuqaro ortiqcha ovvoragarchiliksiz, oldinlari kabi yugurib yurmay bu xizmatdan foydalana oldi. Joriy yildan boshlab esa, shahodatnomani elektron shaklda berish amaliyoti yo`lga qo`yiladi. Bu to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.

Ta’kidlash joizki yangi tizim orqali maktab bitiruvchilariga shahodatnoma elektron shaklda generatsiya qilinadi. Bundan buyon:
- Fuqarolar shahodatnomani yonlarida olib yurishlariga hojat qolmaydi;
- Shahodatnoma olish jarayonida ortiqcha qog‘ozbozlik va byurokratik to‘siqlarga imkoniyatlar qolmaydi va qog‘oz ko‘rinishidagi maxsus shahodatnoma blankalaridan voz kechiladi;
- Bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash uchun mas’ul tashkilotlar o‘rtasida tizimlar birlashtiriladi.

Shahodatnomalarning elektron shaklga o‘tkazilishi ortiqcha qog‘oz sarfini oldini olib, blankalar uchun harajatlarni iqtisod qilishga va ekologiyani asrashga zamin yaratadi.

https://t.me/usmonsharifxodjayev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Андижон туманидаги 55-умумтаълим мактабида жорий қилинган касбга ўқитиш тизими билан танишди

Президент ознакомился с системой профессионального обучения, внедренной в общеобразовательной школе №55 Андижанского района

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter