Ulugbek SAFAROV blogi 🇺🇿
160 subscribers
388 photos
109 videos
5 files
255 links
Assalomu alaykum do'stlar, ushbu kanal zamonaviy ta'lim sohasidagi o'ziga xos noan'anaviy qarashlar to'g'risida.
Download Telegram
2026/2027-O‘quv yilidan 6 ta hududda ixtisoslashtirilgan maktablar ochiladi

2026/2027-o‘quv yilidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 6 ta yangi maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

👉 Batafsil: edu-talim.uz/news/357

@talimuz
O‘qishni ko‘chirish arizalari 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi

Xorijiy yoki nodavlat OTTlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi.

👉 Batafsil: edu-talim.uz/news/350

@talimuz
1


🇺🇿Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad!

💚Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi uchrashuvlari Navoiy viloyatining barcha tumanlarida o‘rnatiladigan katta ekranlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

📍Maxsus tomosha maydonlari ro‘yxati:

Navoiy shaharAlisher Navoiy istirohat bog'i, Amfiteatr orqa tomoni, "Mazza" kafe maydoni.
Zarafshon shahar- Markaziy o'yingoh
G‘ozg‘on shahriG‘ozg‘on shahar “Markaziy o‘yingohi
Karmana tumani Karmana tumani “Yoshlik” markaziy o‘yingohi
Navbahor tumaniBeshrabot MFY markazi istirohat bog‘i
Konimex tumaniKonimex tumani Birlik MFY Madaniyat markazi
Qiziltepa tumani – Madaniyat saroyi (1–3 o‘yin), Alisher Navoiy MFY (2-o‘yin)
Nurota tumaniAlisher Navoiy MFYdagi Madaniyat markazi
Xatirchi tumani – “Yangirabot” MFY
Uchquduq tumani – “Do‘stlik” MFY, “Lochin” sport majmuasi
Tomdi tumaniTomdibuloq OFY Madaniyat bo‘limi.


📅 O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari: (Toshkent vaqti bilan)

🇺🇿 O‘zbekiston — Kolumbiya 🇨🇴
🗓 18-iyun | 07:00

🇵🇹 Portugaliya — O‘zbekiston 🇺🇿
🗓 23-iyun | 22:00

🇨🇩 DR Kongo — O‘zbekiston 🇺🇿
🗓 28-iyun | 04:30

Har bir o‘yin — milliy jamoamiz uchun kuch, har bir qo‘llab-quvvatlov — g‘alabaga ishonchdir.


Olg‘a, O‘zbekiston!

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
👍1
1 июлдан иш ҳақи, пенсия, стипендия ва нафақалар миқдори оширилади

“Иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ–115-сон, 23.06.2026 й.) қабул қилинди.

 
Фармонга кўра, 2026 йил 1 июлдан пенсиялар ва нафақалар ҳамда Ижтимоий реестрга киритилган оилаларга болалар нафақалари ва моддий ёрдам тўловлари миқдорлари 7 фоизга оширилади. Бунда:
 
🔹 ёшга доир энг кам пенсия миқдори – ойига 983 000 сўм;

🔹 ногиронлик пенсияларининг энг кам миқдори – ойига 1 083 000 сўм;
 
🔹 Ижтимоий реестрга киритилган оилаларга болалар нафақасининг ҳар ойлик миқдори:
 
3 ёшгача бўлган 1 та кичик фарзанди учун – 386 000 сўм, 3 ёшдан 18 ёшгача бўлган 1 та фарзанди учун – 295 000 сўм;
оиланинг 2-фарзанди учун қўшимча – 177 000 сўм;
оиланинг 3- ва ундан кейинги ҳар бир фарзанди учун қўшимча – 118 000 сўм;
 
🔹 Ижтимоий реестрга киритилган оилалар учун моддий ёрдамнинг ойлик миқдори – 450 000 сўм этиб белгиланди.
 
2026 йил 1 сентябрдан бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи ва стипендиялар миқдори 7 фоизга оширилади.
 
2026 йил 1 июлдан пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – ойига 504 000 сўм этиб белгиланди.
 
2026 йил 1 сентябрдан:
 
▪️ меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – ойига 1 360 000 сўм;
▪️ базавий ҳисоблаш миқдори – 440 000 сўм этиб белгиланди.

📱 ROST24.uz 📱Telegram 📱 Facebook
📱Instagram 📱 YouTube
👍2🔥1
🔽Бу йил университетга кириш анча осон бўлади-ҳужжатлар чунки сўнги 10 йил ичида хисобланса бу йил абитуриентлар сони бўйича рекорд даражада паст бўлди

Ўзбекистонда олий ўқув юртларига кириш учун аризаларнинг тарихий минимуми жами 664 609 киши рўйхатдан ўтган.

Таққослаш учун:
• 2019 1,066 млн
• 2020-1,48 млн
• 2022-1,21 млн
• 2023-1,18 млн
• 2025 732,4 минг
• 2026 жами 664 минг
Бу йил университетга кириш эҳтимоли ҳар қачонгидан ҳам юқори.

Яқинларга юбориб қўямиз, яхшилаб таёргарлик кўришсин осон бўлади


👉https://t.me/usafarov077
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏1😁1
Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro standartlar asosida oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim dasturlarini joriy etish, nufuzli xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по внедрению программ среднего специального, профессионального и высшего образования на основе международных стандартов, расширению академического сотрудничества с ведущими зарубежными университетами.

#Mirziyoyev #taqdimot #oliytalim #xalqarostandartlar

Prezident.uz|dan

https://t.me/usafarov077
👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ҳар куни бир хил хатони такрорлаяпмиз - “Атом одатлар” | 5 дақиқа

Ҳар йили янги йил арафасида бир хил манзарани кўрамиз. Йил янгиланиши билан миллионлаб одамлар ўзларига ваъда беришади. Энди ҳаммаси бошқача бўлади. Эртадан спорт билан шуғулланаман. Кўпроқ китоб ўқийман. Телефонни камроқ ушлайман. Эрта тураман, пул йиғаман. Орадан бир ой ўтмай ҳаммаси аввалги изига тушади.

Қизиғи шундаки, бу одамлар ақлсиз ёки ялқов эмас. Улар нима қилиш кераклигини яхши билишади. Соғлом овқатланиш кераклиги, китоб ўқиш фойдали эканини ҳам англашади. Спорт билан шуғулланиш соғлиқ учун муҳимлигини ҳам тушунишади. Шундай экан, нега билим ҳаракатга айланмайди?

Бугун 5 дақиқа давомида Жеймс Клирнинг "Атом одатлар" китоби ҳақида гаплашамиз.

👉 https://kun.uz/kr/36455141


https://t.me/usafarov077
👍2
#ДИҚҚАТ
‼️Ўзбекистонда олийгоҳларга ҳужжат топширган 13 минг абитуриент сертификати борлиги сабаб тест топширишдан озод қилинди

Улар тўғридан тўғри танлов босқичига ўтқазилган.



https://t.me/usafarov077
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Ўзбекистонда олий таълим учун 20 дан ортиқ янги йўналиш тасдиқланди

Ўзбекистонда олий таълим йўналишлари ва мутахассисликлари классификаторига ўзгартириш киритилиб, бакалавриат ва магистратура босқичлари учун 20 дан ортиқ янги таълим йўналиши тасдиқланди.
Бакалавриат босқичида қуйидаги 10 та янги йўналиш очилди:

🔹 экология ва атроф-муҳит;
🔹 яшил иқтисодиёт;
🔹 иқлим ўзгариши;
🔹 қайта тикланувчи энергия;
🔹 сув ресурсларини бошқариш;
🔹 мобил робототехника;
🔹 учувчисиз учиш аппаратлари (дронлар);
🔹 барқарор қишлоқ хўжалиги;
🔹 экотуризм;
🔹 темир йўл муҳандислиги.

Магистратура босқичида эса қуйидаги янги мутахассисликлар жорий этилди:

🔹 халқаро энергетик сиёсат;
🔹 халқаро сув дипломатияси;
🔹 циркуляр иқтисодиёт;
🔹 барқарор молия;
🔹 ривожланиш иқтисодиёти;
🔹 экология ҳуқуқи;
🔹 халқаро савдо ҳуқуқи;
🔹 назарий ва муҳандислик физикаси;
🔹 урбанистика;
🔹 барқарор шаҳарсозлик;
🔹 иқлимга чидамли ўрмон хўжалиги;
🔹 барқарор туризм.

Шунингдек, айрим мавжуд таълим йўналишлари номи янгиланиб, классификатордан битта мутахассислик чиқарилди. Янги йўналишлар меҳнат бозори эҳтиёжлари ва иқтисодиётнинг истиқболли тармоқлари учун малакали кадрлар тайёрлашга хизмат қилиши таъкидланди.



https://t.me/usafarov077
🔥3
#Kvota #Qabul2026

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan quyidagilar tasdiqlandi:

Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshirilishi hisobiga ajratilgan qabul parametrlari;

Bakalavriat va magistratura bo‘yicha umumiy qabul parametrlari ta’lim shakllari hamda o‘qitish tillari kesimida;

Tillar, maxsus pedagogika, sport, san’at va boshqa yo‘nalishlarning ixtisoslashuviga ko‘ra qabul taqsimoti;

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari;

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun qo‘shimcha 1 foizlik davlat granti kvotalari;

Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 5 foizlik davlat granti kvotalari;

Qurolli Kuchlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari farzandlari uchun davlat granti kvotalari;

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanomaga ega fuqarolar uchun alohida 5 foizlik qabul ko‘rsatkichlari;

Bojxona organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari;

“Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha 10 foizlik davlat granti kvotalari;

O‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari;

Xorijdagi yosh vatandoshlar uchun ajratilgan 30 ta davlat granti o‘rinlari;

Davlat granti ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti;

Kamida 5 yillik ish stajiga ega fuqarolarni kechki ta’limga tavsiya etish huquqiga ega vazirlik va idoralar ro‘yxati;

Maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va san’at sohalari uchun maqsadli qabul parametrlari;

Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun dual ta’lim asosidagi bakalavriat qabul parametrlari;

Oliy malaka toifasiga ega maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika magistraturasiga masofaviy ta’lim bo‘yicha maqsadli qabul;

5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uchun 2 500 ta alohida to‘lov-kontrakt o‘rni;

Xotin-qizlar uchun kunduzgi ta’limga qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti;

Green University uchun vakant davlat buyurtmasi o‘rinlari hisobidan 100 ta qabul parametri;

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1
#Kvota #Qabul2026

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Zarafshon fakultetida 2026/2027-o'quv yili uchun kvota tasdiqlandi.
Umumiy qabul parametrlariga muvofiq TATU Zarafshon fakultetida:
Kunduzgi ta'lim shaklida: Sun'iy intellekt va kiberxavfsizlik;

Masofaviy ta'lim shaklida: Kompyuter injiniringi va Dasturiy injiniring yo'nalishlariga

qabulni e'lon qiladi.

Eslatib o'tamiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Zarafshon fakulteti 2024-yil 12-dekabrdagi №430-sonli Prezident Qarori asosida tashkil etilgan.

tuit.uz
71 238 55 55 93 461 07 77
🔥1
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Zarafshon fakultetida 2026/2027-o'quv yili uchun kvota tasdiqlandi.

Umumiy qabul parametrlariga muvofiq TATU Zarafshon fakultetida:
Kunduzgi ta'lim shaklida: Sun'iy intellekt va kiberxavfsizlik;
Masofaviy ta'lim shaklida: Kompyuter injiniringi va Dasturiy injiniring

yo'nalishlariga qabul e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Zarafshon fakulteti 2024-yil 12-dekabrdagi №430-sonli Prezident Qarori asosida tashkil etilgan.

📣Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati

✉️Telegram | 🗳Facebook | 🌐Veb Sayt | 📹Youtube |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👏1
Илк бор дунёдаги энг гўзал сўз аниқланди

“Kaytiakitanga” so‘zi insonning tabiat oldidagi mas’uliyatini, uni atrof-muhitni asrab-avaylash va kelajak avlodlar uchun saqlab qolish burchini anglatadi. Maori xalqining dunyoqarashida inson tabiatning egasi emas – u tabiatning ajralmas qismi va uning himoyachisi hisoblanadi.


Батафсил 👇👇👇
https://qalampir.uz/n/140014
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ucell IOI 2026’ni qo‘llab-quvvatlamoqda: Toshkentda jahon IT-olimpiadasiga start berildi
 
Bugun, 9-avgust kuni O‘zbekiston ilk bor maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi dasturlash bo‘yicha dunyoning eng nufuzli musobaqalaridan biriga mezbonlik qilmoqda. IOI 2026 musobaqasi 97 mamlakatdan 745 nafar vakilni birlashtirdi.
 
Ucell olimpiada homiylaridan biri sifatida ishtirok etmoqda. IOI 2026’ni qo‘llab-quvvatlash orqali kompaniya IT va raqamli ta’limni rivojlantirishga, shuningdek, O‘zbekistonning iqtidorli yoshlari uchun yangi imkoniyatlar yaratishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
 
Olimpiadada O‘zbekiston sharafini qat’iy saralash va tayyorgarlikdan o‘tgan sakkiz nafar eng kuchli dasturchi o‘quvchi himoya qiladi.
 
IOI 2026 olimpiadasi 16-avgustgacha davom etadi.
👍1
Вакант ўринларга ўқишга кириш имконияти яратилади

Кириш имтиҳонларида иштирок этиб, минимал балл тўплаган, бироқ талабаликка тавсия этилмаган абитуриентларга вакант (бўш) ўринлар қолган йўналишларда танловда иштирок этиш имконияти берилади.

Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/148957
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ДИҚҚАТ
‼️“Ҳозир янги университет очишга эҳтиёж йўқ” — Олий таълим, фан ва инновациялар вазири

Қўнғиротбой Шарипов олийгоҳлар сиғими етарли эканини айтиб, янги университетлар очишга зарурат йўқлигини билдирди. Вазир бу йил битирувчиларининг иш билан бандлик даражаси паст бўлган университетларни ёпиш ёки бошқа олийгоҳларга қўшиб юбориш амалиёти йўлга қўйилишини маълум қилди.

Катталар канали 👉
@SHOPIRLAR га обуна бўлинг, зўрлари бизда
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️MANDAT CHIQDI

⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
1👍1