O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti
375 subscribers
849 photos
55 videos
21 files
426 links
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti rasmiy kanali
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️XALQARO ANJUMAN! Akademik K.S. Axmedov tavalludining 110 yilligiga bag'ishlangan "Neft-gaz va kimyo sanoatining barqaror rivojlanishi hamda ekologik xavfsizligida kolloid kimyoning o‘rni” mavzusidagi I-xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman o`z ishini boshladi. Anjumanning maqsadi - kolloid kimyo sohasida bilim, tajriba almashinuvini rivojlantirish va sohaga doir ilmiy g`oya va fikr almashinuvini rivojlantirishga qaratilgan. Anjuman nazariyadan amaliyotga o‘tish mavzularini qamrab oladi va muhim jihati - kolloid kimyo va kimyoviy texnologiya sohasida fan va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdan iborat. Belorus, Polsha, Kazan, Qozog`iston, Qirg`iziston va boshqa qator xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar dolzarb masalalarni muhokama qilishlari, tadqiqotlarini taqdim etishlari va hamkorlik qilishning yangi yo‘llarini topishlari anjuman davomida q`izg`in davom etmoqda.
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun akademik K.S. Axmedovning 110-yilligiga bag`ishlangan anjuman o`z ishini yakunladi. Anjumanda 200ga yaqin olimlar ishtirok etishdi, 15 ga yaqin olimlar onlayn formatda Rossiya (Kazan'), Pol'sha va Belarusdan ishtirok etishdi.
Bundan 10 ga yaqin olimlar onlayn ishtirok etishgan bo‘lsa, 20 ga yaqin olimlar shaxsan ishtirok etishdi. Bunda Belarus', Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan hamkasb olimlar, mutaxassislar tashrif buyurishdi. Anjuman yuqori tayyorgarlik va ko`tarinki ruhda o`tkazildi.
#Xalqaro anjuman

“Neft-gaz va kimyo sanoatining barqaror rivojlanishi hamda ekologik xavfsizligida kolloid kimyoning o‘rni” mavzusidagi anjuman tafsilotlari


10-11-oktyabr kunlari Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida “Neft-gaz va kimyo sanoatining barqaror rivojlanishi hamda ekologik xavfsizligida kolloid kimyoning o‘rni” mavzusidagi anjuman bo‘lib o‘tdi. “Neft-gaz va kimyo sanoatining barqaror rivojlanishi hamda ekologik xavfsizligida kolloid kimyoning o‘rni” mavzusidagi I -xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman akademik K.S. Axmedov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlandi.
Anjumanning maqsadi - kolloid kimyo sohasida bilim va tajriba almashinuvini rivojlantirish va turli sanoat sohalarida qo‘llashdir. Anjuman nazariyadan amaliyotga o‘tish mavzularini qamrab oladi va muhim jihat - kolloid kimyo va kimyoviy texnologiya sohasida fan va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdir. Ishtirokchilar dolzarb masalalarni muhokama qilishlari, tadqiqotlar natijalarini muhokamasi hamda kelgusi hamkorlik qilishning yangi yo‘llarini topishlari mumkin.
Tadbirda akademik K.S. Ahmedovning olib borgan ilmiy izlanishlarini davomi va uning ilmiy maktabi to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.

Batafsil👉Anjuman haqida

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
👍2
#Туғилган_кун

Ўзбек нефть геологияси илмий мактабининг асосчиси ҳақида нималар биласиз?

🔹Геология-минералогия фанлари доктори, профессор, Ўзбекистон Фанлар академиясининг академиги, Ўзбекистонда ва Қорақалпоғистонда хизмат кўрсатган фан арбоби Обид Муродович Акрамхўжаев 1920 йил 12 октябрда Тошкент шаҳрида дунёга келган.

🔖О. Акрамхўжаев Ўзбекистон Геология вазирлиги тасарруфидаги Нефть ва газ конлари геологияси ва қидируви илмий тадқиқот институтининг асосчиси ва биринчи директори, Ўзбекистонда нефть геологияси ва литологияси илмий мактабининг асосчиси эди.

😉 Нефт ва геологлар жамоаси таркибида “Ғарбий Ўзбекистоннинг янги газ-нефтли районини саноатни ривожлантириш истиқболлари” асари учун И.М.Губкин мукофоти лауреати бўлган.

📌1970 йилларнинг бошларида олим нефть ва газ захираларини баҳолашнинг миқдорий-генетик усулининг янги вариантини таклиф қилади. 1979 йилда Ўзбекистондаги риф комплексларида табиий газ ва газ конденсатининг катта захираларини кашф қилганлиги ва ўрганганлиги учун давлат мукофотига сазовор бўлган.

Академик Обид Акрамхўжаев 1996 йилда вафот этган.


@olimlar_minbari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bugun #Xotira     
📌 Taniqli olim, fan va texnika arbobi, kimyo fanlari doktori, professor, akademik Karim Ahmedov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlanadi.
                       
📻 "O'zbekiston 24" radiokanalida ( Toshkentda - Fm 87.9 va Respublika hududida 103'1da) har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.    

📆Muallif- Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod
🔥2
Audio
#bugun #Xotira     
📌 Taniqli olim, fan va texnika arbobi, kimyo fanlari doktori, professor, akademik Karim Ahmedov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlanadi.

🎤Respondent - Umumiy va noorganik kimyo instituti bosh ilmiy xodimi, texnika fanlari doktori, professor Dilnoza Jumayeva
                       
📻 "O'zbekiston 24" radiokanalida ( Toshkentda - Fm 87.9 va Respublika hududida 103'1da) har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.    

📆Muallif- Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod
👍4🔥2
QUTLOV!!! O`zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi Ilmiy kengashining qaroriga asosan Oydinov Muxlis Xoliqul o`g`liga kimyo fanlari bo`yicha falsafa doktori ilmiy darajasi berilgani bilan samimy muborakbod etamiz.
Institutimiz jamoasi hurmatli Muxlis Xoliqul o`glini munosib ilmiy daraja bilan qutlab, kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qoladi. Diplom yaxshi kuningizga xizmat qilsin Muxlis, olimlik muborak bo`lsi
n 👏👏👏👏👏
👏13👍2
#E'tibor

Olimi ardoqlangan yurt!


11-noyabr-O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni“ bayrami munosabati bilan ”Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!“degan g'oya asosida ”Yangi O'zbekistonning yangi kasaba uyushmalari o'n kunligi” eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Fanlar akademiyasining qator ilmiy tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan, fidoyi, jonkuyar, izlanuvchan, millat ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan yosh ilmiy xodimlar, professorlar, akademiklarimizga ehtirom ko‘rsatilib Kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirilmoqda. Bugun shunday tadbirlardan biri Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida bo'lib o'tdi.Bu kabi tadbirlar yosh olimlarga ertangi kuniga ishonch, keksa ziyolilarimizga esa hayotdan mamnunlik tuyg‘usini beradi. Kichik bir e’tibor ham ko‘ngilni ko‘taradi. Zero ota-bobolarimiz bejizga “Shoh-gadoning farqi yo‘q, inson ulug‘-narxi yo‘q" deyishmagan. Ilm deya yashayotgan yaxshilarni e’zozlayotganlar omon bo‘lishsin!

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
👍2