O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-61-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23-aprel va 21-may kunlari O‘zbekiston Milliy universitetining Bosh maydonida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti mutaxassislari ham faol ishtirok etdilar.
2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilarini mutaxassisliklari bo‘yicha munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish;
Talabalarning ilmiy-tadqiqot va laboratoriya faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash;
Ilm-fan va ta’lim o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash.
😁 UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📌 Iqtibos — bu ilmiy maqola yoki tadqiqotchining ishidan boshqa olimlar tomonidan qanchalik tez-tez foydalanilayotganini ko‘rsatadigan muhim ilmiy ko‘rsatkichdir. U tadqiqotning ta’siri, sifati va akademik jamiyatdagi o‘rnini baholashda asosiy mezonlardan biri hisoblanadi.
Yuqori iqtibos ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan maqolalar ko‘proq tadqiqotchilar tomonidan manba sifatida ishlatiladi va bu ishning muayyan sohada sezilarli ilmiy hissa qo‘shganini anglatadi.Iqtibos kimlar uchun va nima sababli muhim?
Iqtiboslar tadqiqotchining ishlari ilmiy jamoatchilik tomonidan qanchalik tan olinayotganini ko‘rsatadi. Ko‘p iqtibos olingan ishlar odatda sohada asosiy nazariy yoki amaliy manba sifatida qaraladi.
Yuqori iqtibos ko‘rsatkichlari tadqiqotchining nufuzini oshiradi va ilmiy grantlar, xalqaro hamkorliklar hamda akademik lavozimlarda o‘sish uchun muhim imkoniyatlar yaratadi.
Jurnallarning ilmiy darajasi ko‘pincha iqtiboslar asosida baholanadi (masalan, Journal Impact Factor). Yuqori reytingli jurnallarda chop etilgan maqolalar kengroq auditoriyaga yetib boradi.Asosiy iqtibos ko‘rsatkichlari
Maqola yoki tadqiqotga jami necha marta murojaat qilinganini bildiradi.
Tadqiqotchining samaradorligi va ilmiy ta’sirini birgalikda baholaydi. Masalan, h = 10 bo‘lsa, kamida 10 ta maqola 10 martadan iqtibos olgan bo‘lishi kerak.
Google Scholar tomonidan qo‘llaniladi va kamida 10 marta iqtibos olingan maqolalar sonini ko‘rsatadi.
Jurnal maqolalarining o‘rtacha iqtibos olinish darajasini ifodalaydi.
Iqtiboslarning sifatini ham inobatga oladi; nufuzli jurnallardan olingan iqtiboslar yuqori baholanadi.
Tadqiqotning ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalaridagi aks sadosini ko‘rsatadi.
Iqtibos — bu shunchaki statistik ko‘rsatkich emas. U ilmiy ishning ahamiyati, tadqiqotchining nufuzi va ilm-fanga qo‘shilgan real hissasini ifodalaydi.
😁 UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Plagiat ham 3 ta turga boʻlinadi.
Endi undan qanday qochish mumkin? Sizlarga ikki xil usulini oʻrgataman.
1-usul: Eski usullar orqali:
2-usul. Yangi usullar orqali:
Yuqoridagilar texnik tomondan qochish boʻyicha edi. Plagiat qilish ilmiy hamjamiyat tomonidan qattiq qoralanadi. Shuning uchun toʻgʻri holatda ham plagiatdan qochish mumkin:
📝 Shu usullar orqali ham oʻzingizning ishlaringizni plagiatdan qochishda yordam olsangiz boʻladi...
#plagiat #tadqiqot #plagiarizm #maqolayozish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Bu, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlardagi tadqiqotchilar uchun katta muammo hisoblanadi.
Scopus, Web of Science va Google Scholar’da indekslangan, mutlaqo bepul (APC yo‘q) jurnallar ham mavjud. >
Ularni topishning eng oson usullaridan biri - Directory of Open Access Journals orqali izlash.
Bu butun dunyo bo‘yicha ochiq kirish (open access) jurnallar bazasi bo‘lib, sizga bepul chop etiladigan jurnallarni filtrlash imkonini beradi.
Qanday foydalaniladi:
😁 UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Oddiy qilib aytganda, OAK ilmiy faoliyatda sifat, talab va tartibni belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biridir.
Ilmiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan har bir tadqiqotchi OAK talablari, ilmiy nashr mezonlari va dissertatsiya himoyasi tartiblarini yaxshi bilishi zarur.
😁 UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ilmiy tadqiqot, ekonometrika yoki data science bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsangiz, quyidagi platformalar siz uchun juda foydali.
1. https://data.gov/
2. https://www.data-archive.ac.uk/
3. https://data.europa.eu/en
4. https://dataverse.harvard.edu/
5. https://www.llrx.com/2020/08/statistics-resources-and-big-data-on-the-internet-2020/
6. https://oad.simmons.edu/oadwiki/Data_repositories
7. https://sedac.ciesin.columbia.edu/data/collections/browse
8. https://www.re3data.org/
9. https://pip.worldbank.org/country-profiles/IDN
10. https://www.dataone.org/
11. https://github.com/awesomedata/awesome-public-datasets
12. https://data.world/datasets/health
13. https://data.worldbank.org/topic/health
14. https://healthdata.gov/
15. https://www.kaggle.com/datasets
16. https://data.imf.org/?sk=388DFA60-1D26-4ADE-B505-A05A558D9A42&sId=1479329132316
17. https://datasetsearch.research.google.com/
18. https://data.sagepub.com/
19. https://www.icpsr.umich.edu/web/pages/ICPSR/index.html
20. https://www.bea.gov/
21. https://data.cdc.gov/
22. https://www.cdc.gov/DataStatistics/
23. https://data.ecb.europa.eu/data/datasets
24. http://www.statsci.org/datasets.html
25. https://data.un.org/
26. https://www.openicpsr.org/openicpsr/search/covid19/studies
27. https://datahub.io/search
28. https://gis-michigan.opendata.arcgis.com/
29. https://data.nasdaq.com/institutional-investors
30. https://dasl.datadescription.com/
31. https://www.who.int/data/collections
32. https://www.reddit.com/r/datasets/?rdt=45316
33. https://www.tableau.com/learn/articles/free-public-data-sets
34. https://library.geneseo.edu/data
35. https://data.sbgrid.org/data/
36. https://data.gov.in/
37. https://data.london.gov.uk/dataset
38. https://www.opensciencedatacloud.org/
39. https://data.nasa.gov/
40. https://opendata.cern.ch/docs/about
41. https://www.ontario.ca/page/sharing-government-data
42. https://www.data.gov.uk/
43. https://datadryad.org/stash
44. https://databasin.org/
45. https://www.ebi.ac.uk/
46. https://www.plantcyc.org/external-links/model-organism-databases
47. https://www.dataquest.io/blog/free-datasets-for-projects/
48. https://www.bankofengland.co.uk/statistics/research-datasets
49. https://mavenanalytics.io/data-playground
50. https://datahub.io/search
😁 UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozirda butun ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv ko'tarilgan — Sci-Hub o‘zining yangi AI chatbotini taqdim etdi: Sci-Bot
💡 Ya’ni bu — oddiy chatbot emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilmiy adabiyotlarga tayangan AI yordamchi
Yuqorida foydalanish uchun qo'llanma ham tayyorlab qo'yilgan
😁 UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
☑️ 1969-yildan boshlab Shved bankining tashabbusi bilan iqtisodiyot sohasida bajarilgan yirik tadqiqotlar uchun ham Nobel mukofoti beriladigan bo‘ldi.
Mukofot topshirilishidan avval butun jahondagi yirik tashkilotlar tomonidan mukofot uchun nomzodlarni ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi. Oktabr oyida nomzodlar o‘z mamlakatlarida e’lon qilinadi. Ularning yakuniy tanlovi bilan Shved Qirolligi Fanlar akademiyasi, Karolina instituting Nobel assambleyasi va Norvegiya Nobel qo‘mitasi shug‘ullanadi. Nobel mukofotini topshirish tantanasi Shvetsiya poytaxti Stokgolm va Norvegiya poytaxti Osloda Alfred Nobel vafot etgan kun, ya’ni 10-dekabrda o‘tkaziladi. Stokgolm shahrida fizika, kimyo, fiziologiya va tibbiyot, adabiyot va iqtisodiyot sohalari bo‘yicha mukofotlarni Shvetsiya qiroli topshiradi. Jahonda tinchlikni mustahkamlash ishlari uchun beriladigan Nobel mukofotni esa Oslo shahrida Norvegiya qiroli topshiradi. Birinchi bor ayni mukofot 1901-yilda topshirilgan. Hozirgi vaqtda Nobel mukofotining qiymati 10 million shved kronasiga (1,3 million dollar atrofida) teng.☑️ Nobel mukofoti to‘g‘risida ba’zi faktlar
1901-yildan 2010-yilgacha Nobel mukofoti jami 543 marta berilgan. 1901-yildan boshlab mukofot 50 marta berilmagan. Eng ko‘p davr albatta, Birinchi (1914-1918) va Ikkinchi (1939-1945) jahon urushi yillariga to‘g‘ri keladi.☑️ Mukofot berilmagan yillar
Fizika – 1916, 1931, 1934, 1940, 1941, 1942
Kimyo – 1916, 1917, 1919, 1924, 1933, 1940, 1941, 1942
Tibbiyot – 1915, 1916, 1917, 1918, 1921, 1925, 1940, 1941, 1942
Adabiyot – 1914, 1918, 1935, 1940, 1941, 1942, 1943
Tinchlik – 1914, 1915, 1916, 1917, 1918, 1923, 1924, 1928, 1932, 1939, 1940, 1941, 1942, 1943, 1948, 1955, 1956, 1966, 1967, 1972
Iqtisod –✏️ Ayollar va erkaklar o‘rtasidagi mukofot taqsimoti
1901-2010 – yillar davomidan 41 marta ayollar uchun 776 marta erkaklar uchun Nobel mukofoti berilgan.☑️ Eng yosh mukofot sohibi
Eng yosh mukofot sohibi 25 yoshlik Lourens Breg (Lawrence Bragg). U otasi bilan birgalikda fizika sohasida (kristall strukturasining analizi) 1915-yilda Nobel mukofoti olgan.☑️ Eng yoshi katta laureat sohibi
Eng yoshi ulug‘ laureat sohibi Leonid Gurvitsdir (Leonid Hurwicz). 2007-yil Leonid Gurvits, Erik Maskin (Eric Maskin) va Rojer Mayerson (Roger Myerson)lar bilan birgalikda iqtisodiyot sohasida (mexanizm dizayni asoslari) Nobel mukofotini olgan. O‘shanda Gurvits 90 yoshda edi.☑️ Eng ko‘p umr ko‘rgan laureat
Rita Levi-Montalchini (Rita Levi-Montalcini) Nobel tarixida eng uzoq umr ko‘rgan mukofot egasi hisoblanadi. U 1986-yil fiziologiya va tibbiyot sohasida mukofot olgan edi. Rita xonim o‘zining 101 yillik yubileyini 2010-yil 22-aprelda nishonladi.
😁 UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝 Agar ilmiy maqola yoki tadqiqotlaringizni nashr qilishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, quyidagi onlayn vositalardan foydalanib, mos jurnalni osongina topishingiz mumkin. Har bir vosita o'ziga xos sohalar uchun moslashtirilgan va tadqiqotingizni yaxshi jurnalga yuborishda yordam beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3
WoS platformasi juda selektiv bo‘lib, faqat yuqori sifatli va obro‘li ilmiy jurnallarni qabul qiladi. Asosiy kolleksiya quyidagi ma'lumotlar bazalarini o'z ichiga oladi:
➕ Science Citation Index Expanded (SCIE) – tabiiy fanlar, jumladan kimyo, biologiya, fizika va injiniring bo'yicha maqolalarni o'z ichiga oladi.➕ Social Sciences Citation Index (SSCI) – iqtisodiyot, sotsiologiya, siyosatshunoslik, psixologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bo'yicha maqolalar.➕ Arts & Humanities Citation Index (AHCI) – adabiyot, tarix, falsafa va san'at sohalariga oid ilmiy maqolalar.➕ Emerging Sources Citation Index (ESCI) – rivojlanayotgan yangi ilmiy jurnallar va tadqiqotlar.
➕ Impakt Faktor (Impact Factor): WoS platformasi dunyodagi eng nufuzli jurnallarni baholash uchun Impakt Faktor (JIF) beradi, bu esa ilmiy maqolalarning obro'sini belgilashda katta ahamiyatga ega.➕ Sitatlar tahlili: Web of Science tadqiqotlaringiz qanchalik ko'p iqtibos keltirilganini kuzatish, boshqa ilmiy ishlar bilan bog‘liqlikni topish imkonini beradi.➕ Jurnal tanlash mezonlari: WoS faqat yuqori sifatli, ilmiy talablarni qondiruvchi jurnallarni qabul qiladi.
➕ Tabiiy fanlar, texnologiya va injiniring➕ Ijtimoiy fanlar➕ San'at va gumanitar fanlar
😁 UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👌1
Nega LaTeX o‘rganish kerak?
Bugungi kunda ko‘plab nufuzli xalqaro jurnallar (Scopus, WoS, DOAJ va boshqalar) mualliflardan maqolani LaTeX formatida topshirishni talab qiladi. Chunki bu format:
Overleaf (tayyor shablonlar bilan): 👉 https://www.overleaf.com/
🎥 O‘quv videolari:
To‘liq kurs (YouTube playlist): 👉 https://youtube.com/playlist?list=PLHXZ9OQGMqxcWWkx2DMnQmj5os2X5ZR73
Boshlovchilar uchun dars: 👉 https://youtu.be/_PzDLFJHO3E
MiKTeX: https://miktex.org/download
TeXstudio: https://www.texstudio.org/
MS Word uchun LaTeX makrosi: https://www.grindeq.com
LaTeX sizning maqolangizni xalqaro standartlarga mos va professional ko‘rinishda taqdim etishga yordam beradi. Bu esa maqolani prestijli jurnallarda qabul qilinish ehtimolini oshiradi.
😁 UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
9-may — ajdodlar jasorati yod etiladigan, keksalar e’zozlanadigan va o‘tganlar xotirasi yod etib qadrlanadigan muqaddas kun hisoblanadi. Shu munosabat bilan O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti jamoasi institutimizda faoliyat olib borgan, ilmiy maktab yaratib ilmning rivojiga hissa qo‘shgan barcha o‘tgan ulug‘ ustozlarni yod etib, ularning ruhlariga ta'zim bajo keltiramiz...
Ustozlar yodi hamisha qalbimizda.
Bugungi kunda institutimizda uzoq yillar faoliyat olib borib, kimyo fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, biroq bugun oramizda bo‘lmagan marhum professorlarimiz va olimlarimizni chuqur ehtirom bilan yodga olamiz. Ularning yorqin siymosi, qoldirgan ilmiy maktablari va shogirdlari — biz uchun eng katta merosdir.
Xotira muqaddas qadr abadiy...
😁 UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🕊3🔥1
Xotira - muqaddas, qadr - abadiy
Bu dunyodan o‘tgan ustozlarimizning porloq xotirasi qalbimizda abadiy yashaydi. Ularning ilmiy merosi, insoniy fazilatlari va shogirdlarga bo‘lgan mehri keyingi avlodlar uchun hamisha yo‘lchi yulduz bo‘lib qoladi.
©️O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti Axborot xizmati
😁 UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1