O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti
375 subscribers
849 photos
55 videos
21 files
426 links
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti rasmiy kanali
Download Telegram
#TA'ZIYA

O’zbek ilm-fani og‘ir judolikka uchradi.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro miqyosda taniqli va eʼtirof etilgan olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Behzod Sadikovich Yuldashev 2024-yilning 28-avgust kuni 79 yoshida vafot etdi.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan marhumning oila aʼzolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiramiz. Sizni unutmaymiz Behzod Sadikovich!
📣📣 DIQQAT E'LON 📣📣

📌 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI UMUMIY VA NOORGANIK KIMYO INSTITUTI quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha 2025-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura, va stajor-tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi (ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun).

Ixtisosliklar shifri va nomi

🔷 02.00.01 – NOORGANIK KIMYO ixtisosligi boʻyicha doktorantura uchun 0 nafar, tayanch doktorantura uchun 4 nafar, stajyor tadqiqotchilik uchun 1 nafar talabgor qabul qilinadi;

🔷 02.00.08-NEFT VA GAZ KIMYOSI VA TEXNOLOGIYASI ixtisosligi boʻyicha doktorantura uchun 3 nafar, tayanch doktorantura uchun 4 nafar, maqsadli tayanch doktorantura uchun 1 nafar talabgor, stajyor tadqiqotchilik uchun 1 nafar talabgor qabul qilinadi;

🔷 02.00.13. NOORGANIK MODDALAR VA ULAR ASOSIDAGI MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI ixtisosligi boʻyicha doktorantura uchun 2 nafar, tayanch doktorantura uchun 5 nafar, maqsadli tayanch doktorantura uchun 1 nafar talabgor, maqsadli doktorantura uchun 1 nafar talabgor, stajyor tadqiqotchilik uchun 1 nafar talabgor qabul qilinadi;

🔷02.00.15-SILIKAT VA QIYIN ERIYDIGAN NOMETALL MATERIALLAR TENNOLOGIYASI ixtisosligi boʻyicha doktorantura uchun 1 nafar, tayanch doktorantura uchun 2 nafar, maqsadli doktorantura uchun 1 nafar talabgor, stajyor tadqiqotchilik uchun 1 nafar talabgor qabul qilinadi;

🔷02.00.11-KOLLOID VA MEMBRANA KIMYOSI ixtisosligi boʻyicha doktorantura uchun 4 nafar, tayanch doktorantura uchun 6 nafar, maqsadli tayanch doktorantura uchun 1 nafar talabgor qabul qilinadi

Talab etiladigan xujjatlar:

Ariza.
Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
Oliy taʼlim muassasasi magistratura diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis).
Pasport nusxasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
IELTS, TOEFL yoki boshqa tan olingan talab darajasidagi sertifikatlar.

Shuningdek, Doktorantura (DSc) uchun qo‘shimcha

Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi.
Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis).

Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim https://daraja.ilmiy.uz sayti orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

❗️Hujjatlar 2024-yilning 15-sentabridan  15-oktabriga qadar qabul qilinadi.

📍 Murojaat uchun manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, Mirzo Ulug’bek ko‘chasi 77 a uy

📞 Ma’lumot uchun telefonlar: +998935621606, +998945115151
👍3
#til_sertifikati
#B1 🔺
#ro’yxat

▶️Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga hujjat topshirishda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarning B1 darajasi talab etiladigan 234 ta ixtisosliklar ro’yxati.

📥Savollar:
@doktorantura_admin

Oliy ta’limdan keyingi bo’yicha rasman tasdiqlangan barcha xabarlar 👉
@ilmiy_darajali_kadrlar
👍2👏1
🔥IXTIRO🔥 O`zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti hisobiga yana bir navbatdagi ilmiy IXTIRO Patenti qo`shilgani muborak bo`lsin. Ilmiy yutuqlarimiz ko`payaversin 🎉🎉🎉
👍8🔥1👏1
⚡️⚡️⚡️XALQARO ANJUMAN! Akademik K.S. Axmedov tavalludining 110 yilligiga bag'ishlangan "Neft-gaz va kimyo sanoatining barqaror rivojlanishi hamda ekologik xavfsizligida kolloid kimyoning o‘rni” mavzusidagi I-xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman o`z ishini boshladi. Anjumanning maqsadi - kolloid kimyo sohasida bilim, tajriba almashinuvini rivojlantirish va sohaga doir ilmiy g`oya va fikr almashinuvini rivojlantirishga qaratilgan. Anjuman nazariyadan amaliyotga o‘tish mavzularini qamrab oladi va muhim jihati - kolloid kimyo va kimyoviy texnologiya sohasida fan va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdan iborat. Belorus, Polsha, Kazan, Qozog`iston, Qirg`iziston va boshqa qator xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar dolzarb masalalarni muhokama qilishlari, tadqiqotlarini taqdim etishlari va hamkorlik qilishning yangi yo‘llarini topishlari anjuman davomida q`izg`in davom etmoqda.
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun akademik K.S. Axmedovning 110-yilligiga bag`ishlangan anjuman o`z ishini yakunladi. Anjumanda 200ga yaqin olimlar ishtirok etishdi, 15 ga yaqin olimlar onlayn formatda Rossiya (Kazan'), Pol'sha va Belarusdan ishtirok etishdi.
Bundan 10 ga yaqin olimlar onlayn ishtirok etishgan bo‘lsa, 20 ga yaqin olimlar shaxsan ishtirok etishdi. Bunda Belarus', Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan hamkasb olimlar, mutaxassislar tashrif buyurishdi. Anjuman yuqori tayyorgarlik va ko`tarinki ruhda o`tkazildi.
#Xalqaro anjuman

“Neft-gaz va kimyo sanoatining barqaror rivojlanishi hamda ekologik xavfsizligida kolloid kimyoning o‘rni” mavzusidagi anjuman tafsilotlari


10-11-oktyabr kunlari Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida “Neft-gaz va kimyo sanoatining barqaror rivojlanishi hamda ekologik xavfsizligida kolloid kimyoning o‘rni” mavzusidagi anjuman bo‘lib o‘tdi. “Neft-gaz va kimyo sanoatining barqaror rivojlanishi hamda ekologik xavfsizligida kolloid kimyoning o‘rni” mavzusidagi I -xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman akademik K.S. Axmedov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlandi.
Anjumanning maqsadi - kolloid kimyo sohasida bilim va tajriba almashinuvini rivojlantirish va turli sanoat sohalarida qo‘llashdir. Anjuman nazariyadan amaliyotga o‘tish mavzularini qamrab oladi va muhim jihat - kolloid kimyo va kimyoviy texnologiya sohasida fan va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdir. Ishtirokchilar dolzarb masalalarni muhokama qilishlari, tadqiqotlar natijalarini muhokamasi hamda kelgusi hamkorlik qilishning yangi yo‘llarini topishlari mumkin.
Tadbirda akademik K.S. Ahmedovning olib borgan ilmiy izlanishlarini davomi va uning ilmiy maktabi to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.

Batafsil👉Anjuman haqida

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
👍2
#Туғилган_кун

Ўзбек нефть геологияси илмий мактабининг асосчиси ҳақида нималар биласиз?

🔹Геология-минералогия фанлари доктори, профессор, Ўзбекистон Фанлар академиясининг академиги, Ўзбекистонда ва Қорақалпоғистонда хизмат кўрсатган фан арбоби Обид Муродович Акрамхўжаев 1920 йил 12 октябрда Тошкент шаҳрида дунёга келган.

🔖О. Акрамхўжаев Ўзбекистон Геология вазирлиги тасарруфидаги Нефть ва газ конлари геологияси ва қидируви илмий тадқиқот институтининг асосчиси ва биринчи директори, Ўзбекистонда нефть геологияси ва литологияси илмий мактабининг асосчиси эди.

😉 Нефт ва геологлар жамоаси таркибида “Ғарбий Ўзбекистоннинг янги газ-нефтли районини саноатни ривожлантириш истиқболлари” асари учун И.М.Губкин мукофоти лауреати бўлган.

📌1970 йилларнинг бошларида олим нефть ва газ захираларини баҳолашнинг миқдорий-генетик усулининг янги вариантини таклиф қилади. 1979 йилда Ўзбекистондаги риф комплексларида табиий газ ва газ конденсатининг катта захираларини кашф қилганлиги ва ўрганганлиги учун давлат мукофотига сазовор бўлган.

Академик Обид Акрамхўжаев 1996 йилда вафот этган.


@olimlar_minbari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bugun #Xotira     
📌 Taniqli olim, fan va texnika arbobi, kimyo fanlari doktori, professor, akademik Karim Ahmedov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlanadi.
                       
📻 "O'zbekiston 24" radiokanalida ( Toshkentda - Fm 87.9 va Respublika hududida 103'1da) har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.    

📆Muallif- Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod
🔥2