O‘zbekiston va Rossiya olimlari: Ilmiy hamkorlikning yangi ufqlari
Bugun Umumiy va noorganik kimyo instituti hamda O‘simlik moddalari kimyosi institutida muhim voqea — O‘zbekiston va Rossiya Fanlar akademiyasi Ural filiali olimlari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.
🗣 "Fan chegara bilmaydi. Ushbu hamkorlik nafaqat nazariy bilimlarni, balki sanoat uchun zarur bo‘lgan innovatsion yechimlarni ham taqdim etadi."
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo hamda O‘simlik moddalari kimyosi institutlarida Rossiya Fanlar akademiyasi Ural filiali olimlari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro tajriba almashinuvi doirasida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda tomonlar o‘zlarining so‘nggi ilmiy ishlanmalari va innovatsion loyihalari taqdimotini o‘tkazdilar. Muloqot davomida kimyo sanoati va o‘simlik xomashyosini qayta ishlash sohasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro tajriba almashinuvi doirasida o‘tkazilayotgan uchrashuv qizg‘in pallaga kirdi. Rossiya Fanlar akademiyasi Ural filiali vakillari nafaqat nazariy muzokaralar, balki institutimizning amaliy imkoniyatlari bilan ham yaqindan tanishmoqdalar.
Ayni damda delegatsiya a’zolari institutning eng nufuzli bo‘linmalarida bo‘lib turishibdi:
Jamoatchilik markazida Institut direktori prof. A.Ibragimov tomonidan ilmiy ishlanmaalarning muhim tadqiqot jarayonlari tadqiq etiladigan zamonaviy asbob-uskunalar va ularning ishlash mexanizmlari to'g'risida tushuncha berildi. Tashrif buyurgan mehmonlar va institut olimlari o'zaro hamkorlik doirasida kelgusidagi rejalarni aniq belgilab olishmoqda...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Rossiyalik hamkasb olimlarni o‘ziga tortgan ishlanma...
CuVita AA-01—Mahalliy xom-ashyo asosida yaratilgan, qishloq xoʼjaligi ekinlari hosildorligini oshirishga xizmat qiluvchi yangi avlod biofaol stimulyatori hisoblanadi. U paxta, g‘alla, meva-sabzavot, poliz ekinlari, dukkaklilar, mevali daraxtlar va ko‘katlarda qo‘llanishi mumkin. Uning o‘ziga xosligi shundaki, mis ioni oddiy tuz holatida emas, balki organik kislotalar bilan bog‘langan biofaol kompleks shaklida bo‘ladi. Bu o‘simlikka “yumshoq”, lekin samarali ta’sir ko‘rsatadi: ozuqa moddalarini yondirmaydi, foydali mikroorganizmlarni zararlamaydi va tuproqqa ortiqcha kimyoviy yuk tushirmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1