O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti mamlakatimizda ko‘p yillik tarix va boy ilmiy an’analarga ega nufuzli ilmiy muassasalardan biri hisoblanadi. Institutda amalga oshirilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar qator xorijiy ilmiy markazlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Jumladan, 2026 yil 17 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti hamda “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjet oliy ta’lim muassasasi filiali o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar olib borish va ilmiy kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuvda “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” rektori, kimyo fanlari doktori, professor Filatov Sergey Nikolayevich, Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti rektori admnistarsiyasi raxbari Yernovaya Yelena Sergeevna
universitetning Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Kadimov Dmitriy Sergeyevich, Rossiya Fanlar akademiyasining N.D.Zelinskiy nomidagi Organik kimyo instituti direktori, Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Oliy kimyo kolleji dekani, akademik Terentev Aleksandr Olegovich, Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” filiali ijrochi direktori Nurmatov Botir Erkinovich, mazkur filialning xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Shernayev Anvar Normamatovich, shuningdek, O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti rahbariyati hamda laboratoriya mudirlari ishtirok etdilar.
Tuziladigan shartnomaga muvofiq, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda o‘zaro ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro fondlar doirasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda ishlab chiqish, amalga oshirish va rivojlantirish, mazkur loyihalarni tanlovlarga taqdim etish, Scopus va Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda hammualliflikda ilmiy maqolalar chop etish, shuningdek, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash.
Shuningdek, O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo institutida har yili an’anaviy tarzda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazib kelinayotgan ilmiy hamda ilmiy-texnik anjumanlarda “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalarining faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.
Mazkur anjumanlarda akademik ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi chuqur integratsiyani ta’minlash, mineral xom ashyolarni qayta ishlashning dolzarb muammolarini hal etish, ular negizida yangi moddalar, birikmalar, preparatlar va materiallar olishning yuqori samarali texnologiyalarini yaratish, shuningdek, kimyogar olimlar tomonidan ishlab chiqilgan ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish masalalari muhokama qilinadi.
Anjumanlar doirasida mahalliy neft va gaz kondensatini kompleks qayta ishlash, polimetall rudalardan rangli va nodir metallar ajratib olish, mineral va ikkilamchi xom ashyo resurslari asosida keramika hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish, mahalliy xom ashyolardan sifatli o‘g‘itlar, samarali defoliantlar va stimulyatorlar sintez qilish kabi dolzarb ilmiy-amaliy masalalar atroflicha muhokama qilinadi.
Kelgusida imzolanadigan hamkorlik shartnomasi asosida institutda olib borilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar doirasida neft kimyosi, kolloid kimyo va sanoat ekologiyasi, silikatlar kimyosi, gidrometallurgiya va elektrokimyo, o‘g‘itlar, stimulyatorlar va defoliantlar kimyosi yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
2026 yil 18-mart soat 14:00 da Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.K/T.19.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi (3-qavat, majlislar zali).
Kun tartibi:
Umarov Xudoyorxon Sherali o‘g‘lining “Nitroza gazlarini qayta ishlash va natriy nitrit olish texnalogiyasi” mavzusida 02.00.13 – “Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD, texnika fanlari) ilmiy darajasini olish uchun tavsiya etilgan dissertatsiya ishining himoyasi.
https://us02web.zoom.us/j/9197973583?pwd=geh7UC8mfY8EjDuKHLdIWJ4LatJDYb.1&omn=83139640819
Идентификатор конференции: 919 797 3583
Код доступа: 5555
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti jamoasi nomidan barchangizni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Ushbu muqaddas ayyom barchamizga mehr-oqibat, bag‘rikenglik va saxovat tuyg‘ularini yana-da chuqurroq his etish imkonini beradi. Ramazon oyi davomida qalblar poklanib, ezgulik va sabr sinovlaridan o‘tgan har bir inson uchun bu kun – haqiqiy quvonch va shukronalik bayramidir.Tilagimiz shuki, yurtimizda tinchlik va barqarorlik bardavom bo‘lsin, har bir xonadonga fayz-u baraka, sihat-salomatlik va xotirjamlik kirib kelsin. Ilm-fan yo‘lida qilinayotgan ezgu ishlarimiz yanada yuksalib, Vatanimiz ravnaqiga xizmat qilsin.
✨ Ramazon hayiti barchangizga muborak bo‘lsin! ✨
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🎉1
Assalomu alaykum, qadrli hamkasblar, jonajon institutimizning fidoyi olimlari va xodimlari!
Aziz yosh tadqiqotchilar va olimlar!
Sizlarni tabiatning uyg‘onish fasli, milliy o‘zligimiz va go‘zal qadriyatlarimiz timsoli bo‘lmish – Navro‘zi olam bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Kimyo tili bilan aytganda, bahor — bu hayotning yangi energiya bilan to‘yinishi va tabiatdagi eng go‘zal molekulyar o‘zgarishlar davridir. Ushbu ayyomda sizlarga quyidagilarni tilab qolaman:
Navro‘zning hayotbaxsh nuri qalbingizni aslo tark etmasin. Ilmiy va pedagogik faoliyatingizda yangi-yangi "katalizatorlar" — ya'ni muvaffaqiyat omillari sizga doimo hamroh bo‘lsin!
Hayotingiz bahor tongidek tiniq, kelajagingiz esa yorqin va farovon bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Aziz IBRAGIMOV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏3🙏1
Forwarded from O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
https://uza.uz/oz/posts/yangi-avlod-gibrid-aerogeli-imkoniyatlari_833510
O`zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti xodimlari tomonidan yaratilgan ishlanma OAV nigohida...
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
🌐 😁 t.me/unkiuz
😎 Telegram |🌐 Websayt
😎 Facebook |😎 YouTube |😎 Instagram
O`zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti xodimlari tomonidan yaratilgan ishlanma OAV nigohida...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uza.uz
Yangi avlod gibrid aerogeli imkoniyatlari
Hozirgi kunda ekologik muammolar tobora kuchayib bormoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar iqlim o‘zgarishiga
Bugun institutimizning Katta majlislar zalida professorlar, yosh olimlar va doktorantlar uchun o‘ta dolzarb mavzuda davra suhbati shaklidagi seminar bo‘lib o‘tdi.
“Ixtiro talabnomasida analog va eng yaqin analog tushunchasi”
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-358-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda xodimlarning intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi”ning Ixtirolar va foydali modellar bo‘limi boshlig‘i Abduqodirov Ikrom Tohirovich ishtirok etdi.
"Ilmiy ishning natijasini nafaqat yaratish, balki uni huquqiy himoya qilish — bugungi kun olimining asosiy ko'nikmalaridan biri bo'lishi shart."
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob oldilar. Bu kabi amaliy seminarlar institutimizda ilmiy salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Google Scholar — bu olimning dunyo ilm-fanidagi vizit kartasi. To'g'ri sozlangan profil nafaqat iqtiboslaringiz sonini oshiradi, balki xalqaro hamkorlik uchun yangi eshiklarni ochadi.
#GoogleScholar #OlimlarUchun #Hindex #Scientometrics #IlmiyProfil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Scopus yoki Web of Science talablari bo‘yicha maqola yozishda eng ko‘p xatoga yo‘l qo‘yiladigan bo‘lim — bu Kirish bo‘limi. Ko‘pchilik uni ortiqcha uzun, umumiy yoki mavzudan uzoq tarzda yozadi. Aslida esa Kirish — butun maqolaning ilmiy asosini yaratib beradigan strategik qismdir.
Quyida Kirish bo‘limini to‘g‘ri, mantiqiy va zamonaviy ilmiy standartlarga mos yozishning eng muhim tamoyillari keltiriladi.
To‘g‘ri yozilgan Kirish bo‘limi quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi kerak:
Kirish odatda quyidagi 5 qismdan iborat bo‘ladi:
To‘g‘ri yondashuv:
Scopus va Web of Science jurnallari Kirish bo‘limidan aynan quyidagilarni kutadi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ilmiy izlanish qilayotgan talabalar, magistrantlar, doktorantlar va tadqiqotchilar uchun quyidagi platformalar juda foydali. Ular sizga metodologiyani o‘rganish, maqola yozish, manbalarni boshqarish va adabiyotlar sharhini samarali tashkil etishda yordam beradi.
1. Sage Research Methods — tadqiqot usullari bo‘yicha keng qamrovli manba
2. Elsevier Research Academy — tadqiqotchilar uchun bepul kurslar
3. Taylor & Francis Author Services — maqola yozish va nashr qilish bo‘yicha yordam
4. MIT OpenCourseWare — research skills bo‘yicha ochiq kurslar
5. Coursera — bepul research kurslari
6. edX — ilmiy metodlar bo‘yicha kurslar
7. ResearchGate — tadqiqotchilar tarmog‘i
8. Google Scholar — ilmiy maqolalarni qidirish uchun qulay vosita
9. Scopus Author Hub — mualliflar uchun foydali resurslar
10. Web of Science — ilmiy bazalar va iqtiboslar tahlili
11. Springer Research Guides
12. Wiley Researcher Academy
13. APA Style Blog — APA uslubi bo‘yicha rasmiy tavsiyalar
14. Purdue OWL — yozuv va iqtibos keltirish bo‘yicha mashhur manba
15. Harvard Writing Center
16. The Thesis Whisperer — dissertatsiya yozuvchilari uchun foydali blog
17. Explorations in Methodology
18. ScienceDirect — ilmiy maqolalar bazasi
19. Nature Masterclasses — ilmiy yozuv bo‘yicha professional darslar
20. Cambridge Core — tadqiqot va yozuv bo‘yicha resurslar
21. Open Textbook Library — research methods bo‘yicha ochiq darsliklar
22. Overleaf (LaTeX) — akademik yozuv uchun juda qulay platforma
23. Scrivener — katta hajmli matnlar ustida ishlash uchun
24. Notion — tadqiqotni tartibga solish
25. Obsidian — ilmiy note-taking uchun kuchli vosita
26. Evernote — qaydlar saqlash uchun
27. Mendeley — reference management
28. Zotero — iqtibos va manba boshqaruvi
29. EndNote Basic
30. BibTeX — ayniqsa LaTeX foydalanuvchilari uchun
31. Research Rabbit — literature review uchun
32. Connected Papers — bog‘liq tadqiqotlarni topish uchun
33. Scite.ai — maqolalarga berilgan iqtiboslar qo‘llab-quvvatlaydimi yoki rad etadimi, shuni ko‘rsatadi
34. Litmaps — adabiyotlar xaritasini vizual ko‘rinishda tuzadi
35. Open Science Framework (OSF) — ochiq ilm-fan uchun platforma
36. Elicit AI — tadqiqot yordamchisi
37. Trinka AI — akademik grammatikani tekshirish
38. Grammarly — proofreading va uslubni yaxshilash
39. Writefull — akademik gap tuzishda yordam beradi
40. Paperpile — reference va writing uchun foydali vosita
Agar siz ilmiy ish yozayotgan bo‘lsangiz, bu resurslar ish jarayonini ancha yengillashtiradi. To‘g‘ri vositani tanlash orqali vaqtni tejaysiz, yozuv sifatini oshirasiz va tadqiqotingizni kuchaytirasiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida tashkil etilayotgan press-turga barcha ilm-fan ixlosmandlarini taklif etamiz!
OAV vakillari, ilmga qiziquvchi talabalar, yosh tadqiqotchilar, magistr hamda bakalavr talabalarini, ilmga oshno blogerlarni mazkur media tadbirga lutfan taklif etamiz.
Barchangizni ushbu media tadbirda kutib qolamiz!
Приглашаем всех любителей науки на пресс-тур, организованный в Институте общей и неорганической химии Академии наук Республики Узбекистан!
Мы сердечно приглашаем представителей СМИ, студентов, интересующихся наукой, молодых исследователей, магистрантов и бакалавров, а также блогеров, знакомых с наукой, на это медиа- мероприятие.
С нетерпением ждем встречи с вами на этом медиа-мероприятии!
Bizni kuzatib boring👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1