O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti
381 subscribers
881 photos
57 videos
21 files
446 links
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti rasmiy kanali
Download Telegram
🔠🔠🔠🔠🔠🔠      

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi
📚 😁 Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi Ilmiy kengashining qaroriga asosan, Qosimov Dilshodjon Mamurjon o‘g‘li ga Texnika fanlari falsafa doktori ilmiy darajasi berilganligi bilan samimiy muborakbod etamiz.

👥 Institutimiz ilmiy jamoasi hurmatli Qosimov Dilshodjon Mamurjon o‘g‘li ni munosib ilmiy daraja bilan qutlab, kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qoladi.
Diplom yaxshi kuningizga xizmat qilsin!!! Dilshodjon olimlik  sharafi muborak boʻlsin, loyiqlikda bardavom bo`ling 👏👏👏👏👏

🌐 😁 t.me/unkiuz

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
🔠🔠🔠🔠🔠🔠      

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi
📚 Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi Ilmiy kengashining qaroriga asosan, Nomozov Shuxratjon Yuldashali o‘g‘li ga Texnika fanlari Doktori ilmiy darajasi berilganligi bilan samimiy muborakbod etamiz.

👥 Institutimiz ilmiy jamoasi hurmatli Nomozov Shuxratjon Yuldashali o‘g‘li ni munosib ilmiy daraja bilan qutlab, kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qoladi.
Diplom yaxshi kuningizga xizmat qilsin!!! Nomozov Shuxratjon olimlik  sharafi muborak boʻlsin, loyiqlikda bardavom bo`ling 👏👏👏👏👏

🌐 😁 t.me/unkiuz

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
🟦🟦🟦🟦 😁

🧩 Impact Factor – bu ilmiy jurnalda chop etilgan maqolalarga berilgan iqtiboslarning raqamda ifodalangan ko‘rsatkichidir.

Ilmiy jurnal degani tushunarli, unda maqola chop etish degani ham tushunarli, “iqtibos” (citation) nima degani unda?

🟠➡️Jonli misol bilan tushuntiraman. Men 2020-yilning fevral oyida “American Journal of Biodiversity” degan jurnalda O‘zbekistonning Zarafshon daryosida qora dog‘li qumbaliq (Gobio nigrescens) degan baliqning uchrashi to‘g‘risida maqola chop etdim. Bundan avval bu daryoda ushbu baliqning uchrashi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmagan. Demak men bu ma’lumotni ilk marotaba qayd etdim. Endi deylik 2020-yilning sentabr oyida eronlik bir ixtiolog-tadqiqotchi Gobio urug‘iga mansub baliqlar haqida maqola yozayotganda, meni maqolamni ko‘radi-da, o‘z maqolasida mening ma’lumotlarimdan foydalanadi. Masalan u o‘z maqolasida: “Qora dog‘li qumbaliq Afg‘oniston va Eron hududidan oqib o‘tuvchi Hari daryosida (Coad, 2019) va O‘zbekiston hududidagi Zarafshon daryosida (Sheraliev et al., 2020) uchraydi” deb yozadi

Aynan mana shu gapida u B.Coad (kanadalik ixtiolog, Eron baliqlari bo‘yicha mutaxassis) va mening maqolalarimdan iqtibos keltirib o‘tgan bo‘ladi. Men ham odatda o‘z maqolalarimda boshqa mualliflarning ishlaridan iqtibos keltiraman. Masalan bir maqolamda quyidagicha yozganman: “Triplophysa urug‘iga mansub baliqlarning ayni vaqtda 160 dan ortiq turi mavjud (Fricke et al., 2021).” Bu baliqlarning nechta ekanligini men sanab chiqmaganman, shu bois bu ma’lumotni ishlatayotganda uning muallifi (bu yerda Ronald Fricke) ishidan iqtibos keltiraman. Aks holda bu plagiat, ya’ni ko‘chirmachilik bo‘lib qoladi.

➡️Maqolangizga boshqa tadqiqotchilar tomonidan qancha ko‘p iqtibos keltirilsa, sizning ilmiy salohiyat darajangiz (h-indeks, bu haqida boshqa safar batafsil aytib beraman) ham shuncha ortib boradi. Shu bilan jurnalda chop etilgan maqolalarga qanchalik ko‘p iqtibos keltirilsa, jurnalning impakt faktori ham shuncha ortib boradi.

🌐 😁 t.me/unkiuz

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
O‘zbekistonda ilmiy merosni raqamlashtirishda tarixiy qadam!

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 85 000 yevro qiymatga ega zamonaviy ScanRobot 2.0 MDS avtomatik kitob skaneri xarid qilindi. Bu oddiy texnika emas bu ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqadigan kuchli va strategik texnologik yechimdir. Ushbu qurilma Avstriyada ishlab chiqarilgan (Treventus kompaniyasi) bo‘lib, dunyodagi eng ilg‘or va ishonchli raqamlashtirish texnologiyalaridan biri hisoblanadi.

Eng e’tiborli jihati shundaki, bugungi kunda bu turdagi yuqori darajadagi skanerlar dunyo bo‘yicha ham juda kam turli ma’lumotlarga ko‘ra, ularning umumiy soni bir necha o‘nlab (taxminan 50–70 atrofida)ni tashkil etadi. Markaziy Osiyoda esa atigi 4 ta mavjud bo‘lib, shundan 3 tasi Qozog‘istonda, O‘zbekistonda esa aynan shu yagona.

Mazkur uskuna o‘z imkoniyatlari bilan haqiqatan ham ajralib turadi: u soatiga 2500 sahifagacha avtomatik tarzda skan qiladi, kitob sahifalarini o‘zi varaqlaydi va eng muhimi, hatto qadimiy yoki nozik qo‘lyozmalarga ham zarar yetkazmasdan, maxsus texnologiya asosida ehtiyotkorlik bilan raqamlashtiradi. 400 DPI yuqori aniqlikda tasvir olish, rang chuqurligi, bir vaqtning o‘zida arxiv, internet va chop uchun tayyor formatlarni berishi uni oddiy skanerdan mutlaqo farqlaydi. Ya’ni bu qurilma nafaqat skaner, balki tayyor ilmiy raqamli mahsulot ishlab chiqaruvchi tizimdir.

Endilikda ilmiy loyihalar hisobotlari, dissertatsiyalar, noyob kitoblar va qo‘lyozmalar faqat qog‘ozda qolib ketmaydi. Ular raqamli shaklga o‘tadi, saqlanadi, tez topiladi va eng muhimi keng jamoatchilikka yetib boradi. Bu esa ilmni haqiqiy ishlaydigan resursga aylantiradi. Eng muhimi, ushbu imkoniyat faqat bitta tashkilot bilan cheklanmaydi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy institutlar, yirik kutubxonalar va arxivlar ham endi o‘z fondlarini zamonaviy tarzda raqamlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu qaror shunchaki uskunani xarid qilish emas. Bu O‘zbekistonda ilm-fanni raqamli transformatsiya qilish, uni global ilmiy maydonga olib chiqish yo‘lidagi juda to‘g‘ri va uzoqni ko‘zlagan qadam. Ana shunday tashabbuslar orqali yaqin yillarda mamlakatimizda milliy raqamli kutubxona va global ilmiy baza shakllanishiga ishonch bilan qarash mumkin.

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
📰📰📰📰📰📰📰 😁

📝 Ilm-fan integratsiyasi yo‘lida yangi tashabbus: Xalqaro hamkorlikka keng yo‘l...

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti mamlakatimizda ko‘p yillik tarix va boy ilmiy an’analarga ega nufuzli ilmiy muassasalardan biri hisoblanadi. Institutda amalga oshirilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar qator xorijiy ilmiy markazlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Jumladan, 2026 yil 17 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti hamda “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjet oliy ta’lim muassasasi filiali o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar olib borish va ilmiy kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuvda “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” rektori, kimyo fanlari doktori, professor Filatov Sergey Nikolayevich, Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti rektori admnistarsiyasi raxbari Yernovaya Yelena Sergeevna
universitetning Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Kadimov Dmitriy Sergeyevich, Rossiya Fanlar akademiyasining N.D.Zelinskiy nomidagi Organik kimyo instituti direktori, Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Oliy kimyo kolleji dekani, akademik Terentev Aleksandr Olegovich, Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” filiali ijrochi direktori Nurmatov Botir Erkinovich, mazkur filialning xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Shernayev Anvar Normamatovich, shuningdek, O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti rahbariyati hamda laboratoriya mudirlari
ishtirok etdilar.

Tuziladigan shartnomaga muvofiq, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda o‘zaro ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro fondlar doirasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda ishlab chiqish, amalga oshirish va rivojlantirish, mazkur loyihalarni tanlovlarga taqdim etish, Scopus va Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda hammualliflikda ilmiy maqolalar chop etish, shuningdek, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash.

Shuningdek, O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo institutida har yili an’anaviy tarzda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazib kelinayotgan ilmiy hamda ilmiy-texnik anjumanlarda “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalarining faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.

Mazkur anjumanlarda akademik ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi chuqur integratsiyani ta’minlash, mineral xom ashyolarni qayta ishlashning dolzarb muammolarini hal etish, ular negizida yangi moddalar, birikmalar, preparatlar va materiallar olishning yuqori samarali texnologiyalarini yaratish, shuningdek, kimyogar olimlar tomonidan ishlab chiqilgan ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish masalalari muhokama qilinadi.

Anjumanlar doirasida mahalliy neft va gaz kondensatini kompleks qayta ishlash, polimetall rudalardan rangli va nodir metallar ajratib olish, mineral va ikkilamchi xom ashyo resurslari asosida keramika hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish, mahalliy xom ashyolardan sifatli o‘g‘itlar, samarali defoliantlar va stimulyatorlar sintez qilish kabi dolzarb ilmiy-amaliy masalalar atroflicha muhokama qilinadi.

Kelgusida imzolanadigan hamkorlik shartnomasi asosida institutda olib borilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar doirasida neft kimyosi, kolloid kimyo va sanoat ekologiyasi, silikatlar kimyosi, gidrometallurgiya va elektrokimyo, o‘g‘itlar, stimulyatorlar va defoliantlar kimyosi yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.


🌐 😁 t.me/unkiuz

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
📢📢📢📢 😁

2026 yil 18-mart soat 14:00 da Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.K/T.19.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi (3-qavat, majlislar zali).

Kun tartibi:

Umarov Xudoyorxon Sherali o‘g‘lining “Nitroza gazlarini qayta ishlash va natriy nitrit olish texnalogiyasi” mavzusida 02.00.13 – “Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD, texnika fanlari) ilmiy darajasini olish uchun tavsiya etilgan dissertatsiya ishining himoyasi.

Подключиться к конференции Zoom
https://us02web.zoom.us/j/9197973583?pwd=geh7UC8mfY8EjDuKHLdIWJ4LatJDYb.1&omn=83139640819

Идентификатор конференции: 919 797 3583
Код доступа: 5555


🌐 😁 t.me/unkiuz

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! 😁

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti jamoasi nomidan barchangizni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Ushbu muqaddas ayyom barchamizga mehr-oqibat, bag‘rikenglik va saxovat tuyg‘ularini yana-da chuqurroq his etish imkonini beradi. Ramazon oyi davomida qalblar poklanib, ezgulik va sabr sinovlaridan o‘tgan har bir inson uchun bu kun – haqiqiy quvonch va shukronalik bayramidir.Tilagimiz shuki, yurtimizda tinchlik va barqarorlik bardavom bo‘lsin, har bir xonadonga fayz-u baraka, sihat-salomatlik va xotirjamlik kirib kelsin. Ilm-fan yo‘lida qilinayotgan ezgu ishlarimiz yanada yuksalib, Vatanimiz ravnaqiga xizmat qilsin.

Ramazon hayiti barchangizga muborak bo‘lsin!


🌐 😁 t.me/unkiuz

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🎉1
🌱🌱🌱🌱🌱🌱 😁
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
🌱Navro‘z ayyomi muborak bo‘lsin!

Assalomu alaykum, qadrli hamkasblar, jonajon institutimizning fidoyi olimlari va xodimlari!
Aziz yosh tadqiqotchilar va olimlar!

Sizlarni tabiatning uyg‘onish fasli, milliy o‘zligimiz va go‘zal qadriyatlarimiz timsoli bo‘lmish – Navro‘zi olam bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Kimyo tili bilan aytganda, bahor — bu hayotning yangi energiya bilan to‘yinishi va tabiatdagi eng go‘zal molekulyar o‘zgarishlar davridir. Ushbu ayyomda sizlarga quyidagilarni tilab qolaman:

🌱 Sog‘lik va Omonlik: Jismoniy va ma’naviy holatingiz har doim eng barqaror elementlardek mustahkam bo‘lsin.

🌱 Oilaviy Baxt: Xonadoningizda doimo tinchlik va totuvlik "reaksiyasi" davom etsin, quvonchli kunlaringizning "konsentratsiyasi" esa ortib boraversin.

🌱 Ilmiy Zafarlar: Laboratoriya tajribalaringiz muvaffaqiyatli, ilmiy izlanishlaringiz natijador va kashfiyotlaringiz dunyo tan oladigan darajada bo‘lishiga tilakdoshman.

Navro‘zning hayotbaxsh nuri qalbingizni aslo tark etmasin. Ilmiy va pedagogik faoliyatingizda yangi-yangi "katalizatorlar" — ya'ni muvaffaqiyat omillari sizga doimo hamroh bo‘lsin!

Hayotingiz bahor tongidek tiniq, kelajagingiz esa yorqin va farovon bo‘lsin!

🌱 Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Aziz IBRAGIMOV
📚 Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori


🌐 😁 t.me/unkiuz

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏3🙏1
▶️ONLINE

Ayni paytda Fanlar akademiyasida Oʻzbekiston-Tojikiston olimlarining ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻz ishini boshladi

Bizni kuzatib boring👇

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥🔥🔥🔥😁

Bugun institutimizning Katta majlislar zalida professorlar, yosh olimlar va doktorantlar uchun o‘ta dolzarb mavzuda davra suhbati shaklidagi seminar bo‘lib o‘tdi.

🔍 Seminar mavzusi:
“Ixtiro talabnomasida analog va eng yaqin analog tushunchasi”


Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-358-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda xodimlarning intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish maqsadida tashkil etildi.

👤 Maxsus mehmon:
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi”ning Ixtirolar va foydali modellar bo‘limi boshlig‘i Abduqodirov Ikrom Tohirovich ishtirok etdi.


📌 Seminar davomida nimalar muhokama qilindi?
Ixtirolarni rasmiylashtirishda yo'l qo'yiladigan asosiy xatolar.

Analog va eng yaqin analog tushunchalarining huquqiy va texnik farqlari.

Xalqaro patent tizimiga integratsiyalashuv va zamonaviy AKT texnologiyalarini sohaga joriy etish.

"Ilmiy ishning natijasini nafaqat yaratish, balki uni huquqiy himoya qilish — bugungi kun olimining asosiy ko'nikmalaridan biri bo'lishi shart."


Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob oldilar. Bu kabi amaliy seminarlar institutimizda ilmiy salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.

🌐 😁 t.me/unkiuz

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21