O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti
381 subscribers
881 photos
57 videos
21 files
446 links
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti rasmiy kanali
Download Telegram
😁

🌱 Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Institutda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

Mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo institutida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

🌐 😁 t.me/unkiuz

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1
😁 🌱🌱🌱🌱 🌱🌱🌱🌱
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2
🎉 🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱 🌱🌱🌱

Bugun Farxod Maxkamovich Yusupov — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibidagi Umumiy va noorganik kimyo institutining yetuk olimi, texnika fanlari doktori, professor tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Farxod Maxkamovich Yusupov kimyo va kimyoviy texnologiya sohasida samarali ilmiy faoliyat olib borib, ko‘plab ilmiy maqolalar va tadqiqotlar muallifi hisoblanadi. U ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shib, yosh tadqiqotchilar va doktorantlar uchun ustoz sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Professor Yusupov rahbarligida bir qator ilmiy ishlanmalar amalga oshirilib, kimyo texnologiyasi, xomashyoni qayta ishlash va turli kimyoviy jarayonlarni takomillashtirish yo‘nalishlarida muhim natijalar qo‘lga kiritilgan.

🔖 Ustoz sifatida u ko‘plab yosh olimlarning ilmiy yo‘lini shakllantirishda, ilmiy maktab yaratishda ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

💐 Hurmatli Farxod Maxkamovich!
Tavallud ayyomingiz bilan samimiy tabriklaymiz! Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, ilmiy faoliyatingizda yangi yutuqlar, shogirdlaringiz safining yanada kengayishini tilaymiz. Ilm-fan ravnaqi yo‘lida qilayotgan samarali mehnatlaringiz bardavom bo‘lsin!

🎉 Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!


🌐 😁 t.me/unkiuz

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏10🎉1
#BUGUN TUG‘ILGAN KUN

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining yetuk olimi, texnika fanlari doktori, professor Farxod Maxkamovich Yusupov tavallud topgan kun
!

Farxod Yusupov kimyo va kimyoviy texnologiya sohasida samarali ilmiy faoliyat olib borib, ko‘plab ilmiy maqolalar va tadqiqotlar muallifi hisoblanadi. Olim ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shib, yosh tadqiqotchilar va doktorantlar uchun ustoz sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Professor F.Yusupov rahbarligida bir qator ilmiy ishlanmalar amalga oshirilib, kimyo texnologiyasi, xomashyoni qayta ishlash va turli kimyoviy jarayonlarni takomillashtirish yo‘nalishlarida muhim natijalar qo‘lga kiritilgan.

F.Yusupov ustoz sifatida u ko‘plab yosh olimlarning ilmiy yo‘lini shakllantirishda, ilmiy maktab yaratishda ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Professor Farxod Maxkamovichni bugungi tavallud ayyomi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, ilmiy faoliyatlarida yangi yutuqlar tilaymiz. Ilm-fan ravnaqi yo‘lida qilayotgan samarali mehnatlari bardavom bo‘lsin!

Bizni kuzatib boring👇

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5🤩1
🔠🔠🔠🔠🔠🔠      

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi
📚 😁 Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi Ilmiy kengashining qaroriga asosan, Xoshimov Ilhomjon Erkin o‘g‘li ga Texnika fanlari falsafa doktori ilmiy darajasi berilganligi bilan samimiy muborakbod etamiz.

👥 Institutimiz ilmiy jamoasi hurmatli Xoshimov Ilhomjon Erkin o‘g‘li ni munosib ilmiy daraja bilan qutlab, kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qoladi.
Diplom yaxshi kuningizga xizmat qilsin!!! Ilhomjon olimlik  sharafi muborak boʻlsin, loyiqlikda bardavom bo`ling 👏👏👏👏👏

🌐 😁 t.me/unkiuz

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#LiteratureReview #AdabiyotlarSharhi #Manba

📚 Adabiyotlarni qidirish bazalari
Fan yo'nalishlariga ko'ra


Doimiy ravishda yuqori sifatli maqolalarni o'qib boring yoki reference manager (etg. Zotero) yordamida saqlab qo'ying. Keyin Adabiyotlar Matritsasini tuzing.

📝 Barcha fanlar uchun bazalar
Bazalar  (URL manzillari)
1. WoS (SSCI, SCI, HSCI, ESCI)  (https://jcr.clarivate.com/)
2. Scopus  (https://www.scopus.com/sources)
3. Google Scholar  (https://scholar.google.com/)
4. Arxiv by Cornell  (https://arxiv.org/)
5. Ulrich's Web  (http://ulrichsweb.serialssolutions.com/login)
6. Science Direct  (https://www.sciencedirect.com/)
7. Ochiq kirish katalogi (DOAJ)  (https://doaj.org/)
8. JSTOR  (https://www.jstor.org/)
📝 Tibbiyot bazalari
Bazalar  (URL manzillari)
1. iCITE  (https://icite.od.nih.gov/analysis)
2. PubMed  (https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/)


📝 Muhandislik bazalari (Engineering)
Bazalar  (URL manzillari)
1. INSPIRE-HEP  (https://inspirehep.net/)
2. IEEExplore  (https://ieeexplore.ieee.org/Xplore/home.jsp)
3. IMechE  (https://imeche.summon.serialssolutions.com/#!/advanced)


📝 Ijtimoiy fanlar bazalari
Bazalar  (URL manzillari)
1. SciELO  (https://scielo.org/en/)
2. ERIC  (https://eric.ed.gov/)


🎚 Ilmiy sohada faoliyat yuritayotgan doʻstlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna boʻling


🔉 Bizni kuzatishda davom eting
🛫  @ScienceOAK
👥https://t.me/+8Jbm05B2lTw2ZDUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔠🔠🔠🔠🔠🔠      

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi
📚 😁 Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi Ilmiy kengashining qaroriga asosan, Xushvaqtov Mehroj Isroi o‘g‘li ga Texnika fanlari falsafa doktori ilmiy darajasi berilganligi bilan samimiy muborakbod etamiz.

👥 Institutimiz ilmiy jamoasi hurmatli Xushvaqtov Mehroj Isroi o‘g‘li ni munosib ilmiy daraja bilan qutlab, kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qoladi.
Diplom yaxshi kuningizga xizmat qilsin!!! Mehrojjon olimlik  sharafi muborak boʻlsin, loyiqlikda bardavom bo`ling 👏👏👏👏👏

🌐 😁 t.me/unkiuz

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🔠🔠🔠🔠🔠🔠      

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi
📚 😁 Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi Ilmiy kengashining qaroriga asosan, Qosimov Dilshodjon Mamurjon o‘g‘li ga Texnika fanlari falsafa doktori ilmiy darajasi berilganligi bilan samimiy muborakbod etamiz.

👥 Institutimiz ilmiy jamoasi hurmatli Qosimov Dilshodjon Mamurjon o‘g‘li ni munosib ilmiy daraja bilan qutlab, kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qoladi.
Diplom yaxshi kuningizga xizmat qilsin!!! Dilshodjon olimlik  sharafi muborak boʻlsin, loyiqlikda bardavom bo`ling 👏👏👏👏👏

🌐 😁 t.me/unkiuz

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
🔠🔠🔠🔠🔠🔠      

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi
📚 Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi Ilmiy kengashining qaroriga asosan, Nomozov Shuxratjon Yuldashali o‘g‘li ga Texnika fanlari Doktori ilmiy darajasi berilganligi bilan samimiy muborakbod etamiz.

👥 Institutimiz ilmiy jamoasi hurmatli Nomozov Shuxratjon Yuldashali o‘g‘li ni munosib ilmiy daraja bilan qutlab, kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qoladi.
Diplom yaxshi kuningizga xizmat qilsin!!! Nomozov Shuxratjon olimlik  sharafi muborak boʻlsin, loyiqlikda bardavom bo`ling 👏👏👏👏👏

🌐 😁 t.me/unkiuz

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
🟦🟦🟦🟦 😁

🧩 Impact Factor – bu ilmiy jurnalda chop etilgan maqolalarga berilgan iqtiboslarning raqamda ifodalangan ko‘rsatkichidir.

Ilmiy jurnal degani tushunarli, unda maqola chop etish degani ham tushunarli, “iqtibos” (citation) nima degani unda?

🟠➡️Jonli misol bilan tushuntiraman. Men 2020-yilning fevral oyida “American Journal of Biodiversity” degan jurnalda O‘zbekistonning Zarafshon daryosida qora dog‘li qumbaliq (Gobio nigrescens) degan baliqning uchrashi to‘g‘risida maqola chop etdim. Bundan avval bu daryoda ushbu baliqning uchrashi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmagan. Demak men bu ma’lumotni ilk marotaba qayd etdim. Endi deylik 2020-yilning sentabr oyida eronlik bir ixtiolog-tadqiqotchi Gobio urug‘iga mansub baliqlar haqida maqola yozayotganda, meni maqolamni ko‘radi-da, o‘z maqolasida mening ma’lumotlarimdan foydalanadi. Masalan u o‘z maqolasida: “Qora dog‘li qumbaliq Afg‘oniston va Eron hududidan oqib o‘tuvchi Hari daryosida (Coad, 2019) va O‘zbekiston hududidagi Zarafshon daryosida (Sheraliev et al., 2020) uchraydi” deb yozadi

Aynan mana shu gapida u B.Coad (kanadalik ixtiolog, Eron baliqlari bo‘yicha mutaxassis) va mening maqolalarimdan iqtibos keltirib o‘tgan bo‘ladi. Men ham odatda o‘z maqolalarimda boshqa mualliflarning ishlaridan iqtibos keltiraman. Masalan bir maqolamda quyidagicha yozganman: “Triplophysa urug‘iga mansub baliqlarning ayni vaqtda 160 dan ortiq turi mavjud (Fricke et al., 2021).” Bu baliqlarning nechta ekanligini men sanab chiqmaganman, shu bois bu ma’lumotni ishlatayotganda uning muallifi (bu yerda Ronald Fricke) ishidan iqtibos keltiraman. Aks holda bu plagiat, ya’ni ko‘chirmachilik bo‘lib qoladi.

➡️Maqolangizga boshqa tadqiqotchilar tomonidan qancha ko‘p iqtibos keltirilsa, sizning ilmiy salohiyat darajangiz (h-indeks, bu haqida boshqa safar batafsil aytib beraman) ham shuncha ortib boradi. Shu bilan jurnalda chop etilgan maqolalarga qanchalik ko‘p iqtibos keltirilsa, jurnalning impakt faktori ham shuncha ortib boradi.

🌐 😁 t.me/unkiuz

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
O‘zbekistonda ilmiy merosni raqamlashtirishda tarixiy qadam!

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 85 000 yevro qiymatga ega zamonaviy ScanRobot 2.0 MDS avtomatik kitob skaneri xarid qilindi. Bu oddiy texnika emas bu ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqadigan kuchli va strategik texnologik yechimdir. Ushbu qurilma Avstriyada ishlab chiqarilgan (Treventus kompaniyasi) bo‘lib, dunyodagi eng ilg‘or va ishonchli raqamlashtirish texnologiyalaridan biri hisoblanadi.

Eng e’tiborli jihati shundaki, bugungi kunda bu turdagi yuqori darajadagi skanerlar dunyo bo‘yicha ham juda kam turli ma’lumotlarga ko‘ra, ularning umumiy soni bir necha o‘nlab (taxminan 50–70 atrofida)ni tashkil etadi. Markaziy Osiyoda esa atigi 4 ta mavjud bo‘lib, shundan 3 tasi Qozog‘istonda, O‘zbekistonda esa aynan shu yagona.

Mazkur uskuna o‘z imkoniyatlari bilan haqiqatan ham ajralib turadi: u soatiga 2500 sahifagacha avtomatik tarzda skan qiladi, kitob sahifalarini o‘zi varaqlaydi va eng muhimi, hatto qadimiy yoki nozik qo‘lyozmalarga ham zarar yetkazmasdan, maxsus texnologiya asosida ehtiyotkorlik bilan raqamlashtiradi. 400 DPI yuqori aniqlikda tasvir olish, rang chuqurligi, bir vaqtning o‘zida arxiv, internet va chop uchun tayyor formatlarni berishi uni oddiy skanerdan mutlaqo farqlaydi. Ya’ni bu qurilma nafaqat skaner, balki tayyor ilmiy raqamli mahsulot ishlab chiqaruvchi tizimdir.

Endilikda ilmiy loyihalar hisobotlari, dissertatsiyalar, noyob kitoblar va qo‘lyozmalar faqat qog‘ozda qolib ketmaydi. Ular raqamli shaklga o‘tadi, saqlanadi, tez topiladi va eng muhimi keng jamoatchilikka yetib boradi. Bu esa ilmni haqiqiy ishlaydigan resursga aylantiradi. Eng muhimi, ushbu imkoniyat faqat bitta tashkilot bilan cheklanmaydi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy institutlar, yirik kutubxonalar va arxivlar ham endi o‘z fondlarini zamonaviy tarzda raqamlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu qaror shunchaki uskunani xarid qilish emas. Bu O‘zbekistonda ilm-fanni raqamli transformatsiya qilish, uni global ilmiy maydonga olib chiqish yo‘lidagi juda to‘g‘ri va uzoqni ko‘zlagan qadam. Ana shunday tashabbuslar orqali yaqin yillarda mamlakatimizda milliy raqamli kutubxona va global ilmiy baza shakllanishiga ishonch bilan qarash mumkin.

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
📰📰📰📰📰📰📰 😁

📝 Ilm-fan integratsiyasi yo‘lida yangi tashabbus: Xalqaro hamkorlikka keng yo‘l...

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti mamlakatimizda ko‘p yillik tarix va boy ilmiy an’analarga ega nufuzli ilmiy muassasalardan biri hisoblanadi. Institutda amalga oshirilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar qator xorijiy ilmiy markazlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Jumladan, 2026 yil 17 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti hamda “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjet oliy ta’lim muassasasi filiali o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar olib borish va ilmiy kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuvda “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” rektori, kimyo fanlari doktori, professor Filatov Sergey Nikolayevich, Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti rektori admnistarsiyasi raxbari Yernovaya Yelena Sergeevna
universitetning Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Kadimov Dmitriy Sergeyevich, Rossiya Fanlar akademiyasining N.D.Zelinskiy nomidagi Organik kimyo instituti direktori, Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Oliy kimyo kolleji dekani, akademik Terentev Aleksandr Olegovich, Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” filiali ijrochi direktori Nurmatov Botir Erkinovich, mazkur filialning xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Shernayev Anvar Normamatovich, shuningdek, O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti rahbariyati hamda laboratoriya mudirlari
ishtirok etdilar.

Tuziladigan shartnomaga muvofiq, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda o‘zaro ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro fondlar doirasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda ishlab chiqish, amalga oshirish va rivojlantirish, mazkur loyihalarni tanlovlarga taqdim etish, Scopus va Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda hammualliflikda ilmiy maqolalar chop etish, shuningdek, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash.

Shuningdek, O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo institutida har yili an’anaviy tarzda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazib kelinayotgan ilmiy hamda ilmiy-texnik anjumanlarda “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalarining faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.

Mazkur anjumanlarda akademik ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi chuqur integratsiyani ta’minlash, mineral xom ashyolarni qayta ishlashning dolzarb muammolarini hal etish, ular negizida yangi moddalar, birikmalar, preparatlar va materiallar olishning yuqori samarali texnologiyalarini yaratish, shuningdek, kimyogar olimlar tomonidan ishlab chiqilgan ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish masalalari muhokama qilinadi.

Anjumanlar doirasida mahalliy neft va gaz kondensatini kompleks qayta ishlash, polimetall rudalardan rangli va nodir metallar ajratib olish, mineral va ikkilamchi xom ashyo resurslari asosida keramika hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish, mahalliy xom ashyolardan sifatli o‘g‘itlar, samarali defoliantlar va stimulyatorlar sintez qilish kabi dolzarb ilmiy-amaliy masalalar atroflicha muhokama qilinadi.

Kelgusida imzolanadigan hamkorlik shartnomasi asosida institutda olib borilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar doirasida neft kimyosi, kolloid kimyo va sanoat ekologiyasi, silikatlar kimyosi, gidrometallurgiya va elektrokimyo, o‘g‘itlar, stimulyatorlar va defoliantlar kimyosi yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.


🌐 😁 t.me/unkiuz

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41