O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti
378 subscribers
859 photos
56 videos
21 files
431 links
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti rasmiy kanali
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️JARAYON...
Ayni damda O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli Ilmiy Kengashning navbatdagi yigʻilishida talabgor Abdullayev Axrorjon Xabibjonovichning “Yuqori sorbsion xususiyatga ega bo‘lgan turli fazoviy o‘lchamdagi metall-organik karkaslarning sintezi va fizik-kimyoviy xossalari” mavzusidagi 02.00.11 – “Kolloid va membrana kimyosi” ixtisosligi bo‘yicha kimyo fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tavsiya etilgan dissertasiya ishini himoyasi bo‘lib o‘tmoqda.
👍6
#UChRAShUV

Ilmiy ishlanmani patentlash

📍 Bugun, 20-mart kuni O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo institutida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

✔️ Uchrashuvda Institut xodimlariga ixtiro va foydali modelga patent olish uchun talabnomani rasmiylashtirishga oid tavsiyalar, seleksiya yutuqlarining huquqiy muhofazasi haqida, shuningdek, ixtiro va foydali modelning bir-biridan farqi, ularning obyektlari, xalqaro patent tasnifi, im.adliya.uz portalining ishlash mexanizmi kabi muhim ma’lumotlar berildi. Uchrashuv qizgʼin bahs va munozaralarga boy boʼldi.
Shuningdek, OʻzR FA Umumiy va noorganik kimyo institutida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi bilan hamkorlikda Texnologiya va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash markazi tashkil qilindi.
❗️ Bu kabi uchrashuvlar o’zaro fikr va tajriba almashish, so’nggi ilmiy yangiliklar bilan tanishish imkonini beradi.
https://t.me/unkiuz
👍2
Bugun 2025-yil 20-mart kuni soat 10:00 da O`zRFA Umumiy va noorganik kimyo institutida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 631 yilligi munosabati bilan "Mirzo Ulug'bek - buyuk O’zbek olimi va arbobi sifatida tarixdagi eng yorqin yulduzlaridan biri” nomli targ’ibot seminar yig`ilishi bo’lib o’tdi. Bunda institut tadqiqotchi olimlari tomonifan Ulug‘beknging ilmiy merosi xaqidagi ilmiy xulosalar va tushunchalar tahlil etildi. Qizg‘in bahs va munnozaralar bilan o‘tgan ilmiy suhbatlar institut jamoasida o‘zgacha taassurot qoldirdi, zero moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrli fursatdir.
@unkiuz
👍1
🌿 Navro‘z – poklik va yangilanish ramzi 🌸
O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo institutida kuni kecha 2025 yil 19 mart kuni Navro‘z bayrami munosabati bilan hashar tadbirlari o‘tkazildi. Jamoadagi ilmiy hodimlar birgalikda institut hududini tozalash, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini keng ko`lamda olib bordilar.
🔹 Hashar davomida:
Institut atrofi tozalanib, hovli obodonlashtirildi;
Gullar va daraxtlar ekilib, yashil maskan yaratildi;
Bayram oldidan umumiy tartib va ozodalik ta’minlandi.
Bu tadbir nafaqat ish joyimizni yanada ko‘rkamlashtirish, balki jamoa o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashga ham xizmat qildi.
Navro‘z – poklik, yangilanish va birdamlik ayyomi! Barchangizni kirib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan muborakbod etamiz! 🌸🎉
#Navro‘z #Hashar #Kimyo Instituti #Yangilanish
@unkiuz
👍3
Янги Ўзбекистон №-61.pdf
1.8 MB
Академик Шафоат НАМОЗОВ:
“Фан ривожланиши учта омилга боғлиқ...”


Ўзбекистон Фанлар академияси Умумий ва ноорганик кимё институти профессори, академик, Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган ихтирочи ва рационализатор Шафоат НАМОЗОВ билан суҳбат

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#ILMIY IShLANMA

SUVNI TOZALASh UChUN GIBRID ORGANO-NOORGANIK SORBENT OLISh USULI


🟢Suvni tozalash uchun gibrid organo-noorganik sorbent olish usuli ishlab chiqilgan.

🔬 Tadqiqot O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti "Kolloid kimyo va Sanoat ekologiyasi" laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan olib borilgan.

❗️ modifikatsiyalangan montmorillonit va/yoki laponit asosida suvlardagi pollyutantlarni yuqori samara bilan sorbsiyalashga qodir bo‘lgan gibrid organo-noorganik sorbentni olingan.

📊 Asosiy natijalar:
Ekologik jihatdan xavfsiz hisoblanadi.

Selektiv adsorbsiyalovchi: Oqava suv tarkibidagi kation va anion tanlab yutadi.


🛠 Amaliy qo'llanilishi: Olingan gibrid adsorbent sifatida qo’llaniladi. Undan foydalanib, turli xil sanoat chiqindi suvlarini ular tarkibidagi atrof-muhit uchun zararli bo’lgan moddalardan tozalash mumkin.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
⚡️⚡️⚡️Jarayon


Ayni paytda OʻzR FA Umumiy va noorganik kimyo institutida Kasaba uyushmalari tashkiloti hisobot-saylov yigʻilishi boshlandi.

https://t.me/unkiuz
#JONLI EFIR
Ayni damda Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislari tomonidan loyihalarni 5% miqdorini moliyalashtirilishi yuzasidan seminar bo`lmoqda

Innovatsion rivojlanish agentligiga o‘z murojaatlaringizni innovation.gov.uz rasmiy veb-sayti, info@ilmiy.uz elektron pochta manzili orqali yozma shaklda, (+99871) 203-32-31 ishonch telefoni orqali esa og‘zaki tarzda yo‘llashingiz mumkin.
https://www.youtube.com/live/2z9nU27AraM

@unkiuz
QUTLOV!!!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi Ilmiy kengashining qaroriga asosan, Kodirova Umida Aslonovnaga kimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasi berilganligi bilan samimy muborakbod etamiz.

Institutimiz jamoasi hurmatli Umida Aslonovnani munosib ilmiy daraja bilan qutlab, kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qoladi. Diplom yaxshi kuningizga xizmat qilsin Umida, olimаlik muborak boʻlsin 👏👏👏👏👏

t.me/unkiuz
👍4🔥31
#BUGUN TUG’ILGAN KUN

PROFESSOR MASTURA ISKANDAROVA


🔖 Texnika fanlari doktori, professor, Rossiya tabiiy fanlar akademiyasining muxbir-aʼzosi. Iskandarova Mastura 1948-yil 28-martda Chimkent viloyati, Sayram tumanidagi Qoramurt qishlogʼida tugʼilgan.

➡️ 1970-yildan ToshPI (keyinchalik Toshkent kimyo-texnologiya instutituti)da, 1999-yildan “Fan va taraqqiyot” DUKda, 2004-2006-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan, 2010-yildan OʼzR FА Umumiy va noorganik kimyo institutida faoliyatni boshlab, 2013-2020 yillarda “Strom” ilmiy laboratoriyasi va sinov markazi rahbari, 2021-yildan shu laboratoriyaning bosh ilmiy xodimi lavozimida ishlab kelmoqda.

❗️ Аsosiy ilmiy yoʼnalishi - energiya sigʼimi kam past uglerodli klinkerlar, tabiiy va texnogen mineral chiqindilar va ularning gibridlari bilan legirlangan kam klinkerli sementlar olishning fizik-kimyoviy asoslari va “yashil” energiya-resurstejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish.

▶️ Hozirda M. Iskandarova atmosferaga karbonat angidridini kam chiqaradigan, kimyoviy reaksiyaga kirishish faolligi yuqori xom-ashyo aralashmalaridan klinker olishni, sement tarkibidagi klinkerni maʼlum miqdorini almashtirish qobiliyatiga ega boʼlgan karbonatli qoʼshimchalar va ularning gibridlarini shakllantirib, xossalari yaxshilangan sementlar olish borasida tadqiqotlar olib bormoqda.

✏️ Uning ilmiy-amaliy izlanishlari natijalari boʼyicha 3ta oʼquv darslik va qoʼllanma, 4ta monogrfiya chop etilgan. U jami 600 dan ziyod, shu jumladan, nufuzli xorij jurnallari va toʼplamlarida chop etilgan maqola va tezislar, 11 ta ixtiroga mualliflik guvohnomasi, 1ta Rossiya patenti, 4 ta Oʼzbekiston patenti va 3ta foydali modelga patentlarning muallifi.
✔️ U 5 ta fan nomzodi, 4 ta falsafa doktori (RhD), 4 ta fan doktori dissertatsiyasiga rasman ilmiy rahbarlik qilgan va 16 nafar ilmiy daraja talabgorlariga tadqiqotlar olib borishda va dissertatsiya tayyorlashda norasmiy maslahatchi boʼlgan.

Olima Mastura Iskandarovani bugungi tug’ilgan kuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan tabriklaymiz. Ularga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat, ilm-fan ravnaqi yo‘lida uzoq yillar o‘z hissalarini qo‘shishda, ilm ziyosini taratishda charchamasliklarini tilab qolamiz!


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11