O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti
378 subscribers
859 photos
56 videos
21 files
431 links
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti rasmiy kanali
Download Telegram
#E’TIROF

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarni mukofotlash tadbiri o‘tkazildi.
Taqdirlanganlar orasida Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti “Silikatlar kimyosi va kimyoviy texnologiyasi” laboratoriyasi mudiri, kimyo fanlari doktori, professor Qodirova Zulayho Raimovna ham bor.

Olima Zulayho Raimovnani O’zbekiston Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan chin yurakdan tabriklaymiz, ularga uzoq umr, oilaviy baxt, sihat-salomatlik, ilmiy faoliyatlarida zafarlar tilaymiz.

Ma’lumot o’rnida: “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni Davlatimiz Rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-apreldagi “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 257-son qarori bilan ta’sis etilgan.
Ko‘krak nishoniga Nizom talablariga muvofiq, vazirlik, idoralardan hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlar hujjatlari taqdim etilib, Respublika komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥1
⚡️⚡️⚡️JARAYON...

Ayni paytda Umumiy va noorganik kimyo institutida ayol va qizlarni tabriklab yigit-hamkasblarimiz barchaga go`zal kayfiyat ulashishmoqda…
Bugun Umumiy va noorganik kimyo institutida aziz va muhtarama, qadrli va mehribon ayol-qizlarimiz, olima va fozila hamkasblarimizga yigit doktorant va tadqiqotchilar tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan bayram dasturi bo`lib o`tdi.
Bayram dasturini institut direktori, k.f.d., prof. A.B.Ibragimov ochib berdi. Ustozlarning samimiy bayram tilaklari hamda tafqiqotchi yigitlar tomonidan tayyorlangan sahna ko`rinishlari tadbirga o`zgacha fayz va shukuh bag`ishladi...
Fursatdan foydalanib, barcha ayol-qizlarni maftunkorlik va nazokat ayyomo bilan samimiy qutlab qolamiz. Sizdagi samimiyat va sevimlilik aslo yoqolmasin
Bayram muborak bo`lsin aziz ayollar!!!
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Илмий ишланмаларнинг 25 фоизини олима аёлларимиз яратаётгани жамиятда уларнинг ўрни мустаҳкамланиб бораётганидан далолат беради
👍3
Ayol-ONA!
Ayol-USTOZ!
Ayol-RAFIQA!
Ayol-RAHBAR!
Ayol-OLIMA!
...
Bu ro‘yxatni uzoq davom etish mumkin. Garchand, ayollar bu kabi ko‘plab vazifalarni astoydil, sidqidildan bajara olishiga ishonamiz, BUGUN bunga guvohmiz!
Zero, bir boshda ikki tojni birvarakayiga taqish juda mushkul ish, bir vaqtda uyda ayollik, ishda xodim vazifasini bajarish orqali boshga taqilgan go‘zal TOJ hamma uchun oson emas. Buni uddalayotgan ayol-qizlar, olimalar talaygina! Bunga yorqin misol esa ilmda faol, shogirdlar tayyorlashda, kimyoning rivoji uchun ulush qo‘shishda tinmay izlanayotgan olimalarimizdan, Mo‘tabar ayol ko‘krak nishoni sohibasi k.f.d., prof. Zulayho Raimovnani ko‘rsatish mumkin.
Ustoz ko‘pgina ilm yo‘lagiga qadam qo‘yayotgan, sabr bilan singil tutinishga shay turgan ayol-qizlar uchun o‘rnak bo‘lgulik olimalardan!
Sizga keyingi izlanishlaringiz orqali Respublikamiz iqtisodiyoti hamda ilm-fanining rivoji uchun ilmiy ishlanmalaringiz real tatbiki yo‘lida salomatlik, kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyat tilaymiz. @unkiuz
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Mo'tabar ayol" ko'krak nishoni o'z egalariga topshirildi

muxbir: Nozima Mamatova

#Toshkent shahri

16:00 04.03.2025

@hududtv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | "Mo‘tabar ayol" ko'krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍1
QUTLOV!!! Ozbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi Ilmiy kengashining qaroriga asosan Qobilov Nodirbek Sobirovichga texnika fanlari boyicha fan doktori ilmiy darajasi berilgani bilan samimy muborakbod etamiz.
Institutimiz jamoasi hurmatli Nodirbek Sobirovichni munosib ilmiy daraja bilan qutlab, kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qoladi. Diplom yaxshi kuningizga xizmat qilsin Nodirbek, olimlik muborak bolsin 👏👏👏👏👏
👍31