O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti
377 subscribers
859 photos
56 videos
21 files
431 links
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti rasmiy kanali
Download Telegram
#ONLINE

Ayni daqiqalarda Hilton mehmonxonasida "11-fevral - Xalqaro ilm-fandagi ayol va qizlar kuni" ga bag'ishlangan forum o'tkazilmoqda
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun O‘zbekiston olima ayollari forumida Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kunini nishonlayapmiz. Mamlakatimizda ilm-fan sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor ahamiyatga ega ekanidan faxrlanaman.

Raqamlarning o‘zi aytib turibdi: O‘zbekistonda olimlarning 48 foizi ayollar! Ularning izlanishlari, kashfiyotlari va fidoyiligi ilhom baxsh etadi va ilm-fan ularga, ular esa ilm-fanga kerakligini ko‘rsatadi.

Biz xalqaro hamjamiyat bilan ilm-fan tinchlik va farovonlikka xizmat qiladigan kelajakni bunyod etish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz!



Сегодня на Форуме женщин-учёных Узбекистана мы отмечаем Международный день женщин в науке. Я горжусь тем, что поддержка женщин в науке в нашей стране — приоритет.

Цифры говорят сами за себя: 48% учёных в Узбекистане — женщины! Их исследования, инновации и преданность своему делу вдохновляют и доказывают, что наука нуждается в них, а они — в науке.

Вместе с международным сообществом мы будем работать над созданием будущего, где наука служит миру и процветанию!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FORUM

"11-fevral Xalqaro ilm-fanda ayol va qizlar kuni"ga bag'ishlangan "O'zbekiston olima ayollari" Forumidan lavha

(Manba:Wonder Women)


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston olima ayollari Forumi o'tkazildi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Wonder Women hamkorligida va Osiyo taraqqiyot banki moliyaviy ko‘magida tashkil etildi.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Shavkatovna Mirziyoyeva ishtirok etib, olima ayollarni tabrikladi va bir guruh loyiha tanlovi g‘oliblariga sertifikatlarni topshirdi.

Shuningdek, Forumda Fanlar akademiyasi prezidenti Ayupov Shavkat Abdullayevich,  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovichlar so‘zga chiqib olimalarni bugungi ayyom bilan qutladi
.

Forum dasturida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan “Olima ayollar – 2024” loyihalar tanlovi g‘oliblariga sertifikatlar topshirish marosimi ham o‘tkazildi.


Forumda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Wonder Women hamkorligida hamda Osiyo taraqqiyot banki homiyligida tashkil etilgan “O‘zbekistonda ayollar fan sohasida” veb-saytining taqdimoti o‘tkazildi.
.

❗️Maʼlumot o‘rnida: YuNESKO maʼlumotlariga koʼra, ayol-olimlar ulushi Rossiyada – 41%, Fransiyada – 26%, Germaniyada – 28%, Buyuk Britaniyada – 38%, Xitoyda – 37%, Janubiy Koreyada – 18%, O‘zbekistonda esa 48%ni tashkil qiladi.