O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti
377 subscribers
859 photos
56 videos
21 files
431 links
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti rasmiy kanali
Download Telegram
#Tug`ilgan kun
O`zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti professori Saydaxmedov Shamshidinxoʻja Muxtorovich muborak 70 yoshga to`ldi.
Saydaxmedov Shamshidinxoʻja Muxtorovich 1977 yil 5 sentyabrdan Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining 2-nchi tsexi operatori va texnologik qurilmasi boshligʻi lavozimidan ish faoliyatini boshlagan.
1980 yil I.M.Gubkina nomidagi Moskva Neft-kimyo va gaz sanoati oliygohi aspiranturasiga oʻqishga kirib, 1983 yilda nomzodlik dessertasiyasini himoya qilgan.
1983 yil aprel oyidan 1985 yilning oktyabrgacha Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining “Fergananefteorgsintez” ishlab chiqarish birlashmasida ilmiy tekshirish tsexi katta muxandisi, sifat boshqarish tizimi boʻlimi boshligʻi, bosh muxandis oʻrinbosari va bosh texnolog sifatida ishlagan.
1985 yil oktyabridan 1992 yil noyabrgacha Oltiariq neftni qayta ishlash zavodining direktori (Oltiariq tumani, Xamza shahri), 1992 yil noyabr oyidan boshlab Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 30-noyabrdagi 561-sonli Qaroriga asosan Fargʻona shahridagi “Fergananefteorgsintez” ishlab chiqarish birlashmasining bosh direktori, “Uzneftepererabotka” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Bosh direktori etib tayinlangan.
1999 yil yanvaridan 2003 yil oktyabrgacha Toshkent shahridagi “Uzneftepererabotka” aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori lavozimida ishlagan.
1996 yilda Oʻzbekiston Respublikasi neft sohasida mustaqillikka erishdi. Neft va gaz kondensatini qazib olish xajmi qayta ishlash quvvatlarini toʻliq toʻldirishga va mahalliy uglevodorod xom-ashyosini qayta ishlashga imkoniyatlar yaratildi. Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida maxalliy xom-ashyosiga oʻtish davrida, texnologik jarayonlari reglamentlari va rejimlari yangidan ishlab chiqildi va joriy etildi.
Ilmiy asoslangan texnologiyasi ishlab chiqilib maxalliy uglevodorodlarni ilmiy asoslangan texnologiyasi Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida joriy etildi va xalq xoʻjaligi istemolchilariga zarur yuqori sifatli neft mahsulotlari, shu jumladan moylari ishlab chiqish yoʻlga qoʻyildi.
2005 yilda Sh.M.Saydaxmedov texnika fanlari doktori darajasida doktorlik dissertasiyasini “Nauchno-texnologicheskie osnovi proizvodstva smazochnix masel iz mestnogo uglevodorodnogo sirya” mavzusi boʻyicha ximoya qilish bilan ilmiy ish olib borgan.
2003 yil oktyabr oyidan 2012 yilgacha “Oʻzneftmahsulot” Aksiyadorlik Kompaniyasiga qarashli “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” Unitar Korxonasi direktori lavozimida ishlagan.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi uchun istiqboli rivojlanish dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi.
Jumladan, zamonaviy yuqori texnologiyalarni joriy qilish dasturi asosida 2006 yilda quvvati yiliga 1 mln. tonna suyuq uglevodorodlarni elektr kuchi yordamida tuzsizlantirish va suvsizlantirish qurilmasi, iste'molchilarga neft mahsulotlarini sifatli va aniq etkazib berish maqsadida 200 tonnagacha vagon-sisternalarni oʻlchashga moʻljallangan “Mettler Toledo” firmasining elektron temir yoʻl tarozisi oʻrnatildi, bevosita uning tashabbusi bilan uglevodorod xom-ashyosini etkazib beruvchi korxonalar koʻpayganligi sababli neft xom-ashyosini turlari boʻyicha toʻkish, saqlash va qayta ishlash tizimini yaratish uchun zavod infratuzilmasi rekonstruksiya kilindi.
Sh.M.Saydaxmedov zavodda ishlab chiqarishni uglevodorod xom-ashyosi bilan uzluksiz ta'minlash uchun nafaqat truboprovodlar orqali, balki temir yoʻl transporti orqali etkazib berilgan neft va gazokondensatni qabul qilish va saqlashga moʻljallangan infratuzilma zamonaviylashtirildi.
👍1
Sh.M.Saydaxmedovning rahbarligida neft mahsulotlarini xalqaro standartlarga mos ishlab chiqarish dasturi boʻyicha zavodda Ai-80, Ai-91, Ai-95 rusumli yuqori oktanli avtobenzinlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Respublikamizda foydalanib kelinayotgan dizel yonilgʻisini atrof-muhitga ta'sirini kamaytirish maqsadida yangi ekologik toza va qishki mavsumga moʻljallangan -450 gacha muzlamaydigan dizel yonilgʻisi hamda “Nefras” uglevodorod aralashmasini ishlab chiqarish texnologiyasi oʻzlashtirildi va joriy qilindi. 2006 yilda zavodda xalqaro sifat boshqaruv tizimi “ISO 9001:2000” standarti joriy qilinib, Germaniyadagi “TUV CERT” Xalqaro auditorlik kompaniyasidan sertifikat, 2007 yilda esa kasbiy xavfsizlik boʻyicha xalqaro “OHSAS 18001:1999” standarti joriy etildi va Germaniyadagi “DQS” Xalqaro sertifikatlash tashkilotidan sertifikat olinib, 2009 yilda ushbu xalqaro standartlar qayta auditdan (resertifikasiya) oʻtkazilib, zavodning sifat boshqaruvi tizimiga “ISO 9001:2008” xalqaro standarti va kasbiy xavfsizlik boʻyicha “OHSAS 18001:2007” xalqaro standartlari berildi.
Zamonaviy samolyotlar uchun eng ilgʻor, jahon standartlari talablariga uygʻunlashtirilgan va katta amaliy natijaga ega boʻlgan Djet A-1 navli yoqilgʻi olish texnologiyasi yaratildi va Buxoro NQIZda ishlab chikarish tashkil etildi. 2009-2018 yillar mobaynida umumiy kiymati 173,5 mlrd.soʻmga teng boʻlgan 1 098 058 tonna Djet A-1 yoqilgʻisi ishlab chiqarilib, “Oʻzbekiston xavo yoʻllari” MAK iste'molchilariga yuborildi; iqtisodiy samara 24 mlrd. soʻmni tashkil etdi; chet el xavo kemalarida ishlatish uchun eksport qilingan yoqilgʻining qiymati 140,3 mln.AQSh dollar tashkil etdi. Bu yoʻnalishda Sh.M.Saydaxmedov qator echimlarni sanoatga tavsiya etdi va 10dan ortiq OʻzR Patent ixtirolar yaratdi. Shulardan biri boʻlgan, issiqlik almashtirgichlarning yuzasini tozalashda ishlab chiqilgan birikmasi ikki yilda Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga 120 mln. soʻm ortiq iqtisodiy samara berdi va ilmiy hajmdor mahsulot eksport qilinishiga imkoniyati tugʻildi.
2003-2013 yillarda Sh.M.Saydaxmedov rahbarligi ostida Qorovulbozor tumanining ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirish hamda tuman aholisi va zavod ishchi-xodimlariga qulay sharoitlar yaratish maqsadida “Neftchilar” shaharchasida “Yoshlar markazi”, “Sun'iy koʻl” dam olish maskani, “Hammom sogʻlomlashtirish majmui”, “Madaniyat saroyi”, Dehqon bozori, Sport sogʻlomlashtirish majmuasi, 240 oʻrinli “Yoshlar mehmonxonasi” qurilib, ishga tushirildi. Zavod ishchi-xodimlarining turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2003 - 2012 yillar davomida 342 ta turar-joy – kottedjlari qurilib, ishchi-xodimlarga foydalanishga topshirilgan.
Sh.M.Saydaxmedov neft-gaz sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirib borish sohalarida salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Shuningdek, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida yangi ish oʻrinlari yaratish hamda yaratilgan ish oʻrinlariga kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini qabul qilish borasida koʻplab tadbirlarni amalga oshirdi.
2012 yil iyuldan 2012 yil noyabr oyigacha “Oʻzneftmahsulot” Aksiyadorlik Kompaniyasiga qarashli “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” Unitar Korxonasi direktori lavozimida ishlagan.
2012 yil noyabridan 2014 yil yanvar oyigacha “Oʻzneftmahsulot” Aksiyadorlik Kompaniyasiga qarashli “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” Unitar Korxonasi direktori lavozimida ishlagan.
2014 yilning yanvar oyidan 2017 yil iyun oyigacha “Oʻzneftmahsulot” Aksiyadorlik Kompaniyasiga qarashli “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” Unitar Korxonasi direktori lavozimida ishlagan.
2017 yil iyun oyidan boshlab “Oʻzneftmahsulot” Aksiyadorlik Kompaniyasiga qarashli “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” Mas'uliyati cheklangan Jamiyatning Bosh direktori lavozimida ishlamoqda.
Saydaxmedov Shamshidinxoʻja Muxtorovich hozirda ilm-fan ishlab chiqarish bilan bevosita va uzviy bogʻliq ekanligini hamda ilm fan sohasida qoʻlga kiritiladigan barcha ilmiy yutuqlarni ishlab chiqarishga keng koʻlamda tadbiq etib, mustaqil respublikamizda dunyo bozorida raqobatbardosh, yuqori sifatli materiallari bilan oʻz oʻrnini egallashi uchun yangi zamonaviy modernizasiyalangan texnologiyalarni yaratish va ularni sanoatga tadbiq etish ustida keng koʻlamli ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Texnika fanlari doktori Sh.M.Saydaxmedov yurtimizning neft va gaz sohasidagi taniqli va obroʻli olimlaridan biridir. Respublika iqtisodiyotining ustivor yoʻnalishi boʻlgan yoqilgʻi-energetikasi asosini tashkil etuvchi neft va gaz uni qayta ishlash muammolarini hal etishga qaratilgan.
2014 yilda Sh.M.Saydaxmedov Oʻzbekiston Respublikasida birinchi boʻlib davlat tilida oliy oʻquv yurtlarining talabalari uchun “Neft va gaz kimyosi” darsligini tavsiya etdi.
U fidoiy, kamtarin inson, jonkuyar rahbar, murabbiylik mahorati va ilmiy ijodkorlik qobiliyati bilan Respublikamiz ziyolilari va xorijiy olimlar orasida hurmat qozongan.
O`zRFA rahbariyati va ahil jamoasi professor Saydaxmedov Shamshidinxoʻja Muxtorovichni muborak 70 yoshlari bilan samimiy muborakbod etadi. Ustozga yuksak ehtirom va samimiyat ila oilaviy xotirjamlik hamda sihat salomatlik tilab qolamiz. t.me/unkiuz
👍8
#Yubiley Kimyo fanlari doktori, professor Qodirova ZULAYXO Raimovna–70 yoshda!
2025-yilning 5-fevral kuni kimyo fanlari doktori, professor, Umumiy va noorganik kimyo instituti “Silikatlar kimyosi va kimyoviy texnologiyasi” laboratoriyasi mudiri, silikat va yuqori haroratli materiallarning kimyoviy texnologiyasi sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan taniqli olima Zulayho Raimovna Qodirova tavalludining 70 yoshini qarshilamoqda.
O`zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti jamoasi etuk olima, ulug` ustoz Zulayho Raimovnani muborak 70 yoshi bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam salomatlik tilaydi, ilmiy ishlanmalarinig dunyo miqiyosidagi muvaffaqiyatini tilab, shogirdlari ardog`ida e`zoz topib, uzoq umr hamda sermazmun hayot tilab qoladi.
🎉11👏4
#JARAYON Bugun Termez davlat pedagogika institutida EXXFA akademigi, k.f.d., prof.
А.А. Аgzamxodjayevning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan “Kolloid kimyo: kimyoviy texnologiya, ekologiya va sanoat uchun
innovatsiyalar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnikaviy
anjuman o`z ishini boshladi
👍6
#JARAYON Yuqori saviyada tashkillashtirilgan mazkur anjumanda chet ellik olimlar va kimyogar olimlarning ma`ruzalari o`zaro tajriba almashinuvi hamda yangi izlanishlarga muhim qadam uchun xizmat etadi. O`zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti Ilmiy ishlar bo`yicha direktor muovini, "Kolloid kimyo" laroratoriyasining mudiri sifatida uzoq yillar davomida ilmiy faoliyat olib borgan ulug`ustoz, jonkuyar rahbar, mehribon va samimiy inson sifatida shogirdlari va jamoaning qalbida chuqur iz qoldirgan hazrati inson, professor Agzamxo`jayev Anvarxo`ja Ataxo`jayevich qalbimizda mangu barhayotdir.
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#Surxondaryo_MTRK

TerDPI da "Kolloid kimyo: kimyoviy texnologiya, ekologiya va sanoat uchun innovatsiyalar va yechimlar" mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo'lib o'tdi.

✍️  TerDPI matbuot xizmati

Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram Telegram
👍5