📚🎙 27 июнь — Оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Фанлар академиясида тантанали тадбир ўтказилди.
💹Тадбирда Фанлар академияси фаолиятини кенг жамоатчиликка холис, тезкор ва профессионал тарзда ёритиш, илм-фан ютуқлари, инновацион ишланмалар ҳамда олимларимизнинг самарали меҳнатини оммалаштириш йўлида муносиб ҳисса қўшаётган фаол журналистлар, оммавий ахборот воситалари ва матбуот хизмати вакиллари тақдирландилар.
✨Айниқса, Фанлар академияси тизимида асосий илмий фаолиятини давом эттириш билан бир қаторда, матбуот котиби вазифасини ҳам сидқидилдан бажариб келаётган илмий ходимларнинг меҳнати алоҳида эътироф этилди. Бу эса илм-фан ва жамият ўртасидаги мулоқотни янада мустаҳкамлаш, илмий натижаларни кенг оммага етказишдаги масъулиятли меҳнатнинг юксак баҳосидир.
💐 Биз ҳам УзРФА Умумий ва ноорганик кимё институи раҳбарияти ва адмнистрацияси номидан барча журналистлар, матбуот котиблари ва оммавий ахборот воситалари вакилларини касб байрами билан чин қалбдан табриклаймиз!
💫 Сўнгсўз ўрнида кичик бир тарих...
...Баъзан инсоннинг орзулари ўзи кутмаган йўлдан, тақдирнинг туҳфаси ўлароқ ушалар экан...
...Болалигимда журналист бўлишни астойдил орзу қилардим. Хаёт ва тақдирнинг чархпалаги эса мени бутунлай бошқа манзил ва айро йўлдан — илм-фаннинг нурли йўлидан олиб кетди.
...Кимё соҳасида илмий фаолиятимни давом эттирдим, тадқиқотлар билан шуғулландим, аввал кимё фанлари номзоди, сўнга эса фан доктори даражасига, профессор унвонига ҳам эга бўлдим. Ҳалқаро ва маҳаллий қатор лойиҳаларнинг раҳбари сифатида, шунингдек шаклланиб бораётган илмий мактабимга асос солдим...
Аммо тақдир яна бир имконият билан сийлашини ўйлаб ҳам кўрмаган эдим...
...Бугун Фанлар академиясида нафақатбош илмий ходим, балки матбуот котиби сифатида ҳам фаолият юритиб, илм-фан янгиликлари, олимларимизнинг ютуқлари ва инновацион ишланмаларини кенг жамоатчиликка етказиш шарафига муяссар бўлдим.
Оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан ушбу меҳнатим муносиб баҳоланиб, Фанлар академияси Президентининг Ташаккурномаси билан тақдирланганим мен учун катта шараф ва масъулият ҳисобланади.
Бу эътирофни аввало илм-фан тарғиботига бўлган ишонч, шунингдек, биргаликда меҳнат қилаётган устозларим, олимларимиз ва ҳамкасбларимнинг меҳнатига берилган баҳо деб қабул қиламан.
Баъзан орзу айнан ўзи хоҳлаган шаклда эмас, балки ундан ҳам мазмунлироқ кўринишда рўёбга чиқар экан.
"Мен журналист бўлолмадим, деб ўйлардим. Аслида эса ҳаёт мени илм-фан журналистикасига олиб келибди."
💐 Шу фурсатдан фойдаланиб барча журналистлар, матбуот хизмати ходимлари ва оммавий ахборот воситалари вакилларини яна бир бора касб байрами билан чин қалбдан табриклайман! Ижодингиз, қаламингиз ва сўзингиз ҳамиша халқимиз ва Ватанимиз тараққиётига хизмат қилсин.
Илм-фан тарғиботида олимларнинг овозини дунёга эшиттиришдан асло чарчаманг, азиз соҳа вакиллари!!!
😁 UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7❤🔥5🔥4❤2👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IChO_2026 🔤 🔤 🔤 🔤 🔤 🔤 🔤 🔤 🔤
🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿
NUFUZLI XALQARO OLIMPIADA — MARKAZIY OSIYODA ILK BOR O‘ZBEKISTONDA!
📢 Markaziy Osiyo tarixida ilk bor nufuzli 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi mamlakatimizda o‘tkaziladi.
🔰 2026-yil 10-19-iyul kunlari Toshkent shahri
⚡️ Bu nafaqat yosh iqtidorlar uchun katta imkoniyat, balki O‘zbekistonning global ilmiy maydondagi nufuzini yana bir bor namoyon etuvchi muhim voqeadir.
❗️Mazkur olimpiada dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan eng iqtidorli o‘quvchilarni bir maydonga jamlaydi. Ishtirokchilar o‘z bilimlari, mantiqiy tafakkuri va zamonaviy ilmiy yondashuvlari bilan bellashib, ilmiy salohiyatlarini namoyish etadilar.
🇺🇿 O‘zbekiston esa ushbu nufuzli tadbirga mezbonlik qilish orqali nafaqat iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, balki ilm-fan rivoji yo‘lida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashni maqsad qilgan.
www.icho2026.uz/⬅️
😁 UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani.
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
🌐 t.me/unkiuz
😎 Telegram |🌐 Websayt
😎 Facebook |😎 YouTube |😎 Instagram
NUFUZLI XALQARO OLIMPIADA — MARKAZIY OSIYODA ILK BOR O‘ZBEKISTONDA!
⚡️ Bu nafaqat yosh iqtidorlar uchun katta imkoniyat, balki O‘zbekistonning global ilmiy maydondagi nufuzini yana bir bor namoyon etuvchi muhim voqeadir.
❗️Mazkur olimpiada dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan eng iqtidorli o‘quvchilarni bir maydonga jamlaydi. Ishtirokchilar o‘z bilimlari, mantiqiy tafakkuri va zamonaviy ilmiy yondashuvlari bilan bellashib, ilmiy salohiyatlarini namoyish etadilar.
www.icho2026.uz/
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Forwarded from O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlarkuni
#yosholima
Ilm-fan kelajagi: shaffof quyosh panellari uchun yangi materiallar
“Yosh olim” loyihasidan
😎 Telegram |🌐 Websayt
😎 Facebook |😎 YouTube |😎 Instagram
#yosholima
Ilm-fan kelajagi: shaffof quyosh panellari uchun yangi materiallar
Hozirgi og‘ir kremniyli quyosh panellarining o‘rnini bosadigan yengil va shaffof kelajak panellari o‘rnini bosadigan qalayli kopmleks birikmalar bilan ishlaymiz – Pirnazar QADAMBAYEV, FA Umumiy va noorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi
“Yosh olim” loyihasidan
Bizni kuzatib boring👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3👏1
1. Beall's List — Akademik olam qora roʻyxati
Jurnal sayti pastki qismidan asosiy nashriyot (Publisher) nomini topib, uni Beall's List bazasidan qidiring. Agar u roʻyxatda boʻlsa, bu nashriyotdan uzoqroq yuring.
Havola: https://beallslist.net/
2. Saytdagi logotiplarga aslo ishonmang
Soxta jurnallar oʻz veb-sahifasiga Scopus yoki Web of Science logotipini shunchaki rasm qilib qoʻyadi. Jurnal xalqaro standart raqamini (ISSN) oling va rasmiy bazalardan tekshiring:
Web of Science: https://mjl.clarivate.com/
DOAJ: https://doaj.org/
ISSN Portal: https://portal.issn.org/
3. Whois.com — Saytning haqiqiy yoshi
Firibgarlar haqiqiy jurnallar veb-saytini nusxalab (klonlab) olmoqda. Whois.com tizimiga jurnal duminini yozib, uning qachon ochilganiga (Registration Date) qarang. Nufuzli jurnal sayti kecha yoki 3 oy oldin ochilgan boʻlsa, demak u 100 foiz soxta!
Havola: https://www.whois.com/whois/
Xavfli qizil chiroqlar:
Oʻta tezkorlik: Maqolani 3 yoki 5 kunda chiqarish vaʼdasi (haqiqiy taqriz oylab vaqt oladi). Nazorat uchun: https://thinkchecksubmit.org/
Hamma sohadan borligi: Jurnal bir vaqtning oʻzida ham tibbiyot, ham muhandislik, ham adabiyotdan maqola qabul qilsa.
Shubhali aloqa: Rasmiy korporativ pochta oʻrniga ommaviy (@gmail.com) manzildan foydalanilsa.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2🤝1
Sizlar oddiy tajribalarni emas, kelajak texnologiyalarini yaratyapsiz.
Sizlar oddiy moddalarni emas, mamlakatimiz iqtisodiyotining yangi imkoniyatlarini kashf etyapsiz.
Sizlar nafaqat ilmiy natija, balki Yangi O‘zbekistonning intellektual kelajagini barpo etayotgan avlodsiz.
Ishonchimiz komilki, bugungi yosh tadqiqotchilarning bilimga intilishi, izlanishlari va fidokorona mehnati mamlakatimiz ilm-fanini yangi bosqichga olib chiqadi hamda O‘zbekistonning xalqaro ilmiy nufuzini yanada yuksaltiradi.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, tinimsiz ilmiy izlanish, yuksak marralar, xalqaro e’tirof, nufuzli ilmiy nashrlardagi maqolalar, yangi patentlar, innovatsion ishlanmalar va buyuk kashfiyotlar tilaymiz.
30 iyun — Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
Ilmga ishongan yoshlar — millatning eng katta кучи.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish – davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с молодежью по случаю 30 июня – Дня молодежи.
#Mirziyoyev #uchrashuv #yoshlar #muloqot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с молодежью по случаю 30 июня – Дня молодежи.
#Mirziyoyev #uchrashuv #yoshlar #muloqot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X