O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi (Союз композиторов и бастакоров Узбекистана)
464 subscribers
2.44K photos
278 videos
39 files
574 links
Новости Союза композиторов и бастакоров Узбекистана.
Страница www.facebook.com/commus.uz
Сайт www.commus.uz
Download Telegram
to view and join the conversation
#saylov_2021

Bugun O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida saylov oldi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

davomi👇👇👇
Tadbirda O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi Toshkent shahar Siyosiy Kengashi raisi o‘rinbosari BOBUR RASULЕV va Ijroiya Qo‘mitasining Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari ELYOR JO‘RAEV lar ishtirok etib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov oldidan olib borilayotgan jarayon haqida ma'lumot berdilar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi bilan istirokchilarni tanishtirdilar. O‘tgan davr mobaynida Sh.Mirziyoyev boshchiligida barcha sohalar qatorida madaniyat va san'atni, shu jumladan musiqa san'atini rivojlantirishda erishilgan jahonshumul yutuqlar alohida qayd etildi.
Tadbirda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zolari bilan bir qatorda O‘zbekiston badiiy ijodkorlari uyushmasi yoshlari, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda Yu.Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san'ati instituti talabalari faol qatnashdilar.
Kelajakda O‘zLiDeP ga a'zo bo‘lish istagida bo‘lgan yoshlar bilan muntazam uchrashuvlar va tushuntirish ishlarini olib borish hamda hamkorlik doirasini kengaytirish kelishildi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda tadbir qatnashchilari Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga q‘o‘yilgan nomzodini yakdillik bilan qo‘llab-quvvatladilar.

🇺🇿www.facebook.com/commus.uz
🇺🇿www.commus.uz
🇺🇿www.instagram.com/soyuz_kompozitorov_uz/
🇺🇿@unionofcomposers
#Ta'ziya_Z_To'ychiyeva

O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi, kompozitor, dosent, yosh avlodni tarbiyalashda katta hissa qo'shgan ZUMRAT TO‘YCHIYEVA 77 yoshida vafot etdi.

davomi 👇👇👇
ZUMRAT TO‘YCHIYEVA O‘zbekiston musiqa san'atining rivoji va targ‘ibotiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan ustozlardan edi. Z.To‘ychiyeva musiqaning turli janrlarida samarali ijod qilib, keng jamoatchilik e'tiborini qozondi.
Z.To‘ychiyevaning milliy ruh bilan sug‘orilgan asarlari o‘zining jozibadorligi, xalqchilligi, tanlangan mavzusi, rangba-rang obrazlarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Yakkaxonlar, xor va simfonik orkestr uchun "Tabarruk tuproqqa qasida" kantatasi, simfonik orkestr uchun simfoniya, olti qismli xoreografik syuita, "Ayol madhiyasi" (Zulfiya so‘zi), “Farzand mehri” (T.To‘la) balladalari, skripka va fortepiano uchun variasiyali ariyasi, "Sayyoralar kutganida", "Istaysanmi ko‘zingda pari", “Eslaysanmi” kabi romanslari, torli cholg‘ular uchun kvartet, simfonik orkestr uchun "Bayram" uvertyurasi, E.Vohidovning "Nido" dostoniga vokal simfonik turkumi, fortepiano uchun Prelyudiya, “Shodlik raqsi” asarlarini bunga misol keltirishimiz mumkin. Kompozitorning asarlari oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarining konsert va pedagogik repertuarlaridan o‘rin olgan bo‘lib, yosh ijrochilarning professional mahoratini oshishiga, badiiy estetik didini shakllantirishga xizmat qilib kelmoqda. Nashr yuzini ko‘rgan «Polifoniyadan tahliliy mashq va masalalar» o‘quv qo‘llanmasi, «Polifonik sol'fedjio» darsligi esa yosh va malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim manba vazifasini bajarib kelmoqda.
Z.To‘ychiyeva bir necha yillar davomida yosh ijrochilarga bag‘ishlagan "Musiqa olamida" nomli radio va televidenie eshittirishlariga mualliflik qilib, yosh san'atkorlar ijodini keng targ‘ib qildi.
Z.To‘ychiyeva yarim asrdan ortiq pedagoglik faoliyatini olib borib, yosh avlodga musiqa sirlarini o‘rgatishda jonbozlik ko‘rsatdi. R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida bo‘lim boshlig‘i sifatida o‘z bilim va tajribasini o‘quv jarayonini takomillashtirishga, yetuk kadrlar tayyorlashga bag‘ishladi. Bugungi kunda Z.To‘ychiyeva sinfida tahsil olgan mutaxassislar O'zbekiston musiqa san'atini nafaqat respublikamizda, balki jahonda ham targ'ib qilishda, yosh avlodga o'rgatishda o'z hissalarini qo'shmoqdalar. Z.To‘ychiyevaning yorqin xotirasi shogirdlari, hamkasblari yodida abadiy qoladi.

O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi Z.To‘ychiyevaning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi.

🇺🇿www.commus.uz
🇺🇿www.facebook.com/commus.uz
🇺🇿www.instagram.com/soyuz_kompozitorov_uz/
🇺🇿@unionofcomposers
#tabrik_M_Abrorova

MOHINA ABROROVA,
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi magistratura bo‘limi boshlig‘i, "Musiqa tarixi va tanqidi" kafedrasi dosenti v.b., san'atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), musiqashunos.

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!!!


🇺🇿www.facebook.com/commus.uz
🇺🇿www.commus.uz
🇺🇿www.instagram.com/soyuz_kompozitorov_uz/
🇺🇿@unionofcomposers
Ўзбекистон Республикаси Маданият вазирлиги, Ўзбекистон композиторлари ва бастакорлари уюшмаси, Ўзбекистон миллий телерадиокомпанияси, Ўзбекистон миллий ахборот агентлиги, Ўзбек миллий мақом санъати маркази билан ҳамкорликда мақом санъатини янада ривожлантириш ва замонавий бастакорлик ижодиёти анъаналарига сингдириш, мақом намунлари асосида замонавий асарлар яратиш, мақом йўлларида ижод қилиб келаётган бастакорларни кашф этиш ҳамда уларни ҳар томонлама қўллаб қувватлаш ва рағбатлантириш мақсадида
БАСТАКОРЛАР, КОМПОЗИТОРЛАР ҳамда МУСИҚАШУНОСЛАР ўртасида республика кўрик танловлари бўлиб ўтади. Мазкур танлов жорий йилнинг 25-26-27 октябрь кунлари Ўзбекистон композиторлари ва бастакорлари уюшмаси залида бўлиб ўтади.
Хужжатлар жорий йилнинг 20 октябрь кунига қадар қабул қилинади. Танловда иштирок этишни истаган номзодлар Ўзбек миллий мақом санъати маркази ёки Ўзбекистон композиторлари ва бастакорлари уюшмасига қуйидаги хужжатларни тақдим этиши лозим.
1. Яратган асари (асар матни ва нота материали 2 нусхада)
2. Асарнинг ижро этилган (МР3 ёки МР4 ёзилган ) намунаси
3. Номзоднинг 10х15 ўлчовдаги 2 та рангли фото сурати
4. Номзоднинг иштирок этиш бўйича аризаси
5. Номзоднинг паспорт нусхаси
6. Номзодниг маълумотномаси
7. Сўров варақаси
Қўшимча маълумотларни қуйидаги телефон рақамлари орқали мурожаат қилишингиз мумкин.
71-233-20-28
71-286-31-63
71-286-32-65
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 ДИҚҚАТ, ТАНЛОВ!

⚡️Ўзбек миллий мақом санъатини янада ривожлантириш ва замонавий бастакорлик ижодиёти анъаналарига сингдириш, мақом намунлари асосида замонавий асарлар яратиш, мақом йўлларида ижод қилиб келаётган бастакор, композитор ва мусиқашуносларни кашф этиш ҳамда уларни ҳар томонлама қўллаб қувватлаш ва рағбатлантириш мақсадида бастакорлар, композиторлар, мусиқашунослар ўртасида республика кўрик-танловлари бўлиб ўтади.

📆 Ушбу танловлар жорий йилнинг 25-26-27 октябрь кунлари Ўзбекистон композиторлари ва бастакорлари уюшмаси залида ўтказилади.

❗️Танловда иштирок этишни истаганлар жорий йилнинг 20 октябрь кунига қадар ўз ижод намуналари ва ҳужжатларини топширишлари сўралади.

⌛️Шошилинг, фурсат оз қолди. Бундай имкониятни бой берманг!

📞 Мурожаат учун телефонлар:
71-233-20-28; 71-286-31-63; 71-286-32-65

👉🏻 Ахборот ҳамкори

🇺🇿www.facebook.com/commus.uz
🇺🇿www.commus.uz
🇺🇿www.instagram.com/soyuz_kompozitorov_uz/
🇺🇿@unionofcomposers
#So'z_ohang_va_tasvir
#O'zbek_tili_bayrami

Aziz san'at shaydolari!

Sizlarni O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan Ijodiy uyushmalar "Do'stlar klubi"ning "So'z, ohang va tasvir" turkum tadbirlari doirasida o'zbek tili bayrami kuniga bag'ishlangan ijodiy uchrashuvga taklif etamiz.

Tadbir 19 oktabr, soat 11.00 da O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining Konsert zalida bo'lib o'tadi.

Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Ya.G'ulomov ko'chasi, 69 uy.

Ma'lumot uchun telefon:
71 233-08-67

🇺🇿www.facebook.com/commus.uz
🇺🇿www.commus.uz
🇺🇿www.instagram.com/soyuz_kompozitorov_uz/
🇺🇿@unionofcomposers
#tabrik_M_Husanov

MIRABZAL HUSANOV,
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi, "Shuhrat" medali sohibi, misiqa sayqallovchi, bastakor.

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!!!


🇺🇿www.facebook.com/commus.uz
🇺🇿www.commus.uz
🇺🇿www.instagram.com/soyuz_kompozitorov_uz/
🇺🇿@unionofcomposers
#tabrik_Sh_Yormatov

SHERMAT YORMATOV,
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi, O‘zbekiston xalq artisti, "Sog'lom avlod uchun" hamda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari sohibi, ustoz san'atkor, bastakor.

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!!!


🇺🇿www.facebook.com/commus.uz
🇺🇿www.commus.uz
🇺🇿www.instagram.com/soyuz_kompozitorov_uz/
🇺🇿@unionofcomposers
Ўзбекистон давлат консерваторияси ҳузуридаги Ботир Зокиров номидаги Миллий эстрада санъати институтини ташкил этиш тўғрисида

📍 https://uza.uz/uz/posts/311518

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор