UNICEF Uzbekistan
2.54K subscribers
4.34K photos
453 videos
1.48K links
UNICEF Uzbekistan rasmiy Telegram kanali

📞 +99878 148 02 00
📍Istiqlol ko'chasi, 51

🌐 www.unicef.uz
▫️fb.com/unicefuzb
▫️twitter.com/unicef_uzb
▫️instagram.com/unicefuzbekistan
▫️youtube.com/@unicefuzb/videos
Download Telegram
📌Toshkentlik Zebiniso bilan tanishing, u 15 yoshda.

👧🏻Yosh bo’lishiga qaramay Zebiniso badiiy gimnastika bo‘yicha sport ustasi. U o‘zbek, rus, ingliz, xitoy va koreys tillarida erkin so‘zlashadi. Zebiniso yaqinda Pragadagi Karlov universiteti qoshidagi yozgi biznes maktabida o'qish uchun grantga ega bo’ldi. Shunungdek, u qizlar uchun bir nechta IT va STEM dasturlari ishtirokchisi va g‘olibidir.

🛰Bu yil Zebiniso 19 nafar o‘zbekistonlik qizlar bilan birgalikda nanoyo‘ldosh qurib, uni stratosferaga uchirdi.

#YoshYetakchilar
#YouthLead

@unicefuzbekistan
Facebook | Instagram | Twitter
2019-yilda Orol dengizi tubiga saksovul ekadigan robot prototipini ishlab chiqqan Rustamni eslaysizmi? 👉🔗https://www.unicef.org/uzbekistan/dream-of-aral-sea-redemption

O’shandan so’ng Rustam bir nechta grantlarni qo'lga kiritdi va bu unga robot ustida ishlarni to'liq yakunlashga yordam berdi. Bundan tashqari, Rustam Qoraqalpog‘iston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi texnopark direktori bo‘ldi.

#YoshYetakchilar
#YouthLead

@unicefuzbekistan
Facebook | Instagram | Twitter
👧🏻Tug‘ma ko‘rish nogironligi bo’lgan 24 yoshli Bagilash ismli qiz bilan tanishing. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidan. Bagilash uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Bugun esa u Nukus davlat pedagogika institutida logoped-defektolog ixtisosligi bo’yicha 3-bosqich talabasi.

Bagilash nogironligi bo’lgan bolalar orasida savodxonlik darajasi pastligidan xavotirda. Ustozi Do‘snazar Brayl alifbosini o‘rgatib, unga ko‘plab eshiklarni ochganini eslar ekan, Bagilash Qo‘ng‘irot tumanidagi ko‘zi ojiz bolalar va kattalarga Brayl alifbosi va boshqa ko‘nikmalarni o‘rgatmoqda, hayotda o‘z yo’lini topislarida ularga yordam bermoqda.

#YoshYetakchilar
#YouthLead

@unicefuzbekistan
Facebook | Instagram | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧍🏻🧍🏻 Islombek Aynazarov va Berik Kaldibayev Qoraqalpog'iston Respublikasi Bozatau viloyatida istiqomat qilishadi. Bir yil oldin bu yoshlar og'ir hayotiy vaziyatda edilar. Ular na o’qishar edi, na ishlashar edi.

2022-yil mart oyida ImkonLab dasturida ishtirok etish orqali Islombek va Berik oʻzlarining ijtimoiy va tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirdilar, tadbirkorlik gʻoyasini amalga oshirish uchun boshlangʻich kapital 💵 va murabbiylar koʻmagini oldilar.

Bugungi kunda ular parrandalar uchun yuqori kaloriyali omuxta yem ishlab chiqarishadi 🐓🦃, pul ishlab topib, o'z jamiyatlariga yordam berishadi. Shuningdek, Islombek va Berikning loyihasi UNICEFning “Generation Unlimited” global yoshlar innovatsion tanlovida 71 jamoa ichidan eng yaxshi 30 talikdan joy oldi. 👏🏼 👏🏼 👏🏼

#YoshYetakchilar #GenerationUnlimited
#OrolDengiziXalqaroInnovatsionMarkazi (IICAS)

***

Qoraqalpogʻistonda dastur 🇫🇮, 🇪🇺, 🇳🇴, 🇰🇷, 🇺🇿 hukumatlari va Alwaleed Philanthropies xayriya tashkiloti yordamida BMTning Oʻzbekistonning Orolboʻyi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast fondi tomonidan moliyalashtiriladi.

@unicefuzbekistan
Facebook | Instagram | Twitter