Ulug'bek Creative🚀
325 subscribers
126 photos
25 videos
3 files
161 links
Kreativ, Startaplar, Texnologiyalar va dunyoni birozgina yaxshilash haqida shaxsiy kanal

Instagram : ulugbek_creative
Web-site : ulugbek.uz
Download Telegram
Forwarded from Nuruddin Blogs
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bugungisi

Startaplar otasi Paul Grahamdan:

Magnit markazi: Nima uchun startaplarga Silikon vodiysi kerak (va Stokholm qanday qilib gullab-yashnashi mumkin)

Agar siz shijoatli startap asoschisi bo‘lsangiz, Silikon vodiysiga borishingiz shart. 1870-yilda Parij rassomchilik, 1950-yilda esa Gollivud kino bo‘yicha jahon markazi bo‘lgani kabi, bugungi kunda Silikon vodiysi startaplar uchun shubhasiz markazdir.

Markazga ko‘chib o‘tsangiz, aynan quyidagilarga ega bo‘lasiz:

• Iste’dodlarning hayratlanarli darajadagi jamlanmasi: Siz eng kuchli tengdoshlar davrasiga va ulkan, yuqori malakali kadrlar zaxirasiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
• Hayotingizni o‘zgartirib yuboradigan kutilmagan imkoniyatlar: Shijoatli odamlar bilan yuz beradigan son-sanoqsiz tasodifiy uchrashuvlar ko‘pincha kelajagingizni o‘zgartirib yuboradigan juda qimmatli aloqalarga sabab bo‘ladi.
• Tezlik va shiddat: Bu yerda ishlar ancha tez bitadi, chunki odamlar o‘ziga ishongan va qat’iyatli. Kuchli raqobat tufayli Silikon vodiysi investorlari moliyalashtirish qarorlarini yevropalik(balki O'zbekistonlik ham) hamkasblariga qaraganda ancha tezroq qabul qiladi.
• "Yaxshilikni ulashish" madaniyati: Vodiy ahli hech qanday sababsiz o‘ta yordamsevar bo‘ladi. Bu — muvaffaqiyatli insonlarning notanish startapchilarga hisobini qilmay va evaziga biror narsa kutmay doimiy ravishda yordam berishidan iborat 60 yillik an’anadir.
• Muvaffaqiyatga real baho berish: O‘zingizni muvaffaqiyatli startapchilar yoki “katta baliqlar” bilan solishtirganingizda, ular sizdan butunlay boshqa bir toifa emasligini anglaysiz. Bu yuqori marrani belgilab, ulkan muvaffaqiyat erishib bo‘lmas, shunchaki o‘ta mashaqqatli maqsad ekanini isbotlaydi.
• Bir zumda mahalliy obro‘ qozonish: Ajablanarlisi shundaki, Silicon Vodiysiga ko‘chib o‘tishingiz o‘z yurtingizdagi investorlar nazarida maqomingizni o‘z-o‘zidan ko‘taradi. Vaholanki, ular Silikon vodiysi qiziqish bildirmagunicha mahalliy startaplarga ko‘pincha e’tibor bermaydi.


Stokholm kabi shahar qanday qilib gullab-yashnayotgan startap markaziga aylanishi mumkin?

Mahalliy startapchilar o‘z vatanlaridagi ekotizimga yordam berish uchun qila oladigan eng yaxshi ish — bir muddat Silikon vodiysiga borib, so‘ngra ortga qaytishdir. “Y Combinator” kabi dasturlar o‘ta konsentratsiyalashgan “super vodiy” vazifasini o‘tab, startapchilarga atigi to‘rt-olti oy ichida ekotizimga to‘liq sho‘ng‘ish imkonini beradi.

Vatanga qaytgan startapchilar Silikon vodiysining yuqori ishonchga asoslangan madaniyatini olib keladi, AQSH investorlari sarmoyasini jalb qiladi va mahalliy startaplarning o‘rtacha sifatini oshiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, vataniga qaytgan startaplarning “yakkashox” maqomiga erishish ehtimoli deyarli ikki baravar past bo‘lsa-da, farzandlarni qayerda voyaga yetkazish kabi shaxsiy sabablarga ko‘ra bu ko‘pincha oltin o'rtalikdir. Qolaversa, Silikon vodiysidagi milliarder erishgan natijaning yarmiga erishish ham aqlbovar qilmas moliyaviy yutuqdir.

Nihoyat, "Yevropaning Silikon vodiysi" unvoni hali ham ochiq. Shaharning muvaffaqiyatga erishishi uchun startapchilar haqiqatan ham yashashni istaydigan joy bo‘lishi va yetarli darajada iste’dodlarni to‘play olishi kifoya. Axir, asl Silikon vodiysi ham 1955-yilda Kaliforniyaning Mauntin-Vyu shahrida paydo bo‘lgan — o‘sha paytda u shunchaki kichik, chekka bir joy edi.

Bu gaplar aslida Stokgolm va Silikon vodiysi haqida bo'lsa ham, bu yerdan O'zbek faunderlari uchun kerakli insaytlarni olsak bo'ladi deb o'ylayman. Paul akani aytmoqchi gapi, Silikon vodiysiga hech bo'lmasa borib, birozgina yashash ham sizni hayotingizni o'zgartirishi mumkin.

Videoni Youtubeda ko'rish: https://youtu.be/QHJkUw31YX8

@nuruddinblogs
👍5
Nuruddin Blogs
#Bugungisi Startaplar otasi Paul Grahamdan: Magnit markazi: Nima uchun startaplarga Silikon vodiysi kerak (va Stokholm qanday qilib gullab-yashnashi mumkin) Agar siz shijoatli startap asoschisi bo‘lsangiz, Silikon vodiysiga borishingiz shart. 1870-yilda…
Videoni to'liq ko'rishni tavsiya qilaman.

Kremniy vodiysiga borgan odam "Zaxarlanib" nimadir olib qaytadi o'zi bilan, eng kichik detallardan boshlab, vibegacha.
Zuckerberg Kremniy vodiysiga bormaganda Facebook hozirgidek bo'lmas edi, Sardor New-Yorkdan SFga ko'chmaganida katta ehtimol YCning hozirgi Batchida bo'lmasdi.
Yanada yaxshi hikoyalar bor aslida atrofimizda Kremniy vodiysi bilan bog'liq)

Toshkent, balki Toshkentda boshqa joyda bo'lsa ham aqlli insonlar, iqtidorlar, yoshlar, bir biriga shartsiz yordam beradigan katta massa shakllansa O'zbekistonni ham to'xtatib bo'lmaydi harakatdan.Hozir shunga harakatlar to'xtovsiz ketayabdi.

Har shanba biz ham @Uzcombinator da har bir asoschiga savol beramiz "Biz qanday yordam bera olamiz?" Evaziga o'sadigan, "yorvoreyshn" startaplar, to'xtatib bo'lmas asoschilar ko'paysa bo'ldi.

@nuruddinblogs video va post uchun rahmat.

@ulugbekcreative
👍1🔥1
Duolingoda 431 kun.

Woow ko’rinishi mumkin, asl haqiqat achinarli doimo atigi 1 yoki 2 ta vazifa bajarish, undan ham yomoni osonroq topshiriqni qaytarib kunni uzaytirish asosidagi 431 kun.
Va bugundan endi kundan ham muhimroq darajani o’ta tez ko’tarish muhim.

Shu xulosa boshqalar uchun ham foydali :
Bitta ishni har kun bir xil qilib katta natija kutib bo’lmaydi, chuqurlashmaslik teng o’rtachalikka.
O’rtachalik esa sizni ham kaminani ham qoniqtirmaydi⚡️

@ulugbekcreative
42👍1
Tungi soat 12dan o’tgan.
Mana bu ikkita 14 yoshli yigitlar Uzcombinatorning #Buildathon ida ishtirok etib tunni UzCombinatorda o’tkazishdi😍

Azizbek Eshimov Samarqanddan kelgan faqat shu kun uchun😎
Islombekning esa birinchi kelishi emas avval ham UzCombinatorga kelgan.
14 yoshli shu ukalarimga rahmat o’z ustida shunday ishlayotgani uchun.

14yoshlilarga ilhom manbai esa Elon Musk emas balki UzCombinator birinchi batchi asoschilaridan biri 12yoshli Bunyod bo’lganini eshitib 100X xursand bo’ldik.

Siz ham o’g’il-qiz, jiyanlar bo’lsa startup haqida qiziqtirib ko’ringlar🚀

Surat aynan tungi 12dan. Ikkala 14 yoshlilar ham Linkedin ochib olishgan profillari ismlariga bosganingizda chiqadi.

@ulugbekcreative
🔥51
Tanishing - Azizjon 19 yoshli SFda yashayotgan Roatify startapi asoschisi, Azizjon 16-maydagi YC Hackatonida g'olib bo'lib Garry Tan bilan 1:1 sessiyada ishtirok etibdi. Garry uni eslab qolgani aniq.

SFda Azizjon bilan ko'rishib fikr almashgandik ajoyib pozitiv yigit. O'zbek asoschilari qancha ko'p bo'lsa qaynayotgan qozonga yaqin yursa yoki uning ichida qaynasa ko'plab muvaffaqiyatli keyslar chiqib kelaveradi.

Bizda kattalar qatori kelayotgan 14-15 yoshli kichik asoschilar ham 18-19 yoshida global yechimlar qilishlari uchun ishlashda davom etamiz. Azizjonni esa Linkedinda kuzatib boring.

@ulugbekcreative
👍9🔥1
Erik Yorgensenning "Naval Ravikant Almanaxi" ni o'qishni boshladim. 27-29 betlarida ta'sirli, o'ylash, bosh qotirish uchun yo'nalish beradigan fikrlarni o'qib, orasidan o'zimga eslatma bo'ladiganlarini shu yerda qoldiraman.

"Jamiyat xohlaydigan, lekin hali qanday qo‘lga kiritishni bilmaydigan narsani keng miqyosida taqdim etish orqali boylikka erishasiz"

"Sotish va qurishni o‘rganing. Agar ikkalasini ham qila olsangiz, sizni hech narsa to'xtata olmaydi."

"Xususiy bilim o‘zlashtirish sizga o‘yindek, boshqalarga mehnatdek ko‘rinadi"

"Agar kod yozishni bilmasang, kitob va bloglar yozing, video ham podkastlar chiqaring"

"Bir soatlik vaqtingizni o‘zingiz istagan narxda shaxsiy ish haqingiz sifatida baholang va uni amalda tatbiq eting. Agar biror muammoni hal etish sizga shu soatbay ish haqingizdan kamroq pul keltirsa, vaqt sarflamang.Agar kimdir bu ishni sizning vaqt qiymatingizdan arzonroqqa bajara olsa, uni boshqalarga qildiring."

"Qo‘lingizdan kelgancha qattiq mehnat qiling.Biroq kim bilan va nimaning ustida ishlayotganingiz qanchalik qattiq ishlayotganingizdan ahamiyatliroqligini yodda tuting."

Kimga foydali desangiz shu insonlarga yuboring.

@ulugbekcreative
🔥94👍32
2026-yil birinchi choragi startap dunyosi uchun qanday o'tdi?

2026-yilning birinchi choragi venchur kapital tarixidagi eng yirik chorak bo'ldi.Dunyo bo'ylab startaplarga $297 milliard investitsiya qilindi — bu o'tgan chorakdan 2,5 baravar ko'p va 2019-yilgacha bo'lgan har qanday YIL ko'rsatkichidan yuqori. KPMG ma'lumotiga ko'ra esa, umumiy summa $330,9 mlrd ga yetgan.
Ayniqsa AI — kapitalni "yutib yuborgan"

Birinchi chorakda AI kompaniyalarga 242 Mlrd AQSh dollari investitsiya qilingan.Bu umumiy investitsiyalarning 80% degani, eslash uchun 2025-yilda bu ko'rsatkich 55% bo'lgan.Endi kelishuvlarga kelsak hammasi tushunarli bo'ladi.

1) OpenAI — $122 mlrd (Nvidia, Amazon, Softbank)
2) Anthropic - $ 30 mlrd
3) xAI - $ 20 mlrd
4) Waymo - $ 16 mlrd
5) Databricks - $ 7 mlrd
6) Polymarket - $ 2.6 mlrd
7) Shield AI - $ 2.3 mlrd
8) Nscale - $ 2 mlrd
9) Saronic Technologies - $ 1.75 $ mlrd
10) Skild AI - $ 1.4 mlrd


Unicornlar haqida og'zimiz to'lib gaplashardik, Karl investitsiyalarni qara o'zi hammasi milliarddan oshiq)
O'zimga Uyga vazifa : Shu ro'yxatdan o'zim bilmagan startaplarni o'rganish.Annaqisa uy vazifamga sherik bo'ling) bo'lishsangiz ham bo'ladi.

@ulugbekcreative
👍43
#TungiPost
Bugun ham ancha startaplar bilan "ochiqchasiga" gaplashdik.

Startaplardagi kelajakdagi o'ziga, startapiga ishonchi borligi qandaydir romantikasi yoqadi.Lekin kundalik vaziyatlarda biznesni, tashkilotni boshqarish kutilmagan vaziyatlarga, ko'tarilish va tushishlarga boy bo'ladi.

Ichki jamoaviy kelishmovchiliklar, deadlinelar buzulishi, foydalanuvchilar ma'lumotlari o'chib ketishi, moliyaviy hisob-kitoblar.Shunday vaqtlarda bulardan drama yasash, aybdor qidirish va negativ yaratish ham yoki chin ma'noda xatolardan o'rganish ham rahbarlarning qo'lida.

Founder boshlang'ich bosqichda ilk jamoasi bilan ishlayotganda ayniqsa tushunarli, muloqotga asoslangan, muammolarni emas ularning yechimlarini topishga vaqt sarflaydigan jamoa qurishni o'rganishi lozim.

Kaminada ham bugun juda ko'plab stresslar, boshog'riqlar bo'ldi.Ko'p o'rganishga to'g'ri keldi.Lekin shu muammolar bizga ustoz bo'ladi, o'rganamiz, o'samiz.

Fail or succeed productively.

@ulugbekcreative
63🔥1
Trekshnsiz ham investitsiya qilsa bo'ladi!?
(Mehmonning javobi qisqa va aniq bo'ldi, ko'rsangiz tushunasiz)

Audum aka uzoq yillik tajribaga ega investor va TechStars ning bizning hududlarga ma'sul odami, bundan tashqari Techstars ning asosiy saralashlarida ham ishtirok etadigan muhim brolardan.

Unga Asoschilarga foydali bo'ladigan javoblarni olish uchun ko'plab savollar berdim, javoblari aniq va o'ta tushunarli bo'ldi.
Siz ham Founders Cafening yangi sonini ko'rib yanada rivojlaning, boshqa asoschilarga ham bo'lishing.

Mehmon uchun UzVC va Hackconnectga rahmat.

@ulugbekcreative
4🤩1
Afrika qit'asida 9ta unicorn bor.

Afrika deganda National Geographic ning videolari hayolga keladi.Boshqa tarafdan esa taqvimda 2026-yil bo'lib turganda Afrikada ahvol qanday startaplar bo'yicha? degan savol keldi.Qisqacha natijalarni pastda o'qishingiz mumkin.

Andela (Nigeriya) - yagona Fintech bo'lmagan Yakkashox.
dasturchilar va injinerlarni global kompaniyalar bilan bog'lovchi platforma.

Qolgan sakkiztasi Fintech kompaniyalar :
lutterwave (Nigeriya) — 3 B bozor qiymati Afrikaning eng qimmat fintex kompaniyasi; global savdo uchun to'lov infratuzilmasini taqdim etadi.
Interswitch (Nigeriya) — 2002-yilda tashkil etilgan, Afrikaning eng eski unikorni; raqamli to'lov va bank tranzaksiyalarini qayta ishlash xizmatlarini taqdim etadi.(O'zimizni Paynetdek qadimiy)
OPay (Nigeriya) — mobil to'lov platformasi.
Moniepoint (Nigeriya) — 2024-yil oktyabrida 110 million dollar jalb qilib unicorn statusiga erishdi.
Wave (Senegal) — mobil pul o'tkazmalari.
Chipper Cash — 1,25 milliard dollar bozor qiymatiga ega; chegaralararo pul o'tkazmalarini soddalashtirish bilan boshlangan. (Paysend sifat)
MNT-Halan (Misr) — Shimoliy Afrikaning yagona unicorni.
Tyme / TymeBank (Janubiy Afrika) — raqamli bank.

Asosan Nigeriya startaplari bozor hajmiga evaziga yakkashox darajasiga chiqishgan.Wikipedia sahifasida 242 000 000 aholi deb ko'rsatilgan. (6.36 ta O'zbekiston aholisi) Lagos esa 5ta Unicorn kindik qoni to'kilgan shahar.

O'zi Afrikada 51ta davlat bo'lgani bilan startaplar bo'yicha katta 4lik o'rganish uchun asosiy mavzu :
- Nigeriya
- JAR
- Keniya
- Misr

Nega? Yana asosiy sabab aholi soni, Afrikaning 30% + aholisi shu 4ta davlatda istiqomat qiladi.

Ma'lumotlar ko'p, o'zingiz ham so'rab o'rgansangiz bo'ladi (Gemini, GPTlar tayyor).Gap boshqa joyda Afrikaning o'sib kelayotgan bozoriga bizning asoschilar qanday yechim berishi, yoki mavjud startaplarning qaysilari shu bozorlarga kira oladi?

@ulugbekcreative
🔥5
Kuchli jamoadoshlar qidirayabmiz. Shu postda batafsil yozdim.

Lekin boshqa savol, Kuchli jamoa nima u?
O'z sohasining kuchlilarimi? Jamoa katta nomlar haqidami?
Yoki kuchli Prolarning bir maqsad yo'lida ishlashimi?
O'tgan 5kunlik dam olish kunlarida raqamli detox qilib shu mavzu ustida kunlarni o'tqazdim, tunlari kontentlar ko'rdim youtubedan.

"A darajadagi odamlar A darajadagi odamlarni ishga oladi."
Birinchi fikringiz kuchli odamlar kuchli odamlarni ishga oladi degan fikr bo'ldimi?
Agar o‘rtacha darajadagi xodimlarni ishga olishni boshlasangiz, vaqt o‘tishi bilan butun jamoa o‘rtachaga aylanadi.
O'rtacha orzular, o'rtacha maqsadlar, o'rtacha harakat.Bunaqasi har holda bizga kerak emas.
Misol uchun Appleda ishga yollash bo'yicha o'rganganim shu bo'ldi, kimdir ishga kirmoqchimi, miyada bitta sovuq majlis qilishim kerak bitta savol bilan :
"Bu odam jamoamizning umumiy darajasini oshiradimi?"
Bu xuddi FC26 da 91 reytingli o'yinchini olib kelib jamoaning umumiy kuchini ko'targandek tushunarli bo'lishi qanchalik imkoni bor? Mehnat bozorining na FC26 si bor, na Transfermarketi.Chiroyli CVlar va katta nomlar ko'p shovqin beradi.Kim ishga olib ko'rgan bo'lsa biladi.

Hop PRO bo'lsa shu yetarlimi? YO'O'O'Q!
Yaxshi mutaxassisni o‘qitish mumkin.
Lekin noto‘g‘ri mentalitetga ega odam butun jamoani zaharlashi mumkin. Amazoncha usulda ishga olsak bu yanada qiyin, yani insonning PROligidan tashqari sizning madaniyatingizga tushadimi? Demak PRO hali jamoa madaniyatiga mos bo'lishi kerak.
- Ma'suliyat oladimi o'ziga?
-Xatolarni qanday tan oladi?
-Bosim ostida qanday ishlaydi?
Misol yaqin kunlarda bir iqtidorli jamoamiz vakili xato qildi, lekin uni tan olgunicha ancha muloqot qilishga to'g'ri keldi, xato qildingizmi "Bu meni xatoim, hozir to'g'rilayman yoki allaqachon to'grila bo'ldim" degan variantlarni istaydi bu g'arib ko'ngil.

Netflix haqida kitobni mazza qilib o'qiganman, ayniqsa u insaydercha variant bo'lgani uchun, ular kuchli jamoani qanday qurishgan :
"Adequate performance gets a generous severance." shu gap ham sabablardan biri, yani "O‘rtacha natija yetarli emas!"
Rahbar yoki Yetakchi sifatida o'rganganimni sizga ham bo'lishaman , kimdir ishdan ketaman deganda qo'l keladi:
Agar bu xodim bugun ketmoqchi bo‘lsa, uni qolishga harakat qilarmidim? Agar javob "yo‘q" bo‘lsa, muammo bor. Zo'r natija olib keladigan jamoadoshingiz ketishiga yo'l qo'ymaysiz.

Tez o'rganish haqida Microsoft tajribasidan, hozir davr juda tez, avval Retrospektiv qarab kim aqlli? shuni ishga olamiz deyilgan bo'lsa, hozir savol boshqa "Kim tez O'rgana oladi?"
Natijada "know-it-all" emas, "learn-it-all" madaniyati shakllandi.Hozir tez o'rganmas shuning o'zi katta signal jamoadishingiz haqida.
Shu sabablidir emaillarda, jamoaviy ushrashuvlarda "Siz bu hafta nimani o'rgandingiz?" degan savol jamoa nomli kema qanday ketayotganini aniqlashda muhim o'rin tutar.Avval nimalarni bilganingiz hozir yordam bermasligi mumkin bo'lgan davrda yashayabmiz.

Menga Founders Cafe media loyihamizdagi bitta video juda yoqadi unda Elon Musk "Yanada Tezroq qilish" mumkinligi haqida gapiradi, bu mavzuda lekin Meta ning boshqaruvi bizga namuna bo'ladi, Mark jamoasining barcha a'zolariga "Tez harakat qiling." der ekan, Shu sababli ham Meta korporatsiya o'laroq Startapcha madaniyatda yashaydigan kompaniya bo'lib qolaveradi, tartib oddiy : Mukammal qaror kutib o‘tirmang.
Ma'lumot yig‘ing->Sinang->O‘lchang->Xulosa qiling.
Har bir loyiha uchun:
70% ma'lumot yetarlimi?
Ha bo‘lsa, qaror qabul qiling.
100% aniqlikni kutish ko‘pincha vaqtni yo‘qotadi.

Shularni hammasini birlashtirib yozayotgan inshoimdan bir xulosa qilishga jur'at qildim, balki bu xulosa tugal haqiqat emasdur :
Kuchli jamoa = Kuchli odamlar + To‘g‘ri madaniyat + Yuqori standart + Doimiy o‘rganish + Tez ijro.

Eng qiziq fikr egasini Founders Cafe'da qahvaga taklif qilaman, fikrlaringiz qiziq, lozim topgan joyingizda bo'lishing, yana kimdir mendek shu g'oyalar atrofida yurgandir.
Kuchli jamoa qurish talabini miyasidan chiqarmayotgan va buning qanchalik qudratli kuchligini yanada anglab yetayotgan
@ulugbekcreative
🔥64👍4
Suhbatimiz San-Fransiskoga ko'chib ketishga yana bitta bahona qidirayotganlarga, Startap asoschilariga qiziq bo'ladi.

Yasinning energiyasi, katta g'oyalar haqida fikrlashi va buni amalda qilishning imkoniyatlari haqida g'oyalar almashish juda zavqli jarayon.
Toshkentdami yoki San-Fransiskoda yuqorida tempda ko'plab g'oyalarni muhokama qilib ketaveramiz, lekin bu kontent ko'rinishida qolmaydi.
Shuni birozgina to'g'rilash uchun Yasin broni Founders Cafega taklif qildik.
Aytishim kerak-ki Yasin tungi 11da vaqt topib ushbu podcastga kelishga vaqt topdi, buni juda qadrlayman bro.
Hali hamkorlikda haqiqatda katta o'zgarishlarga sababchi bo'lamiz xudo xohlasa.

Videoni tomosha qilib, asoschilarga ulashib qo'ying.

@ulugbekcreative
8👍3
Nega biz tush ko‘ramiz?

Bir hafta avval jamoa bilan tush buyurtma qilsa bo'ladigan startup qilish qanchalik real mavzusida boshqotirdik, bozorda bor takliflarni ko'rib chiqdik, o'shanda shu mavzuga ancha qiziqib qolib bir maqolaga ko'zim tushgandi, shuni bo'lishaman.

Stenford neyrobiologi David Eagleman qiziq nazariyani ilgari suradi: tushlar shunchaki yashirin istaklar yoki kun davomida yig‘ilgan xotiralarni tartibga solish emas. Uning fikricha, tushlarning eng muhim vazifalaridan biri — miyadagi ko‘rish markazini “himoya qilish”.

Miya juda raqobatbardosh tizim. Agar biror soha uzoq vaqt ishlamay qolsa, qo‘shni sohalar uni o‘z vazifalari uchun egallay boshlaydi. Masalan, odamning ko‘zlari bir muddat bog‘lab qo‘yilsa, ko‘rish po‘stlog‘i tez orada tovush va teginish signallarini qayta ishlashga kirishishi mumkin.
Endi tasavvur qiling: har kecha biz ko‘zimizni yumamiz va ko‘rish tizimi bir necha soat tashqi signallarsiz qoladi. Agar miya hech narsa qilmasa, ko‘rish markazi boshqa sezgilar tomonidan “egallanishi” mumkin edi. Iglman nazariyasiga ko‘ra, aynan tushlar shu hududni band qilib turadi.

REM uyqu fazasida miya ko‘rish po‘stlog‘iga maxsus signallar yuboradi. Natijada biz rangli, jonli, ba’zan g‘alati va mantiqsiz tasvirlarni ko‘ramiz. Ya’ni tush — maqsad emas, balki ko‘rish tizimini faol saqlab turuvchi mexanizmning yon mahsuli bo‘lishi mumkin.
Bu nazariya yana bir narsani tushuntiradi: nega tushlar asosan vizual bo‘ladi? Biz tushlarni hid, ta’m yoki faqat tovush shaklida emas, ko‘proq tasvirlar orqali boshdan kechiramiz. Chunki qorong‘ilikda eng ko‘p xavf ostida qoladigan sezgi — aynan ko‘rish.

Bolalarda REM uyqu kattalarga qaraganda ko‘proq bo‘lishi ham shu bilan bog‘lanadi: ularning miyasi juda plastik, ya’ni tez o‘zgaruvchan. Shuning uchun ko‘rish markazini “himoya qilish” ularda yanada muhimroq bo‘lishi mumkin.

Xulosa shuki, tushlar har doim ham chuqur ramziy ma’no anglatmasligi mumkin. Balki ular miyamizning ichki “ekran saqlagichi”dir — biz uxlayotganimizda ham ko‘rish tizimini faol saqlab, uning o‘z vazifasini yo‘qotib qo‘ymasligi uchun ishlaydigan tabiiy himoya mexanizmi.

Qiziq nazariya ekan.Ko'rish tizimini himoya qilgandagi random tasvirlarni replace qilish mumkindir😁

@ulugbek_creative
6🔥4
Trillioner! Albatta ulushlari qiymati evaziga.Bu yangi planka!
Forwarded from davletovuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Илон Маск SpaceX компанияси ўз акцияларини биржада бирламчи жойлаштирганидан сўнг дунёдаги биринчи триллионерга айланибди. IPO’дан кейин SpaceX қиймати 1,7 трлн долларга, Маскнинг бойлиги эса 1,1 трлн долларга етди.

Унинг бойлигининг асосий қисмини SpaceX’даги тахминан 866 млрд долларга баҳоланаётган улуши ташкил этади. Маскнинг қолган активлари Tesla, X ижтимоий тармоғи ва Neuralink компаниялари билан боғлиқ.

Видео AI-generated таржима, WSJ
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko'pchilik tushida uchgan bo'lsa kerak, endi bu imkoniyat Google Earth da bor.

Google Earth'da endi haqiqiy uchuvchiga aylansa bo'ladi — xizmatga aviasimulyator rejimi qo'shildi. Eng qizig'i, hech narsa o'rnatish shart emas, hammasi brauzerning o'zida ishlaydi.

Kompaniya buni hozircha eksperiment sifatida ishga tushirganini aytdi. Rejim samolyot boshqaruvini taqlid qiladi, lekin uchish fizikasi biroz soddalashtirilgan — ya'ni haqiqiy trenajyor darajasidagi murakkablikni kutmaslik kerak, ko'proq "ko'ngilochar" tomoni kuchli.

Ishga tushirish ham oddiy. Google Earth'ning bosh sahifasida "Xizmatni o'rganish" tugmasini bosasiz, so'ng xaritada o'zingizga kerakli joyga o'tib olasiz va "Instruments " bo'limidan "Uchish imitatsiyasi"ni tanlaysiz. Tamom — ko'k osmonga chiqib ketaverasiz.

Uchish paytida binolar va relyefning uch o'lchamli modellari real vaqtda yuklanib boradi. Eng chiroyli manzara, tabiiyki, 3D rejim qo'llab-quvvatlanadigan shaharlarda — masalan, skrinshotdagidek katta metropoliyalar ustida. Faqat bir nuyans bor: internet tezligi past bo'lsa, model yuklanishida kechikishlar bo'lishi mumkin, buni Google ham oldindan ogohlantirib qo'ygan.

Qisqasi, ish-tashvishdan charchaganda shaharlar ustidan parvoz qilib, biroz dam olish uchun ajoyib imkoniyat. 🛩️

Google injinerlari bekor qolsa shunaqa yangiliklar qilib turishadi😅

Uchib ko'ringlar.

@ulugbekcreative
4👍2
ChatGPT yoki Claude?

Bir vaqtni o'zida ham ChatGPT, ham Claude ham Gemini ishlatayotganlar bordur kamina kabi. Hozir asosiy favarit Claude nimasi bilan ChatGPTdan farq qilishini o'rganish vaqti. O'zim ham Droider tayyorlagan videoni to'liq diqqat bilan tomosha qildim. Siz ham ko'rishingiz kerak deb o'yladim. Dunyoqarashingiz bir necha gektarga kengayadi.

Claude ning farqi!

@ulugbekcreative
5👍1
Yo yarat yo yutib yubor
2
Forwarded from Venture Capital
🚀 SpaceX completes $60B Cursor acquisition

SpaceX finalized the purchase of Cursor for $60 billion, turning it into a subsidiary. The deal followed an April option allowing SpaceX to buy Cursor or pay $10 billion for collaboration if the acquisition failed.

Cursor recently launched a strong update, its own model, and an SDK. This acquisition gives SpaceX a direct competitor to Claude Code and Codex.

✔️ @venture
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1