Uchquduq zakovat klubi
255 subscribers
831 photos
34 videos
16 files
194 links
Uchquduq tumanida o'tkaziladigan barcha intellektual o'yinlar va mantiqiy savol-javob bo'ladigan kanal.
Download Telegram
Forwarded from UCHQUDUQ 24
#Yoshlar_oyligi
#Zakovat_intellektual_óyini

Bugun 6-iyun kuni "NKMK" AJ Shimoliy kon boshqarmasida yoshlar oyligini keng nishonlash maqsadida, "Zakovat" intellektual o'yini bo‘yicha "SHKB kubogi" ning final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Final bosqichiga yetib kelgan 3-sonli Gidrometallurgiya zavodi, "Sharqiy" koni, Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika markaziy laboratoriyasi hamda Uchquduq Axborot kommunikatsiya texnologiyalari markazi jamoalari mantiqiy bilimlari bo‘yicha kuch sinashishdi. Intellektual o'yinning yakuniy natijalariga ko'ra 3-o‘rinni "Sharqiy" koni, 2-o'rinni Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika markaziy laboratoriyasi, faxrli 1-o‘rinni va "ShKB kubogi"ni 3-sonli Gidrometallurgiya zavodi jamoasi qo‘lga kiritdi. G‘oliblar 1-sonli BKUQ tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.