Ulug‘bek Po‘latov
3.94K subscribers
284 photos
157 videos
2 files
590 links
Bu kanalda ba’zida yangilik, ba’zida tahliliy ma’lumotlar, ba’zida esa tanqidiy fikrlar berib boriladi.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vazir suv sifatini tekshirish uchun suvda suzib ko'rdi

Fransiya sport vaziri Ameli Oudea-Kastera Olimpiadadan oldin suv sifatini tekshirish uchun Sena daryosida suzib ko‘rdi.

👉@u_pulatoff
Bugun dangasalar kuni

15-iyul — Dangasalar kuni sifatida nishonlanadi. Bu kun asosan dam olish va hayotning kichik zavqlaridan bahramand bo‘lishga bag‘ishlangan. Dangasalar kuni bizga shoshilmasdan hayotdan zavq olish, kunlik stress va tashvishlardan xalos bo‘lish imkoniyatini beradi.

Bu kunda siz nima qilsangiz ham, hech qanday majburiyat va bosim his qilmasligingiz kerak. Kitob o‘qish, film tomosha qilish, tabiat qo‘ynida sayr qilish yoki shunchaki uyda yotib dam olish – barchasi Dangasalar kunida mumkindir.

Bugungi o'ta tezkor zamonda bunday kunlar juda muhim. Siz ham Dangasalar kunida biroz to‘xtab, hayotning go‘zalligini his qiling!

***

Bu post har kuni dangasalar kunini nishonlaydigan kishilarga tegishli emas :)

👉@u_pulatoff
Ulug‘bek Po‘latov
Bugun dangasalar kuni 15-iyul — Dangasalar kuni sifatida nishonlanadi. Bu kun asosan dam olish va hayotning kichik zavqlaridan bahramand bo‘lishga bag‘ishlangan. Dangasalar kuni bizga shoshilmasdan hayotdan zavq olish, kunlik stress va tashvishlardan xalos…
Abituriyentlik davrimizda kechki payt chiroq o‘chib qolsa, xursand bo‘lib ketardik

O‘sha vaqtlari uydan bir haftalik pulni olib, yotoqxonadan repetitorga qatnardik.

Uydan pul olganimiz uchun kechasi soat 1-2 ga qadar tinmay o‘qishga majbur edik. O‘qimasak vijdon qurg'ur qiynalardi.

Shunga mabodo birdan chiroq o‘chib qolsa, ana bahona topildi deb ertaroq uxlardik, vijdon qiynalmasdan :))

👉@u_pulatoff
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kelajakda jinoyatchilar atigi bir necha daqiqaga qamalishi mumkin bo'ladi

Ha, zamon shiddat bilan rivojlanyapti. Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar hayotimizga kirib keldi.

Yaqin kelajakda sun’iy intellekt orqali jinoyatchilar atigi bir necha daqiqa ichida qamoq muddatini o'tashi mumkin bo'ladi.

Gap shundaki, Yamanlik molekulyar biolog Hoshim Al Gayli sun’iy intellektga ega "Cognify" nomli kelajak qamoqxonasi loyihasini taqdim etdi.

Mazkur qamoqxona jinoyatchilarga sodir etgan barcha yovuzliklarini o‘zlarida his qilishlari va o‘tmishlaridan saboq olishlariga imkon berishi kutilmoqda.

Ya'ni, Cognify sun’iy xotiralarni to‘g‘ridan to‘g‘ri mahbusning miyasiga kiritadi, bu orqali mahkum jabrlanuvchini qanday og‘riq va azob-uqubatlarga duchor qilganini his qiladi.

Soddaroq qilib tushuntiradigan bo'lsak, jinoyatchilar hozirgidek bir necha yillarga qamalmaydi, ya'ni ularning miyasiga shunchaki sun'iy xotira qurilmasi bir necha daqiqaga ulab qo'yiladi.

Jarayon bir necha daqiqa davom etsa-da, jinoyatchiga yillardek tuyuladi. Mazkur konsepsiya uzoq muddatli qamoq va u bilan bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish orqali jinoiy sud tizimida inqilob qilishi mumkin.

Kelajak qamoqxonasi haqida sizning fikringiz qanday?

👉@u_pulatoff
Rossiya Ukrainaga qarshi urushda mushuklardan foydalanmoqda

Ukraina sharqiy frontida ruslar tomonidan qazilgan okoplar tizimida kalamushlar va boshqa kemiruvchilar ko‘paygan.

Armiya bu yangi “ofat”ga qarshi kurashish uchun mushuklardan foydalanishga qaror qilgan. Rossiya ichkarisidagi ko‘plab ko‘ngilli fuqarolar ham kemiruvchilar bilan kurashish uchun frontga o‘z mushuklarini jo‘nata boshlagan.

Sog‘liqni saqlash muassasalari Rossiya mudofaa chizig‘ida turgan rus askarlari orasida sichqon va kalamushlar sababli turli xavfli kasalliklar tarqala boshlaganini xabar qilgan. Nam va yomg‘irli havo sabab hozircha kasalliklarga qarshi kurashish imkoni bo‘lmayapti.

***

Eng muhimi urush emas, tinchlik bo'laversin...

👉@u_pulatoff
Sevgan ishigizni tanlang, shunda bir kun ham ishlamagan bo'lasiz

Hayotda ko'plab tanlovlar bor, lekin eng muhimlaridan biri – bu kasb tanlashdir.

Agar siz sevgan ishingizni qilsangiz, har kuni ishga borishdan zavq olasiz. Bu sizga motivatsiya beradi va siz o'zingizni ish bilan band his qilmaysiz. Sevgan ish bilan shug'ullanish o'zingizdan qoniqish hissini ham kuchaytiradi.

Inson o'z hayotining taxminan 1/3 qismini ishda o'tkazadi. Bu vaqt mobaynida kishi o'rtacha 40 yil davomida ishlasa, taxminan 90,000 soat ishda bo'ladi. Shu sababli, ish tanlashda e'tiborli bo'lish hayot sifatiga katta ta'sir ko'rsatadi.

Siz o'zingiz sevgan ishni tanlaganmisiz?

👉@u_pulatoff
Men nima deyapman-u, bu dam olamiz deydi 😁

Shunday botlar juda ko'payibdi. Bunga kimdir javob yozsa, darhol lichkasiga o'tib tuzoqqa tushiradi.

Mavzudan chalg'imaymiz... O'zingiz sevgan ishni tanlaganmisiz?

👉@u_pulatoff
"Darakchi" nashriga intervyu berdim, biroq...

Kuni-kecha, "Darakchi" nashri meni "Dangal gap" podkastiga taklif qildi. Ta'lim siyosati haqida biroz suhbatlashdik. (videosi yaqinda chiqadi)

"Darakchi" jurnalisti Barno Madaliyeva juda ham zo'r savollar berdi. Lekin bergan javoblarimdan o'zim biroz qoniqmadim.

Bo'lib o'tgan so'nggi intervyuda ta'limga oid tadqiqotlar olib bormaganligim sababli, savollarga javob berishda biroz qiynaldim.

Bu holat menga tadqiqotlar olib borishning naqadar muhimligini yana bir bor eslatdi. Endilikda ta'limga oid tadqiqotlar olib borishga qaror qildim.

Tadqiqotlar olib borish nafaqat ta'lim jarayonini yaxshilashga, balki ta'lim sohasida haqiqiy o'zgarishlar qilishga ham imkon beradi.

Sizningcha, aynan qaysi mavzuda ilmiy tadqiqotlar olib borishim kerak?

👉@u_pulatoff
Qiziq savol beraman...

Nega o‘zbek ayollarining aksariyati turmush o‘rtog‘ini "xo‘jayin" deb atashadi?

Izohlarda o'z mulohazalaringizni yozib qoldiring.

👉@u_pulatoff
Xo‘jayin...

Bilasizmi, aksariyat o'zbek ayollari turmush o‘rtog‘ini "xo‘jayin" deb ataydi. Ular turmush o‘rtog‘ini boshqalarga "xo‘jayinim" deb tanishtirishlari madaniy va tarixiy omillar bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.

Aslida bu atama qullik tizimida ishlatilgan va qullarning o‘z egalari oldida kamtarlik va itoatkorlikni ifodalashlari uchun ishlatilgan. Ya’ni, "xo‘jayin" atamasi quldorlik tizimi va qullarning egalariga mutlaq itoat etishlarini ko‘rsatgan.

To‘g‘ri, o‘zbek ayollari ko‘pincha o‘z turmush o‘rtog‘ini "xo‘jayin" deb atashlari o‘zlarini qul yoki qaram deb his qilishlarini anglatmaydi.

Lekin ba’zi hollarda ayol kishiga nisbatan quldek munosabatda bo‘linishiga ham guvoh bo‘lamiz.

Aslida ayol kishi ham mustaqil bir shaxs. Uning ham o‘z shaxsiy huquqlari bor. Ayollar ham erkaklar kabi shaxsiy rivojlanish va karyera qilishga haqli.

Ayol kishining shaxsiy qadr-qimmati va huquqlari hurmat qilinishi shart. Uni ortiqcha nazorat qilish va har bir qadamini o‘lchash, uning shaxsiy erkinligini cheklaydi.

Shuning uchun oilaviy munosabatlar o‘zaro hurmat, ishonch va qo‘llab-quvvatlashga asoslanishi kerak. Bir tomonning ikkinchi tomon huquqlarini cheklashi, majburlashi yoki o‘ta qattiq nazorat qilishi zo‘ravonlikning bir turi hisoblanadi va bu holat jamiyat tomonidan qoralanishi kerak.

Tasavvur qilib ko'ring: Biz erkaklarni ham kimdir qattiq nazorat ostida ushlasa, shaxsiy huquqlarimizni ham cheklasa, har bir bosgan qadamimiz haqida hisobot talab qilsa, o'zimizni qanday his qilardik?

👉@u_pulatoff
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Chorvoq”da 19 yoshli yigit suv ustida skuter boshqaruvini eplay olmay, ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Joriy yilning 20-iyul kuni soat 14:30 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq” suv omborining “Burchmulla” suv havzasiga dam olish maqsadida kelgan Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 19 yoshli fuqaro skuterni haydash vaqtida boshqaruvni eplay olmay, qarshisidagi katamaranga borib urilgan.

Buning oqibatida katamaranda bo‘lgan 2 nafar Farg‘ona viloyatidan kelgan fuqaro tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

👉@u_pulatoff
Xodimlarga noqulay bo’lmasligi uchun…

Juma kuni ishxona (Profi University)dan chiqayotganimda bino yangi o’quv yili uchun hali ta’mirlanmagan holatda edi.

Shanba, yakshanba uyda damni olib, bugun ertalab ishxonaga kelsam, bino ichki qismlari butunlay ta’mirlanib, yangi qiyofaga kirib qolibdi.

Hatto, yo’laklar qimmatbaho gullar bilan bezatilgandi. Atigi ikki kun ichida aqlbovar qilmas ishlar qilingandi.

Keyin bosh direktorimizdan bularni hammasiga qanday ulgurildi deb so’rasam, universitet xodimlariga noqulaylik tug’dirmaslik uchun dam olish kunlarida 24 soat davomida yonlanma ustalar ishlatib, binoni ta’mirladik dedi.

Tushunyapsizmi? Bularning barchasi xodimlar qulayligi uchun. Kamiga ular bezovta bo’lmasin deb aynan dam olish kunlaridan foydalanilgan.

Men bularni nega aytyapman, chunki davlat maktablaridagi holatlarni ko’rganman. U yerda xodimlar hatto ta’mirlash ishlariga jalb qilinadi. Hech kim ularni bezovta bo’lmasin demaydi ham.

Direktorga tashqaridan hech kim yordam qo’lini cho’zmaydi. Shuning uchun u ham xodimlarni ishlatishga majbur bo’ladi.

Kamiga ta’mir uchun pulni ham pedagoglar o’z cho’ntagidan to’laydilar. Men bir kuni kelib davlat maktablarida ham shunday muhit yaratilishini juda-juda xohlayman.

👉@u_pulatoff
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston parlamenti qanday ishlaydi, deb so‘rashsa, mana shu videoni qo‘yib bersangiz yetadi

Ko‘pchilikning ovozi bir tiyinga qimmatligi, baribir yuqori rahbariyat nimani xohlasa shu bo‘lishining juda bir chiroyli isboti bo‘libdi :)

Qisqa izoh: Spiker tanaffus e’lon qilamizmi yoki ishni davom ettiramizmi, deb so‘radi. Birinchi ovoz berishda 89 kishi (75,4%) davom ettiramiz dedi, 13 kishi (11%) tanaffus e’lon qilaylik dedi. Spiker kutilmaganda yana ovozga qo’ydi. Yana 89 kishi davom ettiramiz dedi, 22 kishi (18%) tanaffus e’lon qilaylik dedi.

Spiker esa xulosa o‘rnida oltinga teng gaplarni aytdi:

“Ko‘pchilikning fikrini e’tiborga olamiz, ammo tanaffus e’lon qilamiz”😂


👉 @xushnudbek 👈
Ta'limga e'tiborimiz mana shu bizni.

👉@u_pulatoff
O‘qituvchilar haqida sun’iy intellekt qanday o‘ylaydi?

O‘zbekistonda o‘qituvchilar quruvchilardan ham kam maosh olayotgani ma’lum bo‘ldi.

Buni sun’iy intellekt mana bunday ko‘rinishda tasvirladi. Naqadar purma’no sur’at. Shunday emasmi?

Siz bu sur'atda nimalarni ko‘rdingiz?

👉@u_pulatoff
Ulug‘bek Po‘latov
"Darakchi" nashriga intervyu berdim, biroq... Kuni-kecha, "Darakchi" nashri meni "Dangal gap" podkastiga taklif qildi. Ta'lim siyosati haqida biroz suhbatlashdik. (videosi yaqinda chiqadi) "Darakchi" jurnalisti Barno Madaliyeva juda ham zo'r savollar berdi.…
"Bolalarning sifatli ta’lim olishida ota-onalarning roli" mavzusida kichik bir tadqiqot o‘tkazmoqchiman

So‘rovnomada faol ishtirok etib, tadqiqotga o‘z hissangizni qo‘shasiz deb umid qilaman.

Ha aytgancha, bu so‘rovnomani boshqa hamkasblaringizga ham yuboring. Unda ko‘pchilik qatnashishi juda ham muhim.

📊 So'rovnomahttps://forms.gle/9ea3dJFNByyCa1eE7

👉@u_pulatoff
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Po‘latov
"Bolalarning sifatli ta’lim olishida ota-onalarning roli" mavzusida kichik bir tadqiqot o‘tkazmoqchiman So‘rovnomada faol ishtirok etib, tadqiqotga o‘z hissangizni qo‘shasiz deb umid qilaman. Ha aytgancha, bu so‘rovnomani boshqa hamkasblaringizga ham yuboring.…
700 kishi ishtirok etibdi so‘rovnomada

Iltimosimni e’tiborsiz qoldirmay, unda qatnashganlarga katta rahmat.

Agar 1000 kishi qatnashsa edi, umumiy natijani aniqlash yanada oson bo‘lardi. Shuning uchun, so‘rovnomada qatnashmaganlardan yana bir bor iltimos qilib qolaman, uni to‘ldirib chiqishni.

Atigi bir daqiqa vaqtingizni ajrating, so‘rovnomada qatnashing.

📊 So‘rovnoma https://forms.gle/9ea3dJFNByyCa1eE7

👉@u_pulatoff
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM