Тошкент вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси
10.7K subscribers
11.4K photos
1.45K videos
10 files
4.41K links
Тошкент вилояти Ҳокимлиги Соғлиқни сақлаш бошқармаси расмий телеграм канали — t.me/tvhssb
Официальный телеграм канал.
Вилоят Соғлиқни сақлаш бошқармаси Жамоатчилик билан алоқалар хизмати томонидан юритилади.
Download Telegram
#tibbiyot

💊Bugun, Qibray tumani tibbiyot birlashmasi hamda Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda 24-OP hududida joylashgan "Ko'prikboshi" mahallasida fuqarolar uchun tibbiy ko'rik bo'lib o'tdi.

🔬Tibbiy korik davomida fuqarolar tor doiradagi mutaxassislar xirurg, nevropatolog, ginekolog,kardiolog, oftal'molog, lor, allergolog, terapevt, endokrinolog, pediatr, travmatolog, UASh hamda diagnostik tekshiruvlar (uzi, rentgen, ekg, laborator tekshiruvidan) o'tkazilmoqda.

📌Tibbiyot xodimlari bugunning o‘zida 324 nafar fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziildi.

🟢Shuningdek, sog'lom turmush tarziga rioya etish, to'g'ri ovqatlanish hamda zararli odatlarni inson organizmiga salbiy ta'siri haqida keng tushunchalar va zarur tavsiyalar berilmoqda.

👉Бизга аъзо бўлинг http://t.me/tvhssb
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiyot

Bolaning sog'lom ovqatlanisi haftaligi

🏥Қибрай тумани 25-Оилавий поликлиникада Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 10 ноябрдаги “Аҳолини соғлом овқатланишини таъминлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” ги ПҚ-4887-сон  қарори  билан  тасдиқланган  “2022-2025  йилларда аҳолида  соғлом овқатланиш одатини шакллантириш бўйича чора-тадбирлар дастури”нинг 19, 29 бандида берилган топшириқларни ижросини таъминлаш, 6-23 ойлик болалар учун уй шароитида тайёрланган овқатларни бойитиш учун микронутрентли қўшимчалар билан таъминлаш ҳамда она сутининг бола саломатлиги учун афзалликларини тарғиб қилиш тадбирларини ўтказиш мақсадида 2023  йилнинг 19-29-апрель кунларида “Боланинг соғлом овқатланиши ҳафталиги ” мавзусида тарғибот ишлари олиб борилди.

👆Юқоридаги видеолавҳа айнан шу ҳақида
…..

👉Бизга аъзо бўлинг http://t.me/tvhssb
#sayyor_qabul
#tibbiyot

Inson uchun bebaho boylik – bu sog‘lik-salomatlikdir. Uni asrash esa har birimizga omonat qilib berilgan.

🔷Dono xalqimiz ham “Sog‘lik – tuman boylik” deb bejiz aytmagan. Aql-idrok sohibi bo‘lgan inson o‘z hayotini qadrlashi, salomatligini asrashi lozim bo‘ladi. Bunda tibbiyot xodimlarining ham o'rni beqiyos.

🔷Shu ma'noda Zangiota tuman tibbiyot birlashmasi rahbari K. Rahimov Birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida reja asosida sayyor qabul o‘tkazmoqda.

🔷 Unga ko‘ra bugun 17- Oilaviy poliklinikada bo'lib o'tgan sayyor qabulda 23 ta murojaat bo‘lib, shundan nogironlik quruhini olishga 5 nafar, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotiga 7 nafar, tuman markaziy shifoxonasida davolanishga -6 nafar, sihatgoh – sog‘lomlashtirish oromgohlariga- 2 nafar, quloq eshitish moslamasini almashtirishga -2 nafar murojaat bo‘ldi. Har bir murojaat joyida tegishli mutaxassislarga yo‘naltirildi.

👉Bizga a’zo bo’ling http://t.me/tvhssb
#Tibbiyot

"O‘qituvchi va murabbiylar salomatlik oyligi" doirasida aksiya o'tkazilmoqda
!

Yangiyoʻl tumanidagi Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika va 70-oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli qaroriga muvofiq "O‘qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi" doirasida soha egalari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

👉Bizga a'zo bo'ling http://t.me/tvhssb
#Tibbiyot

Tibbiyot sohasiga zamonaviy profilaktik texnologiyalar joriy qilinadi

Toshkent tumani hokimligida profilaktik (preventiv) tibbiyotni tuman miqyosida amaliyotiga tatbiq qilishga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari, birlashmaga qarashli barcha poliklinikalar mudirlari, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshlig‘i va xodimlari, maktab direktorlari hamda tuman hokimligi mutasaddilari ishtirok etdilar.

Profilaktikaning tub mohiyati aholi salomatligini saqlash va mustahkamlashga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlardan iborat.

Telegram | Facebook
#Tibbiyot #Taqdirlash

Qibray tumanida tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tashkil qilingan bayram tadbirida tabriklar taqdirlash marosimiga ulanib ketdi.

Viloyat hokimi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun Prezident farmoniga ko‘ra, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi" faxriy unvoni, II-darajali "Salomatlik" ordeni hamda "Sog‘lom turmush" medali bilan mukofotlangan tibbiyot sohasi xodimlariga mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi.

Shu bilan birga, viloyatda sog'liqni saqlash tizimiga samarali va fidokorona xizmatlarini qo'shib kelayotgan bir guruh soha vakillariga viloyat hokimi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari taqdim qilindi.

💬Telegram | 🌐Facebook
#Tibbiyot xodimlari uchun tadbir tashkillashtirildi

Xalqimiz salomatligini asrashdek masʼuliyatli va sharafli yoʻlda oʻzini ayamasdan, fidokorona mehnat qilib kelayotgan tibbiyot xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan Nurafshon shahridagi “O‘zbegim” tantanalar koshonasida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir avvalida shahar hokimi I.Klichxanov soʻzga chiqib, bugungi kunda shifokorlarning oʻrni, jamiyat taraqqiyoti yoʻlida olib borayotgan yangilanishlarini eʼtirof etdi. Yana bir bor soha egalarini tabriklab tadbirni ochib berdi.

Shahar hokimi I.Klichxanov bayram ishtirokchilarini qutlar ekan, ko‘p yillik samarali xizmatlari bilan soha ravnaqiga katta hissa qo‘shayotgan fidoyi tibbiyotchilar nomlarini alohida hurmat-extirom bilan tilga oldi va munosiblar taqdirlandi.
Nurafshon shahar tibboyot birlashmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun shahar hokimligi tomonidan 500 mln.so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.

💬Telegram | 🌐Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiyot

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish kurslari Toshkent tumanida oʻtkazildi

Joriy yil 8-yanvar sanasida Toshkent tumani Tibbiyot birlashmasida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish” kafedrasining “Sogʻliqni saqlash boshqaruvchilari maktabi. Sogʻliqni saqlash tizimida Davlat fuqarolik xizmati asoslari” mavzusida seminar oʻzi ishini boshlagan edi.

👉To'liq matnni o'qish

📷Jarayon foto va videolavhalarda.

💬Telegram | 🌐Facebook
#tibbiyot

Bugungi kunda Ohangaron tumani tibbiyot birlashmasida shifokor-kadrlarga ehtiyoj yuqori. Shuningdek vakant o‘rinlar ham juda ko‘p.

❇️Shu munosabat bilan, Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Javlon Qodirov ayni damda Andijon davlat  tibbiyot instituti rektori bilan suhbatlashish uchun Andijon shahrida bo‘lib turibdi.

🔹Tuman birlashmasi boshlig‘i oliygohdagi bitiruvchi talaba va ordinatorlarni qulay imtiyozlardan foydalangan holda Ohangaron tumanida xizmat qilishga chaqirmoqda.

Yaqin oylarda
tibbiyot birlashmasidagi vakant lavozimlarda yetuk kadrlar ish boshlashiga umid qilamiz!

💬Telegram | 🌐Facebook
#tuhfa
#tibbiyot

🩺"Tibbiyotdagi islohotlar - inson qadri uchun" tamoyili asosida o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda ko‘plab islohotlar hayotga aylantirildi. Xususan, oilaviy shifo maskanlarining holatlari hamda tibbiy xizmat darajasi yaxshilandi.

🔰Chekka hudud aholisini uzog‘ini yaqin qilish hamda dastlabki tibbiy xizmatlardan foydalanishlari uchun bosqichma-bosqich faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan “Mahalla tibbiyot punktlari” ni bunga misol deyish o‘rinli.

Bugun ana shunday jami 2100 nafar aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot maskanlarining navbatdagisi Zangoita tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 16 - sonli oilaviy poliklinikasi qoshida "Bogʻzor" mahallasida o‘z faoliyatini boshladi.

💊Tibbiy punkt ochilishda Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi To‘raqul Arzikulov, soha vakillari, Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov, tuman Nuroniylar bo‘limi boshlig‘i Oblaqul Jo‘rayev hamda mahalla ahli, nuroniylari ishtirok etishdi.

Telegram | Facebook