TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)
7.48K subscribers
6.92K photos
1.51K videos
397 files
9.73K links
#qiziqarli_texnologiya
#motivatsiya
#talaba_yoshlar_hayoti
#hazillar
#TATU_hayoti
#tanqidiy_fikrlar

@TATU_topilmalar_idorasi - yo'qolgan va topib olingan buyumlar kanali

πŸ‘¨β€πŸ’»Faqat reklama uchun: @TUIT_reklama

πŸ”œSavol va takliflar: @NodirUz

Perfluence
Download Telegram
​​Texnikalar sotib olishda e'tibor bermaydigan xarakteristikangiz - IP(International Protection)

IP bu siz o'ylagan internet protokol emas, bu suyuqlik va changga qanchalik bardoshlilikni aniqlab beradigan xalqaro standart. Zamonaviy smartfonlarda bu parametr aniq qilib yozib quyiladi, misol uchun iPhone 8 Plus smartfoni uchun IP67.

IP nomidan so'ng ikkita son keladi, birinchisi changga bardoshlilik ikkinchisi suyuqlikka bardoshlilik darajasi. Endi samsungdan misol, Samsung Galaxy S8 Plus smartfoni uchun IP68.

Maksimal changdan himoyalanganlik darajasi 6 ga, suvdan himoyalanganlik darajasi esa 8 ga teng, demak Samsung S8 Plus maksimal darajada suv va changdan himoyalangan ekan.

Bu darajani ishlab chiqaruvchi bermaydi(!), balki xalqaro tashkilot beradi, demak bu masala bo'yicha muammo bo'lsa, ishlab chiqaruvchidan talab qilish qiyin bo'ladi. Quyida ilova qilib, qaysi daraja nima ma'no berishini rasm qilib keltiraman.
#ip #xarakteristika
Manba: ITPlanet

Do'stlarga ulashingπŸ‘‡πŸ‘‡

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ