TTATF |Rasmiy kanali
3.8K subscribers
11.7K photos
1.3K videos
119 files
4.73K links
https://t.me/ttatf

Tibbiyot fanlari doktori OTAMURADOV FURQAT ABDUKARIMOVICH

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining telegramdagi ilmiy-tahliliy hamda ma'lumotlar kanali.
Download Telegram
#Ўқув_семинар

Республика ўқув семинари ўз ишини бошлади

Бугун Урганч давлат университетида Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Олий Мажлис Сенати ҳамда Оила ва хотин-қизлар давлат қўмитаси ташкилотчилигида «Хотин-қизларнинг ижтимоий сиёсий фаоллигини ошириш, гендер тенглик масалалари ва гендер маданияти» мавзусидаги икки кунлик республика ўқув-семинари ўз ишини бошлади.

➡️ Батафсил ушбу ҳавола орқали ўқишингиз мумкин.

🔗
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🏢 TTA TERMIZ FILIALI 🏢
ZAKOVAT LIGASI


"Zakovat intellektual klubi" NNT Surxondaryo viloyati filiali bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali birinchiligi o‘yinlarining 14-aprel kuni boʻlib oʻtgan 8-tur bahslaridan keyingi turnir jadvali.

@Surxondaryo_Zakovat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Mamlakatimizda ta'lim sifatini rivojlantirish, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning salohiyati va iste`dodini namoyon etish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
🔖Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalarining bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.👆

🌐 MATBUOT XIZMATI🌐
SSV mutaxasisslari Termizda bepul tibbiy koʻrik oʻtkazadi

SSV markaziy aparati jamoasi, ixtisoslashtirilgan markazlar mutaxassislari va tibbiyot oliy oʻquv yurtlari professor-shifokorlaridan iborat 150 nafar vrachdan iborat tibbiy guruh Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan.

Ular 17-aprel kuni ertalab soat 8:00 dan 17:00 gacha Termiz shahridagi "Amudaryo bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi"da barcha tibbiy yordamga ehtiyoji boʻlgan bemorlar tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Jumladan:
🔹 Kardiolog
🔹 Otolaringolog
🔹 Endokrinolog
🔹 Akusher-ginekolog
🔹 Oftalmolog
🔹 Neyroxirurg
🔹 Onkolog
🔹 Xirurg
🔹 Urolog
🔹 Terapevt
🔹 Dermatolog
🔹 Nevropatolog
🔹 Pediatr
🔹 Infeksionist
🔹 Ultratovush tekshiruvi
🔹 Teri tanosil kasalliklari
🔹 EKG laboratoriya

Bundan tashqari saralab olingan yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari ham amalga oshiriladi. Barcha tibbiy tekshiruvlar, laboratoriya analizlari va jarrohlik amaliyotlari bepul amalga oshiriladi.

➡️ Surxondaryo xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimizning besh muhim tashabbusi doirasidagi to‘garaklar, ko‘rik-tanlov va musobaqalar, yigit-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.👆
Kutib oling yangi loyiha.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali boshlang'ich tashkiloti tomonidan navbatdagi yangilik 🎉🎉

" Iste'dodli tengdoshim" loyihasining ilk mehmoni.

O'tkazilish sanasi va joyi: 21.04.2022 soat 15:30 da telegram ijtimoiy tarmog'ida ovozli chat ko'rinishida.

Ismailova Ozoda Anvarovna

🏛 Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 4- bosqich talabasi

📈 Erishgan yutuqlari

- Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori 🥇

-Nemis tilidan xalqaro C1.2 darajali sertifikat sohibasi 🇩🇪

- Xalqaro DAAD tashkilotining grant stipendiyasi sohibasi 🎊

👩‍⚖ Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining sogʻliqni saqlash, ekologiya va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi.

Ro'yxatdan o'tish uchun: @DOCTOR_BOBOYOROV ga murojaat qiling.

Kanalga ulanish: @ttatf_yoshlar_ittifoqi
📌 Talaba farzandli bo'lganida OTM tomonidan unga 490.000 so'm nafaqa puli beriladi

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" nizomga asosan quyidagi qoidalar belgilangan:

📌 Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.

☝️Talaba OTMga arizani bola tug'ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to'lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini (490.000 so'mni) tashkil etadi.

📑 Nafaqani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

• OTM rektori nomiga ariza;
• Pasport nusxasi;
• Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.

📌 Agar bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
#Dardingizga_malham_bo'lamiz

🩺Surxondaryo viloyati tumanlari kesimida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish davom etmoqda.

🏥Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali shifokorlari Denov shahar bolalar poliklinikasida mahalla aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.

📑Tibbiy ko‘rikni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad inson manfaatlarini asrash va salomatligini muhofazalashga yo‘naltirilgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, tibbiy-profilaktika tadbirlarini yanada takomillashtirish, fertil yoshdagi ayollar, homiladorlar, bolalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, nogironlar, surunkali kasalligi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan bemorlar holidan xabar olish va tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish hisoblanadi.

🔗Tibbiy ko‘rik davomida tegishli xulosalar va tavsiyalar berildi hamda kasallik aniqlangan fuqarolarni davolanishi choralari ko‘rilishi rejalashtirildi.

📣Matbuot xizmati📣
🔰Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yil mart oyida tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda sohaga oid qator masalalar ko‘tarilib, ular orasida tibbiy ta’lim sifatini oshirishga alohida qaralgan edi.

📑Ochiq muloqotdagi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida TTATF tasarrufidagi 5 ta jamoat salomatligi texnikumi bilan muntazam uslubiy va hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

📝Kuni kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o‘qituvchilari Sariosiyo Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabalariga mahorat darslarini o‘tishdi.

🤝Shu bilan birga, texnikum o‘qituvchilari bilan uslubiy va amaliy tajriba almashishga kelishib olindi.

🌐 MATBUOT XIZMATI🌐