TDTU Termiz filiali |Rasmiy kanali
4.18K subscribers
20.6K photos
2.69K videos
162 files
7.63K links
https://t.me/ttatf

Tibbiyot fanlari doktori OTAMURADOV FURQAT ABDUKARIMOVICH

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining telegramdagi ilmiy-tahliliy hamda ma'lumotlar kanali.
Download Telegram
⭕️“Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz”

⭕️Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari ishtirokida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

⭕️Tadbirda TDTUTF fakultet dekan o`rinbosari F.Xayitov, filial profilaktika inspektori M.Qamariddinovlar talaba yoshlarga taklif va mulohazalarni yetkazishdi.

⭕️Tadbir davomida giyohvandlikning yoshlar hayotiga salbiy ta’siri, uning sog‘liq, ong va kelajak uchun tug‘diradigan jiddiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar tomonidan bu illatning inson salomatligi va jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri hayotiy misollar asosida tushuntirib berildi.

⭕️Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, sport va kitobxonlik orqali yoshlarning ijobiy muhitda rivojlanishi muhim ekani alohida ta’kidlandi.

⭕️Mazkur ma’rifiy tadbir yoshlarni giyohvandlik illatiga qarshi kurashishda yanada hushyor, mas’uliyatli va ongli bo‘lishga undadi hamda sog‘lom hayot sari qat’iy qadam tashlash zarurligini yana bir bor eslatdi.


👀Bizni kuzating

📨Telegram | 📷Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube | Web-sayt
2👍2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida_biz
#Surxondaryo_MTRK

♻️ Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali iqtidorli, intiluvchan, tashabbuskor talabalari Surxondaryo telekanali orqali jonli efirga uzatiladigan "Munavvar kun" dasturi mehmoni bo‘ldi.

Batafsil👆


Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
10❤‍🔥54🔥3😍1
“Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro forum ishtirokchilariga

Участникам Международного форума «Противодействие транснациональным наркоугрозам во имя здоровья и безопасности общества»

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
Qon topshir — hayot in’om et!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali jamoasi diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026–2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-19-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Qarorga muvofiq, 2026-yil davomida har oyda kamida bir marotaba donorlik aksiyalarini o‘tkazish belgilangan.

Shu munosabat bilan, 2026-yil 21-aprel kuni soat 10:00 da viloyat qon quyish markazida “Birga hayotni saqlaymiz” nomli donorlik aksiyasi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu ezgu tashabbusga befarq bo‘lmang!


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
3
#Diqqat_e'lon

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali professor-o‘qituvchilari diqqatiga!

⚡️Toshkent tibbiyot universitetidan tashrif buyurgan professor Malika Taxirovna tomonidan “Serebro-vaskulyar patologiyalar va insult profilaktikasi” mavzusida ochiq dars o‘tkaziladi. Ushbu dars zamonaviy tibbiyotda dolzarb bo‘lgan masalalarni qamrab olib, ilmiy va amaliy jihatdan boy mazmunda tashkil etiladi.

Ochiq dars:

🗓 2026 yil 21-aprel

🕙 Soat 10:00 da

📍 1-o‘quv binosi, 2-qavat, 204-xonada otkazilishi rejalashtirilgan.

♻️Barcha professor-o‘qituvchilarni ushbu ochiq darsda faol ishtirok etishga taklif etamiz!

Ilm va tajriba almashinuvi uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!


👀Bizni kuzating


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🏛 Filial iqtidorli talabalari “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi viloyat bosqichi g'oliblari!

Kuni kecha Surxondaryo viloyati Termiz shahrida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etilib, muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 30-son qarori asosida har yili iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etib kelinmoqda.

👥Tanlov yakunlariga ko‘ra, komissiya a’zolari tomonidan eng yuqori natijalarni qayd etgan 20 nafar ishtirokchi saralab olinib, ular tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldilar.

Shuningdek, filial talabalari Xushvaqtov Ilyos Shodiqul o’g’li hamda Abdurahmonova Shahribonu Abdullajon qizi o’z loyihalari bilan ishtirok etib, respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lgan kiritishdi.

🏆Talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va respublika bosqichida omad tilaymiz!

👉 t.me/iqtidorlivaxalqarotdtutf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
#Iqtibos

⚜️Ilmli shifokor kasallikni davolaydi, dono shifokor esa uning sababini topadi.

-Abu Ali ibn Sino


👀Bizni kuzating


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
👌3🔥21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan salbiy illatdir.

Davlatimiz rahbari tomonidan bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha “favqulodda holat” e’lon qilingan.

Korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz – befarq bo‘lmang. Bu kabi holatlar haqida Bosh prokuraturaning “1161” raqamli “Ishonch telefoni” orqali murojaat qiling.

Shuningdek, Siz prokuratura, shu jumladan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi organlari xodimlarining noqonuniy harakatlari, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish hamda boshqa korrupsiyaga oid huquqbuzarliklari haqida ham murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaatingiz tezkorlik bilan ko‘rib chiqiladi hamda shaxsingiz oshkor etilmasligi kafolatlanadi.

Halollik va adolat – taraqqiyot garovidir.

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!

👀Bizni kuzating


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Psixologik aksiya – ishonch va ijobiy kayfiyat sari muhim qadam

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining psixologi G. G‘oziyeva hamda 1-sonli Davolash fakulteti talaba qizlar koordinatori Absalomova Go‘zal, shuningdek talaba qizlar klubi a’zosi Kenjayeva Mashhura tashabbusi bilan “Psixologik aksiya” tashkil etildi.


♻️Mazkur aksiya davomida ishtirokchilar uchun turli qiziqarli va interaktiv psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotlar orqali xodimlar va talabalar o‘z ichki dunyosini yanada chuqurroq anglash, stressni boshqarish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash hamda ijobiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar.

⚡️Tadbirning asosiy maqsadi — jamoada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash hissini kuchaytirish va ishtirokchilarning ruhiy barqarorligini oshirishdan iborat bo‘ldi.


👀Bizni kuzating


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
🔥3🤩2🕊2