TDTU Termiz filiali |Rasmiy kanali
4.22K subscribers
21.1K photos
2.76K videos
163 files
7.76K links
https://t.me/ttatf

Tibbiyot fanlari doktori OTAMURADOV FURQAT ABDUKARIMOVICH

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining telegramdagi ilmiy-tahliliy hamda ma'lumotlar kanali.
Download Telegram
🚑 Qahramonlik boshlanadigan nuqta — bilim va jasorat!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida bo‘lib o‘tgan "Talabalar olimpiadasi" yana bir bor isbotladi: haqiqiy shifokor bo‘lish – bu nafaqat bilim, balki yurakdagi fidoyilikdir.

Talabalar favqulodda avtohalokatlarda tez yordam ko‘rsatish texnikasi bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Har bir soniya muhim bo‘lgan vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, inson hayotini saqlab qolish uchun kurashish — bu oddiy ko‘nikma emas, bu — mas’uliyat, jasorat va insonparvarlik uyg‘unligi.

🔥 Ko‘zlarda ishonch, yuraklarda hayajon, harakatlarda aniqlik — ushbu olimpiada aynan mana shu tuyg‘ular bilan yodda qoldi.

Kelajak shifokorlari bugun o‘zlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Ertaga esa — inson hayotini saqlab qoladigan qo‘llarga aylanadilar. Barchangizga bu yoʻlda doimo omad yor boʻlshini tilaymiz..

👀Bizni kuzating


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
6🔥3👍1
Shifo va mas’uliyat haqida”

Haqiqiy shifokor — bu faqat kasb egasi emas, balki inson hayotini asrashni o‘z zimmasiga olgan qalb sohibidir.


Inson tanasiga davo berishdan avval, uning ruhini anglay bilish lozim. Chunki, dard faqat jismda emas, balki qalbda ham bo‘ladiIlm — shifokorning quroli, ammo rahm-shafqat uning haqiqiy qudratidir.

Har bir bemor — bu alohida olam, uni tushunish esa eng yuksak san’atdir. Shuning uchun shifokorlik — ilm va insoniylik uyg‘unligidir.

📝Ibn Sino


👀Bizni kuzating


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
👍2
#Diqqat_e'lon

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali jamoasi diqqatiga!

Joriy yilning 12-may kuni Termiz shahar yozgi Sana't saroyida yurtimiz sevgan san'atkor, xushovoz xonanda Doston Ergashevning bayram konsert dasturi bo'lib o'tadi.

Chiptalarni filial eski ARM binosidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun: Begmatov Safarmurod
91 414 82 81


👀Bizni kuzating


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
👏1
“Boysun bahori — do‘stlik va madaniyatlar uchrashuvi”

1–10 may kunlari o‘tkazilayotgan Boysun bahori festivali yurtimizda nafaqat milliy qadriyatlar, balki xalqaro do‘stlik va hamjihatlikni namoyon etayotgan yirik madaniy anjumanga aylanmoqda. Ushbu nufuzli bayramda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori F. Otamuradov boshchiligida filial jamoasi faol ishtirok etmoqda.


Festival doirasida turli davlatlardan tashrif buyurayotgan mehmonlar soni kun sayin ortib, tadbirning xalqaro nufuzini yanada oshirmoqda. Xususan, Ummon sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy ham mazkur bayram mehmoni sifatida ishtirok etdi.

Tashrif davomida elchi filial rahbariyati hamda xalqaro fakultet talabalari bilan samimiy va mazmunli muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ta’lim, tibbiyot va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar haqida fikr almashildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
5🔥2
#Taqdirlash

“Ilm va mahorat sinovi: yosh jarrohlar bellashuvi”

1–2 may kunlari TDTU Termiz filialida “Xirurgiya va topografik anatomiya” yo‘nalishi bo‘yicha “Talabalar olimpiadasi” yuqori saviyada tashkil etildi.

Ushbu ilk bor o‘tkazilayotgan muhim ilmiy-amaliy bellashuv talabalarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etishda katta ahamiyat kasb etdi.

Tadbirda so‘z olgan filial direktori Furqat Otamuradov mazkur olimpiada nafaqat bilim sinovi, balki kelajak shifokorlarining kasbiy shakllanishida muhim bosqich ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, bunday intellektual tanlovlar muntazam ravishda tashkil etilishi va talabalar uchun barcha zarur qulayliklar yaratilishi borasida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Olimpiada jarayonlari talabalarning faol ishtiroki, sog‘lom raqobat muhiti va yuqori tayyorgarlik darajasi bilan ajralib turdi. Yoshlar o‘z bilim va mahoratini amalda sinab, kelajak kasbiga yanada ishonch bilan yondashishga ega bo‘lishdi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
5🔥2👍1