TDTU Termiz filiali |Rasmiy kanali
4.19K subscribers
20.5K photos
2.68K videos
162 files
7.61K links
https://t.me/ttatf

Tibbiyot fanlari doktori OTAMURADOV FURQAT ABDUKARIMOVICH

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining telegramdagi ilmiy-tahliliy hamda ma'lumotlar kanali.
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimi “5 T” – taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish tamoyili asosida rivojlantiriladi


☑️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoni qabul qilindi.

⭐️Unga koʻra, sohani rivojlantirishda yangi – “5 T” (taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish) tamoyili joriy etiladi.

📱Farmon bilan “U 10 – Oʻzbekistonning global darajadagi ilgʻor universitetlari” dasturi yoʻlga qoʻyiladi.

➡️Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ilmiy klaster tashkil etish loyihasi boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovda gʻolib boʻlgan 10 ta oliygohga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi.

➡️Ilmiy klaster loyihasi – milliy tadqiqot universiteti – mahalliy oliy taʼlim tashkilotlari – nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkiloti – ilmiy tashkilot – soha tashkilotlari ishtirokidagi yaxlit tizim hisoblanadi.

💰Eng muhimi, ilmiy klaster loyihasi 150 milliard soʻmgacha boʻlgan miqdorda moliyalashtiriladi.

Ilmiy klaster loyihasi boʻyicha tanlovda gʻoliblar qanday aniqlanadi?

➡️Tanlov xalqaro miqyosda tan olingan Top-300 reytingga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan birgalikda oʻtkaziladi. Ishtirokchilar quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:

🟢 loyihaga jalb etilgan professor-oʻqituvchilar va olimlarning salohiyati,
🟢 ishtirokchi oliygohlarning milliy hamda xalqaro reytinglardagi oʻrni;
🟢 oliy taʼlim (ilmiy) tashkilotlarning ilmiy va moddiy-texnik bazasi hamda loyihani birgalikda moliyalashtirishdagi qoʻshadigan ulushi gʻolibni aniqlashda asosiy vazifani bajaradi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

♻️Tibbiyot — bu nafaqat fan, balki sabr va insoniylik sinovidir.”

- William Osler


👀Bizni kuzating


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Raqamli tahdidlarga qarshi bilim va ogohlik: talabalar bilan muhim uchrashuv

💠Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari o‘rtasida “Kiberjinoyatlarning oldini olish” ga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

❇️“Bugungi kunda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga berilgan imkoniyatlar” hamda "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilik hujjatlari" mavzularida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda talabalarga bugungi kunda tobora dolzarblashib borayotgan kiberxavfsizlik masalalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

⚡️Uchrashuv davomida talabalarning savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar berildi hamda yoshlarni ogohlikka chorlovchi muhim tavsiyalar ilgari surildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
#Xalqaro_hamkorlik

Hindistonlik mehmonlar tashrifi: ta’lim va hamkorlik istiqbollari muhokamada

TDTU Termiz filialida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi Hindiston elchixonasi huzuridagi konsullik vakillari filialga tashrif buyurishdi.


Tashrif davomida mehmonlar filialning zamonaviy o‘quv jarayoni, moddiy-texnik bazasi hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, filialda tahsil olayotgan Hindistonlik xalqaro talabalar bilan alohida uchrashuv tashkil etilib, ularning ta’lim jarayoni, yashash sharoitlari va fikr-mulohazalari tinglandi. Talabalar o‘z taassurotlari va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.


Tashrif yakunida filial direktori Furqat Otamuradov boshchiligida rasmiy muloqot o‘tkazilib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari, xalqaro talabalar sonini oshirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
👍82