TDTU Termiz filiali |Rasmiy kanali
4.18K subscribers
20.4K photos
2.67K videos
162 files
7.6K links
https://t.me/ttatf

Tibbiyot fanlari doktori OTAMURADOV FURQAT ABDUKARIMOVICH

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining telegramdagi ilmiy-tahliliy hamda ma'lumotlar kanali.
Download Telegram
🟦🟦🟦

🏆TDTU Termiz filialida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovining filial bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

📆11-aprel kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida talaba-yoshlarning innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash, ularning startap tashabbuslarini rivojlantirish hamda istiqbolli g‘oyalarni aniqlash maqsadida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining filial bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📎Tanlov davomida talabalar o‘zlarining innovatsion va kreativ loyihalarini taqdim etib, g‘oyalarining dolzarbligi, amaliy ahamiyati hamda yangiligi asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

🚀Mazkur tanlov yoshlarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, yangi startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda eng istiqbolli g‘oyalarni keyingi bosqichlarga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimi “5 T” – taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish tamoyili asosida rivojlantiriladi


☑️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoni qabul qilindi.

⭐️Unga koʻra, sohani rivojlantirishda yangi – “5 T” (taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish) tamoyili joriy etiladi.

📱Farmon bilan “U 10 – Oʻzbekistonning global darajadagi ilgʻor universitetlari” dasturi yoʻlga qoʻyiladi.

➡️Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ilmiy klaster tashkil etish loyihasi boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovda gʻolib boʻlgan 10 ta oliygohga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi.

➡️Ilmiy klaster loyihasi – milliy tadqiqot universiteti – mahalliy oliy taʼlim tashkilotlari – nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkiloti – ilmiy tashkilot – soha tashkilotlari ishtirokidagi yaxlit tizim hisoblanadi.

💰Eng muhimi, ilmiy klaster loyihasi 150 milliard soʻmgacha boʻlgan miqdorda moliyalashtiriladi.

Ilmiy klaster loyihasi boʻyicha tanlovda gʻoliblar qanday aniqlanadi?

➡️Tanlov xalqaro miqyosda tan olingan Top-300 reytingga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan birgalikda oʻtkaziladi. Ishtirokchilar quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:

🟢 loyihaga jalb etilgan professor-oʻqituvchilar va olimlarning salohiyati,
🟢 ishtirokchi oliygohlarning milliy hamda xalqaro reytinglardagi oʻrni;
🟢 oliy taʼlim (ilmiy) tashkilotlarning ilmiy va moddiy-texnik bazasi hamda loyihani birgalikda moliyalashtirishdagi qoʻshadigan ulushi gʻolibni aniqlashda asosiy vazifani bajaradi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

♻️Tibbiyot — bu nafaqat fan, balki sabr va insoniylik sinovidir.”

- William Osler


👀Bizni kuzating


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Raqamli tahdidlarga qarshi bilim va ogohlik: talabalar bilan muhim uchrashuv

💠Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari o‘rtasida “Kiberjinoyatlarning oldini olish” ga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

❇️“Bugungi kunda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga berilgan imkoniyatlar” hamda "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilik hujjatlari" mavzularida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda talabalarga bugungi kunda tobora dolzarblashib borayotgan kiberxavfsizlik masalalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

⚡️Uchrashuv davomida talabalarning savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar berildi hamda yoshlarni ogohlikka chorlovchi muhim tavsiyalar ilgari surildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt