TDTU Termiz filiali |Rasmiy kanali
4.18K subscribers
20.8K photos
2.71K videos
162 files
7.67K links
https://t.me/ttatf

Tibbiyot fanlari doktori OTAMURADOV FURQAT ABDUKARIMOVICH

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining telegramdagi ilmiy-tahliliy hamda ma'lumotlar kanali.
Download Telegram
Yosh mutaxassislar xalqaro maydonda: Samarqand bahorgi maktabida faol ishtirok

🏛 Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilayotgan III “Yosh psixiatrlar va narkologlar bahorgi Samarqand maktabi” xalqaro ilmiy-ta’lim loyihasida Tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya kafedrasi vakillari ham faol qatnashmoqda.

Jumladan, kafedra assistenti Xolmoʻminov Azizbek Erkinovich hamda 2-kurs narkologiya ordinatorlari Joʻrayev Alijon Valijon oʻgʻli va Joʻrayev Ramazon Baxtiyor oʻgʻli ushbu nufuzli loyihada ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashmoqda.

✔️Mazkur loyiha doirasida ular psixiatriya va narkologiya sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, innovatsion davolash usullari hamda xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.

📝Bunday ilmiy platformalar yosh mutaxassislarning professional rivoji, amaliy ko‘nikmalarini oshirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
2👍2
#Direktor_kubogi #futbol

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida ayni haftalarda "Direktor kubogii" sport musobaqalari doirasida sportning mini futbol turi bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tmoqda, bunday sport tadbirlari nafaqat jismoniy faollikni oshiradi, balki jamoaviylik, raqobat va do‘stlik muhitini ham mustahkamlaydi.

Ayniqsa o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi filial birinchiligi o‘yinlarining qizg‘in kechayotgani — ishtirokchilarning tayyorgarligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishidan darak.

Har bir uchrashuv muxlislar uchun ham hayajonli lahzalarni taqdim etmoqda.

👀Bizni kuzating


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
👍1
Tarixni bilgan-kelajakni anglaydi.

Sohibqiron xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tashrif

⚡️Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan mazmunli va esda qolarli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

♻️Kafedra v.b., dotsentlari Xoʼshboqov Panji Shaymanovich hamda Mamatqulova Nilufar Xusanovna rahbarligida Davolash ishi va Pediatriya fakulteti talabalari uchun Surxondaryo viloyati Arxeologiya muzeyi hamda Tarix va madaniyat muzeyiga tashrif uyushtirildi.

Tashrif davomida talabalar boy tarixiy merosimiz, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho madaniy yodgorliklar, qadimiy qo‘lyozmalar va arxeologik topilmalar bilan yaqindan tanishdilar.

📉Ayniqsa, Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davriga oid ma’lumotlar yoshlar qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

👀Bizni kuzating


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
🔥13👏54❤‍🔥2👍2🎉2🤩2🕊2🏆2🥰1💯1