TDTU Termiz filiali |Rasmiy kanali
4.18K subscribers
20.9K photos
2.72K videos
163 files
7.69K links
https://t.me/ttatf

Tibbiyot fanlari doktori OTAMURADOV FURQAT ABDUKARIMOVICH

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining telegramdagi ilmiy-tahliliy hamda ma'lumotlar kanali.
Download Telegram
Profilaktik davra suhbati

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida,TDTU Termiz filialida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🎓Tadbirda TDTUTF Davolash fakulteti dekan o`rinbosari Sh.Usanov, filial psixologi G.G`oziyeva hamda TDTUTF profilaktika inspektori M.Qamariddinovlar ishtirok etishdi.

📢Muloqot davomida giyohvandlik vositalarining inson salomatligiga, jamiyat va mamlakat kelajagiga salbiy taʼsiri, uning ogʻir oqibatlari, shuningdek, narkojinoyatlarga qarshi kurashishning huquqiy asoslari va majburiyatlar xususida atroflicha tushunchalar berildi.

Tadbir so`ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berilib giyohvandlikka qarshi flayerlar tarqatildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
5👏1
Yosh mutaxassislar xalqaro maydonda: Samarqand bahorgi maktabida faol ishtirok

🏛 Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilayotgan III “Yosh psixiatrlar va narkologlar bahorgi Samarqand maktabi” xalqaro ilmiy-ta’lim loyihasida Tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya kafedrasi vakillari ham faol qatnashmoqda.

Jumladan, kafedra assistenti Xolmoʻminov Azizbek Erkinovich hamda 2-kurs narkologiya ordinatorlari Joʻrayev Alijon Valijon oʻgʻli va Joʻrayev Ramazon Baxtiyor oʻgʻli ushbu nufuzli loyihada ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashmoqda.

✔️Mazkur loyiha doirasida ular psixiatriya va narkologiya sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, innovatsion davolash usullari hamda xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.

📝Bunday ilmiy platformalar yosh mutaxassislarning professional rivoji, amaliy ko‘nikmalarini oshirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
2👍2