TDTU Termiz filiali |Rasmiy kanali
4.21K subscribers
20.9K photos
2.75K videos
163 files
7.71K links
https://t.me/ttatf

Tibbiyot fanlari doktori OTAMURADOV FURQAT ABDUKARIMOVICH

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining telegramdagi ilmiy-tahliliy hamda ma'lumotlar kanali.
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, mashhur davlat arbobi, yengilmas sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

#Mirziyoyev #marosim #AmirTemur #xotira

👀Bizni kuzating


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk Sohibqiron Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

Отдана дань глубокого уважения великому Сахибкирану Амиру Темуру.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Yoshlar_kuni
#Amir_Temur_690

Sohibqiron merosi – yoshlar qalbida

TDTU Termiz filialida buyuk davlat arbobi va sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlandi.


⚜️Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan Amir Temur va Temuriylar sulolasining boy tarixi, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha ma’ruzalar qilindi.

Shundan so‘ng, talaba-yoshlar ishtirokida “Temur tuzuklari”dan ibratli parchalar o‘qilib, undagi adolat, vatanparvarlik va yuksak axloqiy tamoyillar keng targ‘ib etildi.


💠Tadbir so'ngida filial talabalar teatr studiyasi tomonidan Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu chiqishlar orqali talabalar tarixiy shaxs siymosini jonli va ta’sirchan tarzda ifoda etishdi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yosh avlodni tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.


👀Bizni kuzating


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
🔥2👍1🏆1