#Direktor_murojaati
Assalomu alaykum, qadrli talabalar!
Shu bilan birga, “Aprel – may sport va sog‘lomlashtirish oyligi” doirasida “Talabalar ligasi” musobaqalari ham keng ko‘lamda tashkil etilmoqda. Sport - nafaqat g‘alaba, yuksalish va kelajakka ishonch timsolidir.
Aziz talabalar!
Sizlarni ushbu sport bayramida faol ishtirok etishga, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotingizning ajralmas qismiga aylantirishga hamda oliygohimiz sha’nini yuksak darajada himoya qilishga chorlayman.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, cheksiz g‘ayrat-shijoat va sport maydonlarida ulkan zafarlar tilayman!
Hurmat bilan,
TDTU Termiz filiali direktori
Otamuradov Furqat Abdukarimovich
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Assalomu alaykum, qadrli talabalar!
Bugun mamlakatimizda ilk bor “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ga tantanali start berildi. Ushbu nufuzli sport loyihasi doirasida voleybol, gandbol, basketbol, stol tennisi, futbol, yengil atletika hamda suzish kabi sport turlari bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bellashuvlar boshlanmoqda.
Shu bilan birga, “Aprel – may sport va sog‘lomlashtirish oyligi” doirasida “Talabalar ligasi” musobaqalari ham keng ko‘lamda tashkil etilmoqda. Sport - nafaqat g‘alaba, yuksalish va kelajakka ishonch timsolidir.
Aziz talabalar!
Sizlarni ushbu sport bayramida faol ishtirok etishga, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotingizning ajralmas qismiga aylantirishga hamda oliygohimiz sha’nini yuksak darajada himoya qilishga chorlayman.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, cheksiz g‘ayrat-shijoat va sport maydonlarida ulkan zafarlar tilayman!
Hurmat bilan,
TDTU Termiz filiali direktori
Otamuradov Furqat Abdukarimovich
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
❤7🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida_biz
#Surxondaryo_MTRK
JANUB ZUKKOLARI.
♻️Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari ishtirokida tashkil etilgan "Quvnoqlar va zukkolar" bellashuvi.
⚡️Ko'rsatuvning to'liq variantini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

👀Bizni kuzating

❤2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha Vashington shahrida mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman o‘z faoliyatini boshladi. Kengash qo‘shma biznes tashabbuslari uchun mustahkam institutsional asos yaratishga qaratilgan. Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Kengashning tashkil etilishiga ikki davlat Prezidentlari o‘rtasida qaror topgan yuksak darajadagi ishonch zamin yaratdi. Kengash hamraisi, elchi Serjio Gor ta’kidlaganidek, so‘nggi bir yil davomida AQSH Markaziy Osiyoda strategik sheriklikni mustahkamlash borasidagi qat’iy intilishlarini amalda tasdiqladi. Saida Mirziyoyeva
👀Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
❤4
#Jarayon
“MedInnovatsiya–2026” STARTUP TANLOVI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI!
♻️Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali tomonidan “Tibbiyot” yo‘nalishi talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “MedInnovatsiya–2026” STARTUP tanlovi bo'lib o'tdi.
🧠 Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalar, zamonaviy texnologik yechimlar va amaliy ahamiyatga ega startap loyihalar taqdim etildi.
📌 Mazkur tanlov yoshlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli g‘oyalarni amaliyotga joriy etishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

👍4❤2
Oila shifokorlari uchun gibrid o‘qish: amaliyot va zamonaviy yondashuv uyg‘unligi
💠TDTU Termiz filialida Denov tumanida faoliyat yuritayotgan oila shifokorlari uchun 10 oylik gibrid shakldagi malaka oshirish kursi davom etmoqda. Mazkur o‘quv jarayoni Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i asosida tashkil etilgan bo‘lib, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan.
♻️Hozirda 45 nafar tinglovchi uchun kursning 3-moduli doirasida amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Darslar TDTU ning malaka oshirish kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.
⚡️Ushbu modulning oflayn bosqichi 2026-yil 26-martdan 18-aprelgacha davom etib, simulyasion markazda tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar orqali shifokorlarning kasbiy mahorati mustahkamlanmoqda. Nazariy bilimlar esa masofaviy shaklda taqdim etilmoqda.
🔹Mazkur kurs oila shifokorlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

👍1