#Sport_salomatlik_garovi
🏛 Ayni kunlarda, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha Superkubok bellashuvlari qizg‘in va yuqori kayfiyatda davom etmoqda.
🔘 Kecha mazkur musobaqalar doirasida filial xodimlaridan iborat “Dekanat” jamoasi hamda Ofis-registrator bo‘limi jamoasi — “Registrator” o‘rtasida o‘ta shiddatli va murosasiz uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅ Uchrashuvning birinchi taymida “Dekanat” jamoasi faollik ko‘rsatib, hisobni 1:0 ko‘rinishida ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bellashuvning ikkinchi taymi oxirgi daqiqalarida esa “Registrator” jamoasi irodali o‘yin namoyon etib, raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasi hisobiga muhim golni yozib qo‘ydi.
⚽️ Shu tariqa, keskin va tomoshabop o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobida durang natija bilan yakunlandi.
🏆 Shuningdek, Superkubok doirasidagi navbatdagi bellashuv “Ma’naviyat” jamoasi hamda “Anatomiya va fiziologiya” kafedralarining qo‘shma jamoasi o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
📆 Sana: 30-yanvar
⏰ Vaqt: soat 18:00
📍 Manzil: Filial sport majmuasi
💥 Barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda futbol ishqibozlarini ushbu qiziqarli, murosasiz va sport ruhiga boy bellashuvlarni tomosha qilishga taklif etamiz!
📨 Telegram | 📷 Instagram | 📱 Facebook | 📺 YouTube | ✅ Web-sayt
👀 Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
#Ijara_xonadonlariga_tashrif.
Talabalar hayoti — doimiy e’tiborda!
🏛 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida talabalarning ijarada yashayotgan xonadonlaridagi shart-sharoitlar muntazam ravishda o‘rganib borilmoqda.
✅ Filialning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Raxmonov, fakultet mas’ullari hamda tyutorlar tomonidan Termiz shahridagi “Movaro” ko‘p qavatli uylarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.
🔍 Tashrif davomida xonadonlardagi isitish tizimlari, kundalik yashash sharoitlari ko‘zdan kechirilib, talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
🔘 Suhbatlar chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya etish, yong‘in xavfsizligi, elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish hamda o‘zaro hurmat va mas’uliyat masalalari yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
📨 Telegram | 📷 Instagram | 📱 Facebook | 📺 YouTube | ✅ Web-sayt
Talabalar hayoti — doimiy e’tiborda!
👀 Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2
TDTU Termiz filiali professor-o‘qituvchilarining tibbiyot texnikumiga tashrifi
🔘 Joriy yilning 28-yanvar kuni Sariosiyo Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Umumiy xirurgiya, bolalar xirurgiyasi, urologiya va bolalar urologiyasi kafedrasi ishtirokida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
🔡 Seminar kafedra assistentlari Ashurov S.E. va Tojimurodov M. tomonidan olib borildi.
✅ Texnikum talabalari zamonaviy xirurgik va urologik yondashuvlar, bemorni baholash va parvarishlash, aseptika va antiseptika qoidalari, erta tashxis va asoratlarning oldini olish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.
📨 Telegram | 📷 Instagram | 📱 Facebook | 📺 YouTube | ✅ Web-sayt
👀 Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
Ilm yo‘lidagi muhim bosqich: magistrantlar uchun yarim yillik attestatsiya
🏛 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida 1-kurs magistrantlari uchun yarim yillik attestatsiya muvaffaqiyatli tarzda bo‘lib o‘tdi.
🔘 Attestatsiya jarayonida magistrantlarning o‘tgan yarim yil mobaynida o‘zlashtirgan nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, ilmiy-tadqiqot ishlariga bo‘lgan yondashuvi hamda kasbiy tayyorgarligi keng qamrovda baholandi. Komissiya a’zolari tomonidan talabalarning faolligi, mas’uliyati va fanga bo‘lgan qiziqishi alohida ta’kidlandi.
🔡 Ushbu attestatsiya magistrantlar uchun bilim va tajribalarini yanada mustahkamlash, ilmiy izlanishlarda yangi maqsadlarni belgilash uchun muhim bosqich bo‘ldi.
✅ Barcha magistrantlarimizga kelgusidagi o‘qish va ilmiy faoliyatlarida yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!
📨 Telegram | 📷 Instagram | 📱 Facebook | 📺 YouTube | ✅ Web-sayt
👀 Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5