⚖️ Tsul RostMind
1.33K subscribers
423 photos
73 videos
133 files
694 links
🎓 TDYU va Yurisprudensiya faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar

✍️ Savollar bo’lsa: @Tsul_RostMindbot yoki https://t.me/QuestionUz_Robot?start=9362155f334b45

Admin: @Yurist_shukrulloyev
Download Telegram
Forwarded from Zayniddin Baxtiyorovich
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Manzil:
100035, Toshkent, Bunyodkor shoh ko‘chasi 1)
Forwarded from Asadbek Poʻlatov
Qonunchilik palatasi devoniga borganlar sizlarni ham birinchi kuni qaytarvorishganmidi hali ro’yxatilar ichkaridan tasdiqlanmadi deb yoki kirganlar ham bormi
Forwarded from Abdulaziz Ergashev
❗️Diqqat muhim❗️

📌 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun:
To‘lov-kontrakt miqdorining 25 foizi 2026-yil 1-oktabrgacha to‘lanishi lozim.
⚠️ Hurmatli talabalar!
Belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilishingizni hamda to‘lov-kontrakt to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishingizni so‘raymiz.

✅ PINFL (JSHSHIR) bo'yicha Click yoki Payme ilovalari orqali (kontrakt uchun bandini tanlagan holda) to'lanishi mumkin. Yoki o'tgan yilgi kontrakt shartnomasidagi universitet hisob raqamiga bank orqali to'lash ham mumkin.
Forwarded from G’afur Abdumajidov
🖋 “G‘AFUR ABDUMAJIDOV — O‘ZBEK KRIMINALISTIKASINING OTASI”

G‘afur Abdumajidov — o‘zbek kriminalistikasi rivojiga katta hissa qo‘shgan, ilm va amaliyotni uyg‘unlashtirgan atoqli huquqshunos olim. Uning ilmiy merosi va tergovchilik tafakkuri bugungi huquqshunoslar uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Kanalimiz G‘afur Abdumajidov xotirasiga bag‘ishlangan ijodiy yoki ilmiy maqolalar tanlovini e’lon qiladi!

📝 MAVZU:
“G‘afur Abdumajidov — o‘zbek kriminalistikasining otasi”


💡 Quruq faktlar emas — o‘ziga xos fikr, kreativ yondashuv va mualliflik nigohi qadrlanadi!

📄 TALABLAR:
• 1–2 varaq
• Word formatida, 14 shrift, 1,5 interval
• Mualliflik matni
• ❌ Plagiat taqiqlanadi

🏆 MUKOFOTLAR:
🥇 I darajali diplom
🥈 II darajali diplom
🥉 III darajali diplom


✨Eng yaxshi esselar kanalimizda muallif nomi bilan e’lon qilinadi.
⏳ Muddat: 25-sentabrgacha
📩 Manzil: @international_lawyeer

Qalam sizniki. Tarix esa — mavzuingiz. 🖋

📌@Abdumajidov_Gafur
❤3
#tanlov

• Mazkur tanlov talabalarning O’zbekiston Fanlar akademiyasining Akademigi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, “Jasorat” medali sohibi, yuridik fanlar doktori, professor Rahmonqulov Hoji-Akbar Rahmonqulovichning ilmiy va huquqiy merosini o‘rganish, uning ilmiy qarashlarini targ‘ib qilish hamda ommabop maqola yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi

📌 Talablar: shrift-Times New Roman, interval-1,5

📍Maqolalar o’zbek va rus tillarda ushbu link orqali qabul qilinadi

📆 Oxirgi muddat: 25-sentyabr

🏆 G’oliblar darajali diplomlar bilan taqdirlanadilar

🖇️ Kanalga a’zo bo’lmagan ishtirokchilarning ishlari ko’rib chiqilmaydi

📩 Qo’shimcha savollar uchun: @Shohsanam_Mahmudova


https://t.me/HojiakbarRahmonqulov_TDYU
🔥1
🚨 MADAD INVEST BANK АСОСЧИСИ МЎМИНЖОН ЙЎЛДАШЕВ ХАЛҚАРО ҚИДИРУВГА БЕРИЛДИ

📌 Интерпол маълумотларига кўра, Madad Invest Bank асосчиси ва собиқ йирик акциядори Мўминжон Йўлдашевга нисбатан 2026 йил 15 сентябрда Red Notice эълон қилинган.
У Ўзбекистон Жиноят кодексининг 167-моддаси 3-қисми — ўзлаштириш ёки растрата йўли билан талон-торож қилишда айбланмоқда.

🏦 БАНК БИЛАН АЛОҚАЛАРИ
Мўминжон Йўлдашев 2024 йилга қадар банк кузатув кенгаши раиси бўлган. Кейинчалик у лавозимидан кетган, аммо банк акцияларининг асосий қисми унинг оиласи ва уларга боғлиқ бизнес доирасида қолган.

Ҳозирги акциядорлик таркиби:
🔹 «Log‘on Agrosanoat Lyuks» — 30,94%
🔹 Равшанжон Шокиржонов — 26,56%
🔹 Далер Шокиржонов — 26,33%
🔹 Рахшона Шокиржонова — 16,2%

Маълумотларга кўра, Равшанжон ва Далер Шокиржоновлар Мўминжон Йўлдашевнинг ўғиллари.

🌐 ЖАҲОН БАНКИ САНКЦИЯСИ

2019 йилда Жаҳон банки Йўлдашевни ўз лойиҳаларида иштирок этишдан камида 4 йилга четлатган.

Санкция Сирдарё сув таъминоти лойиҳаси бўйича тендерда рақобатчи компания вакилига босим ўтказиш билан боғлиқ айбловлар асосида қўлланган.

⚖️ МУҲИМ ЭСЛАТМА

Интерполда Red Notice эълон қилиниши шахснинг айбдор деб топилганини англатмайди. Йўлдашевга қўйилган айбловлар бўйича ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан барча тафсилотлар очиқланмаган.

Шахснинг айбдорлиги фақат суднинг қонуний кучга кирган ҳукми билан белгиланади.

📲 Янгиликларни кузатиб боринг ва постни яқинларингиз билан улашинг!


👉 @qulay_banklar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ilyosova Mehinbonu Jasurbek qizi
📚 G‘AFUR ABDUMAJIDOV — ILM VA HUQUQ MEROSI

🎨 PREZENTATSIYALAR TANLOVI


Yuridik ilm-fan va ta’lim rivojiga katta hissa qo‘shgan, boy ilmiy meros qoldirgan atoqli huquqshunos olim G‘afur Abdumajidovning hayoti, ilmiy faoliyati va merosini keng targ‘ib qilish maqsadida prezentatsiyalar tanlovi e’lon qilinadi!

💙 Ushbu tanlov orqali ishtirokchilar G‘afur Abdumajidovning hayot yo‘li, ilmiy faoliyati, asarlari va yuridik ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasini ijodiy va zamonaviy tarzda yoritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📌 TANLOV SHARTLARI:

➡️
Prezentatsiya mavzusi — G‘afur Abdumajidovning hayoti va ilmiy merosi;
➡️ Prezentatsiya Canva ilovasida tayyorlangan bo‘lishi kerak;
➡️ Prezentatsiya jami 6 ta slayddan iborat bo‘lishi lozim;
➡️ Slaydlarda olimning:
• hayot yo‘li;
• ta’lim va kasbiy faoliyati;
• ilmiy izlanishlari;
• asosiy asarlari;
• yuridik fan va ta’limga qo‘shgan hissasi;
• ilmiy merosi va bugungi avlod uchun ahamiyati

kabi jihatlar yoritilishi mumkin;
➡️ Prezentatsiya mazmunan boy, estetik va kreativ tarzda tayyorlanishi tavsiya etiladi;
➡️ Foydalanilgan ma’lumotlar imkon qadar ishonchli manbalarga asoslangan bo‘lishi kerak.

🍄 ISHLARNI YUBORISH TARTIBI:

Tayyor prezentatsiyalaringizni @mehinbonu_ilyosova Telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

Tanlov muddati : 26.09.2026.
Soat 23:00 gacha

🏆 G‘OLIBLARNI TAQDIRLASH

Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yaxshi deb topilgan ishlar Jinoiy odil sudlov fakulteti dekanati tomonidan darajali diplomlar bilan taqdirlanadi.

📝 Shuningdek, tanlov ishtirokchilaridan G‘afur Abdumajidov hayoti, ijodi va ilmiy merosiga bag‘ishlangan kanalimizga a’zo bo‘lishlari so‘raladi:

🔗 "@Abdumajidov_gafur_merosi kanali"


💥 Ijodingizni namoyon eting! 6 ta slayd — bir buyuk siymo haqida katta hikoya!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅ 3-kurs Kuzgi semestr o'tiladigan fanlardan darsliklar va manbalar

⚖️
️ Majburiya huquqi

💼
Korporativ huquqi

☠️ Jinoiy Protsessual huquqi

🏛
Fuqarolik protsessual huquqi

🧑‍⚖️
Prokurorlik faoliyati

💸 Soliq huquqi

👶
Bola huquqlari

📣 Tarqating va obuna bo‘ling!
🔔 Yurist Shukrullayev
Toshkentda 1-oktabrdan elektron yo‘l haqi 2500 so‘m bo‘ladi

Avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov narxi 1700 so‘mdan 2500 so‘mga oshiriladi. O‘sish 800 so‘m yoki 47,1 foizni tashkil etadi.

Naqd to‘lov uchun 3000 so‘mlik tarif hamda bagaj tashish uchun 4000 so‘mlik to‘lov o‘zgarishsiz qoladi.

Oylik tariflar ham qimmatlashadi:

• faqat avtobus — 160 ming so‘mdan 250 ming so‘mga;
• avtobus va metro — 221 ming so‘mdan 345 ming so‘mga.

Bir soat ichidagi almashuv tarifida birinchi avtobus uchun 2500 so‘m, ikkinchisi uchun 1500 so‘m olinadi. Uchinchi va undan keyingi avtobus qatnovlari bepul bo‘ladi.

Shuningdek, 10 martalik qatnov 19 ming so‘m, 20 martalik qatnov 38,5 ming so‘m, 30 martalik qatnov esa 57,5 ming so‘m etib belgilandi.

O‘quvchilar, talabalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun muddatli transport paketlariga 50 foizlik chegirma saqlab qolinadi.

@huquqiston