TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
2.94K subscribers
1.22K photos
226 videos
62 files
894 links
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Yoshlar Akademiyasi rasmiy kanali🔊

Kanalda rasmiy ilmiy-innovatsion tanlovlar va imkoniyatlar haqida ma’lumot berib boriladi⚡️

Ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh

Savol va murojaatlar uchun: @tsmu_ya_bot
Download Telegram
📢📢📢📢📢

Akademik M.I. Perelman nomidagi Xalqaro Olimpiadaning final bosqichida ishtirok etadigan O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasini shakllantirish maqsadida
Toshkent davlat tibbiyot universitetida jarrohlik yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar asosida ichki saralash bosqichi o‘tkaziladi.

Saralash jarayoni Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektorining 2025-yil 15-dekabrdagi 2222-sonli buyrug‘i asosida (universitet ichki tanlovi) tashkil etiladi.

Saralash doirasidagi tanlovlar

1-kun:

1. Pirogov anatomy
2. Jarrohlik asboblarini bilish
3. Shoshilinch tibbiy yordam
4. Abdominal jarrohlik
5. Buyrak transplantatsiyasi


2-kun:
6. Torakal jarrohlik
7. Kardioxirurgiya
8. Desmurgiya
9. Operativ tug‘ruq


3-kun:
10. Neyroxirurgiya
11. Plastik jarrohlik
12. Pay choki
13. Operatsiya zalida abdominal jarrohlik


🗓 Ertaga 23.12.2025 sanasida 20:00da @surgery_tsmu kanalida boʻlib oʻtadigan ovozli chat orqali batafsil ma’lumotga ega boʻlasiz.

🔗Arizalar Iqtidorli talabalar platformasi orqali topshiriladi

Tanlov dasturi (rus va oʻzbek tillarida)

👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”

📱Telegram | 📷Instagram | 🎞You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
📢📢📢📢📢

Akademik M.I. Perelman nomidagi Xalqaro Olimpiadaning final bosqichida ishtirok etadigan O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasini shakllantirish maqsadida
Toshkent davlat tibbiyot universitetida jarrohlik yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar asosida ichki saralash bosqichi o‘tkaziladi.

Saralash jarayoni Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektorining 2025-yil 15-dekabrdagi 2222-sonli buyrug‘i asosida (universitet ichki tanlovi) tashkil etiladi.

Saralash doirasidagi tanlovlar

1-kun:

1. Pirogov anatomy
2. Jarrohlik asboblarini bilish
3. Shoshilinch tibbiy yordam
4. Abdominal jarrohlik
5. Buyrak transplantatsiyasi


2-kun:
6. Torakal jarrohlik
7. Kardioxirurgiya
8. Desmurgiya
9. Operativ tug‘ruq


3-kun:
10. Neyroxirurgiya
11. Plastik jarrohlik
12. Pay choki
13. Operatsiya zalida abdominal jarrohlik


🗓 BUGUN 23.12.2025 sanasida 20:00da @surgery_tsmu kanalida boʻlib oʻtadigan ovozli chat orqali batafsil ma’lumotga ega boʻlasiz.

ZOOM ga havola:

Topic: My Meeting
Time: Dec 23, 2025 19:45 Islamabad, Karachi, Tashkent
Join Zoom Meeting
https://us02web.zoom.us/j/88399212072?pwd=LKET9zOC95XLn5uRD7eFcnwv12Tard.1

Meeting ID: 883 9921 2072
Passcode: 933807

Join instructions
https://us02web.zoom.us/meetings/88399212072/invitations?signature=LEY__5IbrC7_RIvPri8H0sprbyH1jeVkUSFHzD6vBTk



🔗Arizalar Iqtidorli talabalar platformasi orqali topshiriladi

Tanlov dasturi (rus va oʻzbek tillarida)

👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”

📱Telegram | 📷Instagram | 🎞You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etadi.

Murojaatnomaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasini soat 11:00 dan boshlab:

“O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston” (surdotarjima bilan), “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “O‘zbekiston tarixi”, “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Milliy”, “Zo‘r TV”, “Renessans TV”;

“Toshkent” va “Dunyo bo‘ylab” (ruscha tarjimasi bilan);

“Yoshlar” va “Uzreport TV” (inglizcha tarjimasi bilan) telekanallarida;

Prezident matbuot xizmatining Telegram, Facebookdagi sahifalari hamda YouTubedagi rasmiy kanalida tomosha qiling.

Сегодня Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев обратится с Посланием к Олий Мажлису и народу Узбекистана.

Смотрите прямую трансляцию Послания c 11:00:

на телеканалах «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston» (с сурдопереводом), «Mahalla», «Madaniyat va ma’rifat», «O‘zbekiston tarixi», «Mening yurtim», «Sevimli», «Milliy», «Zo‘r TV», «Renessans TV»;

«Toshkent» и «Dunyo bo‘ylab» (с русским переводом);

«Yoshlar» и «Uzreport TV» (с английским переводом);

на страницах пресс-службы Президента в Telegram и Facebook, а также на официальном канале в YouTube.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3
Forwarded from Edu.uz
Keyingi yildan “Raqamli startaplar” dasturi kengaytirilib, startap g‘oyasidan to eksportgacha ko‘maklashadigan yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Bu jarayonda xususiy startap markazlarini tashkil etish uchun Yoshlar jamg‘armasidan besh yil muddatga 5 milliard so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.

Bundan tashqari, Markaziy bankda Fintex ofisi va Innovatsion xab tashkil etilib, unga Singapurdan mutaxassislar jalb qilinadi. Natijada yiliga 15-20 ta fintex startapni tashqi bozorga olib chiqish, ularga jami 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

Umuman, venchur fondlar, startaplar, fintex kabi yangi moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish, mazkur sohadagi barcha ishtirokchilar huquqlarini qonun bilan kafolatlab qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz parlamentni Hukumat bilan birgalikda “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqishga chaqirdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2
😏 Toshkent davlat tibbiyot universitetining 👌Yoshlar akademiyasi qutlaydi 🔈

🎉 YILNING "ENG FAOL YIL TALABASI – 2025” TANLOVI 😏 UNIVERSITET BOSQICHI G‘OLIBI

🏆 “Yilning eng faol iqtidorli talabasi

🥇1-o‘rin: Botirova Farangiz O‘ktam qizi — 2-davolash fakulteti 4-bosqich talabasi, 👌 Yoshlar akademiyasi a'zosi

🇺🇿 RESPUBLIKA BOSQICHIDA ESA.

🥉3-o'rin: Botirova Farangiz O'ktam qizi - 2-davolash 4-bosqich talabasi, 👌 Yoshlar akademiyasi a'zosi

🎉 Ushbu talabamizni g'oliblik bilan chin yurakdan tabriklab,kelgusiz faoliyatlarida omad tilab qolamiz


👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”

📱Telegram | 📷Instagram | 🎞You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9❤‍🔥2
Tibbiyot tizimida ham kasbiy ta’limni rivojlantirish uchun Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralar tayyorlash boshlandi.

Endi ana shu texnikumlarga Germaniya, Shveytsariya, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarning ta’lim dasturlari ham joriy etiladi.

Shu asosda xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralar tarkibi shakllantiriladi.

Keng ko‘lamli islohotlar sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ham jadal davom ettiriladi.

Tibbiyot muassasalarini yagona yondashuv asosida tashkil etish uchun “master reja” ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, infarkt, insult, onkologik, nefrologik kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar hamda transplantatsiya, vaksinatsiya, ona-bola salomatligi yo‘nalishlariga 3,5 trillion so‘m ajratiladi.

Facebook|Instagram|X
⚡️“Mening niyatim – yoshlarimiz talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha dunyoda raqobatdosh bo‘lsin, kerak bo‘lsa, boshqalardan bir pog‘ona ustun tursin. – Shavkat Mirziyoyev

Buning uchun 2026-yildan boshlab har yili kamida 100 tadan texnikum to‘liq ta’mirlanib, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlanadi.

Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya
kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar soni 100 taga yetkaziladi.

2026-yilda 7 ta viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

“Dual ta’lim” asosida o‘qitishni samarali tashkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha 5 ball beriladi.

Korxonalar ishga olgan texnikum o‘quvchisi uchun 1 foizli ijtimoiy soliq imtiyozi yana uch yilga uzaytiriladi.

Shuningdek, 2026-yildan boshlab texnikumlarda “dual ta’lim” asosida ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi. “A’lo” baholarga o‘qiyotgan, o‘quvchilarga esa oshirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi.

👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”

📱Telegram | 📷Instagram | 🎞You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
511
Forwarded from davletovuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2025 йил сарҳисобига кўра, Ёшлар академияси фаолиятида асосий эътибор назарий илмни амалий натижаларга айлантиришга қаратилган. Йил давомида минглаб ёш тадқиқотчиларнинг ғоялари фақат қоғозда қолмай, муайян лойиҳалар ва иқтисодий ечимлар даражасига чиққани кузатилган.

Бу босқичда асосий кўрсаткич – ёшларнинг илмий салоҳиятини мамлакатнинг реал сектори ва иқтисодий тарқакқиётига интеграция қилиш бўлди.

Келаси босқич – 2026 йил. Илм-фан ва инновацияларга қизиқиши бор, янгилик яратиш орқали мамлакат келажагига дахлдорликни ҳис қилган ёшлар учун академия сафлари кенгайишда давом этади.
Шу йўналишда келаси йил ҳам аниқ мақсадлар ва ташаббуслар учун имкониятлар майдони бўлиб қолиши кутилмоқда.
5👍11
😏 Toshkent davlat tibbiyot universitetining 👌Yoshlar akademiyasi e’lon qiladi 🔈

Yoshlar ijod saroyida, sun’iy intellekt mutaxassislari hamda yosh olimlar, yosh xotin-qizlar
ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida yoshlar masalasiga oid ilgari surilgan muhim tashabbuslarni muhokama qilish bilan boshlandi.

Tadbirda ToshDavTU Yo’shlar akademiyasi lideri Q.Sh. Sayfiddin Hoji, Davolash ishi fakulteti lideri D.R. Orifjonov va Yoshlar akademiyasining faol a’zolari qatnashishdi.

Unda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga doimiy ravishda katta ishonch va yuksak e’tibor qaratilayotgani, ularning salohiyatiga tayanib mamlakat kelajagini barpo etish ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”

📱Telegram | 📷Instagram | 🎞You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥321
😏 Toshkent davlat tibbiyot universitetining 👌Yoshlar akademiyasi e’lon qiladi 🔈

Esse tanlovi e’loni!


«Farmatsevtika va Tibbiyot Kelajagi: Yosh Mutaxassislar Nigohida»

Biz farmatsevtika va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarini O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni rivojlantirish, innovatsiyalar va kasbiy o‘sishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan esse tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz!

Ushbu tanlov — soha kelajagi haqidagi qarashlaringizni taqdim etish, tahliliy qobiliyatingizni namoyish etish va noyob karyera tajribasiga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatdir.

🏆 Sovrinlar
Tanlov g‘oliblari o‘z g‘oyalari va martaba istiqbollarini muhokama qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Direktori bilan biznes-lanchda (business brunch) ishtirok etishdek noyob imkoniyatni hamda Agentlikning maxsus eksklyuziv esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritadilar.

📝Esse Mavzulari
Ishtirokchilar quyidagi mavzulardan birini tanlashlari mumkin:

1. Uzluksiz ta’lim (Lifelong learning): Farmatsevtika va tibbiyot talabalari o‘rtasida uzluksiz kasbiy rivojlanish madaniyatini shakllantirish.
2. Raqamli texnologiyalar asrida zamonaviy sog‘liqni saqlash mutaxassisining eng muhim bilim va ko‘nikmalari.
3. O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining kelajagi: strategik vazifalar, imkoniyatlar va o‘sish nuqtalari.
4. Mamlakatning dori vositalari xavfsizligini ta’minlashda mahalliy farmatsevtika sanoatining roli.
5. Biotexnologiyalar va bioanaloglarni ishlab chiqarish: farmatsevtika bozori uchun istiqbollar.

📜 Talablar va Format
Til: Esselar o‘zbek yoki ingliz tillarida qabul qilinadi.

Hajm: 1000 dan 2000 tagacha so‘z (sarlavha varag‘ini ham hisobga olgan holda).

Format: Elektron hujjat (DOC/DOCX), shrift Times New Roman, o‘lchami 12, qatorlar oralig‘i 1.5.

O‘ziga xoslikni tekshirish: Barcha ishlar AI-detektorlar yordamida tekshiriladi. Ish plagiatdan holi va mutlaqo original bo‘lishi shart.

Tarkib: Sarlavha varag‘i (F.I.Sh., OTM nomi, kurs, aloqa ma’lumotlari), Kirish, Asosiy qism, Xulosa, Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

🗓 Muddatlar
Taqdim etishning oxirgi muddati: 2026-yil 31-yanvar (kun oxirigacha).

✉️ Esselaringizni va tegishli ma’lumotlarni quyidagi elektron manzilga yuboring: nauka@uzpharmagency.uz

Xatning mavzusida (Subject) quyidagini ko‘rsatish majburiydir: "Essay Competition – [Ism va Familiyangiz]"

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! Sizning tahliliy ishlaringizni va yangi g‘oyalaringizni kutib qolamiz!

👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”

📱Telegram | 📷Instagram | 🎞You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TAQDIRLASH 🎉

2025-yil 30-dekabr sanasida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov tomonidan Toshkent davlat tibbiyot universitetining "Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakulteti" Pediatriya ishi yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Ahmedov Diyorbek Anvar o'g'lini "Innovatsion g'oyalar yetakchisi" ko'krak nishoni bilan taqdirladi.

Ma'lumot o'rnida shuni aytishimiz kerakki, universitetimizning Yoshlar akademiyasi a'zosi(lideri) sifatida 2025-yilda ixtirochi yoshimiz tibbiyot sohasidagi birqancha innovatsion-ixtirolari bilan o'zining shijoatini ko'rsatdi.

Hurmatli Prezidentimizning tibbiyot xodimlari kunida, oliygohimizga tashriflari chog'ida ushbu loyiha alohida e'tirof etilib, talabamiz bilan suhbatlari davomida "D-baby" platformasiga juda ijobiy baho berilgan edi.


"D-Baby" chaqaloqni yigʻlash ovozini tahlil qilib qanday holatdan yoki nima kassalikdan yigʻlayotganini aniqlab beruvchi sunʼiy intellektdir. Platforma yigʻlash sababini aniqlaydigan va holatni bartaraf etish uchun tavsiyalar ketma-ketligini tuzib beradigan O'zbekiston tibbiyotida analogi yo'q unikal loyihadir.

👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”

📱Telegram | 📷Instagram | 🎞You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆22👍921
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori,professor Boymuradov Shuxrat Abdujalilovichning yangi yil tabrigi


🎄 Kirib kelayotgan Yangi 2026-yil barchamizga qutlugʻ boʻlsin.
Qalbingizni quvonchga, uyingizni barakaga, hayotingizni esa chiroyli o‘zgarishlarga to‘ldirsin. Ko‘zingizdagi umid so‘nmasin, yoningizda sizni chin dildan tushunadigan va qo‘llab-quvvatlaydigan insonlar ko‘paysin.

🌲Eng ezgu orzularingiz albatta amalga oshsin!

Hurmat bilan Yoshlar akademiyasi jamoasi 👌

👌
“Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”


📱
Telegram
|
📷
Instagram
|
🎞
You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekistonni barpo etish g‘oyasining mazmun-mohiyati hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bu yo‘ldagi jo‘shqin va serqirra faoliyati – “Yil va yo‘l” hujjatli filmida.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔻Mazkur bo‘lib o‘tadigan xirurgik olimpiadaning saralash bosqichi uchun volontyorlar tanlovi ochildi🔜

✔️Volontyorlar olimpiada jarayonida biologik materiallarni belgilangan tartibda tashish, foydalanib bo‘lingandan so‘ng ularni yig‘ishtirib olish va utilizatsiya qilish, shuningdek, turli tashkiliy ishlarda ko‘maklashish bilan shug‘ullanadilar.

❗️❗️❗️Bundan tashqari, volontyorlar musobaqa jarayonini bevosita kuzatish, xirurgik jarayonlar bilan yaqindan tanishish va o‘zlari uchun amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Xirurgiya yo‘nalishiga qiziqqan, mas’uliyatli va faol talabalar uchun bu olimpiada muhim tajriba maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

🔈Qatnashish istagida bo‘lganlar quyida keltirilgan kontaktlar orqali bog‘lanishlari so‘raladi: @sakhmdov

👌 “Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”

📱Telegram | 📷Instagram | 🎞You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6