Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.38K subscribers
3.63K photos
1.22K videos
8 files
2.68K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

❗️Joriy yilining 3-mart kuni, Xitoyning Yutong kompaniyasi 800 ta, yaʼni 500 ta tabiiy gazda, 300 ta elektrda harakatlanadigan avtobusni O‘zbekistonga yetkazib berganligi haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarni ma'lum qiladi:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-59-son qaroriga asosan, Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 dona 18 metrli va 500 dona 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar hamda 300 dona 12 metrli elektrobuslar xarid qilish belgilangan.

Hozirda Xitoyning "Yutong Bus Co Ltd" kompaniyasi va "Toshshahartransxizmat" AJ o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, Xitoyning"Yutong Bus Co Ltd" kompaniyasi tomonidan, 2023-yilning mart-may oylarida 12 metrli 500 dona "Yutong" rusumli avtobuslarni va 12 metrli 300 dona "Yutong" rusumli elektrobuslar ishlab chiqarish ishlari boshlangan bo'lib, joriy yilning mart oyi yakuniga qadar ushbu avtobuslarning 1-partiyasi, ya'ni, 110 dona avtobus va 150 dona elektrobuslar O'zbekistonga yetkazib berilishi kutilayotganligini ma'lum qilamiz.

❗️Shu o'rinda barcha milliy ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlardan tasdiqlanmagan ma'lumotlarni tarqatmasliklarini va har qanday xabar, yangiliklarni davlat korxonalarining, shu jumladan, "Toshshahartransxizmat" AJning mutasaddi xodimlari yoki axborot xizmati orqali taqdim etilgan, asoslangan ma'lumotlarni e'lon qilishlarini so'raymiz.
#rasmiy_maʼlumot

Avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasi yo‘lning qatnov qismiga tushganligi yuzasidan RASMIY MA'LUMOT !

Joriy yilning 1-may kuni, 24-sonli "King Long" rusumli avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasi yo‘lning qatnov qismiga tushganligi aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarini ma'lum qiladi:
Mazkur holat soat 9:00 da "2- Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01 850 LKA, saroy raqami 533-bo`lgan "King Long" rusumli, 24-sonli "Yunusobod-6” - “TTZ ASHB" yo'nalishda harakatlanayotgan avtobus (haydovchisi T.N, 1964-yilda tug'ilgan, 37 yil ish stajiga ega) Yunusobod tumanida joylashgan "Billur" to'yxonasining ro'parasida avtobuslar uchun ajratilgan alohida yo‘lakda harakatlanib ketayotgan vaqtda, yo‘lning qatnov qismiga shakl bo‘lib o‘sgan katta diametri taxminan 50-60 sm bo‘lgan daraxt avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasiga tegishi natijasida mazkur himoya qoplamasini qo‘porib yuborgan. Hodisa natijasida avtobusning tom qismi texnik shikastlanib, gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplama shikastlangan. Holat natijasida tan jarohati olganlar mavjud emas. Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasiga murojaat qilinib, kamchiliklar bartaraf etilganligini ma'lum qilamiz.

📌Aziz yo`lovchilar! Avtobuslar faoliyati yuzasidan taklif va murojaatlaringiz bo`lsa, "Toshshahartransxizmat" AJ ning qisqa raqamli 1062 ishonch telefoni orqali murojaat qilishingizni so`raymiz.

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site