Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.35K subscribers
3.68K photos
1.24K videos
8 files
2.72K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
#TAZIYA

Transport sohasi fidoyisi, mehribon inson, mehnat faxriysi Shomurod Shodiyevich Muhammedjanov 76 yoshida vafot etdi.

Shomurod Shodiyevich Muhammedjanov uzoq yillar davomida jamoat transporti sohasida rahbar lavozimida faoliyat yuritib, jamoat transport sohasida ko'plab shogirdlarga ustozlik qildi va ularning rahbarlik lavozimlaridagi faoliyatlarida o'zining beminnat xissasini qo'shdi.

Shomurod Muhammedjanov transport sohasida ko'rsatgan xizmatlari uchun “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan transport xodimi” faxriy unvoni va “Toshkent shahar yo'lovchilar tashish transporti faxriy xodimi” ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.

Shomurod Shodiyevich Muhammedjanovning vafoti munosabati bilan''Toshshahartransxizmat” AJ jamoasi uning oila-a'zolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.