Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.41K subscribers
3.7K photos
1.26K videos
9 files
2.74K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
#murojaat
#TEZKOR

Avtobus haydovchisi yo‘lovchilar bilan qo`pol muomalada bo`lgani yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 23-dekabr kuni, elektrobusni boshqarib ketayotgan haydovchi yo‘lovchilar bilan qo`pol muomalada bo`lgani aks etgan video fuqaro tomonidan suratga olinib, ijtimoiy tarmoqga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan, “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo`limi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o‘tkazilganda, mazkur holat "1-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, saroy raqami 005, davlat raqami 01|719 OJA bo‘lgan, 81-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi B.S tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

Yo‘lovchiga nisbatan muomala madaniyatiga rioya qilmaganligi va ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun haydovchiga nisbatan "1-Avtobus saroyi" filiali rahbariyati tomonidan qatʼiy chora ko‘rilib, haydovchi B.S bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, barcha haydovchilar bilan yo‘lovchilarni xavfsiz tashish va ularni o‘z manzilariga sog‘-omon yetkazib qo‘yish eng oliy maqsadimiz ekanligi, yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lishlik, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish yuzasidan yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilib, haydovchilar ustidan nazorat kuchaytirildi.

📌Aziz yo‘lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga va info@tashbus.uz orqali murojaat qilishingizni hamda avtobus haydovchisi yoki chiptachisi amalga oshirayotgan qoidabuzarlikni suratga olib avtobus raqamini bizga yuborishingizni iltimos qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#tezkor_ma`lumot

🔹O‘zbekiston hududiga sovuq anomal havo oqimi kirib kelishi havo haroratining -20 dan ortiq darajaga keskin pasayishi natijasida, katta sig‘imli gaz yoqilg‘isida harakatlanuvchi avtobuslarning taʼminot tizimida texnik nosozliklar vujudga kelganligi aniqlandi. Ushbu holatni tezkor bartaraf etilishi borasida avtobuslarga servis va joriy taʼmir xizmatlari ko‘rsatishni talab darajasida tashkil etilib, zavod mutaxassislari bilan hamkorlikda avtobuslarning texnik holatlari ko‘rib chiqilib, nosozliklar bartaraf etilishi taʼminlandi.

Hozirda 300 litr antigel, 1000 litr antifriz hamda 120 litr texnik spirt, 5000 litr dvigatel moyi suyuqliklari zaxirasi tayyorlab qo‘yildi. Shuningdek, 199 ta shinalar, 106 ta akkumulyator va 2420 ta boshqa turdagi ehtiyot qismlar zaxirasi yaratildi. Avtobuslarning yo‘nalishda yuzaga kelgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida, 24 nafar texnik xodimlardan iborat jami 8 ta brigadalar tuzilib, ularga shatakka olishga mo‘ljallangan 16 ta maxsus texnik yordam avtomashinalari biriktirildi.

🚌Rejaga asosan, 1044 dona avtobuslar yo‘nalishga chiqarilishi belgilangan bo‘lib, joriy yilning 12-yanvar kuni soat 8:35 da barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 1069 dona avtobuslar yo‘nalishga chiqarilishi taʼminlandi.

🔸Yo‘lovchilarning transport xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, 2023-yil 12-yanvar kuni “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan MAN RR3 (sayyohlik) rusumli katta sig‘imli jami 20 ta avtobuslar qo‘shimcha ravishda vaqtinchalik tashkil etilgan 5 ta yo‘nalishlarga biriktirildi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Video
#tezkor_maʼlumot

🚌Joriy yilning 26-yanvar kuni, "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 147-sonli "Chorsu savdo markazi-Chinni bozor"yo`nalishidagi , davlat raqami 01|243 GCA bo‘lgan, "Mercedes-Benz LF" rusumli avtobusda sodir bo`lgan qisqa tutashuvdan so`ng, mazkur avtobusga texnik xizmat ko`rsatish maqsadida, avtobus saroyiga qaytarilgan edi. Hozirda ushbu avtobusga tezkor texnik xizmat ko’rsatilib, nosozliklar bartaraf etildi hamda ayni paytda yo’nalishda texnik soz holatda xizmat ko’rsatmoqda.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment
#avtobus 🚌
#tezkor_texnik_xizmat 🛠

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
#TEZKOR

Avtobus haydovchilari o'rtasida sodir bo'lgan janjal yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 28-fevral kuni, soat 11:30 larda, avtobus haydovchilari o'zaro yo'lovchi talashib mushtlashayotgani aks etgan video suratga olinib, ijtimoiy tarmoqga joylashtirilgan.

🔹Mazkur holat yuzasidan, “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo'limi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o‘tkazilganda, mazkur holat "1-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, "Mercedes Benz LF" rusumli, davlat raqami 01|129 VCA bo‘lgan, 28-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi N.B hamda “Avtosantrans-servis” MChJga qarashli, "ISUZU" rusumli, davlat raqami 01|215 KCA bo'lgan 155-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi M.M tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

Hozirda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘zaro janjallashib, jamoat tartibini buzganliklari uchun haydovchi N.B va M.Mga nisbatan, Yashnobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan bo'lib, hujjatlar o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqish uchun sudga taqdim etilishini ma'lum qilamiz.

📌Aziz yo‘lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga murojaat qilishingizni iltimos qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#TEZKOR

Yangi avtobusni boshqarishda yo'l qo'yilgan kamchilik yuzasidan RASMIY MUNOSABAT!

Joriy yilning 1-may kuni, "Toshshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi, o'rinbosarlari va avtobus saroyi rahbarlari ishtirokida, so'nggi kunlarda jamoat transporti tizimida yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'layotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tanqidiy muhokama yig'ilishi o'tkazildi.

Yig'ilishda o'ziga biriktirilgan avtobusni ehtiyotsizlik bilan boshqargan avtobus haydovchisi T.N, shuningdek, o`z xizmat vazifasiga mas`uliyatsizlik bilan yondoshgani, avtobuslar harakatini xavfsiz tashkil etish choralarini ko'rish bo'yicha haydovchilar o'rtasida yetarli darajada yo'riqnoma o'tkazib tushintirish ishlarini olib bormaganligi, avtobuslardagi reklama bannerlarini joylashtirilishi va bartaraf etilishiga sovuqqonlik bilan yondoshganligi, hamda yo'nalishlarga chiqariladigan avtobus va elektrobuslarning ish tartibini to'g'ri tashkil etmaganligi sababli Avtobus saroyi mas'ul xodimlariga qat'iy chora ko'rilib, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinidi, xayfsan intizomiy chorasi ko'rildi. Jumladan:

🔹"2-Avtobus saroyi" filiali direktori o'rinbosari va harakat xavfsizligini nazorat qilish bo'limi boshlig'i bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi, filial direktoriga xayfsan intizomiy chorasi ko'rildi.
🔹"1-Avtobus saroyi" filiali direktori o'rinbosari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi, filial direktoriga xayfsan intizomiy chorasi ko'rildi.
🔹"7-Avtobus saroyi" filiali direktori o'rinbosariga xayfsan intizomiy chorasi ko'rildi. Reklama joylashtirish bo'yicha mas'ul xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
🔹"1-, 2-, 5-, 7-, 8-, 12-, va 18-Avtobus saroyi" filiallari bosh muhandislariga xayfsan intizomiy chorasi ko'rildi.

Shuningdek, barcha avtobus saroyi rahbarlariga yo‘lovchilarni xavfsiz tashish va ularni o‘z manzilariga sog‘-omon yetkazib qo‘yish eng oliy maqsadimiz ekanligi, yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lishlik, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish yuzasidan barcha haydovchilar o'rtasida yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilib, haydovchilar ustidan nazorat kuchaytirilishi yuzasidan qat'iy topshiriqlar berib o'tildi.

📌Aziz yo‘lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga va info@tashbus.uz orqali murojaat qilishingizni hamda avtobus haydovchisi yoki chiptachisi amalga oshirayotgan qoidabuzarlikni suratga olib avtobus raqamini bizga yuborishingizni iltimos qilamiz.

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
#TEZKOR

Avtobus haydovchisi va yengil avtotransport haydovchilari o'rtasida sodir bo'lgan tortishuv yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 14-may kuni, soat 12:00 larda, "Aviasozlar" bekatida avtobus haydovchisi va yengil avtotransport haydovchilari o'zaro tortishayotgani aks etgan video suratga olinib, ijtimoiy tarmoqga joylashtirilgan.

🔹Mazkur holat yuzasidan, “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi:
“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo'limi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o‘tkazilganda, mazkur holat "5-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, "SAZ LE-60" rusumli, davlat raqami 01|871 OJA bo‘lgan, 106-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi T.D hamda litsenziyasiz yo'lovchi tashish bilan shug'ullanuvchi yengil avtotransport haydovchilari tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra 106-sonli avtobus haydovchisi "Aviasozlar" bekatiga yetib kelganida bekat yengil avtotransport vositalari bilan to'liq band qilingani sababli yo'lovchilarni yo'lning harakat qismida tushirishga majbur bo'lgan. Shu munosabat bilan, bekatda ushbu qoidabuzarliklarni sodir etayotgan yengil avtotransport vositalari haydovchilariga belgilangan tartibda chora ko'rish yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga murojaat qilinganligini ma'lum qilamiz.

📌Aziz yo‘lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga murojaat qilishingizni iltimos qilamiz.

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site